Tarix fakulteti


O’rta Osiyoda neolit davri makonlari va ularning o’rganilishi



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə3/7
tarix12.06.2022
ölçüsü46,97 Kb.
#116882
1   2   3   4   5   6   7
eng zo\'ri

1.2 O’rta Osiyoda neolit davri makonlari va ularning o’rganilishi
Markaziy Osiyo hududida neolit davri odamlari ovchilik dehqonchilik va chorvachilik bilan qisman esa hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyo janubiy xududlarida, Kopettog’ (Turkmaniston) etaklarida dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topadi. Katta-kichik daryolar va ko’llar sohilida ovchilik va chorvachilik, dehqonchilik qaror topishi insoniyat tarixida buyuk burilish yasadi va ko’plab kashfiyotlarga turtki bo’ldi.
Neolit davri jamoalari hayotida o’troq ho’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir ho’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu bo’lajak hunarmandchilik ho’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. Kulolchilik buyumlarining paydo bo’lishiga unumdor ho’jalik shakllari ta’sir etadi. Ya’ni, sut quyish uchun idishlar, donlar saqlash uchun kulolchilik buyumlariga bo’lgan zarurat va ehtiyoj.
To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan hamkiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi.
Neolit davrida turli ho’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilikChorvachilik mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.
Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir. Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan hisoblangan.
Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi. Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’jamoasining guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab qiladigan bo’ladilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun ishlab berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi. Maishiy munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi. Urug’ ichidagi nikoh elementlari paydo bo’ladi. Juft, monogom oila sari qadamlar qo’yiladi3.
Neolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi. Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik ho’jaliklari kashf etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki ko’rinishi mavjud. Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar. Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi.
O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklari juda keng tarqalgan. Ular tekisliklardagina emas, balki O’rta Osiyo tog’lik rayonlarida ham ko’p uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik – hududiy-madaniy ho’jalik shakllariga ajratish mumkin. Fanda ular Kaltaminor , Xisor va Jaytun madaniyatinomi bilan mashhurdir. Ularning har biri alohida geografik muhitga ega bo’lgan erlarga joylashgan. O’zbekiston hududlaridan keyingi yillarda ko’plab neolit makonlari topilgan. Arxeologlar Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining quyi oqimidan 45 dan ortiq neolit makonini o’rgangan. Markaziy Farg’ona hududida ham neolit yodgorliklari topilgan. Arxeologlar bu erda 80 ga yaqin neolit makonlarini o’rganadilar. Ular arxeologiya faniga “Markaziy Farg’ona neoliti” nomi bilan kiritilgan. Markaziy Farg’onaning neolit yodgorliklaridan tosh qurollar, toshdan yasalgan taqinchoqlar va yorg’uchoqlar topilgan. Bu erda yashagan qabilalar ho’jaligi baliqchilik, ovchilik va termachilikdan iborat bo’lgan. Markaziy Farg’onada o’rganilgan yodgorliklar O’rta Osiyodagi to’rtinchi neolit madaniyati hisoblanadi.
Neolit davri jamoalarining izlari Zarafshon daryosi etaklarida ham topib o’rganilgan. Neolit davrida Zarafshon daryosi o’zining 5 ta tarmog’i orqali Amudaryoga qo’shilgan. Uning eng yirik tarmog’i Mohandaryo bo’lib, u o’zining to’lib toshib oqqan suvlari bilan ko’plab ko’llar hosil qilgan. Bu ko’llar atrofida esa neolit davrida yuzlab jamoalar makonlari tashkil topgan. 1950 yillarda arxeolog Ya. Gulomov Moxandaryo bo’ylarida ko’plab tosh qurollar va sopolparchalarini topib o’rganadi. 1960 yilda arxeloglar A.Asqarov va U.Islomovlar Mohandaryo suvlaridan hosil bo’lgan Katta va Kichik Tuzkon sohillaridan 100 dan ortiq neolit makonlarini o’rganadi. Bu makonlarda madaniy qatlamlar saqlanmagan, bo’lsa-da, ammo ko’plab tosh qurollar, hayvon va baliq suyaklari ochiq havoda qumlar ustida hozirgacha saqlanib qolgan. Faqat bir makon “Darvoza Qir” makonida madaniy qatlam qisman buzilmay saqlangan bo’lib, qazish ishlari davomida undan chayla ustunining izlari topilgan. Shuningdek, tosh qurollari – o’q-yoy paykonlari, randalash, teshish asbob-uskunalari, tosh pichoq va pardoz berilgan toshbolta va
boshqa qurollar ham mavjud bo’lib, bu topilmalar neolit davri odamlari ho’jaligi haqida tasavvurimizni kengayishiga xizmat qiladi.
Darvoza Qir makonida yashagan jamoa ho’jaligida asosiy mashg’ulot baliqchilik bo’lgan. Ovchilik ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Chunki makondan jayron, soyg’oh, yovvoyi cho’chqa, qulon, ot suyaklari topilgan4.


Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin