Tabiiy geografiyaning o’rganish ob’ekti to’g’risidagi uchinchi tushuncha bu - geografik komplekslar haqidagi tushunchadir. Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti aynan ana shu tabiiy geografik bo’lishi kerakligini A.G.Isashenko (1953), N.A.Solnsev (1955), L.E.Setunskaya (1956), K.K.Markov (1970), va boshqalar ta’kidlab o’tgan. Ammo bunday fikrni birinchi bo’lib A.N.Krasnov bildirgan (1895). Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti haqidagi uchinchi tushuncha bu - “tabiiy muhit” yoki “geografik muhit” tushunchasidir. Bu tushuncha ommabop adabiyotlarda, ba’zi tabiiy va ijtimoiy fanlarda keng ishlatiladi. Geografik muhit bilan geografik qobiq atamalarining izohlarida o’xshashliklar mavjud. Shuning uchun ham K.K.Markov (1951), I.I.Zabelin (1952), I.P.Gerasimov (1956) va boshqalar “geografik muxit” atamalaridan foydalanganda albatta inson faoliyatini va uning ta’sirini ko’zda tutganlar. N.A. Gvozdeskiy (1979) esa tabiiy geografiya geografik ishlab chiqarish texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida geografik muhitning chegaralari geografik qobiqning chegaralariga mos kelib qoldi va Shuning uchun tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti bittadir, u ham bo’lsa “geografik muhitdir” deb yozadi.
To’rtinchi eng keng tarqalgan tushuncha bu
Tabiiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti haqidagi to’rtinchi tushuncha geotizimlar tushunchasidir. Tabiiy geografiyaga birinchi bo’lib “geotizim” tushunchasini kiritgan olim V.B.Soshava (1963) hisoblanadi. V.B.Soshavaning fikrisha geotizimlar haqidagi ta’limot tabiiy geografiya fanining “o’zagi” hisoblanadi.
A.G. Isashenko ham tabiiy geografiyaning ob’ekti bo’lib geotizimlar hisoblanadi va bu tabiiy geografiyaning eng qisqa ta’rifidir degan fikrni bildiradi.
Geografik qobiqni tuzilishi jihatidan eng murakkab bo’lgan qismi bu, litosfera, gidrosfera va biosferalarning bevosita tutashib va o’zaro ta’sir etib turadigan qismidir, ya’ni quruqlik yuzasi, dunyo okeani yuza qatlami va okean tubi. Geografik qobiq qismlarining aynan shu tutashib turgan joylarida yirik organizmlarning eng ko’p to’planganligi kuzatiladi. Geografik qobiqning yuqorida ta’kidlangan uchta tarkibiy qismining o’ziga xosligi xilma-xil geografik komponentlar yig’indisida namoyon bo’ladigan murakkab hududiy differensiatsiyalanishidir.