Sodda masalalar va ular ustida ishlash metodikasi Reja : Reja


Yechilgan masalani tekshirish usullari



Yüklə 14,57 Kb.
səhifə3/6
tarix19.04.2023
ölçüsü14,57 Kb.
#125570
1   2   3   4   5   6
Sodda masalalar va ular ustida ishlash metodikasi Reja Reja-fayllar.org

Yechilgan masalani tekshirish usullari


  • Metodikaga oid adabiyotlarda matnli masalalar o'quvchilarga matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga, uni o'rab turgan muhitning o'zaro aloqadorligini turli tomonlarini chuqurroq anglashga yordam berishi, o'rganilayotgan nazariy qoidalarni qo'llashga, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog'lanishlarni o'rgatish imkonini berishi o'z ifodasini topgan. Matnli masalalarni yechish o'quvchi mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga katta yordam beradi. Demak, har bir bajarilayotgan amalning to'g'riligini tekshirib, masalani yechish orqali o'quvchida fikrlash qobiliyati o'sadi, mantiqiy tafakkur qilishi ortadi. Masalalarni yechib, yechimning to'g'riligini tekshirish orqali o'quvchilarning matematikadan o'rganilgan nazariy bilim, malaka va ko'nikmalari mustahkamlanadi, mushohada qilish, tafakkur yuritish, tegishli xulosalar chiqara olish xususiyatlari tarkib topadi.

Berilgan masalaga teskari masala tuzish va uni yechish


  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarni masala yechishga o’rgatish orqali ularda mantiqiy tafakkur rivojlanadi, matematik nutqi o’sadi. Masala yechishga oid ishlar birinchi sinfdan boshlanadi. To’la ko’rsatmalilikka tayangan holda o’quvchilar sodda masala tuza boshlaydilar. Bunday masalalar yig’indini topishga doir, qoldiqni topishga doir yoki “ta orttirish”, “… ta kamaytirish”ga doir sodda masalalar hisoblanadi. Bu ayniqsa raqamlash davrida ya’ni o’n ichidagi son bilan tanishtirish maqsadida predmetlar, rasmlar to’plamidan foydalanib o’quvchilar masala tuzadilar va uni yechadilar. Shuni ta’kidlash joizki masala, masala sharti masala savoli degan atamalarni kiritishga mo’ljallangan mavzu “Matematika darsligida” alohida mavzu sifatida o’z ifodasini topmagan. Darslikning 49-betidan boshlab masala atamasi kiritilgan. Ammo o’quvchi maktabga qadam qo’ygan kundan boshlab narsa, predmet, rasmlarga qarab, masala tuza olishga o’rgatib boorish kerak. Garchand masala, masala sharti, masala savoli kabi atamalarni o’quvchilarga aytmasdan turib ham matnli masala tuzish va uni yechish ishlari bajariladi. Dastlab yig’indini topishga doir masala tuzish ishlari bajarilayotganda ikki to’plam elementlari birlashtirib, birlashma to’plamdagi elementlar sonini topishga qaratilgan turli mazmundagi masalalarni ko’rgazmali vosita asosida tuzib va uni yechish yo’llari o’quvchilarga tushuntirib boriladi. Masala: “bir qalamdonda uchta qalam, ikkinchi qalamdonda ikkita qalam bor. Ikkila qalamdonda nechta qalam bor?” Bu masalani o’qituvchi ko’rgazmali qilib, birinchi qalamdondagi uchta qalamni ko’rsatib, uning ustiga ikkinchi qalamni qo’yib ikkala qalamdonda hammasi bo’lib nechta qalam bo’lishini o’quvchilardan so’raydi. Dast avval ikkal qalamdondagi qalamlar sonini sanash orqali, masala yechimi besh ekani aniqlanadi. So’ngra birinchi qalamdondagi uchta qalamni ko’rsatib, ikkinchi qalamdondagi ikkita qalamni ko’rsatib ikkalasini ustma-ust ko’rsatib, ikkalasida nechta qalam borligini hisoblab topishni talab qiladi va natijada masala yechimi 3Q2q5 (qalam) tarzida raqamli kartochkalar orqali namoyish qilinadi.

Yüklə 14,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin