1.2 O’rta Osiyoning eneolit davri madaniyatlarining oziga xos xususyatlari Eronning eneolit davri ilk (mil. av. 5500-3800 yillar) va rivojlangan (mil. av. 3800-3000 yillar) bosqichlardan tashkil topgan. Eneolit davriga oid madaniyatlar dastlabki na’munalari Eronning g‘arbidagi tog‘oldi xududlarida subtropik tekisliklarda quriq iqlim sharoitida rivojlangan. Sialk tepa va Chashma Ali yodgorliklari aniqlangan Eneolit davriga madaniyati va xo‘jalik xususiyatlari to‘g‘risida Sialktepa yodgorligi topilmalari muxim ma’lumot beradi. Yodgorlik 3 tadan iborat bo‘lib uchta ravojlanish basqichi mavjud Sialk I-II (ilk eneolit) Sialk III-II (rivojlangan eneolit) Sialk I bosqichida misdan ishlangan buyumlar soni kamchilikni tashkil qilsadakremendan ishlangan qurollar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Geometrik asosan uchburchak shaklidagi naqshlar bilan bezak berilgan sopol idishlarga ega. Xom g‘ishtdan barpo qilingan uylari ichki tomondanloysuvoq sirtiga qizil rangdagi bo‘yoqlari berilgan. Ikkinchi bosqichiga kelib misdan yasalgan buyumlar keng tarqala boshlaydi. Kremendan foydalanish axamiyatini yo‘qotmaydi. Qimmatbaxo toshlardan yasalgan zeb ziynat buyumlari na’munalari xam ko‘pchilikni tashkil etadi. Sopol idishlari geometrik naqshlardan tashqari zoomorf tasvirlari xam paydo bo‘ladi. SHuningdek konussimon tagli idishlar keng tarqaladi.
Sialk tepa xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq topilmalar aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganligi to‘g‘risidagi umumiy xulosaga kelish imkonini beradi, xalos.
Markaziy Eron xududida ilk eneolit davriga oid Giyan yodgorligi yaxshi o‘rganilgan. U ikki bosqichda rivojlangan. Moddiy topilmalar orasida mis buyumlar va qo‘lda naqshlar berib ishlangan sopol idishlari aloxida o‘rin tutadi. Naqshlar bir xil rangdagi bo‘yoqlarda berilgan. Chizilgan odam va uchayotgan qush tasvirlari sxematik tarzda keltirilgan. Keyingi bosqichida echki va qush tasvirlari paydo bo‘ladi. Tiyan to‘ridagi yodgorliklar Shimoliy G‘arbiy Zagros xududlarida xam aniqlanib ulardan mashxuri Kuxidaiy vodiysida joylashgan maydoni 13 ga dan iborat Chigapaxon yodgorligidir. Ilk eneolit davrininguchinchi gurux jamoasi xozirgi Xuziston viloyati xududida tarqalgan. Bu erdagi yodgorliklar 1,5-2 ga teng tepaliklar Suza I madaniyating davomiyligidan iborat Jafarobod Jobi va Beidebal komplekslarida aksini topgan.
Jafarobod bosqichida qo‘pol ishlangan va sodda naqshli sopol idishlar kremendan yaslgan plastinka qurollari keng tarqalgan.
Jobi bosqichi moddiy topilmalari nisbatan boy toshdan tesha, moticha, terrakatik uchburchakli, kichik terrakotik xaykalchalar xussusan buqa, qo‘y va echki va qisman ayol shakllaridan iborat. Bu bosqichda sopol idishlari xam takomillashadi. Monoxrom geometrik naqshlar bilan birgalikda xayvon tasvirlari shuningdek qator joylashgan egilar tasviri paydo bo‘ladi. Qo‘lida kamon ushlab tik turgan odam tasviri aloxida axamiyat kasb etadi.
Bendebal bosqichi yaxshi o‘rganilmagan sopol idishlari Jobi bosqichinikiga o‘xshash.
Janubiy Zagros xududi qo‘lda qo‘pol ishlanib yaxshi pishirilmagan sopol idishlari va kremen va suyakdan yasalgan kunsonli qurollari (Bokun VI) sodda geometrik naqshlardan (Bakun VII) tashkil topgan. Persepol yaqinidagi Talibakun yodgorligi o‘rganilgan. YUqorida keltirilgan Chili, Suza va Tolibakun komplekslari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lib yagona lokal madaniyat birligini tashkil etadi va ularning kelib chiqish ildizi bir joyga borib taqaladi. Rivojlangan eneolit Sialk III davriga kelib eneolit davri qabilalari Eronning kengroq xududlarini egallaydi. O‘troq dexqonchilik axoli orasida xunarmandchilik ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Sialk Chashmalani va boshqa yodgorliklarda xayot davom etishi bilan Tepai Xissor kabi yangi manzilgoxlar qaror topadi. Yogorliklarda amalga oshirilgan. Qazishmalar bu davrning maxalliy madaniyati eski an’analar asosida rivojlanadi.
Manzilgoxlar xom maydon barpo etilgan ko‘pxonali uylardan tashkil topgan kulolchilik ishlab chiqarishda taraqqiy o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Sopol idishlar maxsus kulolchilik xumdonlarda pishiriladi. Bu davrda kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar uchraydi7. Tog‘li sharsimon idishlar, vazalar va bakallar keng tarqaladi. Idishlarning sirtidagi geometrik naqshlar o‘rnida zoomoror echki, qushlar, ilon, ot, buqa, bars va odam tasvirlar egillaydi.agar ilk eneolit davrida metal buyumlarning tarqalishi kamsonli va tor doirada kechgan bo‘lsa rivojlangan bosqichga kelib ularning soni va turi keskin ko‘payadi. Metal buyumlarni bolg‘alash usulida tayyorlashdan tashqari quyish usuli xam joriy qilinadi. Metaldan mexnat qurollari va zeb ziynat buyumlari tayyorlangan. Bu davrda uy xunarmandchiligi ixtisoslashgan xunarmandchilikka o‘sib chiqadi. Sodda geometrik tasvirga ega bo‘lgan tugmasimon muxirlar paydo bo‘ladi8.
Markaziy Eronda mazkur jarayonlar kechadi. Xisor tepa yodgorligida amalga oshirilgan qazishmalar natijasida dastlab qo‘lda ishlangan (Xisor I A) keyinchalik charxda ishlanib zoomoror shakllar berilgan sopol idishlar qiyosan ko‘psoyli mis bromlar topib o‘rganilgan.
SHimoliy G‘arbiy Zagros xududida Sialk III bilan bir davrda Giyan VC va VD qatlamlarining qalinligi 6 metrni tashkil etadi. Yirik manzilgohlar ham CHigapaxon (maydoni 13 ga) shakllanadi. Hozirgi Xuziston xududi zamondosh yodgorliklarga nisbatan jadallik bilan rivojlangan.
O‘rta Osiyoning janubiy xududlarida esa o‘zlashtiruvchi xo‘jalik o‘rnida vujudga kelgan dexqonchilik va chorvachilik xo‘jalik shakliga aylanib, xududiy jixatdan kengayib boradi. Lekin bu jarayon O‘rta Osiyo.ning turli xududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy geografik jixatdan noqulay bulgan shimoli-SHarqiy xududlarda yashovchi qabilalar xo‘jaligida ovchilik va baliqchilik ustunlik qilar edi. Demak, eneolitning ilk va rivojlangan bosqichlarida O‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy rivojlanishida tafovut va notokesliklar saqlanadi.
Turkmanistonning janubida mamlakatni ko‘ndalangiga meridiana bo‘ylab joylashgan Kopetdog‘ tizmasining shimoliy yogbag‘irlarining Qoraqum cho‘li bilan oraliqda tog‘dan ochib tushadigan bir necha kichik daryolar va soylardan iborat tor vodiydan tashkil topgan. Hozirgi paytda bu er yog‘angarchilik mig‘dori ancha past bo‘lgan mo‘‘tadil ichlim sharoitiga ega. Bunday tabiiy sharoit vohada sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishiga asos bo‘lgan. Bu erda Dushak, Loinsuv, Archinyansuv, Miansoy va Chachachasoy kabi kichik vohalar o‘rin olgan. Hozirgi paytdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi ancha kambag‘al bo‘lgan vodiy o‘z davrida to‘qay o‘simliklari, tog‘ va tog‘ oldi hududlari dukakli o‘similiklari va yovvoyi hayvolarga boy bo‘lgan. Bunday holat o‘lkada neolit davri Joytun madaniyatining qisman davom etishi bilan birga o‘lkaga boshqa turdagi madaniyatning kirib kelishi va ularning o‘lka bo‘ylab keng yoyilishi va sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonilikning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan.
Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklarini o‘rganish harakatlari XIX asrning oxirlarida chor rossiyasi ofitseri A.V. Kamarov tomonidan amalga oshirilgan havaskorlik mazmunidagi qazishma (Kamarov 1888) harakatlari bilan bog‘liq. Keng ko‘lamli qazishmalar ishlari 1915-yilda amerikalik olim Pompellining Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalaridan boshlanadi. O‘tgan asrning 30-40 yillarida A.A. Morushenkoning ilmiy izlanishlari arxeologik yodgorliklarni qayd etish bilan bog‘liq tadqiqotlardan iborat bo‘lgan. O‘lkaning eneolit davri arxeologiyasi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining tashkil etilishi bilan ilmiy izlanishlar jonlanib, yangi pog‘onaga ko‘tariladi. 50 yillarning birini yarmida B.A. Litvinskiy, M.E.Masson, B.A. Kuftin kabi olimlar tomonidan keng qamrovli qazishma ishlari olib borilgan. Ayniqsa 50-yillarning ikkichi yarmi va 60 yillar davomida mazkur ekspedsiya va Leningrad (hozirgi Sankt-Piterburg) arxeologiya instituti arxeolog olimlari V.M.Masson rahbarligi va I.N. Xlopin, V.I.Sarianidi va ashxabodlik arxeolog O.K.Berdievlar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik taqiqotlar davomida eneolit davriga oid 30 yaqin yodgorliklar aniqlanib, ulardan taxminan yigirmatasida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan. Mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G. Lisitsananing o‘lka tabiiy-geografik sharoitini o‘rganishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega9.
Qadimgi o‘troq dehqonchilik qishloqlari va keyichalik ba’zilari yirik shahar markazlariga aylangan Anovdepa, Nomozgohdepa, Doshlijidepa, Qoradepa, Yalang‘ochtepa, Mulalitepa, Chaqmoqlidepa, Monjuqlitepa, Ovadantepa, Gavachtepa Kaushatdagi depa, Geoksyur guruhidagi tepalar va boshqalardan iborat arxeologik yodgorliklar eneolit davri dehqn jamoasining qadimgi qishloqlarini tashkil etgan. Ular hozirgi paytda saqlanib maydoniga ko‘ra arxeologik jihada uch guruhdan iborat tepaliklar 0,1 gektarda 20 gektargacha maydonni tashkil etib, ulardagi ayrimlarining madaniy qatlamlari qalinligi 7 metrgacha boradi10.