107
oxiriga qadar davom etadi, - deydi.
U bir qancha bosqichdan - uy,
bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan deb,
tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan
chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida
g‘amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga
ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat
va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq,
o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq
uchun insonga kuchli, kasalsiz
jasad lozimdir
”
.
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti
108
Biz buni yuqoridagi chizmada ham ko‘rdik. Asosiy g‘oya: “Tarbiya
bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat yo saodat, yo
falokat masalasidur”.
Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘sti-
rishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda
o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi. Bolalarda fikrlash
qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi
benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning
“diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur...
Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga
bog‘liqdur”.
1
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini ham
ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi
bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan
kabidur”
2
- deydi.
Avloniy fikricha, inson butun borliqning ko‘rki va sharafidir. Inson
o‘z go‘zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha maxluqotlardan
afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uni
sohibidir deydi. Chunki insonning, aqli bor. U shu aql yordamida ilm
egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi:
“Aql,
- deydi Avloniy, - insonlarning piri komili, murshidi yago-
nasidur, rux ishlovchi, aql boshlovchidir. ...insonni hayvonlardan so‘z
va aql ila ayirmishdur. Lekin inson, aql va idroki soyasida o‘ziga
keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir
qilib, bo‘ynidan bog‘lab, iplarining uchini qo‘llarga bergan insonlarning
aqlidur”. Avloniy insonga va uning, aqliga ana shunday yuksak baho
beradi. “Ilm
insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar,
aqlingning qo‘li nafsingning jilovini ushlasa, seni yomon yo‘llarga
kirmoqdan saqlar. Xar narsa ko‘p bo‘lsa, bahoi arzon bo‘lur, ammo
aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho
bo‘lur”.
3
Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida ilm haqida yana
shunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm
1
Абдулла Авлоний. Иккинчи китоб, 14-бет
2
Ўша китоб, 15-бет.
3
А.Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ , 22 - 23 – бетлар.
109
inson uchun g‘oyat oliy muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z
ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni
qilich kabi o‘tkur qilur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”. Avloniy
ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib,
“Bizlarni jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni
ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘
ishlardan
qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz,
salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz,
g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”. Mutafakkirning
obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni
qo‘lga
kiritish uchun mehnat qilish, ya’ni chaqib uni po‘chog‘idan
ajratib olish kerak. U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi
tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga,
hodisalar mohiyatini echishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning
fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi
yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir. Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay
oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
Abdulla Avloniy o‘z davrida yosh avlodda chin insoniy axloqiy
xislatlar tarbiyalashni istadi. U ta’lim va tarbiya, ilm va ma’rifat olish
yo‘li bilan vatandoshlarining baxtli va saodatli bo‘lishini orzu qildi.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobining ikkinchi
bobi insonning ijobiy xulqlariga bag‘ishlanadi. Buni “Yaxshi xulqlar”
sarlavhasi ostida bayon etadiki, unda biz
insonning kamol topishida
muhim rol o‘ynaydigan 30 dan ortiq axloqiy fazilatlarning mohiyatini,
axloq tarbiyasi mezonlarini, ulardan foydalanish uslublarini moxirona
ta’riflaganini bilib olamiz. Avloniyning mahorati shundaki, insonning
kamol topishida yaxshi xulq bilan yomon xulqni bir-biriga taqqoslab,
yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, bolalarda axloqiy fazilatlarning
shakllanishida muhim vosita ekanligini hayotiy misollar, hikoyalar
asosida ilmiy jihatdan asoslab bera olganligidir.
Darxaqiqat asarda keltirilgan yigirmadan
ziyod sarlavha ostida
bayon etilgan, ya’ni g‘azab, shahvat, adovat, haqorat, hasad, ta’ma,
zulm kabi yomon xislatlardan tiyilish, ularning zararli oqibatlari haqida
mushohada yuritish, kishini yomon yo‘ldan asrashga, g‘aflat uyqusidan
uyg‘onishga, milliy g‘ururi, o‘zligini anglashga, ongli, diyonatli,
sahovatli, ma’rifatli inson bo‘lib shakllanishiga zamin degan fikr ilgari
suriladi.