13.3.To’g’ri oqimli qozonlar. Agar tabiiyssirkulyasiyali qozonlarda muhitning majburiy harakatlanishi faqat suv ekonomayzeridagina bo’lsa, tug’ri oqimli qozonlarda qozonga suv kelishidan tortnb o’ta qizigan bug’ olinishigacha bug’ hosil bo’lish protsessi majburiy ravishda va bir marta amalga oshiriladi. Suv, bug’-suv aralashmasi va bug’ ta’minlash nasosi yordamida haydaladi.
Rasmda turli oqimli qozonning bir o’ramli trubalaridan ish jismining harakatlanishi sxemasi ko’rsatilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki, to’g’ri oqimli qozon bug’ ekonomayzeri /, bug’lantirish qismi 2 va bug’izdirgich 3 ning ketma-ket tutashtirilgan trubalari sistemasidan iborat.
Gidravlik qarshilikni kamaytirish va suv o’tadigan umumiy jonli kesimni kattalashtirish uchun o’ramlarni parallel tutashtirish usuli qo’llaniladi, bunda o’ramlarning soni 50 gacha etishi mumkin ( -rasm). Bunda ish jismining yo’lida aralashtirish kollektorlari qatori o’rnatiladi, ular barcha neytish sirtini alohida qismlarga suv ekonomayzeri /, radiatsion kiem 2, konvektiv o’tish zonasi 3 va bug’izdirgich 4 ga bo’ladi. Sistemaning shu qismlarining hammasi bir-biri bilan ketma-ket tutashtiriladi. To’g’ri oqimli qozonlar barabanli qozonlar kabi, ekranlangan, radiatsion va konvektiv zonalari bor bo’ladi.
Asrimizning 30-yillarida pro4). L. K. Ramzin to’g’ri oqimli qozonning original konstruksiyasini yaratdi, bu qozon qurildi va ishga tushirildi. Bu qozonning bug’ unumi 55,0 kg/sek,
20.7 -rasm. To’g’ri oqimli qozonning bir o’ramli trubalaridan ish jismining harakatlanish sxemasi
20.8 - rasm. To’g’ri oqimli qozonning ko’p o’raml'i trubalaridan ish jismining harakatlanish sxemasi bug’ bosimi 137 bar va temperaturasi 5000S edi. L. K. Ramzin sistemasidagi
to’g’ri oqimli qozonning sxemasi rasmda keltirilgan. Ta’minlash suvi nasos yordamida ekonomayzer / ga uzatib beriladi, bu erda u kirayotgan gazlarning issiqligi hisobiga isiydi va qozon agregati radiatsion qismining zmeeviklari 6 ga kiradn. Ekranlarning pastki qismida suv qaynash temperaturasiga qadar isiydi U trubalar bo’ylab yuqoriga tomon siljigani sari bug’ hosil bo’lish protsessi davom etadi.
Tarkibndagi bug’ miqdori 70—75% bo’lganda bug’-suv aralashmasi radiatsion qismdan konvektiv qismga oraliq zona 8 ga o’tadi. Bu erda suv oxirigacha bug’lanib, tuzlar cho’kmaga tushadi. Bu zonada tuzlarning cho’kishi radiatsion zonadagidek darajada xavfli emas, chunki bu erda gazlarning temperaturasi qozon o’txonasidagi temperaturadan past bo’ladi. SHuning uchun quyqa qatlamining hosil bo’lishi trubalarning xavfli darajada o’ta qizib ketishiga sabab bo’la olmaydi. Bug’ oraliq zona 3 dan bug’izdirgichning radiatsion qismi 5 ga, so’ngra esa konvektiv kiem 4 ga va nihoyat, iste’molchiga beriladi. qozon agregatining konvektiv shaxtasida havo isitkich 2 ning ikki bosqichi joylashadi.
To’g’ri oqimli qozonning barabanli qozonga nisbatan afzalliklari shundaki, engil, yuqori va o’ta yuqori parametrli bug’ olish mumkin, bug’ unumi nihoyatda yuqori, qozonni tez ishga tushirish mumkin va portlash xavfi nisbatan kam; kamchiliklari: ta’minlash nasoslariga elektr energiyasi ko’p sarf bo’ladi va ta’minlash suvining sifatiga katta talab qo’yiladi.
Hozirgi paytda vatanimizdagi zavodlarda bug’ bosimi 137 bar, o’ta qizigan bug’ temperaturasi 570°S va bug’ unumi 48 dyap 180 kg/ek gacha bo’lgan to’g’ri oqimli qozon agregatlari ishlab chiqariladi. Bug’ unumi 265, 447 va 690 kg/sek, bug’ bosimi 245 bar va o’ta qizigan bug’ temperaturasi 585°S bo’lgan to’g’ri oqimli qozon agregatlari ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda.