Sharqshunoslik



Yüklə 68,07 Kb.
səhifə1/7
tarix05.11.2022
ölçüsü68,07 Kb.
#119005
  1   2   3   4   5   6   7
Karl popperning ijtimoiy-falsafiy


O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKЕNT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI
Falsafa ta‘lim yo‘nalishi
IV kurs arab-ispan guruhi talabasi QAYUMOV ZOKIRJONning
―Ijtimoiy falsafa‖ fanidan
KARL POPPERNING IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLARI
mavzusidagi KURS ISHI


Ilmiy rahbar: o‘qit. A. Abduhalimov

TOSHKENT – 2014


REJA:


Kirish

  1. Karl Popper – postpozitivizm falsafasining yirik vakili

  2. Popperning falsafa tarixi davrlarin va qadimgi faylasuflarning davlat to‘g‘risidagi fikrlari tahlili

  3. K.Popperning ― Ochiq jamiyat va uning dushmanlari ‖ asaridagi ijtimoiy- falsafiy qarashlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‗zbekiston o‗z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e‘lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy– iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma‘naviy taraqqiyotida, ta‘lim– tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma‘noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy ma‘naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o‗rganish, tadqiq etish, ayniqsa, yangi davr g‘arb falsafasi ixtisosligi bo‗yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. ―Avvalgi yillarda, - deb ta‘kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta‘lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‗or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‗zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‗ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin1‖. Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o‘ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g‘arb va sharq faylasuflarining o‘rni beqiyosdir.
Prezidentimiz Islom Abdug‗aniyevich Karimov aytganlaridek, ―Dunyo tan olgan ko‘p ulug‘ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o‘zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g‘oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o‘zbek tilida chop etishimiz kerak2‖.
Shuningdek, prezidentimiz ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam





1 Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. - T.: ―O‘zbekiston‖, 2006. – B. 104.
2 O‘sha asar. – B. 112.
etgan nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri kelgan3 ligini mustaqillikning dastlabki yillarida alohida ta‘kidlab o‘tgan. Bular orasida Sharq va G‘arb falsafasi ahamiyatlidir.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‗zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‗z-o‗zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an‘analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma‘naviy muhit mavjud bo‗lmog‗i kerak. ―…Biz ko‘p masalalarda g‘arb faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoizm qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e‘tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur4‖. Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma‘rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta‘kidlab o‘tganlaridek, g‘arb faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflarining fikrlari bilan uyg‘unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr g‘arb faylasuflarining, xususan, Karl Popperning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‗rganish
shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.

Yüklə 68,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin