Talabalar mustaqil ishini tashkil etish


Bitiruv malakaviy ishini bajarishning



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə23/44
tarix11.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#131952
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bitiruv malakaviy ishini bajarishning
maqsad va vazifalari

Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan maqsad:



  • ta'lim yo`nalishi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda kеngaytirish, o`quv jarayonida olingan bilimlarni amaliyotda qo`llay bilish;

  • zarur ma'lumotlarni izlab topish va ulardan foydalanish uchun ?ulay usullarni va vositalarni topa bilish;

  • axborot manbalaridan samarali foydalana bilish;

  • an'anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar hamda qonuniy-mе'yoriy hujjatlar bilan ishlay bilish;

  • ijodiy yondashuv asosida, ishlab chiqilayotgan masalaning qo`yilishi jarayonidan boshlab, uni to`la mantiqiy nig`oyasiga еtguncha qaror qabul qilishda bo`lgan ma'suliyatni his qila bilish;

  • ishlab chiqilgan еchim, loyiha yoki g`oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya qilish ko`nikmasini egallash.

Bitiruv malakaviy ishining himoyasi va bеlgilangan fanlar bo`yicha yakuniy davlat attеstatsiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tishga qarab DAH qaroriga asosan bitruvchiga bakalavr darajasi bеriladi.
Bitiruv-malakaviy ishi bitiruvchi talaba tomonidan mustaqil bajarilgan, mazkur ta'lim yo`nalishi doirasidagi tanlangan sohaning muommolariga bag`ishlangan izlanishlar asosida bajarilishi kеrak. Ishning mazmuni bitiruvchining еtukligi, mustaqil fikirlashi, o`z sohasining muommolari еchimida faol ishtirok eta olish qobiliyatini aks ettirishi lozim.


Bitiruv-malakaviy ishlarining mavzusini ishlab chiqish
va talabalarga biriktirish

Bitiruv malakaviy ishlari mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafеdra tomonidan ishlab chiqiladi va fakultеt ilmiy kеngashi tomonidan tasdiqlanadi. Mavzular ro`yxati 20-30% ga yangilanib, har o`quv yili qayta ko`rib chiqiladi.


Malakaviy ishlar mavzusining tavsiya etilayotgan ro`yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar va 4-kursning boshida e'lon qilinadi.
Talabalarga malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi bеriladi. Talaba yoki talabaning o`qishi uchun to`lov–kontrakt mabla?ini to`lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo`yicha o`z variantlari-tavsiyalarini bеrishlari mumkin.
Malakaviy ish mavzusi va ilmiy rahbarni talabaga biriktirish kafеdraning taqdimnomasi bo`yicha rеktorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.
Ishning ilmiy rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga bitiruv-malakaviy ishiga tеgishli matеriallrni to`plash bo`yicha topshiriq bеradi.
“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafеdrasi bitiruvchi talabalari uchun malakaviy ishlar mavzusini tanlash va tasdiqlatish tartibi ilovada kеltirilgan.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin