Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868-yilga kelib Podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylanganidan soʻng xalqning tirikchiligi ilgarigidan ham ogʻirlashgan



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/4
tarix27.02.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123656
növüReferat
  1   2   3   4
1917-24-yillarda Buxoro




Termiz Davlat Universiteti Tarix fakulteti III bosqich 302-guruh talabasi Nazarov Nodirbekning Òzbekiston tarixi fanidan mustaqil ta'lim uchun tayyorlagan
REFERATI

Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868-yilga kelib Podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylanganidan soʻng xalqning tirikchiligi ilgarigidan ham ogʻirlashgan. Amirlikdagi xalq qoʻzgʻolonlari podsho Rossiyasi qoʻshinlari yordamida bostirilgan. Rus maʼmurlari amirlikda katta imtiyozlarga ega boʻlgan. Rossiyadagi demokratik jarayonlar, 1908-yil Turkiyada boʻlgan Yosh turklar inqilobi, xususan Petrograddagi 1917-yil fevral inqilobidan keyin amirlik hududida jadidchilik va undan oʻsib chiqqan Yosh buxoroliklar harakati kuchaydi.


1917-yil 7-aprelda Amir Olimxon mamlakatda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Lekin amirning bu farmoni amalda joriy qilinmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirgandan soʻng, mamlakatda ularni yoppasiga taʼqib qilish boshlandi. 1917-yil Oktabr inqilobidan keyin Rossiya bilan Buxoro amirligi oʻrtasida munosabatlar yomonlashdi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga gʻanimlik qilib, amir hukumatini kuch bilan agʻdarishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qoʻllab-quvvatlashdi. 1918-yil mart oyida Turkiston oʻlkasi XKS raisi Fyodor Kolesov qoʻmondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan boʻlsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni oʻzgartirish uchun urinish toʻxtamadi. Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar firqasi (partiyasi) arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatda konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni oʻrnatmoqchi boʻlgan jadidlar — yosh buxoroliklarni yoʻqotish yoʻlini tutdi. Fayzulla Xoʻjayevning taʼkidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Buxorolik adib Sadriddin Ayniyning yozishicha, faqat poytaxt – eski Buxoro emas, balki Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl, Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib nohaq oʻldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga joʻnab ketishga majbur boʻlishdi, yosh buxoroliklarning bir qismi 1918-yil yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi, Xoʻjayev Moskvadagi muhojirligi davrida – 1918-yil oktabrida Turkiston respublikasining Rossiya SFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasi boʻlimini tashkil qildi. 1920-yil yanvarda Toshkentda Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil qilindi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 1920-yil 25-avgustda rus qoʻmondoni Mixail Frunze Turkfront qoʻshinlariga „qoʻzgʻolon koʻtargan Buxoro mehnatkashlariga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida“ buyruq berdi. 1920-yil 2-sentabrda Turkfront qoʻshinlari amirlik hokimiyatini agʻdarib tashladi. Frunzeni yordami shu bòldiki Buxoro shahrini vahshiylik bilan bombardimon qildi. Bu bombardimonda 10 dan ortiq samolyotlar, 4 ta bronepoezd va ònlab zambaraklar ishlatildi. Shaharning machitlari, madrasalari, bozorlar va aholi uylari 3 - 4 kun yongan. Saroylar, gòzal koshonalar, karvonsaroylar, bozor rastalari qizillar tomonidan talangan va òt qòyilgan. Keyinchalik jadidchilik raxbarlari qizillardan yordam sòrashgani uchun attang qilishgan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin