1.9. Ma’lumotlarni fayldan kiritish Dasturda kerakli ma’lumotlarni faqatgina klaviatura orqali emas, balki matnli fayllardan ham kiritsa bo’ladi. Buning uchun TextFile tipidagi faylli o’zgaruvchini e’lon qilib olish kerak. Undagi ma’lumotlarni read yoki readln buyruqlari bilan o’qish va olish uchun AssignFile buyrug’i yordamida fayl nomi tayinlanadi.
1.10. Faylni ochish Fayllarni o’qish uchun ochish Reset protsedurasini chaqirish bilan amalga oshiriladi. U fayl tipidagi bitta parametrga ega. Faylni Reset protsedurasi bilan chaqirishdan avval AssignFile funksiyasi yordamida aniq bir fayl ko’rsatilishi kerak.
Masalan, quyidagi buyruq faylni o’qish uchun ochadi:
AssignFile(f, 'c:\data.txt');
Reset(f);
Agar fayl noto’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa, masalan, ko’rsatilgan nomdagi fayl diskda mavjud bo’lmasa, u holda dastur bajarilish vaqtida xatolik yuz beradi.
Faylni yozish uchun ochishdagi kabi, dastur IoResult funksiyasining qiymatini tekshirish bilan faylni ochishda yuz berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni qayta ishlash vazifasini o’z zimmasiga olishi mumkin. Buni 7.4-listingda berilgan dastur matnida ko’rishimiz mumkin.
4.4 - listing. var fname : string[80]; // fayl nomi
f : TextFile; // fayl
res : integer; // faylni ochishdagi xatolik kodi (lOResult qiymati)
answ : word; // foydalanuvchiga javob
begin fname := 'test.txt';
AssignFile (f, fname);
repeat {$I-}
Reset(f); // faylni o’qish uchun ochish
{$!+}
res:=IOResult;
if res <> 0
then answ:=MessageDlg('Ochishdagi xatolik '
+ fname+#13 +'Urinishni takrorlaysimi?',mtWarning,
[mbYes, mbNo],0);
until (res= 0) or (answ = mrNo);
if res <> 0
then exit; // Protsedurani yakunlash
end; 1.11. Malumotlarni fayldan o’qish Fayldan o’qish read va readln buyruqlari yordamida amalga oshiriladi. Uning umumiy yozilishi quyidagicha:
read( faylli_o’zgaruvchi, o’zgaruvchilar_ro’yxati);
readln(faylli_o’zgaruvchi, o’zgaruvchilar_ro’yxati);
bu yerda: