Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim». Natijada, nafaqat Respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming yillik ma`naviy – ma`rifiy merosni asrab – avaylash, mustamlakachilik davrida chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va uyrtimizga qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu ishga xorijda yashayotgan hamyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar. Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning “Xazoyinul - maoniy” majmuasining o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan qo`lyozma nusxasini Prezident Islom Karimov uyborishdi.
Mamlakat Prezidenti bu benazir “Ma`nolar xazinasi” asarini she`riyat mulki sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tomonidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa olish burch va vazifamizdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.