Standartlashtirish asoslari


O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi



Yüklə 24,37 Kb.
səhifə2/4
tarix10.12.2023
ölçüsü24,37 Kb.
#138938
1   2   3   4
Standartlashtirish asoslari

O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi

Standartlashtirishning texnika taraqqiyotidagi rolini oshirish, mahsulotning sifati va raqobatbardoshliligini hamda uning tejamliligini oshirish uchun Davlat standartlashtirish tizimi (O’zDCT) joriy etilgan bo‘lib, u standartlashtirish maqsadlari va vazifalarini belgilaydigan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qoidalar, talablar majmuini, standartlashtirish organlari va xizmatlari tuzilishini, ularning xalq xo‘jaligining hamma sohalaridagi huquqlari va majburiyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. U normativ hujjatlarning rejalashtirilishi, ishlab chiqilishi, kelishilishi, tasdiqlanishi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi tartibini, ularni tekshirish, bekor qilish, qaytadan ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartirishlarni kiritish tartibini; mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko‘rsatish, tashish, saqlash, sotish, ta’mirlash, foydalanish, utillashtirishning normativ ta’minotini, normativ hujjatlarning ilmiy-texnikaviy darajasining ekspertizasi va baholanishini o‘tkazish uslublarini; xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, xorijiy standartlarning qo‘llanilishi usullari va shu kabilarni belgilaydi.


O’zDCT ning asosiy qoidalari Uzbekistonda standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishiga nisbatan umumiy qoidalarni belgilaydi va normativ hujjatlar majmuida asosiy qoidalar bo‘lib hisoblanadi.
Normativ hujjatlarning quyidagi belgilari belgilangan:

  1. Davlat miqyosida:

O‘zbekiston davlat standarti – O’zDSt
Umumdavlat klassiflkatori – O’zDt
O‘zbekistonda rahbarlik qiluvchi hujjat – O’zRH
O‘zbekiston tavsiyanomalari – O’zT
2. Tarmoq miqyosida:
tarmoq standarti – TSt
tarmoq klassiflkatori – TT
texnik shartlar - TSh
rahbarlik qiluvchi hujjat -RH
tavsiyalar - T
3.Ma’muriy-hududiy miqyosda:
ma’muriy-hududiy standart - MHSt
rahbarlik qiluvchi hujjat - RH
tavsiyalar - T
4.Korxona miqyosida:
texnik shartlar - TSh
korxona standarti - KSt
Barcha miqyoslardagi normativ hujjatlarning ifodalanishi hujjat matnining tilidan qat’i nazar lotin yozuviga asoslangan davlat tilida amalga oshiriladi va quyidagicha ifodalanadi:
O’z - O‘zbekiston
D - Davlat
T - Tasniflagich (klassifikator), Tarmoq, Tavsiyanoma (tavsiyalar)
R - Rahbarlik
H - Hujjat, Hududiy
Sh - Shart
K - Korxona
M - Ma’muriy
St - Standart
Davlatlararo standartning (ГОСТ) rus tilidagi ifodasi saqlab qolingan.



Yüklə 24,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin