Nafosat madaniyati. Jamiyat va ayrim shaxsning nafosat madaniyati tushunchalari
mavjud. Jamiyatning nafosat madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanish tarixi jarayonida
to‘plangan moddiy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni tushuniladi. O‘quvchi shaxsining nafosat
madaniyati uning jamiyat madaniy merosini faol, ijodiy o‘zlashtirishi natijasida hosil bo‘ladi.
Shaxsning go‘zallik bilan o‘zaro munosabati, shuningdek, shaxsning ayrim sifatlarini o‘zaro
ta’siri natijasida nafosat madaniyati doimo o‘zgarib turadi. Shaxs nafosat madaniyatining asosiy
tarkibiy qismlari bu nafosat ongi, nafosatni his etishga bo‘lgan ehtiyoj, uni qondirish yo‘lida
tashkil etilgan munosabatlardir.
Nafosat ongi go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuyg‘usi,
nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat ongning tarkibiy qismlari o‘ziga xos murakkab tuzilishiga egadir:
Нафосат
Nafosat madaniyati go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va
boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil
etish darajasining sifat ko‘rsatkichidir. Nafosat ongi go‘zallikni qadrlash va uni boyitish
yo‘lidagi amaliy harakatni keng ko‘lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |