TAYANCH IBORALAR: Karl VI – Amir Temur bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan Fransiya qiroli.
Genrix IV – Sohibqiron bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan Angliya qiroli.
Genrix III – Amir temur bilan diplomatik munosabat o’rnatgan Kastiliya qiroli.
Muhammad al-Keshiy – Kastiliyaga yuborilgan Temurning elchisi.
Rui Gonzales de Klavixo – Samarqandga kelgan Kastiliya qirolining elchisi.
To’xtamishxon – Amir Temur homiyligida Oltin O’rda taxtiga chiqqan mo’g’ul xoni.
Sulton Boyazid – Amir Temur bilan diplomatik munosabatda bo’lgan va harbiy to’qnashuvda mag’lub bo’lgan turk sultoni.
Arxiyepiskop Ioann – Karl VI va Temur o’rtasida diplomatik munosabatlarning asosiy vositachisi.
Temuriylar davlatining xalqaro aloqalari geografiyasi. Ma`lumki XV asrning oxirida Yevraosiyoda oltita yirik siyosiy birlik yuzaga keldi: Amir Temur davlati Oltin O’rda, Misr, Rim mamlakati, Garbiy Yevropa mamlakatlari, Xitoy. Ularning olib borgan siyosi xalqaro munosabatlari o’z aksini topgan. Jumladan Amir Temur va undan keyin hokimiyatga kelgan o’g’li Mirzo Shohruh ham xalqaro miqyosdagi ma`lum bir siyosat olib borganlar va bu haqida o’sha davr yozma manbalarida ozmi ko’pmi ma`lumotlar saqlanib kolgan.
Temir va temuriylar davlatini xalqaro munosabatlari mavzuining so’z debochasini chig’atoy ulusi tarixi haqida qisqacha sharx bilan boshlash durusroq bo’ladi. Zero, Amir Temur mustaqil davlat barpo yetgan Movaraunahr XIII asr va XIV asrning birinchi yarmida chig’atoy ulusi tarkibida edi. Ya`ni, chingizxon o’z davlatini o’g’illariga bo’lib berganida Sharkiy Turkiston, Movaraunnahr va Xorazmni Sharqiy qismidan iborat hududni ikkinchi o’g’li chig’atoyga (vafoti 1241yo’l ) tegishli etdi va tarixda bu joylar yaxlit chig’atoy ulusi nomini oldi.
cHing’izxon vafotidan so’ng, unig avlodlari o’rtasida, jumladan chig’atoy ulusida ham ichki nizolar kuchayib, bu ulus ikkita siyosiy ma`muriy qismdan iborat bo’lib qoldi. Tarixiy asarlarda uning sharqiy qismi Mug’iliston, g’arbiy qismi esa mavjud qadimgi nomi bilan Movaraunahr deb qayd etilgan (bu haqida Temuriylar davlatining ma`muriy – hududiy bo’linishi bobida birmuncha mufalsal aytib o’tildi). XIV asr o’rtalarida Movaraunahrda yaxlit hokimiyat yo’q va o’lka kichik-kichik feodal mulklarga bo’linib ketgan edi. Temuriylar davrining mashhur tarixchi olimi Xofiziy Abru Zubdat at tavorix asarida bu holatni quydagicha tariflagan: “Amir Temur Xoji Barlos Kesh shaxri va unga qarahli Xo’jand viloyatini o’z qo’ ostiga oldi. Qarog’inlardan hisoblanmush Amir Xusayn, o’zining bir guruh qadam mug’ullari tushib bir tomonda bo’lsalar, ertasiga boshqa tomonda bo’lardilar. Uljoy–Bug’o Sulduz ham davosini qilib sulduzlar to’pi bir tomon bo’lgan edi. Shoh Muhammadxoja Zindaxashim va Qorason (ikkalasi) Andxud va Shibirxonni egalladilar. Shoh Muhammad Badaxshoniy o’z Kuxistonini mustaxkamlab oldi hamda ul viloyat hukmdorligini tama qilardi. Amir Kayxusrav va unga tobe joylarni egallab oldilar. Amir Xizr Yasavuriy o’z qabila va ko’chmanchilarini (atrofiga) yig’ib, o’zini bo’shqalardan ko’ra ko’proq mustaqil deyishga haqli, deb bo’lardi. Shu boisdan, ul mamlakatda har kun bir fitna vaharlaxzada bir g’arg’o kelib chiqardi. (74,97 varoq)
]Mo’g’iliston xoni Tug’liq Temurxon bu vaziyatdan foydalanib 1360 yil Movarounahrga qo’shin tortdi va osongina uni egalladi. Kesh viloyatining hokimi Xoji Barlos Xurosonga qochib ketdi. Amir Temur esa, o’z yurtini dushman tomonidan talon-taroj (qilinishidan) saqlab qolish maqsadida, Tug’luq Temurxon tobelik isxor etdi. Xon uni yaxshi qabul qilib Kesh viloyati va unga yondosh yerlarga hokim etib tayinlandi. Undan keyingi o’n yil davomida Amir Temur shaxsiy jasorat va nozik diplomatiya namoish etib, asta-sekin obri-e`tibor qozonib bordi. Amirlar, ayniqsa, Amir Xusayn bilan, shuningdek Mo’g’iliston, xatto Xirot voliysi bilan tinch-totuvlik munosabatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Masalan, Amir Temurning Xirot voliysi huzuriga yuborgan elchisi haqida Sharofiddin Ali Yazdiy Shunday yozadi: - Xazrat Sohibqiron Marvdan o’tib, odatdagidek Moxonning o’z manzilgoxi yetgach, amir Jokuni Xirot voliysi malik Xusayn huzuriga elchi qilib jo’natdi. Malik uni tila izzat-xurmat ila kutub olib, biror daqiqa ham e`tiborsiz va qarovsiz qoldirmadi, xazrat Sohibqironga nisbatan chir yurakdan hayrihohlik va mexr-muhabbat izhor etdi, hamjixatlik va o’zaro ko’maklashish bobida mubolag’alar qildi. (Shuningdek) iltimos bilan: Men Saraxsgaboraman, agar(Amir Temur)ul tomondan tashrif buyursalar, do’stlik va ittifoqlik asosiy mustahkamlangan bo’lur edi; hamjixatlik shartnomasi va yordamlashish asosi ahdu paymon ila qat`iy va mustahkam bo’lajak – dedi. Amir Joki qaytib kelib ul so’zlarni arzag’a etkazdi. Sohibqironning ehtiyotkorligi va ishbilarmonligi uning Malik (Xusayn)bilan uchrashish va aloqa bog’lashiga yo’l qo’ymasa ham, (lekin ) podshohlarga xos sifatlari, uning (Malik Xusaynning) samiymiligi va xayrihohligi iltifotsizlik va butunlay rad etish bilan qarshi olinishini (ham) ep ko’rmas edi. Shu sababdan, axiz farzand, saltanat va jahondorlik ko’zi qorachig’ining nuri, ulug’vorligi va kamronlik bog’ining guli amirzoda Jahongo’rni, Muborakshoh Sarjariyni unga mulozim kilib, Malik (Xusayn) qoshig’a yubordi; (oyatda): sizlarga bir kishi salom bersa, unga yaxshi salom bilan javob qaytaringlar yoki salomini aynan qaytaringlar, - deyilgani muvofiq, mexr-muhabbat aks etgan so’zlariga quyidagi mazmundagi javob paymog’i jo’natdi: Malikning halolligi va yaxshiliklar qilishiga ishonchimiz komil va ko’ngil to’qdir; farzandimni uning qoshig’a yubordim, ahlu ayolimizni esa ug’ruq ila ushbu viloyatda qoldirg’aymiz. Niyatimiz, azm jilovini asl diyor tomon burmoq erur, shak-shubxasiz, ularga e`tibor va muxofaza qilmoq bobida nimaiki uning podshohlik oliyjanobligi taqazo etsa o’sha bo’lajak. (61 ,156-bet).
Yana bir misol: 1365 yili Amir Temur va Amir Xusayn o’rtalarida munosabat keskinlashadi, ikkala tomon urushmoqqa shaylanadilar. Shunda, Amir Temur lashkari tarkibida bo’lgan yasavuriylar jang qilishdan bosh tortadilar. Ushbu vaziyatda, Amir Temur: bu tasodif bizning saodat va inqilobimizni erta tongda saltanat va istiqlolimizni bahorini dastlabki lahzalarda yuz berdi. Agar ularni bandi qilsak, yovuzluk belgisi bo’lgan gard bizning ahvolimiz etagiga o’tiradi. Va (shundan so’ng ), boshqalar bu dargohdan panoh izlamaslar, natijada yurt siramoq va davlatni boshqarmoq ishi izga tushmagay. Agar davlat kishini ezgu ishlar poydevori ustida qursalar uning qadr-qimati kunguralari gardunning muqarnas toqidan ham yulsakka ko’targay: agar inqilob niholi adolat va ehson ariig’idan suv ichsa, undan bo’y chizgan shohlar baxtiyorlik mevasini tugadi va saodat soyasini ikki dunyoga arzigulik qilib taratgay. (61,126-127 betlar). U hatto o’z amirlarining ra`yiga qarshi borib, yasavuriylarni jazolash o’rniga yaxshi so’zlar aytib qaytib ketishga ruxsat beradi. Yurishni esa to’xtatadi. Movarounnahrdagi tarqoq feodal guruhlarni birlashtirish uchun ana shunday qilingan edi. Mo’ljal to’g’ri bo’lib chiqdi. Tez orada Movarounnahr amirlari Amir Temur atrofiga birlashib Amir Xusaynga qarshi hal qiluvchi yurishda to’la sadoqat bilan g’alabani ta`minlab uni ulug’ amir deb tan oladilar. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach (1370) uning xalqaro miqyosdagi faoliyati dastlabki yigirma yil davomida o’z mavqeni mustahkamlash va Movarounnahrni yuksaltirishdan iborat bo’ldi. Birinchi navbatda Movarounahrning xafsizligini ta’minlash zarur edi. chunki sharqda Mo’g’iliston, g’abda esa Oltin O’rda hamda ularga hayrihoh bo’lgan Xorazm hukmdorlari Movarounahrda mustaqil davlat barpo bo’lganligiga befarq qarab tura olmasdilar. Oldingi tarixi voqelar ya`ni Tug’liq Temurxon va Ilyosxo’jahonning yurishlari buning tasdig’i erur. Mir Temur ayniqsa Mo’g’iliston tomondan yangi chopqinlar yurishlar bo’lishi mumkinligidan doim hofsirardi.
Shu sababdan Amir Temur sobiq chig’atoy ulusi hududini o’z tasarrufiga kiritishni maqsad qilib belgiladi. Bu ish ancha qiyinchilik bilan amalga oshdi. XIV asrning 70-80 yillarida sobiq Jo’chi va chig’atoy uluslari yerlarini qamrab olgan murakkab xalqaro vaziyat yuzaga keldi. Natijada Amir Temur Mo’g’iliston Xorazm va Oltin O’rdaga bir necha bor yurishlar qilishga majbur bo’ldi va ularni har birini o’z sababi bor.
Amir Temur 1371 yil birinchi bor Mo’g’ilistonga yurish qilib to Ili vodiysigacha etib bordi. So’ngra chig’atoy ulusining g’arbiy chegaralarini tiklashga kirishdi. O’z vaqtida chingizxon butun imperiyasini o’g’illariga taqsimlab, O’rta Osiyo hududlarini chig’atoyga Xorazmni esa Jo’chiga tegishli yetgan edi. Biroq Xorazmni janubiy-sharqiy qismi va u yerdagi Kot va Xiva shaharlarni chig’atoyga bergan.
Qo’ng’irot urug’idan bo’lmish Xusayn So’fi XIV asrning 60-yillarida Oltin O’rda xonligida avj olgan feodal nizolardan foydalanib, Xorazmning janubiy-sharqiy qismi ham qo’shib oldi.
Amir Temur Movarounahrda taxga o’tirgach, o’zini chig’atoy ulusining qonuniy hukmdori hisoblab, Alqa tavochini Xorazmga Xusayn So’fi qoshig’a elchi qilib jo’natdi va Kot hamda Xiva shaharlarini tobe yerlari bilan birga qaytarib berishni talab qildi. Tarixchi Xofuzi Abru bu quyidagilarni yozadi. chingizxon zamonidan buyon bu ikki viloyat (Kot vaXiva) bizning (chiqatoy) hukmdorligiga taalluqli bo’lgan.
Sharofiddin Ali Yazdiy Zarafnomasida ushbu mazmun qayt etilgan: Kot va Xiva chig’atoy ulusiga tegishli erur. O’tgan muddat ichida uni egasiz topib o’z tasarrufi xafsasiga kiritmushsan. Endi lozimdirki uni barcha toba va tutash (yerlari) bilan birga bul tomon elchilari ixtiyoriga qaytirsang toki (shu asosida), har ikkala tamon o’rtasida samimiyat va do’stlik yili ochiqligicha qolsa totuvlik va qo’llab- quvvatlamoq shart- sharoitlari yaratilsa. (60 -146 betlar).
Xusayn So’fi elchilariga qo’pollik bilan: Bu viloyatni men qilich vositasida qo’lga kiritganman va uni qilich (kuchi) bilan olishga to’g’ri keladi – deb javob qiladi. Shundan so’ng Amir Temur 1372 yili Xorazmga yurish qilib, to’la g’alaba qozondi. Xusayn So’fi bu mag’lubiyatdan g’am anduxga botib olamdan ko’z yumdi va Xorazm taxtini uning ukasi Yusuf So’fi (1372-1380) egallagab, Amir Temurga tobelik ishor etib sulx tuzdi. Ushbu sulxni Amir Temur taklifiga kira qon-qondoshlik iplari bilan bog’lash maqsadida, O’zbekxonning nevarasi Xonzoda ismi bilan mashhur bo’lgan Savinbekni Amir Temurning o’g’li Mirzo Jahongirga berishga axtlashildi. Lekin Yusuf So’fi o’z vadasiga vafo qilmadi aksincha Kot viloyatiga chopqin yasadi.
Ushbu voqea sababli Amir Temur 1373 yilning mart oyida ikkinchi marta Xorazmga yurish qiladi. Lekin u yetib borishi bilan Yusuf So’fi qo’rqib uzur so’raydi va zudlikda Xonzodani jo’natadi va temuriylar bilan chingiziylar hukmdorlari xonadoni o’rtasida qarindoshlik rishtasi vujudga keladi. Mo’g’ilistonda esa bu payt dug’lot amirlaridan Qamariddin siyosiy maydonga chiqadi. U tez orada chingiziylar avlodini qirib tashlab, ziravonlik bilan taxtni egallaydi. Xon avlodidan faqat hali juda yosh bo’lgan Xizr xoja o’g’loni bekitib Badaxshonga jo’natadilar va shu yo’l bilan o’limdan saqlab qoladilar. Amir Temur 1375 yili Mo’g’ilistonga Qamariddin ustiga yurish qildi. Biroq Qamariddin jang qilmaydi va qochib ketadi. Sohibqiron qo’shinlari Qamariddinni ta`qib qilib to yo’lbog’i, Uch farmon va Qoraqasmoq degan joylargacha etib bordilar. Keyingi tarixiy voqealar Mo’g’iliston, Oltin O’rda va Xorazm Amir Temirga qarshi birlashganliklarini kirsatdi. Ba`zan Movarounahrdagi ba`zi norozi kichikroq guruhga ham qo’shilgan.
Masalan 1376 yil Amir Temur Xorazm yurishiga otlanib, ayni paytda, amir Sori – Big’o Odilshoh jaloyir, Xitoy bahodir, elchi – Bo’g’o va yana boshqa bir necha amirlarni Qammariddinni topib yiq qilish uchun yuboradi. Yo’lda Sori –Big’o bilan Odilshoh xoinlik yo’liga kiradilar. Andijon dorug’asi Hammaday ham shu yo’sinda ish tutib ularga qo’shiladi. Ular birgalashib Samarqand tomon yuradilar, biroq shahar aholisi mudofaani kuchaytirib dushmanni kiritmydi. Yov Buxoroga yo’l oladi. Bu voqeadan xabar topgan Amir Temur yarim yo’ldan qaytishga majbir bo’ladi.
Mirzo Jahongir boshchiligidagi ilg’or tarzda oldinroq yetib kelgan qo’shin Karmana yaqinida dushman bilan jang qilib uni to’zitib yuboradi. Bosh ko’targanlar. Dashti Qipchoqqa qochib O’risxon dargohidan panoh topadilar. Ma`lum vaqtdan so’ng ular Mo’g’ilistonga qaytib kelib Qamariddinga qo’shildilar va birlashib Andijonga chopqin yasadilar.
Amir Temur Qamariddinga qarshi yurishga otlandi. Bu uning Mo’g’ilistonga qilgan birinchi yurishi edi. Lekin o’g’li Mirzo Jahongirni vafoti tufayli yurishni nihoyasiga yetkazmay qaytishga majbur bo’lgan edi. Ma`lum muddatdan so’ng Amir Temur yana Mo’g’ilistonga yurish qildi va uning lashkaridagi ilg’or qismlar Qamariddinga yetib jang qildilar. Yov yengildi, lekin Qamariddin yana qochib qolishga ulgurdi. Bu yurishda Qamariddin to’la tor-mor etilib, Mo’g’ulistonda xonlik taxtini Xizrxo’ja –o’g’lon egalladi. Qamariddin o’n yildan ortiq vaqt davomida Mo’g’ilistonda hokimiyat tepasida bo’ldi va shu muddat ichida Amir Temur bilan ikki o’rtada biror – bir sulx yoki kelishuv bo’lganligi haqida manbalarda hech narsa deyilmagan.
Xizrxoja O’g’lon (Natanziy yozib qoldirgan ma`lumotlarga ko’ra), xonlik taxtiga itirgan paytdanoq Amir Temurga tobelik izhor etdi. Bunga javoban Amir Temur uni Mo’g’iliston xoni etib qoldirdi va bu o’lkaga yurish qilishni to’xtatdi. Xizrxoja hokimiyatni egallagach Mo’g’ilistondagi amirlarni bo’ysindirishga va o’z mavqeini mustahkamlashga kirishdi. Biroq bu ancha mushkul ish edi. Mo’g’iliston amirlarining oxirgi marta amir Temurga qaqshatqich zarba berishga urinishlari To’xtamish va Oldin O’rda xonlik tarixi bilan bog’liq.
O’zbekxonning (1312-1340) o’g’li Jonibek (1340-1357) hukmdorligidan so’ng Oltin O’rda xonligida feodal tarqoqlik kuchaydi va xonlik lavozimidan barqarorliq ketdi. Amir Temur davlati bilan Oltin O’rda xonligi o’rtasidagi munosabat ham yuqorida qayt etilgan siyosiy vaziyat ayniqsa To’xtamishning faoliyati bilan bevosita bog’liq edi.
Amir Temur 1376 yili Mo’g’ilistonda yurish qilib turganida To’xtamish Oltin O’rda xoni O’risxonni ta`qibidan qochib uning dargohidan panoh izlab keldi va Sohibqiron uni hayrihohlik bilan qabul qilib xatto o’g’lim deb atadi, deb yozadi Sharafuddin Ali Yazdiy. So’ngra uni Sirdaryoning quyi xavzasidagi viloyatlarga hokim etib tayinlaydi. Bu, o’z navbatida, Amir Temur davlati bilan Oltin O’rda xonligi o’rtasidagi munosabatlarning murakkablashiviga olib keladi.
O’risxon To’xtamushxonga qarshi qishin jo’natdi. Ular o’rtasida jang bo’lib, To’xtamish yengilib qochdi, biroq O’risxon o’g’li Qutlug’bika ham ushbu muxorabada halok bo’lgan edi. O’risxon Kepak Manqit va Tulijonlarni elchi qilib Amir Temur huzuriga yuboradi va: To’xtamish meni o’g’limni o’ldirib sizni yurtingizga qochib ketmish. Yo mening dushmanimni yoki bo’lmasa urish joyini belgilab, jang qilmoqqa yuzlaning (60,158 varaq),- degan mazmunda payg’om yuboradi. Amir Temur esa To’xtamish uning saltanatidan panoh izlab kelganligini va uni qaytarib berish haqida siz bo’lishi ham mumkin emasligini va jang qilmoq masalasiga kelganda esa ular doim tayyor ekanligini aytadi. Ikkala tomon urishga otlanadilar, biroq qo’shning qaxraton sovug’i bunga to’sqinlik qilib qoldi. Biroz vaqtdan so’ng O’risxonning vafot etganligi haqida xabar keladi. Ko’p o’tmay uning o’rniga qolgan o’g’li To’xtaqiyo ham olamdan ko’z yumadi. Shundan so’ng, Amir Temur To’xtamishni Jo’chi ulusining hukmdori etib tayinlandi. Bu voqea 1376 yili bo’lgan edi. O’risxonning Oltin O’rda taxtiga xon bo’lib turgan o’g’li Temur Malik o’g’lon To’xtamishning ustiga yurish qiladi. Bo’lib o’tgan jangda To’xtamish yengiladi va baxtli tasodif tufayli omon qoladi. Amir Temur uni eng Sara qo’shinlar bilan taminlab, 1377 yili Sig’noq viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Oltin O’rdada esa, Temur Malik hokimiyatni boshqarishni eplayolmay, davlati borgan sari zaiflashadi.
Amir Temur yana shu qulay vaziyatni aniq hisobga olib, To’xtamishni jo’natadi va u osongina taxtni egallaydi. Keyingi yillarda To’xtamish o’z mavqeini kuchaytirib borib nihoyat 1380 yili Oltin O’rdaga xon bo’ldi. To’xtamish xonlik taxtiga o’tirgach, Amir Temur Oltin O’rda bilan munosabatlardan ko’ngli taskin topgan bo’lsa, biroq Xorazm masalasida hali chigallik bor edi. chunki 1376 yili Amir Temur O’risxon bilan urishmoqchi bo’lib O’trorda turganida, Xorazm voliysi Yusuf So’fining qo’shinlari Buxoro atrofiga chopqin yasab aholini talagan edilar.
Amir Temur Jilortini Xorazmga Yusuf So’fi elchi qilib janatadi va maktubida ikki o’rtada tuzulgan sulx hamda quda–anda bo’lganlarini eslatdi. Lekin Yusuf So’fi elchini qamab qo’ydi va maktubni javobsiz qoldirdi. Sohibqiron ikkinchi marta elchi yubordi va elchi daxlsiz shaxs ekanligini uni qamab bo’lmasligini ta`kidlab elchini ozod etishni talab etdi. Xorazm voliysi bu harakati bilan Amir Temurni O’risxon bilan jang qilmoqdan chalg’itmoqchi bo’lganmi yoki o’zi mustaqil harakat qilganmi, bunisi noma`lum. Qanday bo’lmasin, Amir Temur o’sha paytda bu voqeaga unchalik etibor bermadi va Dashti Qipchoq ishlaridan holla bo’lgandan keyingina uning tadbiriga kirishdi. Amir Temur 1379 yili Xorazmga yurish qildi. Bu uning uchun to’rtinchi va xal qiluvchi yurishi edi. Xorazm poytaxti uch oy davomida qamal qilindi, oxiri Yusuf So’fi g’am-anduxga botib olamdan ko’z yumdi. Shahar zabt etilib vayron qilindi, olimlar va hunarmandlar Kesh shahiga ko’chirildi.
To’rtinchi yurishdan keyin ham Amir Temur davlati bilan Xorazm o’rtasida mavjud munosabatalr ishorchli emasdi. Yusuf So’fidan so’ng Xorazm voliysi bo’lgan Sulaymon So’fi tez orada To’xtamish bilan ittifoq tuzib unga tobe bo’ldi va uning nomiga tanga zarb etdi. Amir Temurning To’xtamishni o’ziga qaram hokim qilish rejasi amalga oshmadi. Aksincha To’xtamish Oltin O’rda taxtiga o’rnashgach xavfli raqibga aylandi. Ayni paytda Mo’g’ilistonda ham Amir Temurga bo’ysinishdan bosh tortgan amirlar soni ortib bordi, ularning sardori Anqo To’ro edi. Ular Xizrxo’jaxonni ham o’z tomonlariga og’dirib oldilar. Amir Temur g’arbiy yurishga ketgan chog’ida, 1387 yili barcha chingiziy kuchlar- Oltin O’rda Mo’g’iliston va Xorazm birlashib Movarourahrga xujum qiladilar. Ular fursatdan foydalanib qattiq zarba berishni maqsad qilgan edilar. Dushman qo’shinlari qishloqlarni talab qilgan edilar. Dushman qo’shinlari qishloqlarni talab, Qarshi va Zanjirsaroy shaharlariga o’t qo’ydi. Samarqand va Buxoroni qamal qildi. Amir Temur zudlikda Movarounahrga qaytishga majbur bo’ldi. Bu xabarni eshitgan dushmanlar turli tomonga qochib qolishdi. Sohibqiron bu voqeadan qattiq darg’azab bo’lgan edi, dushmanlardan qasos olishga ahd qildi.
U dastlab, Xorazmni poytaxti yakson etildi va aholisi Samarqandga ko’chirildi. Lekin oradan uch yil o’tgach, sohibqiron afv imzosi chekib Xorazmni yangidan obod etmoqqa farmon berdi. Sharafiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: Xazrat Sohibqironning dushmanlarining hayiqmaganligi va beboshligidan alanga olgan o’ch olmoq(olovi), ularning shon-shavkat xirmonini yondirib bo’lgandan keyingina pasaydi. Nusrat shoir bayroq parvardigor ko’magi bilan xilpirab Samarqand sari yuzlandi va saodatu iqbol ila saltanat va ulug’vorlik taxtining qarorgohiga kelib qo’ndi.
Aslini olib qaraganda, onxazratning muborak fe`l atvoridan adolat qilmoq va raiyatparvarlik tug’ma sifat bo’lib oliy himmati shaharlarni obot qilishga va xudojo’ylarning hol-ahvolini yaxshilashga ishtiyoqmand edi. Gohida gardinqudratli g’olib askarlar tomonidan sodir etiladigan qaxr-g’azab va zaruratidan kelib chiqqandir, bu siyosatsiz va qo’rqo’tishsiz muyassar bo’lmaydi. Shu sababdan, Xorazm harob etilgandan so’ng oradan uch yil o’tgach, podshohlik marhamati yetti yuz to’qson uchunchi (1391) yil oxirlarida, Dashti Qipchoq yurishidan qaytish chog’ida jangi Qavchining o’g’li Musakana Xorazmni obod qilish uchun jo’natdi.
U Qoon mahallasini, (bu joyni) chingizxon mamlakatlarini o’z o’g’illariga bo’lib berganda Kot va Xeva bilan birga chig’atoy ulusiga kiritgan edi, qo’rg’on qilib o’rab oldi. Hozirgi paytda Xorazmning ( eng) obod joyi o’sha erur. (60,194 b varoq).
To’xtamishxon 1388 yilning dekabr oyida son-sanoqso’z lashkar to’plab Movaraunahrga yurish qiladi va ilg’or qismlari Sirdaryodan o’tib Jizzaxga yaqinlashganda Sohibqiron lashkari tomonidan tor-mor etiladi. Amir Temur 1389 yilning fevralida o’z lashkarlari bilan Sirdaryodan o’tadi. Zafarli lashkarni yetib kelganidan xabar topgan dushmanlar tumtaraqay qochib qoladilar. Xuddi shu 1389 yili Amir Temur arkonu davlat bilan maslahatlashib Mo’g’iliston sari yurish boshlaydi. Ili vodiysiga etib borganida qurultoy chaqirib, unga butun Mo’g’iliston hududi ro’yxat (kitob)ga olinadi. Turli yo’nalishlarda jo’natilgan qo’shinlar Mo’g’ilistonni boshdan oyoq kezib talon-taroj qiladilar. Bu yurishda Mo’g’iliston butunlay zabr etilib, uning xoni Xizrxo’ja to’la tobeliq ishor qiladi. Keyinroq, aniqrog’i 1397 yili Amir Temur Xizrxo’janing qizi Tukal xonimga uylanib qarindoshlik rishtasini hosil qiladi. Ana shu yurishdan keyingi Movarounnahr uchun Mo’g’iliston tomonidan hujum xafvi uzul kesil tugatildi. Bu katta g’alaba Movarounnahrning Xitoy bilan savdo-elchilik munosabatlarini yo’lga qo’yishga imkon berdi, zero savdo yo’li Mo’g’iliston va Sharqiy Turkiston orqali o’tardi. chunki ular Movarounnahrning ham iqtisodiy, ham siyosiy qudratini yuksaltirishga ko’mak berardi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, dastlab, XIV asrning 70-80 yillarida Xitoy va Mo’g’iliston mavjud murakkab siyosiy vaziyat savdo-elchilik aloqalarining rivojlanishiga to’sqinlik qilib keldi. Xitoyda 1368 yili Yuan mo’g’il sulolasi tugagach, yirik markazlashgan Min imperiyasi (1368-1644)tashkil topdi.
Dastlabki paytlarda Xitoyning tashqi siyosatidagi asosiy muammo mo’g’illarning yangi hujumiga yo’l qiymaslikdan iborat bo’lgan, zero ana shunday xavf hali mavjud edi. Shu boisdan Xitoy o’zining shimoliy chegaralarida mo’g’illar bilan tez-tez to’qnashib turardi. Natijada XIV asrning so’ngi yillarida Min imperiyasi chegarasi mustahkamlanib u keyingi yillarda ham deyarli o’zgarmay qoladi: Shimolda Buyuk Xitoy devori, shimoli g’arbda Gansi viloyati va g’arbda esa Sinxay viloyatining Sharqiy qismi bilan chegaralangan edi. Min sulolasining hokimiyatga kelishi va uni mustahkamlash bilan bog’liq harbiy tadbirlar Xitoyning boshqa davlatlar, jumladan, O’rta Osiyo bilan savdo-elchilik aloqalari bo’lganligi qayt etilmagan. Amir Temur 1389 yili Mo’g’ilistonni uzul kesil o’z tasarrufiga kiritgach, Xitoy bilan savdo elchilik aloqalari tiklandi. O’sha davr Xitoy manbalaridan biri – Min Shu Lida 1389-1398 yilllar oralig’ida Amir Temur nomidan to’qqiz marta Xitoyga elchi kelganligi qayd etilgan. Xitoydan o’z navbatida 1395 yili Fu An boshchiligida Samarqandga Amir Temur huzuriga elchilar yuborilgan edi; u Xitoydan qaytayotgan Amir Temur elchilari bilan yo’lga chiqqan edi. (22,s. 106-116).
Amir Temur Mo’g’ilistondan boshqa xavf bilmasligidan ko’ngli to’lgach, Oltin O’rda tomonidan xavf-xatarni bartaraf etishga kirishdi va 1390 yili o’zining To’xtamishxon ustiga qilgan eng og’ir yurishlardan biriga azm etdi. Hatto To’xtamishning o’z aybiga iqror bo’lib uzr so’rab yuborgan elchilariga ham e`tibor bermadi. Hozirgi Qozog’iston dashtlarini katta mashaqqat bilan bosib o’tib, so’ngra g’arbga yurib Volga daryosi sohillariga yaqinlashib bordi. U yerda To’xtamishxoning juda katta lashkari bilan qattiq jang qilib g’alaba qozondi va eson-omon Samarqandga qaytdi. Lekin Oltin O’rda xonligi burmuncha keyinroq 1395 yili uzul kesil tor–mor etildi. Amir Temur ana shu ikkinchi katta yurishdan oldin To’xtamishxon qoshig’a elchi yuboradi va unga pand-nasixatlar qiladi. Harafiddin Ali Yazdiy bu xat mazmuni haqida quydagilarni yozmish: Xazrat Sohibqiron o’sha qishlovda (turgan joyda), Hujjat zarurligi sababli , To’xtamishxonga bir xat yozgan edi .
Hamsiddin Olmolig’iyni o’sha maktub ila To’xtamishxon qoShig’a elchi qilib jo’natdi. Shamsiddin dono, gapga chechang va tajribali kishi edi; to’la rasmi qoidasini yaxshi bo’lardi va ko’zlangan maqsadga erishish uchun har yo’sinda taqozo etilgan latif so’zlar ayta olardi. U Darbanddan o’tib Dashti Qipchoqqa To’xtamishxon huzuriga yetib bordi va maktubni topshirib, Hazrat Sohibqiron aytganlarini chiroyli iboralar va yoqimli til ila bayon etdi. (Uning so’zlari) To’xtamishxonga juda yoqdi va sulx tuzmoqqa moyillik ko’rsatib yaxshilab qo’li bilan kechirim so’rash etagini tutmoqchi, saloqatli va samimiyat bilan itoat oyog’ini kelishuv yo’liga qo’ymoqchi va bir iloj qilib va dahshat g’uborini o’rtadan ko’tarmoqchi edi. Biroq uning amirlari jaxl va qaysarlik qilib, monelik va fasod oyog’i bilan ishning beliga tepib, (sulh tuzmoqqa yo’l )qiymadilar; hom hayol qili bilan o’z valine’matlarini davlatining chashmasi hamda o’z saodatlari ko’ziga baxtso’zlik tuprog’ini sochdilar.
N a z m:
Podshohlarga biror zarar etar ekan,
U nodonlar tadbiri tufayli bo’ladi.
Kimningki ostonasidan davlat ketar ekan,
U ablaxlar bilan hamdoston bo’ladi.
Sohibqiron uni kechiradi va Xitoy yurishidan qaytgach, Oltin O’rda taxtini unga qaytarishni ham va`da qiladi. Biroq bu va`da amir Temurning 1405 yili O’trorda vafot etishi tufayli amalga oshmay qoldi.
Amir Temurning Misr, Rim va g’arbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari haqida, uning g’arbga qilgan yurishlari bayonida siz boradi.
Sohibqiron 1393 yili Bog’dodni zabt etgach, Misr sultoni Birqoq qoshig’a elchi yuboradi. Harafiddin ali Yazdiy «Zafarnomasida» bu haqda, jumladan, quyidagilar yozilgan: «Hazrat Sohibqiron o’sha paytning mashhur shaxslaridan bo’lmish Shayx Sovaiyni olri – e’tiborini bir guruh kishilar va podshohona biylokot(tuxfa)lar bilan Misr va Shom volisi Malik at-Toxir Birqoq huzuriga elchi rasmi ila jo’natdi» (60,2466 varoq). Elchilar orqali yo’llangan maktubda ikkala davlat o’rtasida elchilar vositasida maktublar yozib turish zarurligi qayd etilgandi. Biroq Misr podshosi mavjud elchilik qoydalariga xilof tarzda ish tutadi va elchilarni qatl etmoqqa farmon beradi.
Barqiq vafotidan so’ng, uning uning saltanatina egallab o’g’li Faraj ham otasining yo’lini tutadi. Amir Temur olti yo’llik yurishi (1399-1404) chog’ida, Shom tomongaga egallanganda, Faraj huzuriga elchi yuborganda u elchini qamab qo’yadi. Ushbu voqealar tafsilotini Sharofiddin Ali Yazdiy shunday bayon qilgan : «Yetti yuz tiqson beshinchi» ( 1393)yili nusrat shoir bayroq fatx va feruzlik soyasi Dor-ul-Salom Bag’dod uzra solgan chog’da, Hazrat Sohibqiron Iroqi Arabni egallagach, sova mashoyixlarida etik qobiliyat sohibi, fozil, aslzoda, ulug’vorlik xirsini fazilat va ma`no Sherozi bilan bezagan bir kishini elchi qilib bir guruh bilan Misr hokimi Barqiq huzuriga yubordi va bu haqda Bag’qdodni zabt etish qissasida qisqacha ta`kidlab o’tilgan edi. Yuqorida eslatilgan Shayx Shom hududiga qarashli Rushba (shaxri) etib borganida, uni o’sha yerda mavjud qoidaga ko’ra to’xtatib, Misrga yubordilar. Barqiq kaltafahmligi va badjaxilligi tufayli, Sulton Axmad jaloyirning ig’vosiga uchib, ularni o’ldirmoqqa amir etdi. Garchi elchiga ozor berishga hech bir shariat va siyosat qoidalarida hamda podshohlik va millat rusumlariga ruxsat etilmagan bo’lasa-da, biroq ul sulux kishini barcha mulozimlari bilan birgalikda zulm va ayovsizlik qilichidan o’tkazdilar. Ular o’shanda bir habarli qabix ishning oqibati haqida o’ylamadilar…
Yana bir tomoni, jahongir Sohibqiron Ozarbayjon va Iroqi Arab mamlakatlarining bo’ysindirib, zarb etgandan so’ng, xisravona azm jilovini Dashti Qipchoq hamda Iris, Mirkas va boshqa shu kabi mamlakat yerlari tomon yo’naltirdi. Itilmish qavchini esa, ovnik qal`asida (hokim qilib) qoldirgan edi va nusratshoir bayroqning sohib muddati yo’qligi chog’ida Qora Yusuf turkman bilan urish qilib taqdir taqozosi bilan qo’lga tushib qoldi. Qora Yusuf uni bandi qilib Misrga Barqiq qoshig’a yubordi. (Baoqoq) uni hibsga olib qamab qo’yib, o’zining mavjud gunohini yanada orttirdi. mustahkamlash bobida zarur bo’lgan ehtiyot hartlarni bajarib, himoya choralarini ko’rdi. (Ayni paytda), taxtni asrab qolish aldovi bilan u bir hiylani (ham)ishga soldi. Yolg’ondan o’zini bechorarahm ko’psatib yurgan bir o’ta ayyor, gapga chechan, odamni jahl qilib qo’yadigan kishiga joxil fidoiyni ham qo’shib, har biriga bittadan zaharlangan xanjar berib elchi sifatida Hazrat Sohibqiron qoshig’a yubordi. Ular payg’omni yetkazish chog’ida bir qulay payt topib yovuzlik qilishlari kerak edi.
