Sodda masalalar va ular ustida ishlash metodikasi Reja : Reja


Umuman olganda istalgan masala ustida ishlash eng kamida 5 etapdan iborat bo’lishi kerak



Yüklə 14,57 Kb.
səhifə2/6
tarix19.04.2023
ölçüsü14,57 Kb.
#125570
1   2   3   4   5   6
Sodda masalalar va ular ustida ishlash metodikasi Reja Reja-fayllar.org

Umuman olganda istalgan masala ustida ishlash eng kamida 5 etapdan iborat bo’lishi kerak:


  • 1.Masalaning shartini o’zlashtirish.

  • 2.Masalaning qisqacha shartini tasvirlash.

  • 3.Qisqacha shartga qarab muhokama qilish.

  • 4.Yechish rejasini tuzish va yechish.

  • 5.Echilgan masala ustida ishlash.

  • Endi quyidagi masalani ko’raylik.

  • Kolhoz avtoparkiga 2400 l benzin keltirildi. Bundan 1-kun 3q10 qismi, 2-kun 2q10 qismi sarflandi. Har ikkala kunda necha litr benzin sarflandi?”

  • Bu masalaga quyidagi uch hil ko’rinishda qisqa shartni yozib ko’rsatish qulay.

  • 1.Grafik usuli.

  • Shunday qilib masala qanday qisqa shartida tuzilmasin, masalaning to’la shartini ifodalashi va yechim yo’lini tanlashga yordam berishi kerak.

Masala bu –


  • so’zlar bilan ifodalangan savol bo’lib, uning javobi arifmetik amallar yordamida olinishi mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mantiqiy tafakkurini o’stirishda matnli masala muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Masala tushunchasini turli olimlar tomonidan turlicha talqin etilishi ishimizning birinchi bandida keltirilgan. Shartli ravishda masala quyidagi tarkibiy elementlarga ajratilishi mumkin.

  • masalaning sharti – syujetlarning so’zlar bilan bayoni bo’lib, unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funksional bog’lanish oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda (so’zlar yordamida) ko’rsatilgan bo’ladi.

  • masalanig savoli – bunda bir yoki bir necha kattalikning noma’lum qiymatlarini bilish taklif qilinadi.

  • Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarni ikki turga bo’ladilar:

  • Sodda masalalar va murakkab masalalar. Bir amal bilan yechiladigan masalalar sodda masalalar bo’lib, bunday masalalar bilan o’quvchilar birinchi, ikkinchi sinflarda tanishadilar. Ikki va undan ortiq amal bilan yechiladigan masalalar murakkab masalalar deb aytiladi.

  • Murakkab matnli masalalarni yechishda quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi:

  • masala matnini o’zlashtirish bosqichi

  • masala qisqa shartini tasvirlash bosqichi

  • masalani muhokama qilish bosqichi

  • masalani yechimini tasvirlash bosqichi

  • yechilgan masala ustida ishlash bosqichi

  • Bu bosqichlarga rioya qilgan holda masalalar yechish o’quvchilarga yaxshi malaka va ko’nikma erishishga sabab bo’ladi. Yechilgan masala ustida ishlash bosqichi masalalari quyidagi II bobda qarab chiqiladi.

Yüklə 14,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin