Sifat menejmenti fanida mustaqil ishi Qabul qiluvchi : Po'latov Shoxrux Shavkatovich mavzu: sifat menejmenti tizimlari reja



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə4/5
tarix04.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#123806
1   2   3   4   5
Mahsulot sifatini oshirish - jahondagi barcha yetakchi
firmalar uchun xos bo'lgan ish yo'nalishidir.
Raqobatbardoshlik - raqobatga bardosh berish, unga qarshi
tura olish qobiliyati. Bunda “raqobatbardoshlik” tushunchasi ham tovarlar (xizmatlar), ham korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo'llaniladi.
Ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi - bu uning ham mahsulotning sifat tavsiflariga, ham boshqa ishlab chiqaruvchi raqobatchilarga nisbatan olib boradigan aniq maqsadga yo'naltirilgan faoliyati hisobiga sotish bozorlarini saqlab qolish va kengaytirish qobiliyati. Yangi sotish bozorlariga chiqish, tashkiliy tuzilmani qayta tuzish, modifikatsiyalash va mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtirish, uni ishlab chiqarish hajmlarini o'zgartirish, asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalarini almashtirish, xo‘jalik aloqalarini va marketing siyosatini o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha yechimlar korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashga bo‘ysundirilgan.
Tovar va korxonaning raqobatbardoshligi toifalari o‘zaro uzyiy bog‘liq bo‘lishi bilan birga, muhim farqlarga ham egadir:
1) mahsulotning raqobatbardoshligi tovaming hayot sikliga
mos vaqt oralig‘ida baholanadi va tadqiq etiladi, korxona raqobat bardoshligini tadqiq etish asosida esa korxona faoliyat ko‘rsatib turadigan davrga mos bo‘lgan ancha uzoq vaqt yotadi;
2) mahsulotning raqobatbardoshligi uning har bir turiga nisba-tan ко‘rib chiqiladi, korxona raqobatbardoshligi esa ishlab chiqariladigan mahsulotning barcha o‘zgaruvchi nomenklaturasi uning ishlab chiqarish-texnik salohiyatini qamrab oladi;
3) korxonaning raqobatbardoshlik darajasi uning o‘zi tbmoni-
dan tahlil qilinadi, tovaming raqobatbardoshligini baholash esa
iste’molchining alohida huquqi.
0‘z strukturasiga ko‘ra korxonaning raqobatbardoshligi mah­sulotning raqobatbardoshligidan ancha murakkab, chunki uning
obyekti - korxonaning butun ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyati.
Tovarning raqobatbardoshligi - bu lining nisbiy tavsifi
bo‘lib, ushbu tovaming raqobatchi tovaridan, birinchidan, aynan
bitta ijtimoiy ehtiyojga mosligi bo‘yicha, ikkinchidan esa ushbu
ehtiyojni qondirish xarajatlari bo‘yicha farqlarini aks ettiradi.
Tovarning raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarning uchta
guruhi bilan tavsiflanadi:
•foydaliligi (sifati, foydalanish samarasi va h.k.);
•iste’molchining ehtiyojlarini ushbu buyum vositasida qondirishda iste’molchining xarajatlari (sotib olish, foydalanish, texnikxizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, utillashtirish va h.k.);
•taklifhing raqobatbardoshligi (mahsulotni bozorga chiqa­
rish usuli, yetkazib berish va to‘lov shartlari, sotish kanallari, servis xizmati va h.k.).
Mahsulotning raqobatbardoshlik parametrlari me’yoriy (tovaming standartlar, texnikaviy shartlar, qonunchilikka muvofiqligi), texnik (tovaming qo‘llanish sohasi, ishonchliligi, uzoq muddat xizmat qilishi, quwati va boshqalarni belgilab beruvchi texnologik xossalari), iqtisodiy (iste’molchining tovarni sotib olish, ishlatish va utillashtirish xarajatlari darajasi, ya’ni iste’mol narxi) va tashkiliy (chegirmalar tizimi, yetkazib berishning butligi, yetkazib berish muddatlari va shartlari va h.k.) kabi parametrlarga bo‘linadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin