Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng
tashkil etilgani diqqatga loyiq. Milliy muhokamalarning oʻzi ham
bir nechta yoʻnalishda oʻtkazildi.
Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yoʻnalishida —
Oliy Majlis palatalari majlislarida, qoʻmita va komisssiyalar,
siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamentlarida
muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat organlari masʼul xodimlari, soha
mutaxassislari, olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli soha
vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”
loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya, uchrashuv
va davra suhbatlari tashkil etildi.
Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik
jamiyati faollari alohida namuna koʻrsatdi. Muhokama
jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi.
Qolaversa, internet, televideniye, radio va matbuot
nashrlarining imkoniyatidan unumli foydalangan holda,
muntazam ravishda jamoatchilik muhokamalari oʻtkazib
borildi.
Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-
mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat
bilan oʻrganib chiqildi. Natijada minglab takliflar Taraqqiyot
strategiyasini tegishli ravishda boyitishga toʻgʻridan-toʻgʻri
xizmat qildi.
Bunga birgina yaqqol misol: “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot
strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon
qilinganida 94 ta maqsaddan iborat boʻlgan. Jamoatchilik
muhokamalari yakunidan soʻng Taraqqiyot strategiyasidagi
ushbu maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, “Davlat — inson
Dostları ilə paylaş: |