Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868-yilga kelib Podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylanganidan soʻng xalqning tirikchiligi ilgarigidan ham ogʻirlashgan



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/4
tarix27.02.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123656
növüReferat
1   2   3   4
1917-24-yillarda Buxoro

Buxoro XSR Konstitutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro XSR 1922-yilgi sovet xarita-sxemasida
1921-yil 18–23-sentabrda boʻlgan Butun Buxoro xalq vakillarining 2-qurultoyida demokratik ruhdagi Buxoro XSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun yoʻli bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki taʼminlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq erkinliklari konstitutsiyada oʻz ifodasini topdi. Buxoroda oʻrnatilgan tuzum xalq demokratik respublikasi edi. Buxoro XSRning konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yoʻqotdi. Konstitutsiyaga koʻra, Buxoro XSRning oliy organi – Butun Buxoro xalq vakillari qurultoyi boʻlib, u har 2 000 saylovchiga bir vakil saylanadigan 350 aʼzodan iborat edi. Qurultoy yiliga bir marta chaqirilar va unda respublika konstitutsiyasini qabul qilish, oʻzgarishlar kiritish, hukumatning hisoboti va davlat byudjetni tasdiqlash kabi muhim masalalar koʻrilar edi. Konstitutsiyaga koʻra, qurultoylar oʻrtasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ – Butun Buxoro MIK hisoblanadi. Qurultoyda Butun Buxoro MIK raisi qilib Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev saylandi (1922-yil avgustda boʻlgan 3-qurultoyda bu lavozimni Porso Xoʻjayev egalladi). Konstitutsiyaga muvofiq Xalq Nozirlar Shoʻrosi davlat hokimiyatini ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi sifatidagi oʻz vazifasini saqlab qoldi. Qurultoyda milliy masalaga katta eʼtibor berildi. Buxoro MIK huzurida Omongeldi Omonov boshchiligida Turkman boʻlimi tuzildi. Keyinchalik shu asosda Turkman avtonom viloyati tashkil qilinib, unga milliy muxtoriyat huquqi berildi. Turkman va tojik xalqi uchun madaniy-maʼrifiy va boshqa muassasalar ochildi.
Buxoro XSR hukumatining sovetlashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxorodagi demokratik jarayonlarga mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923-yil 3-iyunda Buxoroga Sovet Ittifoqi Qurolli Kuchlarining Bosh qoʻmondoni Sergey Kamenev, Turkfront Inqilobiy Harbiy Kengash raisi Avgust Kork, RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi aʼzosi Mixaylov va boshqalar kelishdi. Ular Buxoro hukumati faoliyatidan qoniqmayotganliklarini ochiq aytib, sotsialistik oʻzgarishlarni jadallashtirish kerakligini taʼkidlashdi.
Buxoro XSR MIK deputati belgisi
Oradan koʻp oʻtmay – 12-iyunda RKP(b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Sovet hukumati oʻz buyruqlarini tez va qarshiliksiz amalga oshirish uchun RKP(b) MK kotibi Yan Rudzutakni Buxoroga joʻnatdi. 23-iyunda RKP(b) MK yopiq plenumida Rudzutak ishtirok qilib, Buxoro hukumati rahbarlari va mahalliy kommunistlar oldiga qatʼiy talablarni qoʻydi. Fayzulla Xoʻjayevning eng yaqin safdoshlari boʻlgan sobiq yosh buxorolik jadidlar Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (EKOSO raisi) lavozimlaridan chetlashtirilib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Qori Yoʻldosh Poʻlatov, Rahimjon Yusufzoda, Muzahar Maxsum Burhonov, Hoji Hamro Yoʻldoshev ham masʼul lavozimlardan olib tashlandi. Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning „kommunistcha sabogʻi“ni olgan „tajribali sovet xodimlari“ bilan toʻldirildi. Plenumning oʻzida Buxoro Kompartiyasi MK kotibi Muhametdinov oʻrniga A. Rahimboyev Buxoro Kompartiyasi MK masʼul kotibi qilib saylandi. Hukumatda Turkistondan yuborilgan emissarlarning taʼsiri kuchayib bordi.
Inqilobiy ekstremistik unsurlar bu bilan cheklanib qolmasdan, 14-avgustda boʻlgan Buxoro MIK favqulodda sessiyasida Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga ham muvaffaq boʻldilar. 1923-yil 11–17-oktabrda boʻlgan Butun Buxoro 4-qurultoyi Konstitutsiyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqladi. Unga binoan barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning saylov huquqi kengaytirildi. Shuningdek, qurultoyda jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni kuchaytiradigan „Sovet qurilishi toʻgʻrisida“ maxsus qaror qabul qilindi. Jamiyat tobora siyosiylashib bordi. Buxoroda oʻtkazilayotgan demokratik islohotlarning taqdiri xavf ostida qoldi. Markazning talabi bilan mamlakatda sunʼiy ravishda sotsialistik qayta qurishlarni amalga oshirishga kirishildi. Respublikadagi bu keskin siyosiy vaziyat qurolli muxolifat harakatining kuchayishida ham oʻz ifodasini topdi. Buxoroda amir hokimiyati agʻdarib tashlangan dastlabki haftalardayoq mamlakatning gʻarbiy, markaziy va sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlangan edi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin