Ilmiy kengash raisi: __________ ___________________________ (imzo) (F.I.O.) SO’Z BOSHI O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, Vatanimiz tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Agar sobiq sho’rolar hukmronligi davrida o’zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan Amir Temur, Ulug’bek, Bobur singari davlat arboblarining muqaddas nomlari, endilikda ular to’g’risida bor haqiqatni baralla aytilmoqda. Amir Temur davri Vatanimiz tarixining «Oltin davri hisoblanadi».
O’zbekiston hududida yashovchi barcha fuqaro Amir Temur va temuriylar davri tarixini bilishi shart, chunki bu davr o’zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga egadir. Bu davrni o’rganish Vatanimiz tarixini Yana ham chuqurroq va mukammalroq o’rganish imkonini beradi.
Mustaqillik sharofati bilan Amir Temur va temuriylar davri tarixiga bag’ishlangan ko’plab tarixiy, ilmiy va badiiy asarlar yaratilmoqda. 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Amir Temur yili deb e`lon qilindi. Shuningdek 1996 yil Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli mavzusidagi konferensiya o’tkazildi.
I. Fanning maqsadi va uning mutaxassis tayyorlashdagi o’rni.
I.1.1. Fanning maqsadi: «Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni » fanini o’rganish bugungi kunning muhim va dolzarb masalalalaridan biridir. Milliy uyg’onish har bir xalq va umummillat manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Fanning asosiy maqsadi talabalarni mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, ulardan mamlakatimizning boy tarixidan faxrlanish his-tuyg’usini shakllantirishdan iboratdir.
Talabalarda O’rta Osiyo zaminida qadimdan mavjud bo’lgan moddiy va ma`naviy madaniyat, jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo’shgan allomalar va qadimdan mavjud bo’lgan davlatlarning xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida to’liq tasavvurlar hosil qilish.
I.1.2. Fanning o’rganadigan muammolari: «Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni » fanining o’rganishi mumkin bo’lgan muammolar quyidagilardan iborat: