Sirojiddin Said "Adiblar hiyoboni"


-an otlarga: Majburan, ruhan, tamoman, tasodifan kabi. -lab



Yüklə 193,93 Kb.
səhifə2/2
tarix18.11.2022
ölçüsü193,93 Kb.
#119683
1   2
Bo’sh vaqt hush vaqt

-an otlarga: Majburan, ruhan, tamoman, tasodifan kabi.
-lab ot, sifat, son, ravishdoshlarga: ertalab, haftalab, bittalab, ko'plab, yaxshilab kabi.
-cha o'zbekcha, askarcha, yangicha, eskicha, istagancha, hozircha, ko'pincha kabi.
-larcha ot, sifatlarga: o'rtoqlarcha; ravishlarga: butunligicha, tirikligicha, o'zligicha, ko'pligicha kabi.
-ona ba'zi bir ot, sifat, ravishlarga: do'stona, mardona, mag'rurona, ojizona, makkorona, kamtarona kabi.
-lay (-layin) ba'zi bir olmosh, sifatlarga: butunlay, tiriklayin, tiriklay (in) kabi.
-n, in ba'zi bir ravish, fe'llarga: ertan, kechin, yashirin kabi.
-chasiga ot, sifatlarga: harbiycha, harbiychasiga, ochiqchasiga kabi.
-siz, -be: to'xtovsiz, beto'xtov, hisobsiz, behisob kabi.
-day (-dek) ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ba'zan son, modal so'z, ravishdoshlarga: burgutdek, toshday, kaftdagidek, har kungidek, yo'qday, borday, ko'pdek, o'zdek, shunday, ko'rganday, achingandek, birdek kabi.
Ma'lum sintaktik sharoit tufayli ravishlarning ko'p qismi boshqa so'z turkumlaridan ko'chgan. Ravishga ko'chish hodisasi deyarli barcha mustaqil so'zlarda mavjud. Masalan: kunda, kuniga, kunduzi, oldiga, orqaga kabilar, otdan: yangidan, yaqinda, sifatdan; birdan, birga, sondan: o'sha fe'ldan ravishga ko'chgan, ya'ni, ravish bo'lib qolgan. Ravishlar tuzilish jihatidan: Sodda (tez, ko'p, mardona, birdan), qo'shma (har vaqt, bir zum, hech qachon), juft (asta-sekin, ochiq-oydin, qishin-yozin) takroriy (asta-sekin, tez-tez, sekin-sekin) turlarga bo'linadi.

Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:

  1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.

  2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.

  3. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).

  4. Matn sarlavhasi.

  5. Bildirishnoma matni (mazmuni).

  6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).

  7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).

  8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).




Sirojiddin Sayyid 1958 yilning 30 oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlogʻida tugʻildi. Bolalik chogʻlaridan boshlab matalgoʻylik, dostonxonlik muhitida, ertak va afsonalar olamida ulgʻaydi. Oybibi momosi, Saidumar amakisi, Islomiddin togʻasidan eshitgan xalq qoʻshiqlari, Abduvahob bobo, Vahob shoirning sheʼrlari, onasi Xolbibi Nasriddin qizi aytgan naqlu hikoyatlar uning shoirlik qismatida muhim oʻrin tutadi. Sirojiddin Sayyid ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida (1974–1979) tahsil oldi. Izlanish va qizgʻin mutolaa yillariga aylangan talabalik davrining sinov va imtihonlari, taqlid va takrorlari, ayriliqlariyu hijronlari uning oʻz yoʻli va ovozini topishida, shaxs va shoir sifatida shakllanishida alohida ahamiyat kasb etdi.
“Xayrullaning komandasi” nomli ilk hikoyasi 1972 yilda – sakkizinchi sinfda oʻqib yurganida respublika bolalar gazetasida bosilgan edi. “Orzu” va “Istak” nomli birinchi sheʼrlari 1975 yilda “Toshkent universiteti”, undan soʻng “Sevgi” va “Orzu” nomli sheʼrlari “Sariosiyo haqiqati” gazetalarida chop etildi. “Ruhim xaritasi” nomli ilk kitobi 1985 yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida bosilib chiqdi. Piyoz poʻstiday yupqa va koʻrimsiz, “iqtisod qilingan qogʻoz hisobiga bosilgan” bu toʻplam tez orada ancha “mashhur” boʻlib ketdi. Mustabid tuzum mafkurasi kitobchadagi sheʼrlarni gʻoyasizlikda aybladi. Shundan soʻng koʻp oʻtmay “Yoshlik” jurnalida bosilgan “Saksoninchi yillar” dostoni Sirojiddin Sayyidni shoir sifatida keng tanitdi.
Shundan keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida” (1986), “Sevgi mamlakati” (1987), “Asragil” (1990), “Mehr qolur, muhabbat qolur” (badialar, maqolalar, 1992), “Kuydim” (1994), “Uyingdagi beshiklar” (1996), “Vatanni oʻrganish” (1996), “Egasi bor yurt” (2001), “Qaldirgʻochlarga ber ayvonlaringni” (2005), “Dil fasli” (2007), “Yashasin yomgʻirlar” (badialar, suhbatlar, adabiy maqolalar, 2007) “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” (doston, 2011), “Bugʻdoyboʻy Vatan” (sheʼrlar, badialar, maqolalar, 2011), “Ochil, ey gul, ki boʻston vaqti boʻldi” (2014) singari kitoblari bosilib chiqdi.
2008 yili “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati shoirning “Soʻz yoʻli” nomli ikki jildlik tanlangan asarlarini nashrdan chiqardi.
 Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim oʻpsalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim boʻlib keldim, men bir nasim,
Aytib oʻtsam deyman koʻhna dardlaringdan.
Shu maʼnoda Sirojiddin Sayyidning “Kuydim”, “Vatanni oʻrganish” nomli toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida qulf ura boshlagan goʻzal va mungli tuygʻulari yanada keng koʻlam va zalvor kasb etgan, tugʻilgan yurt, ona Vatan haqidagi sogʻinch va hayajonlari, mehru muhabbati “Vatan abadiy” (2001), “Ustimizdan oʻtgan oylar” (2003), “Koʻksimdagi zangorlarim” (2005) nomli sheʼriy toʻplamlarida bor boʻy-basti bilan namoyon boʻladi. Shoirning keyingi yillarda bosilgan “Koʻngil sohili” (“Shamnoma”, toʻrtliklar, 1995), “Dil fasli” (2007), “Bugʻdoyboʻy Vatan” (2011) kabi kitoblaridagi sheʼrlar, manzuma va dostonlarni ilmiy-adabiy jamoatchilik xayrixohlik bilan qarshi oldi. S. Sayyidning “Tanazzul” (1989), “Toʻpalondaryo bilan xayrlashuv” (1992), “Yaxshilik eskirmaydi” (Qirq hadis, 1992–2001), “Bahor Surxondan boshlanar” (2002), “Laylakqor va odamzod rivoyati” (1998), “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” (2010) dostonlari mustaqillik yillari epik janr qiyofasini yaratishda muhim oʻrin tutadi.
Yüklə 193,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin