Darsning strukturasi, elementlari va tiplari
Ta'limning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. Avvalo, strukturaning nimaligini ko’rib
o’tamiz. Ma'lumki, strukturasiz tizim bo’lmaganidek, tizimsiz struktura ham bo’lmaydi. Shunga
ko’ra strukturani tizimdagi o’zaro bog’liq elementlarning tartiblari deb ta'riflash mumkin. Biz
tizim tushunchasiga nimalarni kiritamiz?
Tizim – o’zining xossalari va bog’lanishlari bo’yicha u yoki bu tartibdagi o’zaro bog’liq
ko’p elementlardir.
O’quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega bo’ladi:
1. O’quvchining o’quvchilar diqqati va tafakkurini jalb qilishi, shu orqali ularni o’quv
materialini faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish vazifasini o’rtaga qo’yishi.
2. O’qituvchi tomonidan bilimlarning berilishi jarayoni va o’quvchilarning yangi materialni
o’zlashtirish.
3. Ilmiy tushunchalarning umumlashtirilishi va shaklantirilishi jarayoni, o’quvchilarning
bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.
4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tegishli vaziyatlarda qo’llash.
5. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirayotgani tekshirish.
Dostları ilə paylaş: |