Talabalikka Bag’ishlov tadbiri senariysi
Boshlovchi 1;
Tabriklayman Boshlay so’zlarim
Bugun ular quvonchga to’lsin
Oliygohga kirgan do’stlarim
Talabalik muborak bo’lsin
Boshlovchi 2 :
:
O’qishga ham kirib olding
Qaddingni tut talaba
Talabalik oltin davring
Davringni sur talaba
Boshlovchi 1 : Assalomu alaykum muhtaram mehmonlar , aziz
ustozlar qadrli talabalar . Talabalik – baxt , mas’uliyat ishonch
demakdir . Albatta bu baxtga erishish oson kechmaydi sizlarni
anashunday baxtga muyassar bo’lganingiz bilan tabriklaymiz.
Boshlovchi 2 : bugungi matematika fakulteti tashabbuskor talabalari
ishtirokida talabalik qasamyodiga bag’ishlangan tadbirimizga hush
kelibsiz .
Boshlovchi 1: hozir etiborngiz markazida O’zbekiston Respublikasi
davlat madhiyasi yangraydi marhamat !
Boshlovchi 2 : Ana endi bugungi tadbirimmizni ochib berish uchun
so’z navbatini
__________________________________________________________
_________ ga beramiz marxamat ustoz .
( ustoz gapirib bo’lganlaridan keyin )
Boshlovchi 1 : Ustoz endi saxnamizni tark etmay turasiz Namangan
davlat universiteti matematika fakultetiga yuqori ball bilan tavsiya
etilgan talabalarimmiz mavjud ushbu talabalarimmizni taqdirlashimmiz
uchun bizga sizning ko’magingi’z zarur.
( talabalar saxnaga chaqiriladi va esdalik sovg’alari topshiriladi ustozga
raxmat aytib joyiga kuzatilib qo’yiladi)
Boshlovchi 1; Tugar ekan armonlar fasli
Men ulardan g’alaba qildim
Duoingiz bo’lib ijobat
Ona men ham talaba bo’ldim.
Boshlovchi 2;Orzular ila o’tar yillarim
Yetib keldi men kutgan kunlar
Ko’zyoshlarim yuzlarim yuvar
Ona men ham talaba buldim.
Boshlovchi 1; Taqdirimda bormi o’qimoq
Qiynab keldi meni shu so’roq
Tillarim lol,qalbimda titroq
Ona men ham talaba bo’ldim.
Boshlovchi 2; Armon bo’ldi endi orzular
O’tib ketti qayg’uli kunlar
Endi nurli kelajak kutar
Ona men ham talaba bo’ldim.
Boshlovbchi 1; O’g’lingizga boqing shu bugun
Men omadga duch kelib bo’ldim
Dunyolarga sig’may ketyabman
Ona men ham talaba bo’ldim.
Boshlovchi 2: Hozirgi navbatni Namangan davlat universiteti
matematika fakulteti birinchi bosqichga qa’bul qilingan talabalarimmiz
qasamyodiga beramiz marxamat .
( Saxnaga talabalr chiqishadi bitta talaba qasamyodni o’qiydi qolgan
talabalar qasamyod qilaman deb jo’r bo’lishadi )
Boshlovchio 2
Ana Endi azizlar tadbirimizni badiy qismga o’tsak ham boladi
navbatni matematika fakultetining 1-kurs talaba qizlari ijrosida
tayyorlab kelingan raqsga beramiz marxamat
Boshlovchi 1 : Badiy saxnamizga matematika fakulteti iqtidorli
talabalari tayyorlab kelgan tabrik sherlarga beramiz marxamat tinglab
tomosha qiling .
( Saxnaga 3 ta yoki 4 ta talaba qizlar chiqishadi talabalikni hamda
ustozlarni madh etusvchi she’rlarni aytishadi)
Boshlovchi 2 : endigi navbatni Namangan davlat universiteti Musiqa
ta’limi va madaniyat fakulteti talabasi hush ovoz honanda
_____________________________ ga beramiz ular o’zlarining
________________ nomli qo’shiqlari bilan dilimmizni xushnud etadilar
marxamat qarsaklaringiz
( Qo’shiq ketadi )
Boshlovchi 1: Kayfiyatingizni ko’taringki ruxda davom etirgan xolda
sizlarga matematika fakultetining istedodli talabasi ijrosidagi milliy
raqsni etiboringizga havola etamiz marxamat qarsaklaringiz
( qizlar raqsga tusgadi )
Boshlovchi 2: endi navbat Matematika fakulteti yigitlaridan tashkil
topgan Major quvnoqlar va zukkolar jamoasiga beramiz marxamat
azirlar qarsaklaringiz
( qvz ijro etiladi )
Boshlovchi 2 : Talabalarimmizga bilim cho’qqisini egallab ustozlar
yolidan bo’rishlik nasib etsin Ilmiy va pedagogik faoliyatingizga omad
va zafarlar tilaymiz diomo sog’ – salomat bo’ling .
Dostları ilə paylaş: |