Tarix fakulteti



Yüklə 146 Kb.
səhifə1/6
tarix12.06.2022
ölçüsü146 Kb.
#116880
  1   2   3   4   5   6
16.Mahmudjonov Ramizbek yangi



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



TARIX FAKULTETI

TARIXIY O’LKASHUNOSLIK FANIDAN

KURS ISHI



Mavzu: O’rta Osiyoning eneolit davrida arxealogik yodgorliklari va ularni tarixiy o’lka shunoslikni o’rganishdagi o’rni
Bajardi:R.Mahmudjonov
Tekshirdi:R.Qoʻyliyev

Toshkent – 2022




O’rta Osiyoning eneolit davrida arxealogik yodgorliklari va ularni tarixiy o’lka shunoslikni o’rganishdagi o’rni
Mundarija:
KIRISH………………………………………………………………………..…3-4

I Bob. Eneolit ​​davri arxealogik yodgorliklari…………………..………….…5-16

1.1Oʼrta osiyoda eneolit davri yodgorliklari……………….………….................5-11

1.2 O’rta Osiyoning eneolit davri madaniyatlarining oziga xos xususiyatlari….12-16

II Bob. Eneolit ​​davrining umumiy tavsifi …………………………..….…....17-23

2.1 Eneolit davrining ilk manzilgohlari ………………………………………...17-21



2.2 Sarazm madaniyati…… .……………….…………….………………..22-23

Xulosa…………………………………………………………………………..….24

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………...…………………......25-26
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Bu davrda unumdor xo’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo’shimcha ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir necha urug’lar yashagan yirik manzillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi.Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko’plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy hayotdagi e’tibori va mavqeini ko’rsatuvchi haykalchalari ham bo’lgan.Eneolit davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va moʻrt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni isteʼmoldan siqib chiqara olmadi. Shunga koʻra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. Eneolit davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan koʻplab ayol haykalchalari (maʼbudalar) topilgan. Bu Eneolit davrida hali ona urugʻi (matriarxat) boʻlganligidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik bubk ma’naviy kuchga aylana boradi1.

Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin