Soliq imtiyozlar hisobi.
Тayanch iboralar:
(Buxgalteriya hisobi predmeti, soliq hisobining predmeti, hisob ob’ekti, hisob tamoillari, metod, hisob registrlari, analitik hisob registri, sintetik hisob registri)
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tajribalaridan ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti uni rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatlarini, iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarini, milliy qadriyat va xususiyatlarini, ma’naviy boyliklarini to’la hisobga oluvchi, mukammal iqtisodiy siyosat ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilgan sharoitdagina barqaror va mutanosib rivojlana oladi. Aynan mana shunday omillarni o’z mazmun-mohiyatiga singdirgan, bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to’liq e’tirof etilayotgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” mamlakatimizning jadal ravnaq topishi, xalqimiz moddiy va ma’naviy hayotining tez sur’atlar bilan yuksalib borishi uchun mustahkam negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda erishilayotgan iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq. Mamlakatimizda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, izchil soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog’liq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi soliq to’lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi, ishlab topilgan va ularning o’zlarida qoldirilayotgan mablag’larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo’shimcha soliq ob’ektining paydo bo’lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo’qotishlar o’rnining qoplanishi, balki soliq to’lovchilarning qo’shimcha daromadlarga ega bo’lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.
Respublikamizda ishlab chiqarishni yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishda muntazam ravishda soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo’llanilishi o’z natijalarini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish natijasi o’laroq keyingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Bunda makroiqtisodiy tartibga solish tizimining muhim vositalaridan biri bo’lgan davlat byudjetining ahamiyati g’oyat yuksakdir.
Amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati birinchidan, iqtisodiyotning istiqbolli soha va tarmoqlarini davlat tomonidan moliyaviy qo’llab quvvatlash tizimida muhim fiskal omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, amaldagi faol ijtimoiy siyosat va kuchli ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda davlat byudjetiga alohida vazifalar yuklatilgan bo’lib, ushbu vazifalarni samarali ijrosi ta’minlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksida soliqqa tortish tamoyillari alohida moddada e’tirof etildi:
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining tamoyillari:
1. Soliq haqidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaliligi, soliq haqidagi qonun hujjatlari oshkoraliligi va soliq prezumsiyasi tamoyillariga asoslanadi.
2. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeks bilan o’rnatilgan tamoyillarga zid bo’lishi mumkin emas».8
Soliq kodeksida qayd etilgan soliq solish tamoyillari 1.2-jadvalda aks etilgan.
Mamlakatimiz mustaqil bo’lganidan keyin o’zining soliq tizimiga ega bo’ldi, O’zbekiston iqtisodiyotiga mos bo’lgan soliq siyosati ishlab chiqildi.
«Soliq siyosati – har bir mamlakatda ma’lum vaqtda belgilangan konsepsiya, mezon va vazifalar, davlat iqtisodiy va moliyaviy siyosatning asosiy tarkibi.
Davlatning soliqqa tortish uslublari, soliq turlari, ularni to’lash tartiblarini takomillashtirishga bag’ishlangan maqsadli tadbirlari, soliq siyosati iqtisodiy siyosatning umumlashgan ifodasi hisoblanadi».10
1-jadval
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida mavjud soliq solish tamoyillari
Modda | Тamoyilning mazmuni | Manba |
6-modda.
Soliq solishning majburiylik tamoyili
|
1. Soliqlar va majburiy to’lovlar ushbu Kodeks bilan o’rnatiladi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi.
2. Har bir shaxs ushbu Kodeks bilan o’rnatilgan soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashga majburdir.
3. Hech kimga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda o’rnatilgan soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
|
Soliq
kodeksi
|
7-modda.
Soliq solishning aniqligi tamoyili
|
1. Soliqlar va majburiy to’lovlar aniq belgilangan bo’lishi lozim. Soliq haqidagi qonun hujjatlari shunday tarzda tar’riflangan bo’lishi kerakki, unda har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va majburiy to’lovlarni, qachon, qanday miqdorlarda va qay tartibda to’lashlari lozimligini aniq bilishligini anglatadi.
