Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni gigiyena qoidalari bilan
tanishtirish, ularga so‘zsiz amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish muhimdir.
Buyuk pedagog Abdulla avloniy o‘zining «Turkiy guliston yohud axloq» asarida bu borada
quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni,
asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq
orasida e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning
qadrin bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq
eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmak zo‘r ayb va
gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak». Demak, inson jismonan
baquvvat va aqlan ziyrak bo‘lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi
lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo‘lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun
zarur bo‘lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo‘lgan nuqsonlar yo‘qoladi.
Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish
jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli
musobaqalar, tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog‘lom
tanda sog‘ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy
tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy
holatlar - ka–andalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari qanday baholaysiz
2.Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlaridan misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: |