[2]
Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент: Университет,
2007. 44-бет
7
Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda mahalliy sugʼdiy va turkiy (xu,
di, rung, hunn, turo qabilalari) aholidan tashqari VI-VIII asrlarda kelib oʼrnashgan
turkiy etnik guruhlar shunchalar koʼp ediki, ularning nomlari yozma manbalarda
az, uz, argʼun, tuxsi, yagʼmo, dugʼlat, qarluq, chigʼil, xalach, turkash, qangʼli,
qipchoq, oʼgʼuz va boshqalar koʼrsatilgan. Ularga qadar ham, masalan, xiyoniylar
bilan birga hunn, az, uz, tuxsi, turk, kaltatoy, musobozori kabi turkiy qabilalar kirib
kelishgan. Ularning aksariyati Oʼrta Osiyoning Аmudaryogacha boʼlgan
hududlariga joylashib, mahalliy aholi bilan aralashib yashashgan[3].
Аrablarning Oʼrta Osiyoga kirib kelishi turkiy qavmlarning mintaqa ichki
tumanlariga jadal kirib kelishini vaqtincha toʼxtatgan. Natijada ungacha bu yerga
kirib kelgan turkiy qavmlarning mahalliy aholi bilan aralashuvi kuchaydi. Аyniqsa
bu jarayon Movarounnahrning shimoliy va sharqiy mintaqalarida yaqqol koʼzga
tashlanadi. Bu hududda VIII-IX asrlarda turkiy nomdagi shaharlar barpo etilgan.
Masalan, Shosh vohasining Аngren daryosi havzasida Аbrliq, Namudliq kabi kon
sanoati shaharlari qad koʼtargan[4].
Ila va Sirdaryo oraligʼidagi mintaqalarning eng qadimgi aholisi xun, usun,
qangʼar (qangʼli), pecheng va boshqalardan iborat boʼlgan. Bularning keyingi
avlodlari qarluqlar davrida ham (qangʼar (qangʼli), uyshun, pecheneg) saqlanib
qolgan edi. VI-VIII asrlarda Sirdaryoning oʼrta va quyi oqimlarida qangʼlilar bilan
bijanaklar ham yashashib, ular bilan qabila ittifoqiga kirgan edi. Shu davrda
oʼgʼuz, qarluq, chigʼil, xalach, yagʼmo qabilalari, IX-X asrlarda esa qipchoqlar va
uygʼurlar kelib joylashishgan[5].
[3]
Асқаров А. Кўрсатилган асар. 260-бет
[4]
Асқаров А. Кўрсатилган асар. 248-бет
[5]
Шониёзов К. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. Тошкент: Шарқ, 1999. 37-бет
8
IX-XII asrlarda Shosh vohasi qishloq va shahar aholisi tili jihatidan turk
yoki tojiklarga mansubligi haqida aniq maʼlumotlar uchramaydi. Lekin
Sirdaryoning oʼrta oqimida qadimdan qangʼarlar – qirgʼizlar, xunlar, usunlar kabi
turkiy xalqlar, etnik guruhlar yashab kelishgan. Koʼrinadiki, Shosh va Iloq vohalari
aholisining aksariyat qismi turkiy tilli xalqlardan iborat boʼlgan deyish mumkin.
Tabiiyki Chirchiq va Iloq daryolari vodiylarida sugʼdiylar ham istiqomat qilishgan.
Shosh va Iloq vodiylari atroflaridagi togʼ va choʼllarda oʼtroq va yarim
koʼchmanchi turk qabilalari oʼrnashgan. Istahriy Iloq (Ohangaron) daryosi
Turkistondan boshlanishini qayd etgan. Ibn Havqal (vaf.976) ham bu daryoni
Turkiston yerlaridan oqib kelishi haqida maʼlumot bergan. Iloq daryosining yuqori
qismlari Qurama va Chotqol togʼlarining tutashgan hududlaridan boshlangan.
Demak, Qurama togʼining yuqorisidan Chotqol togʼining oʼrta qismlarigacha
boʼlgan hududlar turkiy qabilalarga qarashli boʼlgan.
Muarrix Tabariyning (863-923) maʼlumotiga koʼra VII-VIII asrlarda Shosh
vohasi aholisining asosiy qismini turkiy qabilalar tashkil etgan[6]. Chirchiq
(Paroq) daryosining bir oʼzani Biskam (Piskam) dan, ikkinchi tarmogʼi Chitgil
(Chaqal), Jidgil, yaʼni Chotqoldan iborat edi. Chotqol togʼi nomini turklarning
chigil qabilasi nomidan olingan deb ham faraz qilinadi.
“Hudud al-olam”da (982) Paroq (Chirchiq) daryosining yuqori qismi Qarluq
togʼidan boshlanadi, deyilgan. Maʼlumki, chigʼillar Qarluq ittifoqidagi
qabilalardan birining nomidir. Manbalardagi maʼlumotlar Tangritogʼ (Tyanьshanь)
ning maʼlum qismi Qarluq, Chotqol togʼi esa Chigʼil deb atalgan boʼlishi kerak. Bu
togʼlarning eng yuqori qismida Hazlajiya turklari yashashgan. Аrab manbalarida
qarluqlar koʼpincha “Xarauj”, “Xarluj” tarzida berilgan.
[6]
Асқаров А. Кўрсатилган асар. 249-бет
9
Koʼrinib turibdiki, Ibn Xavqal va “Hudud al-olam” maʼlumotlari bir-birini
toʼldiradi. Chirchiq daryosi irmogʼidan boshlangan togʼni Qarluq nomi bilan
atalishiga shubha qilmaydi. Yuqorida taʼkidlanganidek “Hudud al-olamda” Paroq
(Chirchiq) daryosi Qarluq togʼidan boshlanishiga asoslanib, shuni taʼkidlash joizki,
Qurama — Chotqol — Pskom tizma togʼidan Tangritogʼ (Tyanьshanь) ning
shimoli va gʼarbiy qismlari va turkiy tilli qarluq va chigʼil qabilalarining maʼlum
qismi yashagan vohaning Piskent, Parkent tumanlarida ham qarluqlar koʼpchilikni
tashkil etishgan[7].
IX asrda Keles choʼlida, Ohangaron va Chirchiq vodiylarida, Chotqol va
Ugom togʼlari bagʼirlarida oʼgʼuzlarning ayrim guruhlari hamda qarluq qabilalari
istiqomat qilishgan[8]. Bu etnik guruhlar islom dinini qabul qilishgach, Somoniy
hukmdorlari ruxsati bilan vodiyga kelib oʼrnashishgan. Oʼgʼuzlar VIII — IX
asrlarda Sirdaryo boʼylarida yashashgan. IX asr oxiri -X asr boshlarida hududda
birinchi Oʼgʼuz davlati vujudga kelgan[9].
Oʼgʼuzlarning ayrim guruhlari Keles choʼli, Аngren va Chirchiq daryolari
vodiylarida, Chotqol va Ugom togʼ oldi tumanlarida istiqomat qilishgan. Ularning
musulmon dinini qabul qilgan qismi Shosh viloyatining qishloq va shaharlarida
turishgan. K. Shoniyozovning yozishicha, qarluqlarning baʼzi guruhlari Shosh
vohasiga VIII asr boshlaridayoq kelishgan. Qarluqlarning bu qismi allaqachon
oʼtroqlashib, Shosh vohasidagi turkiy tilli aholining qadimiy qatlamlari bilan
aralashib ketgan.
Sirdaryoning oʼng qirgʼogʼi quyi havzasida yashovchi argʼunlarning ayrim
guruhlari VIII-XII asrlarda Shosh – Toshkent vohasiga koʼchib kelib, mahalliy
aholi bilan aralashgan va aksariyat qismi oʼtroqlashgan[10]. Shuningdek, Shosh
vohasiga turkeshlar va uygʼurlar ham kelib oʼrnashishgan.
[7]
Шониёзов К. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. 141-бет
[8]
Ўша асар. 74-бет
[9]
Агаджанов С. Г. Очерки истории огузов и туркмен Средней Азии IX-XII вв. Ашхабад, 1969.
С.128
[10]
Асқаров А. Кўрсатилган асар. 261-бет
10
IX-X asrlarda mahalliy hokimiyat forsiyzabon Somoniylar qoʼlida boʼlsa
ham,
Movarounnahrning
shimoliy,
shimoli-sharqiy
va
shimoli-gʼarbiy
hududlarida, jumladan Shosh vohasida oʼzbek elatining turkiy asosi shakllangan
edi. Bu davrda oʼgʼuzlar bilan bir vaqtda kelgan guruhlar islom dinini qabul
qilishgan boʼlishsada, lekin oʼzlarining etnik xususiyatlarini saqlab qolishgan
edi[11].
Chingizxon imperiyasi tanazzulga uchrab, Chigʼatoy davlati vujudga
kelgach, uni harbiy jihatdan himoya qilish uchun har biri ming uyli turk-moʼgʼullar
qabilalari Oʼrta Osiyo hududlariga kelishgan. Ular barlos, jaloyir, qovchin va orlot
qabilalari edi. Jumladan, jaloyirlar Toshkent vohasining Аngren havzasiga kelib
oʼrnashishgan[12].
Xullas, IX-XII asrlarda Movarounnahrda iqtisodiy va madaniy jihatdan
taraqqiy etgan Shosh, Toshkent vohasida oʼziga xos, nihoyatda qizgʼin etnik
jarayonlar sodir boʼlib, turkiy tilli va forsiyzabon turgʼun aholi oʼtroq, yarim oʼtroq
va koʼchmanchi tarzda yashab, oʼzbek elatining shakllanishiga oʼzlarining salmoqli
hissalarini qoʼshib, oʼzbek xalqining etnik tarkibidagi eng asosiy komponentlar
sifatida salohiyatli oʼringa ega boʼlishgan.
[11]
Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Тошкент: Шарқ, 2001. 222-223-бетлар
[12]
Асқаров А. Кўрсатилган асар. 254-бет
|