KONTSEPTUAL JADVAL Kontseptual jadval o’rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashni ta`minlaydi. Tizimli fikrlash, ma`lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quvchilar:
1. Kontseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo’yicha xususiyatlarni ajratadilar
2. Alohida yoki kichik guruhlarda kontseptual jadvalni to’ldiradilar:
- uzunlik bo’yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;
- yotig`i bo’yicha taqqoslanish bo’yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.
3. Ish natijalarining taqdimoti.
«Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`lim tizimi» mavzusidagi kontseptual jadval (lavha)
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlar (o’qituvchi va o’quvchilarning hoxishiga ko’ra)
Ta`lim tizimi
Maktabgacha ta`lim
Umumiy o’rta ta`lim
O’rta maxsus ta`lim
Oliy ta`lim
Amerika Qo’shma SHtatlari
Frantsiya
Germaniya
Yaponiya
Kitay
Aljir
VENN DIAGRAMMASI VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quvchilar: 1) kichik gurhlarda Venn diagrammasini tuzadilar va kesishmaydigan joylarida Bobur, Navoiy, Jomiy va Davoniyning axloqiy tarbiyaga oid fikrlarini oydinlashti-rib olib, to’ldiradilar.
2) juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar.
3) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchun umumiy bo’lgan fikrlar ro’y-xatini tuzadi.
4) ish natijalarining taqdimoti.