8- Mavzu: Gimnastika musobaqasiga hakamlarni tayyorlash usul va shakllari. Hakamlar hay’ati tarkibiga bosh hakam, katta hakamlar, kotibhakamlar, ishtirokchilar yonidagi hakamlar, axborotchi-hakam, musobaqa komendanti, namoyish komissiyasi, shifokor kiradi. Hakamlar hay’ati tarkibi musobaqa mavqeyi, ishtirokehilar soniga bog‘iiq va u musobaqa o‘tkazayotgan tashkilot toraonidan aniqlanadi. Musobaqalarni tashkil etish va boshqarish asosiy hakamlar bay’atiga yuklatiladi va qolgan barcha vazifalami hakamlar amalga oshiradi. Asosiy hakamlar hay’ati tarkibiga bosh hakam, uning yordamcliilari, bosh kotib, musobaqa shifokori namoyish komis - siyasi raisi kiradi. Asosiy hakamlar hay’ati hakamlar komissiyasi prezidiumida tayinlanadi va jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli qo'mita tomonidan tasdiqlanadi. Sport ustalari ishtirok etadigan klassifikatsiya musobaqalarida bosh va katta hakamlar respublika toifasidan past bo‘lmasligi, hakamlar esa birinchi toifadan past boMmasligi kerak. Sport ustalari bajarayotgan mashqlami 4 yoki 5 kishilik, I razryadlilami 3 kishi, boshqa raziyadlami esa 2—3 kishilik hakamlar guruhi tashkil etadi. Hakamlar hay’ati a’zolarining huquq va burchlari Bosh hakam o‘z faoliyatida rasmiy hujjatlami: musobaqa qoidalari, musobaqa nizomi, dasturini boshqarish kerak. Musobaqa boshlanishidan oldin hamma texnik hujjatlarning tayyorligini tekshirib chiqishi, binoni, jihozlari, asbob-uskunalarni qabul qilib olishni amalga oshirishni, qura tashlash vaqti, snaryadlarni tekshirish, mandat komissiyasi ishini tartiblashtirish ishlarini nazoratdan o‘tkazishi hamda musobaqa jadvalini tuzib chiqishi lozim. Bundan tashqari, dastuming alohida turlari bo‘yicha hakamlami tayinlash yozma ravishda qabul qilish va berilgan kunda bu ish yuzasidan qaror chiqarish, hakamlik guvohnomasi va mos kiyimga ega bo‘lmagan hakamlami musobaqaga kiritmaslik, musobaqa oldidan hakamlar hay’ati majlisini o‘tkazish hamda zarurat tugMlgan holatlarda, agar ishtirokchi yoshi, razryadi, kostumi musobaqa qoida va nizomlariga mos kelmasa, musobaqadan chetlatish, shu musobaqani o‘tkazgan taslikilotga musobaqa hisoboti va bayonnomasini yozma ravishda musobaqa tugagandan so‘ng 2—3 kun ichida taqdim etish bosh hakam zimmasiga yuklanadi. Bosh hakam quyidagi hollarda musobaqa o‘tkazilishini ta’qiqlashi mumkin: jihozlar va asbob-anjomlar talabga javob bermasa. Shuningdek, u texnik nosozliklarni bartaraf qilish maqsadida tanaffus tashkil qilish, musobaqalami kechiktirish, musobaqa borishini buzadigan holatlar va noqulay ob-havo sharoitlarida, musobaqa jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish, zarar paytlarda hakamlar guruhi baholarini o‘zgartirishi, juda kam holatlarda hakamlar tarkibini o'zgartirish yoki hakamlarni bir guruhdan ikkinchisiga o‘tkazish, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan hakamlami ishdan chetlatish, umuman mashqlarni bajara olmagan ishtirokchilami, sportchi sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan xatolarga yo‘i qo‘ygan ishtirokchilami musobaqadan chiqarish huquqiga ega. Bosh hakam nizomda ko‘rsatilgan musobaqa shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega emas. Bosh hakamning tashkiliy ishlar va musobaqa o‘tkazish bo‘yicha faoliyati va qarori qat’iy bo‘lib, faqat shu hakamlar hay’atini tayinlagan federatsiya tomonidan o'zgartirilishi mumkin. Bosh hakam o‘rmbosarJari. Bosh hakam va uning o‘rinbosarlari burchlarining tartibli taqsimlanishi musobaqani tashkil etishiga va o‘tkazishga ta’sir qiladi. Musobaqa mavqeyi va ishtirokchilaming soniga ko‘ra bosh hakam o‘rinbosarlari aniqlanadi. Katta mavqedagi musobaqalarda bir o‘rinbosarga tashkiliy va texnik ta’minot ishlari, ikkinchisiga (yoki ikkitasiga) hakamlar hay’atini boshqarish (ayollar va erkaklar) yuklanadi. Qoida bo‘yicha bosh hakam o£rinbosarlari lavozimiga, faol, tashkilotchi, tajribali hakamlarni tayinlanadi. Bosh hakam bo‘!magan holatlarda esa o‘rinbosarlardan bin, hamma huquqlardan foydalanib bosh hakam ishlarini yuritishi mumkin. Tibbiyot bo‘yicha bosh hakam o‘rinbosari musobaqa ishtirokchilariga tibbiy yordamni ta’minlaydi, tibbiy xodimlar ishiga rahbarlik qiladi (katta musobaqalarda) va asosiy hakamlar hay’ati ishlarida ishtirok etadi. Musobaqa jarayonida sanitariya holatlarini, shifokorlami nazorat qiladi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. Musobaqa yakunida tashkil etilgan tibbiy-sanitariya ta’minoti, jarohatlar va kasallik holatlarini ko‘rsatib hisobot beradilar. Bosh kotib va kotiblar. Bosh kotib musobaqa ishtirokchilarining buyurtmasini tekshiradi, musobaqa bayonnomasini tayyorlaydi, hakamlar hay’ati majlisining bayonnomasini yuritadi, ularning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladi, hakamlar gurahini hamma materiallar bilan ta’minlaydi, kotiblar tarkibini tuzib, uiar ishini boshqaradi, musobaqa natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlaydi. Katta hakam hakamlar guruhi ishlarini boshqaradi, o‘z gurahidagi hakamlarga yo‘llanmalar beradi, alohida elementlar va butun mashqlami baholashda yagona nuqtayi nazarini ishlab chiqadi, mashqlarni bajarishda yo‘l qo£yiladigan xatolarga hakamlar e’tiborini qaratadi, jamoa sardoriaridan raport qabul qiladi, tartibintizomni nazorat qiladi, bajarilgan mashqni baholaydi, mashq bajarish uchun ishtirokchilami chaqiradi, musobaqaning ishchi bayonnomasini yuritadi va uning to‘g‘ri toMdirilganiigiga javob beradi, yakuniy bahoni chiqarib, ishtirokchilarga e’lon qiladi, bayonnomadagi tuzatishlarga o‘z imzosini qo‘yadi, vaqtga bajariladigan mashqlarning (erkin, xoda) davomiyligini sekundomerlarda aniqlaydi va zarurat tug‘ilganda baholar yozilgandan keyin uni o‘zgartirishi mumkin, sport kiyimini kiymagan ishtirokchi va murabbiylami musobaqaga kiritmaydi yoki bahosini pasaytiradi, musobaqa yakunida o‘z guruhidagi hakamlaming har biriga yozma tavsifnoma beradi. Hakam musobaqa qoidasiga mos mashqlarning bajarilishini baholaydi, majburiy mashqlarda qoidaga javob bermaydigan, qo‘shilgan yoki qoldirilgan elementlar uchun olib tashlanadigan ballami mustaqil aniqlaydi va alohida odatlarda bajarilishi sifatiga hakamlaming bahosi yakuniy bahodan farq qilsa, unda muhokama uchun katta hakamga murojaat qilish huquqiga ega, katta razryaddagi gimnastikachilar mashqlami bajarishgandan so‘ng hakam o‘z bahosini yozib, ulami katta hakamga beradi; kichik razryadlilar ochiq hakamlanadi. Musobaqa jarayonida hakam ishtirokchilarga, murabbiylarga o‘zi qo‘ygan bahoni tushuntirishga majbur emas. Chiziqlar hakainlari. Erkin mashqlarda chiziq hakamlari diogo - nal chiziqlaming qarama-qarshi tomonda turib, gilamning chegarasidan chiqib ketishlami belgilab boradi. Hakamlaming har biri ikki chiziqni kuzatadilar. Erkaklar tayanib sakrashlarini hakamlashda qo‘llarda itarilish joyi aniqlanadi. Ishtirokehilar yonidagi hakamlar. Ular ishtirokchilami musobaqa chiqish joyi oldiga saflantiradi, jamoani harakatlan- tirishini boshqaradi, tartib va intizomni ta’minlaydi, formada bo‘lmagan ishtirokchi va murabbiylami musobaqa joyiga kiritishmaydi, g‘olib va sovrindor ishtirokchilami mukofotlanish joyiga tayyorlaydi. Axborotchi hakam musobaqa tartibini, ishtirokchilar tarkibini e’lon qiladi, o‘tkazilgan kurashlar natijalarini, qoida va nizom saqlanib qolishini, bajarilgan mashqlar bahosini e’lon qiladi, ishtirokchi va tomoshabinlarga musobaqa haqida axborotlarni yetkazib turadi.
Musobaqa ishtirokchilarining huquq va burchlari Ishtirokchilar jamoa sardori va murabbiylar orqali katta hakam va hakamga, jamoa vakillari orqali esa hakamlar hay’atiga murojaat qilish, har bir kurash oldidan snaryadlarni tekshirib, qoida chegarasida qo‘shpoya balandligi va kengligini o‘zgartirish, mashq bajarish qulay bo‘lishi uchun matlami va ko‘prikchalarni joylashtirish, tumikda turli balandlikdagi qo‘shpoyada va halqada dastlabki holatni egallash uchun yordam olish huquqiga egadirlar. Ishtirokchilar musobaqa qoidasi va nizomini bilishlari va ularga qat’iy rioya qilishlaii musobaqadan 15—20 daqiqa oldin psixolog va texnik jihatdan tayyor boiishlari lozim. Jamoa vakili. Musobaqada ishtirok etayotgan har bir jamoa o‘zining vakiliga ega bo‘lishi kerak. Vakil musobaqa o‘tkazish bo‘yicha vujudga kelgan savollar bilan bosh hakamga murojaat qilish va musobaqa qoidalari doirasida qarshilik bildirish, tashkiliy ishlar bo‘yicha hakamlar hay’ati majlislarida qatnashish huquqiga egadir.