Qarshi asrlar osha . Nikshapa (Naxshab) – Nasaf – Qarshi . Bu kichik bir vohada necha bor vayron bo’lib , yana qayta tiklangan qadimgi o’rta asr shahrining 3 nomi . Qarshi , shubhasiz , O’rat Osiyoning Buxoro , Samarqand , Termiz , Toshkent va Xiva kabi uzoq qadimda barpo bo’lib , hozirga qadar yashab kelayotgan kam sonli shaharlar sirasiga kiradi .
Sug’diyona Ahamoniylar davridayoq (Miloddan avvalgi IX – VIII asrlarda ) o’ziga xos davlat uyushmasidan iborat bo’lgan . U 3 ta asosiy qismdan – bosh markazi Maroqanda (Samarqand) bo’lgan Sug’dning o’zi , Nikshapa – Yerqo’rg’on hamda asosiy markazi Keshning Uzunqir ko’hna shahriga (hozirgi Shahrisabz) mos keluvchi Nautakadan tarkib topgan .
Nikshapa (Naxshab) – Yerqo’rg’on ko’hna shahri bo’lib , Hozirgi Qarshidan 9 chaqirim shimoliy – g’arbda joylashgan , butun vohaning dastlabki poytaxt markazi edi . Miloddan avvalgi IX – VIII asrlarda vujudga kelgan qadimgi Nikshapa , ko’p o’tmay , risoladagidek katta shahrga aylandi . Bu shahar o’z tarixi mobaynida O’rta Osiyada bir necha bor ro’y bergan rng mihim voqealarning shohidi bo’lgan .
Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida O’rta Osoyoga yurish qilgan Aleksandir Makedonskiy qo’shinalari qadimgi Nikshapani zabt etishdi va uni O’rta Osiyo 2 daryo oralig’ining Nautaka (Kesh) , Pareytaken , Gabaza singari janubiy viloyatlariga hujum uyushtirish uchun tayanch maskanlardan biriga aylantirdi . Miloddan avvalgi III – milodiy III asrlarda qadimgi Nikshapa kuchli istehkomga ega bo’lgan , inshootlari mustahkam , hunarmandchiligi yuksak rivojlangan , ellenizm bilan sug’diy xususiyatlar qorishib ketgan o’ziga xos madaniyatli shahar darajasiga erishdi. Arxeologik topilmalar janubiy sug’d , shu jumladan Nikshapa bu davrda ellenistik madaniyatining asosiy markazlaridan biri bo’lib qolganligini ko’rsatdi . Nikshapaning rivojlanishi , savdo – iqtisodiy ahamiyati o’sha davrda bu shaharning Amudaryo orqali Baqtriya , Marg’iyona va Parfiyaga olib boruvchi muhim savdo yo’llari ustida joylashganligi bilan belgilanadi . O’ziga ellenistik , Baqtriya va Parfiya madaniyatlarini singdirgan , sharqiy o’rat dengiz bilan aloqalar namoyon bo’la boshlagan shahar madaniyatining o’ziga xosligi ham aynan shu bilan ifodalanadi.
Nikshapada pul muomulasi ancha erta , ehtimol miloddan avvalgi IV asr oxirlarida yo’lga qo’yilib , keyin ko’p asrlar davomida izchil rivojlangan .
Vohada Nikshapa – Yerqo’rg’on bilan bir vaqtda chamasi milooddan avvalgi II asrdan hozurgi Qarshi markazida boshqa bir yirik , ehtimol , vohaning antic davr harbiy va mamuriy markazi sifatida Qal’ai Zahokiy Maron ko’hna shahri vujudga keldi . Harbiy – mamuriy va savda hunarmandchilik singari 2 mustaqil markaz mavjudligi sharqqa xos bo’lsada , biroq O’rta Osiyoda bunday hodisa , hozircha , faqat Qarshi vohasidagina aniqlangan . Ilk O’rta asrdayoq qadimgi poytaxt Nikshapaning xarobaga aylanganligi tufayil poytaxt markazi yangi joyga – Shulluktepa ko’hna shahriga ko’chadi . Shahar 701 – 702 – yilladan arab manbalarida Nasaf deb yuritilgan va bu nom XIV asr boshlariga qadar saqlanib kelgan . O’sha davrda Nasaf Movarounnahrning boshqa shaharlari kabi Arab fathi hamda mintaqani islomlashtirishning barcha mushkulotlarini boshdan kechirdi . Milodiy VIII asrning so’ngi choragida Nasaf Kesh bilan bir qatorda Movarounnahr aholisining arablarga qarshi , islomdan oldingi qadimiy dinini tiklashga qaratilgan Muqanna qo’zg’aloning tayanchlaridan biriga aylandi .
IX – XIII asrlarda Nasaf Movorounnahr madaniyatining asosiy markazlaridan biri bo’lib qoldi . Shu shahardan chiqqan va AL – Nasafiy Nisbasiga ega bo’lgan ko’plab olimlar , ilohiyotchilar , yirik din arboblari fikrimizga yaqqol dalil bo’la oladi .
Movarounnahrning boshqa shaharlari singari Nasafning osuda hayotini Chingizxon qo’shonlarining hujimi izdan chiqardi . 1220 – yilda ikki poytaxt shahar – Buxoro va Samarqand shaharlarini qo’lga kiritib , ularning aholisini ayovsiz qirigandan keyin Chingizxon Nasaf tomon yo’l olgan . Biroq Nasaf kimsasiz edi , uning aholisi Hisor va Xuroson tomonlariga bosh olib ketagn edi . 1220 – yil yozini Chingizxon Nasaf yaqinidagi dashtlarda o’tkazib , navbatdagi janglarga tayyorgarlik ko’rardi . Mo’g’inlar bosqini shaharni vayron etibgina qolmay ining madaniyatini ham tanazzulga uchratdi . Ko’pgina olimlar , shoirlar , muhandislar Eron , Suriya , Misr , Hindiston va boshqa mamlakatlarga ketib qolishdi .
Nasafda hayot faqat XIV asrning 80 – yillaridagina tiklana boshladi . Tarixchilar buni Chig’atoy islohotchi xoni Kepekning nomi bilan bog’lashdi . U Nasaf xarobalaridan 2 farsah (1 farsah – 6-8 shaqirimga teng) narida saroy qurgan ko’p o’tmay , uning atrofida shahar qad ko’targan va bushahar Qarshi nomi olgan
Qarshi shahri Amur Temir davrida jadal rivojlandi . U 1365 – 1366 – yil qishini Qarshida , Shaharning midofaa devorlarini qayta qurdirdi , kattagina Jomiy masjidi barpo ettirdi . Qarshi – Amir Temir Chig’atoy xonlarining ijozatisiz o’z hokimiyatini o’rnatgan 1 – shahardir .
Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida Qarshining nufuzi oshdi . 1557 – yilda Karmani egalladi . Buxoroni ishg’ol qilib bu shaharni xonlikning poytaxtiga aylantirdi . Shahrisabz , G’uzor va Kaspiy qal’alarini o’ziga bo’ysundirdi . 1558- yil u Qarshi hukmdori Xudoyberdi bilan sulh tuzdi . Shaybonoylar poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko’chirilgach Qarshining siyosiy mavqei mustahkamlangan . Bu davrda shaharda ko’pgina binolar , shu jumladan Abdullaxon va Boqubiy madrasalari , hammom , Abdullaxon ko’prigi va boshqa ko’plab inshootlar qurildi . Buxoro amirligi Muzaffar hukmdorlik qilgan davrda 1860 – 1885 – yillar O’rta Osiyoning podsho Rossiyasi tomonidan zabt etilishi boshlandi . Rus qo’shinalri Toshkent , Jizzax va Samarqandni egallagach 1863 –yilda 2 kunlik qamaldan keyin Qarshi shahrini ham bosib oldi .
Qarshi , Qashqadaryo viloyatlarining boshqa shaharlari kabi , 1920 – yilga qadar Buxoro amirligi tarkibida bo’ldi va ildam rivojlandi.
XX asrda Qarshi sanoati rivojlangan yirik viloyat markaziga aylandi . O’tgan asrning 80 – yillari oxirida viloyatni O’zbekiston Respublikasining bo’lajak prezidenti I . A . Karimov boshqarib , Qashqadaryoning qishloq xo’jaligini va sanoatini mustahkamlash va rivojlantirish , madaniy va manaviy hayotini yuksaltirish uchun ko’p ishalar qildi .
Mustaqilllik yillarida Qarshi yirik zamonaviy shahar – mamlakat neft – gaz tarmog’ining asosiy markazi bo’lib qoldi . Shuni aytish joizki , mamlakatda qazib chiqarayotgan tabiiy gazning 88 % ini va neftning 92 % ini Qashqadaryo viloyati hissasiga to’g’ri keladi . Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlangan , mahsulotlari eksportga mo’ljallangan sanoat korxonalari , Tolimarjon GRES i , muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho’rtan gaz – kimyo majmualari Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik korxonalardir .
Qarshi O’zbekistonning muhim madaniy va ilmiy markazlaridan biridir . Bu yerda respublikaning “Eski machit”
va “Muloqot” singari mashhur teatr studialari bo’lib , ular o’z atrofiga yosh istedodli sanatkorlarni jalb etgan . “Eski machit” teatr studiyasi xalqaro tanlovlarning g’olibi sifatida talaygina xorijiy mamlakatlarda ham O’zbekistonning shon – sharafini oshirmoqda .
Qarshida yuqori malakali kadrlar tayyorlab chiqarayotgan Universitet O’zbekiston fanlar o\akademiyasining janubiy mintaqaviy markazi mavjud . Qashqadaryo hududida yer osti kosmik pozitsiyaviy sistemalar tarmoqlari o’rnatilgan , jahonga mashhur Kitob kenglik stansiyasi , shuningdek respublikaning ilmiy texnika majmuasi hisoblangan Maydanak astrofizika observatoriyasi joylashgan . Barcha bu markazlar o’zlarinig salmoqli tadqiqiotlari bilan xalqimizning shonli ilmiy an’analarini boyitmoqda .