Tarix fakulteti



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə1/7
tarix12.06.2022
ölçüsü46,97 Kb.
#116882
  1   2   3   4   5   6   7
eng zo\'ri


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI
TARIXIY O’LKASHUNOSLIK FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: Oʻrta Osiyoning neolit davri arxeologik yodgorliklari va ularning tarixiy oʻlkashunoslikni oʻrganishdagi oʻrni

BAJARDI:M.Zilola
TEKSHIRDI: R.Qo’yliyev
TOSHKENT-2022
Oʻrta Osiyoning neolit davri arxeologik yodgorliklari va ularning tarixiy oʻlkashunoslikni oʻrganishdagi oʻrni
Mundarija
KIRISH…………………………………………………………………..……...3-4
I-bob.Neolit davri haqida tushuncha. Neolit davri jamoasining muhim xususiyatlari …………………………………………………………...……5-10
1.1Neolit davrining xususyatlari………………………………….......................5-6
1.2 O’rta Osiyoda neolit davri makonlari va ularning o’rganilishi ……………7-10
II-bob. O’rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari …………….…...…11-17
2.1 Kaltaminor va Hisor madaniyatlari tavsifi …………………………...…..11-14
2.2 Joytun madanyati tavsifi ………….........................................................…15-17
Xulosa …………………………………………………………………….…18-19
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….…..……20-21


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit grekcha, «neos» - yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik bubk ma’naviy kuchga aylana boradi1.
Kurs ishining maqsadi: Oʻrta Osiyoning neolit davri arxeologik yodgorliklari va ularning tarixiy oʻlkashunoslikni oʻrganishdagi oʻrni
haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish..

Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin