Sportchilarda allergiya tushunchasi



Yüklə 24,55 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü24,55 Kb.
#138785
13.Sportchilarda allergiya tushunchasi


Sportchilarda allergiya tushunchasi
Allergiya nima? Allergiya tushunchasini fanga 1906-yilda avstraliyalik vrach-pediatr Fon-Pirke kiritgan. Bu so‘z grek tilidan olingan bulib so‘zning birikmasidan iboratdir, chunonchi, «allos»- boshqa , «ergon»-javob berish degan manoni bildiradi. Bu iborani bir butun qilib olganda, ta’sirga boshqacha javob berish degan tushuncha kelib chiqadi. Hozirgi zamon tibbiyot ilmida allergiya deb organizmning har qanday yot moddalarga nisbatan sezuvchanligi oshib ketishi tushuniladi. Organizmga tushib, uning sezuvchanligini oshiradigan har qanday yot narsalarga allergenlar deyiladi. Sezuvchanligi oshib ketgan organizmga tushgan allergenlar bir guruh allergik kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Turli dori moddalar, dori allergiyasi, bir guruh ovqatlar (sut, tuxum, shokolad, baliq) va h.k. lar. Yuqori nafas va me’da ichak yo‘llari allergik kasalliklarini yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida qilinadigan emlash vositalari zardob allergik kasalliklarini keltirib chiqaradi. Allergik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi turli tumandir. Shuning uchun ham allergik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, rivojlanishini va ularni bir biriga bo‘lgan bog‘liqlik munosabatlarini o‘rganish lozim. Erta bahor, akatsiya, chinor, terak, yong‘oq va boshqa mevali daraxtlar chiroy ochib gullaydi, yoz boshlanishi bilan ketma-ket pichanzorlar, paxtazorlar va o‘tloqlar chaman chaman bo‘ladi. Ha, ana shunday bahor, yoz, kuz birin ketin gullash fasllaridir. Gullar hid taratish bilan birga chang tarqatadi. Biz hammamiz albatta tabiatning bu- afsonaviy, ajoyib go‘zalliklarini sevamiz. Lekin ayrim kishilar borki, daraxt va o‘simliklarning gullashidan hosil bo‘lgan changlar havoga ko‘tarilib, burun, ko‘z, tomoq, bronx shilliq qavatlariga kirib,ba’zi kishilar bezovtalanadilar. Natijada o‘sha inson aksira boshlaydi, yo‘taladi, tomog‘ida o‘ziga xos «qichishish» alomatlari paydo bo‘lib, ko‘zidan tinimsiz yosh oqadi. Bu ko‘z ilg‘amas o‘ziga xos bo‘lgan kasallikdir. Bu kasallik kattalar hamda bolalar orasida keng tarqalgan har yilning muayyan bir fasl va oylarida takror qo‘zg‘alib turadigan kasalliklar borki, ularning hozirgi zamon tibbiyotida pollinozlar deb ataydilar. Bu kasallik o‘simliklar avj gullagan davrida paydo bo‘ladi. Kasallikning og‘irroq shaklida esa terida qavariq (eshakem), tana haroratining yuqori ko‘tarilishi, ko‘z shilliq qavatini yallig‘lanishi (konyuktivit), kuchli yo‘tal alomatlari paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu holat o‘qtin-o‘qtin nafas qisishiga (astmaga) olib keladi. Bunaqa kasallik holatlarining hammasi allergiyaning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Tabiatning hodisalarini to‘g‘ri tushunish va izohlash uchun logikaning asosiy qonunlariga amal qilish zarur. Ular quyidagilar: O‘xshashlik qonuni, qarama-qarshiliklar qonuni, inkor etish qonuni va yetarlicha asoslilik qonunidir. 1.O‘xshashlik qonuniga ko‘ra fikrning to‘g‘riligining muhim xususiyati aniqdir, deb hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, o‘ylash jarayonida har bir fikr, u jarayon necha marta takrorlanganiga qaramay, bir aniq ma’noni saqlab qolishi zarur. Umuman terminologiya o‘rganilganda, shu jumladan, allergologik terminologiya o‘rganilganda logikaning ana shu qonuniga qattiy rioya qilmoq zarur. Demak, terminologiyani o‘rganilganda ushbu termin qanday ma’noga ega ekanligini tushunmoq kerak. Masalan, hozirgi vaqtda allergiya deb, genetik jihatdan begona moddalarga nisbatan organizmning spetsifik (maxsus) sezuvchanligini oshgan holati tushuniladi, bunday modda esa allergik antitanachalarni sintez qilishi yoki sensibilizatsiyalashgan limfotsitlarni yetilish (stimulyasiya qilish) qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi vaqtda allergiya tushunchasi ayni shu ma’noni bildiradi. Allergiya masalasini muhokama qilayotganda munozara ishtirokchilari mana shuni esda tutishlari lozim. Agar munozarada ishtirok etuvchilarning har biri «allergiya» terminini boshqacha talqin etishsa u vaqtda muloxaza hech qachon samarali bo‘lmaydi.
Yüklə 24,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin