Ta’lim jarayonining mazmun mohiyati. Ta’lim berish g’oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogik ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilish o’rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.
Ta’lim maqsad, mazmun, o’qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o’qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda o’qituvchi talabala ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollar, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra ta’lim birinchidan, o’qitish, ikkinchidan, o’qitishni, ya’ni o’qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo’ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentalari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o’qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvchini ta’minlaydi.
Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Asosiy qism
Bilish - ta’lim jarayoninig metodologik asosidir. Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan toboro to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi. Muayyan fan va hodisalar obyektiv dunyoni bilish jarayonidan o’rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o’zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bulinadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya xar hil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba o’zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ko’rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun axamiyati ham bo’lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida yotgan umumiy bog’lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdadir.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak – atrofdagi voqyelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam xaqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi. Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko’rsatib o’tamiz.