2. Soliqlarni va majburiy to’lovlarni o’rnatishda, ushbu Kodeksda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar hamda soliqlarning va majburiy to’lovlarning elementlari belgilangan bo’lishi lozim.
|
Soliq
kodeksi
|
8-modda.
Soliq solishning adolatlilik tamoyili
|
1. Soliq solish umumiydir.
2. Soliq imtiyozlarini o’rnatish ijtimoiy adolatlilik tamoyiliga muvofiq bo’lishi lozim. Yakka tartib xususiyatiga ega bo’lgan soliq imtiyozlarini berishga yo’l qo’yilmaydi.
3. Soliqlar va majburiy to’lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo’lishi va ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va shu kabi boshqa mezonlardan kelib chiqqan holda turlicha qo’llanilishi mumkin emas.
|
Soliq
kodeksi
|
9-modda. Soliq tizimining yagonaliligi tamoyili
|
1. Soliq tizimi barcha soliq to’lovchilarga nisbatan butun O’zbekiston Respublikasi hududida yagonadir.
2.O’zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va majburiy to’lovlarni o’rnatishga yo’l qo’yilmaydi.
|
Soliq kodeksi
|
10-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlari-ning oshkoraliligi tamoyili
|
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Hammaning e’tibori uchun rasman e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun, ulardagi ko’rsatmalarni bajarilmaganligi uchun biron bir jazo choralarini qo’llashda asos bo’lib xizmat qilishi mumkin emas.
|
Soliq kodeksi
|
11-modda. Soliq to’lovchining haqligi prezumsiyasi-ning tamoyili
|
Soliq haqidagi qonun hujjatlardagi qarama-qarshilik va noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga izohlanadi.
|
Soliq kodeksi
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatini takomillashtirishga doimo alohida e’tibor berib kelmoqda. Jumladan soliq siyosati konsepsiyasida iqtisodiy o’sish ustuvorliklari va barqaror iqtisodiy o’sish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik, iqtisodiyot va uning alohida sohalari balansini ta’minlash, xalqning turmush darajasini oshirish asos qilib olingan.
Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadlari:
-
soliq yukini pasaytirish;
-
soliq solish tizimini, soliqlar va majburiy to’lovlarni birxillashtirish va soddalashtirish;
-
soliqqa doir tekshirishlar sonini yanada qisqartirish va soliq tekshiruvlari tizimiga o’tish yo’li bilan ma’muriy tartibda soliq undirishni takomillashtirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag’batlantirish, soliq yukini kamaytirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilmoqda.
Mamlakatimizda soliq yuki yildan-yilga pasayib bormoqda. Keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlat moliyasining barqarorligi kuzatildi.
Soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirishga qaratilgan islohotlar ustuvor ahamiyatga ega bo’ldi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, foyda solig’i va yagona soliq to’lovi stavkalarini kamaytirish orqali iqtisodiyotdagi sog’lom muhitni shakllantirish va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada jonlantirish ta’minlandi.
Хususan, iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada qisqartirish va soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo’yicha islohotlar davom ettirildi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin.
Bu konsepsiyada jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan daromad solig’i stavkasining quyi shkalasini saqlab qolgan holda, o’rta shkalasini 18 foizdan 17 foizgacha, yuqori shkalasini 29 foizdan 22 foizgacha kamaytirish ko’zda tutilgan (2- jadval).
2-jadval
2000-2013 yillar soliq turlari bo’yicha stavkalarning o’zgarishi.
Soliq turlari
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
Daromad (foyda)
|
31
|
26
|
24
|
20
|
18
|
15
|
12
|
10
|
10
|
10
|
9
|
9
|
9
|
9
|
QQS
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
20
|
Jismoniy shaxslar-ning daromadi-dan olinadigan soliq
|
O’rta
Yuqori
|
15
25
36
40
|
13
25
36
|
13
23
33
|
13
22
32
|
13
21
31
|
13
21
29
|
13
20
29
|
13
18
25
|
13
18
24
|
12
17
22
|
11
17
22
|
10
16
22
|
9
16
22
|
8
16
22
|
Yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig’i
|
2,0
|
2,0
|
2,0
|
3,0
|
3,0
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
3,5
|
Dostları ilə paylaş: