6. Moliyalashtirish muammolari. Ehtimol, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘ etishmasligi startapning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak. Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir startaplar g‘ayrati ichiga sig‘mayotgan, lekin puli yo‘q bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratiladi. Shuning uchun startaplarga investorlar – yangi g‘oyalarga qiziqadigan va ushbu loyihalarga sarmoya kiritish orqali ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadigan odamlar kerak bo‘ladi. Shuningdek, investor uchun foyda olish imkoni ham jozibali tuyuladi. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Bozori chaqqon” bo‘lmagan startap hech qanday imkoniyatga ega emas. Maqsadli auditoriya uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, aks holda, hech bir investor loyihani ishga tushirish uchun mablag‘ tikishga jazm etmaydi.
3. Startapning rivojlanish bosqichlari
3. Startapning rivojlanish bosqichlari
Startapning rivojlanish jarayonida 5 ta bosqich ajratiladi: 1. Ekish bosqichi yoki Pre-Seedstage. Ushbu bosqichda g‘oyalarni qidirish va uni ro‘yobga chiqarishning texnik usullarini ishlab chiqish sodir bo‘ladi. Tashabbus guruhi bozorni tahlil qiladi, biznes-rejani yozadi, texnik topshiriqni shakllantiradi. Undan so‘ng mahsulot prototipini yaratish, uning versiyasini sinab ko‘rish, talabni o‘rganish va moliyalashtirish manbalarini izlash amalga oshiriladi. Agar investor topilmasa, loyiha “so‘nib qoladi”. Afsuski, aksariyat startaplar aynan shunday qismatga duchor bo‘ladi.
2. Ishga tushirish yoki StartupStage. Shunday qilib, investor topildi: mahsulotni bozorga chiqarish mumkin. Bozor sharoitida mahsulot o‘xshash mahsulotlardan ustunligi va afzalligini isbotlashi kerak. Ammo bu bosqichda raqiblarni dog‘da qoldirish unchalik ham oson emas. Startap yaratuvchilari qat’iyatli bo‘lishi, ijodiy fikrlashi va ishbilarmonlik namoyon etishi kerak. Aynan shu jarayonda loyiha eng katta tavakkalchilikka uchraydi. Agar maqsadli auditoriya befarq bo‘lib qolsa, bu hikoyaga shu erda xotima yasaladi.