On Hazrat Damashq yaqiniga etib borganida, ul la`nati makkor buzg’unchilar Humoyun mavkabga keldilar va qirqmasdan makkorlik yuzini xalifalik taxtining poyiga qo’ydilar. Ular xat-payg’omni olib o’tib, shu bahona bilan p’z maqsadlariga erishmoqchi edilar Ular bir necha marta on Hazratga yaqin borish baxti mavjud bo’lib imkon topganlarga qaramay, Har doim ul Humoyun Hazratni asrab turuvchi Olloh himoyasini saodati tufayli, fursat topa olmadlar va qudratli davlat quvvatidan ul razil yaramaslarning hiyla va yovuzlik qilmoqchi ekanligi oliy devonining ulug’ kitoblaridan sanalmish xoja Ma`sud Simnoniyning hayoliga kelib qoldi. Ularning tutib tintuv qilganlarida, etiklarining qinjida zaharlangan xanjarlar borligi aniqlandi. Badbaxtlar noiloj qoldilar va ularning «tashrifi» ushbu yo’sinda barbod bo’ldi. (60,378 a varaq).
Baxtiyorligi tasdiqlangan sohibqiron parvardigorga shukronalar aytdi va muxtojlarga xayr-ehson va sadaqalar ulashdi. So’ngra davlat ilhomining tarjimoni bo’lmish to’g’ri sizlovchi ili bilan shunday dedi: «Sultonlar qoidasiyu udumiga ko’ra elchini o’ldirmoq rasm emas. Biroq bu shaxs ibora: o’zining yovuz va qabixligi bilan, - deyilganidek, ayyorlik qilib ulug’ arboblar suratiga kirib olmish, u o’ta buzg’unchi va fitnakor erur». Unga va boshqalar uchun haqiqiy saboq bo’lsin deb, (oyatda)-yomon makr-hiyla esa faqat o’z egalarni o’rab oladi,-(deyilganidek), uni o’sha yonida chiqqan zaharlangan pichoq bilan halok etdilar Ibora : agar hosil tikan bo’lsa (ajablanma, chunki) uni o’zing ekkansan, (degan) oshang zamzamasini uning joni nog’orasiga soldilar va harom murdasini boshqa g’animlarga ibrat bo’lishi uchun yondirib yo’q qildilar. Ikkita sherigini qonidan kechdilar; quloq va burnini kesib yozgan xati bilan qo’shib Misr hokimi qoshig’a jo’natdilar. Lashkarning tevarak – atrofga tarqalib ketgan qismi barchasi yo’g’ilsin, degan bo’ysinish shart bo’lgan olamni tobe etuvchi yarlig’ kuchga kirib, (Hazrat Sohibqiron) saodat va iqbol bilan otlanib gardun shuxrat askarlarning tuzib Damashq shahri sari yuzlandi(60,378a varaq).
Hazrat sohibqiron (sarkarda) podshoh Bavronni xat bilan Misr hokimi qoshig’a yubordi. Payg’omning mazmuni quydagicha edi: «Bizning ishdagi azm qat`iyligimiz dovrug’ini biladilar hamda maqsad va rejalarni nihoyasiga yetkazish yo’lida matonatimiz buyukligini tan olganlar. Mardlarni, xoh u sulton bo’lsin xoh oddiy inson, maydonga jalb qiluvchi narsa g’ayrat va hamiyat ekanligini danolar biladilar. Podshohlarning o’zini katta xavf-xatarga urib cherik tortmoq va mamlakatni zabt etmoqdan asl maqsadi faqat mol-dunyo yig’ish va boylik orttirish emas, balki or-nomus e`tibori va yaxshi nom qoldirishdan iborat .
Dunyoning barcha ishi nomus va nom uchun dir,
Bilmasa yarimta non bilan ham kun o’tadi.
Biz qayta-qayta itilmishni (Huzurimizga qaytarishni) talab qildik, biroq yubormadingiz; ul ishda paysalga solish va kechiktirishga yo’l qo’yildi. Natijada hamiyat qilib azm etmoq jilovini ul tomon burdi va mamlakat aholisining turish- turmushiga qancha haroblik va zarar etkazildi…
Shunga qaramasdan, agar intilmishni yuborsangiz, tanga va xutbani bizni nomimiz bilan bezasangiz, nizo balosi (do’stlik balosiga aylanib) ko’zga surgudek qadli bo’ladi, o’zingizga va bu diyor aholisiga rahm qilgan bo’lasiz. Aks holda, bizning shaylangan ayovso’z lashkarimiz uchun muholifni yengish, dushmanni qirish, shaharni egallash va yakson qilish odatiy va maqsadga muvofiq ish erur» (60,379a varoq).
«Yuborilgan (elchi) ularning oldiga etib borganida, oldingilardan farqli o’laroq, ibora: e`zoz va ikrom ila peshvoz chiqib, uning tashrifi uchun hurmat va ta`zim rusumini ado etdilar.
Alqissa, yuborilgan(elchi)ni turli xil xizmatlar bilan ko’nglini ovlab kuzatdilar. Uning ortidan aslzoda va ayonlardan iborat bir guruhni olampanoh dargohga jo’natib, oliy taxt poysining sadoqatli (xodim)lariga quyidagilarni yetkazish harafiga muyassar bo’ldilar :
«Biz qular itoat va bo’ysinmoq maqomida hozirdurmiz; Itilmishni esa besh kun ichida yuboramiz. Agar on Hazrat bizning gunohlarimizdan o’tsa, bundan so’ng farmonbardorlik va bo’ysinmoqlik majburiyatlrini ado etish xato va e`tiborso’zlikka yo’l qo’ymaymiz»(60,379b varaq).
Shundan keyin ham Misr sultoni o’z so’zi ustidan chiqmadi va Sohibqiron askarlari ustidan to’satdan hujum uyushtirdi. Lekin Amir Temur lashkarlari tezda sarflarni rostlab, dushmanga qattiq zarba beradi va g’olib chiqadi. Faraj qilmishidan kechirim so’rab, Amir Temur huzuriga tortiqlar bilan elchi yuboradi va shunday deydi :
«Kecha yuz bergan narsa, bu olamonning izboshimchaligi tufayli yuz bergan ya`ni johillar va avboshlar to’dasi nodonlik qilib, bizning ruxsatimizsiz (chiqishga) jur`at etdilar va ta`zirlarini yedilar. Biz esa o’sha (sizga) arzg’a etkazgan asht-paymonda turibmiz. Agar lashkarlar bugun jangni to’xtatib, sog’-salomat joylasalar, ertaga neki on Hazrat buyursalar, o’shanga amal qilurmiz va sodir yetgan gunohlarim uchun taqdir yetgani kirurmiz.
Elchi olampanoh dargohiga yetib kelib ahvol va maktubni arzag’a etgazgach, jahonni bo’ysindiruvchi yarlig’ e`lon qilindi va mardonalik namoyish etguvchi lashkar zafarli lashkargohga qaytib qo’ndi» (60,382a varaq).
Lekin Faraj bu va’dasiga ham vafo qilmay, kechasi Misrga qochib qoladi. Amir Temurning Rim podshosi ustidan g’alaba qozonganidan so’ng esa, Misr podshosi Fataj oxirgi umidi ham uzilib, Itilmishni banddan ozod qildi; bo’ysinishni tan olib, butun Misr mamlakatlarida Sohibqiron ismi bilan tanga yuborib xiroj va mol to’lamoqni zimmasiga oldi. Amir Temur uning elchilarini yaxshi qabul qilib, Farajni o’z o’rnida, ya`ni Misr taxtida qoldirganini, muqaddas Makka va Madina shaharlari bo’yicha ham ilgarigiday mutasaddi etilganini ma`lum qildi(60,429b varaq).
Shundan so’ng Misr bilan Amir Temur davlati o’rtasida muntazam elchilar va savdo aloqalari davom etgan.
Sohibqiron 1404 yili Samarqandning Konigil ilangida bergan katta tiy-tomohalarda, turli mamlakatlar – Ifranj, Hindiston, Dashti Qipchoq kabi joylar elchilarni qatoriga Misrdan ham elchi bor edi.
Amir Temur shohona iltifot ko’rsatib, unga ko’p in`omlar beradi. Xil`at va kamar bilan taqdirlaydi hamda mavlono Abdulloh Keshiy boshchiligida bir guruhni turli-tuman sovg’a-salomlar bilan Misrga o’z nomidan elchi qilib jo’natadi va maktub ham yo’llaydi. Maktubda, jumladan Sulton Axmad va Qora Yusuf turkman Sohibqiron qo’shinlaridan qo’rqib, Misr diyoriga qochib ketganligi va va Misr sultoni ularni tutib qamaganligiga xayrihohlik ishor etilib, Sulton Ahmad jaloyirni bandi qilib va Qora Yusuf banddan bo’shatgan holda Samarqandga jo’natib yuborgan edi.
Amir Temur tomonidan davlatlararo elchilik munosabatlriga maxsus e`tibor bilan qarash an`anasi, keyinchalik uning avloddari tomonidan ham davom ettirildi. Misr bilan elchilik va savdo aloqalari mirzo Shohrux saltanati chog’ida ham mavjud bo’lgan.
XIV asrning 2-yarmi, ya`ni Amir Temur Markaziy Osiyoda mustaqil davlat barpo etib, so’ngra hududiy jihatdan Yevraosiyo bo’ylab yastangan va hatto Misrni bo’ysirdirib Afrikagacha o’tgan ulkan imperiya tuzishga muvaffaq bo’lgan bir paytda, g’arbiy Yevropa siyosiy kartasida ham o’ziga xos holat mavjud edi. O’sha davr yozma manbalarda yozilishicha, Sohibqiron Rim mamlakatiga qilgan yurishi chog’ida g’arbiy Yevropadagi qator malakatlar bilan elchilik aloqalarini olib borgan. Amir Temur davlati bilan g’arbiy Yevropa mamlakatlari o’rtasida diplamatk aloqalar geografiyasi haqida tasavvur hosil qilish uchun g’arb davlatining o’sha davrdagi siyosiy ahvoli haqida qisqacha xulosa qilib o’tish lozim bo’ladi.
Ma`lumki, uyg’onish davri (Rennessans), ya`ni g’arbiy Yevropa davlatining o’rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o’tishi, odatda, XIV-XVI asrlarga to’g’ri keladi. Lekin uning uchun zamin XI asrdan boshlab yaratila boshlagan edi. Hunarmandchilik va savdo rivojlanib borishi asosida shaharlar rivojlanishi tezlashib, Yevropa siyosiy kartasida mayda knyazliklar o’rniga markazlashgan yangi siyosiy birikmalar – yirik monarxiyalardan iborat davlatlar tarkib topdi.
Fransiya hududida IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mustaqil feodal davlat qaror topib, u X asrdan boshlab «Fransiya»nomini oldi. XIV asr Fransiya tarixi qirol hokimiyatini kuchaytirish, hududini kengaytirish, Angliya hukmronligini batamom tugatish kabi siyosiy voqealardan iborat bo’lgan. Fransiya qirolligini Karl V va XV asr boshida esa, Karl VI boshqargan.
Angliya IX asrdan boshlab anglo-saks davlatlari qo’shilib «Angliya» nomini oldi; 1265 yil monarxiya tashkil topdi. Yuqorida qayd e’tib o’tilganidek. XIV asrning ikkinchi yarmida va XV asr boshlarida Angliya yuz yilllik urish bilan ovora edi.
Germaniya. XIV asr davomida Germaniya hududida bir qancha feodal knyazliklar tuzilib, ular imperatorga bo’ysinardilar. Jumladan, 1347-1378 yillarda Germaniya imperatori Karl IV edi, undan keyin hokimiyatni o’g’li Vatslav, so’ngra boshqa o’g’li Sigizmend (1410-1437) boshqardi.
Polsha. Yagona davlat sifatida uzul-kesil XIV-XV asrlar davomida shakllangan. Knyaz Vladislav 1 Laketek (1306-1333) Polshani birlashtirib, 1320 yildan qirollikni qayta tikladi. Uning o’g’li Buyuk Kazimir III (1333-1370) hukmdorligi chog’ida esa, qirollik avji yuksalishda bo’lgan. Biroq undan taxt vorisi qolmaganligi sababli hokimiyat uning karindoshi Vengriya qiroli Lyudovik ixtiyoriga o’tdi. 1386 yo’li Litva kanyazi Yagaylo(Yagello) qirol Lyudoviknikning qiziga uylanib Vladislav II nomi bilan deyarli yarim asr (1386-1434) Polsha qiroli bo’lib turdi.
chexiya 1346 yo’ldan boshlab mustaqil qirollik edi. Vengriya ham 1308-1382 yillar daomida markazlashgan davlatga aylandi.