11-Mavzu: Suzish musobaqasiga hakamlarni tayyorlash usul va shakllari. Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni oʻz ichiga oladi. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasnifiga kura, Suvda suzishga suvga sakrash va suv polosoʻ ham kiradi, Suvda suzish zamonaviy 5 kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suvda suzish tarixi 15—16-asrlarga toʻgʻri keladi. Suzuvchilarning dastlabki sport musobaqalari 1515-yil Venetsiyada oʻtkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-asrning 2-yarmi — 19-asrning boshlarida Germaniya, Avstriya, Fransiyada ochilgan. 19-asr oxirida sunʼiy suv havzalari kurila boshlagach, sportcha suzish ommalashib ketdi. 1890-yil Suvda suzish boʻyicha 1Yevropa chempiona™ oʻtkazildi. Suvda suzish 1896-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (ayollar 1912-yildan qatnashadi). Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA, 1908-yil asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy federatsiyalari aʼzo.
Oʻzbekistonda qadimdan suvda turli oʻyin va musobaqalar oʻtkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924—25 yillardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostansiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Boʻzsuv toʻgʻon bilan toʻsilib, sunʼiy suv ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stansiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927-yil 1marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) sh.lari jamoalari oʻrtasida suzish musobaqasi boʻlib oʻtdi. 1930-yil Toshkent toʻqimachilik k-ti qoshida stadion va uz. 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935-yil Andijonning sunʼiy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish boʻyicha Oʻzbekiston birinchiligi oʻtkaziddi, 1937-yil Toshkentdagi temiryoʻlchilar istirohat bogʻida ochiq suv havzasi qurilib, suzish boʻyicha 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939-yil Oʻzbekistonda Suvda suzish boʻyicha respublika federatsiyasi tuzildi. Oʻtgan asrning 60y.larida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, "Mehnat rezervlari" sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikada qobiliyatli yosh sportchisuzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada oʻyinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, SZabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.
Sport inson salomatligida muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom turmush tarzi jismoniy tarbiya va sport bilan uyg‘unlashadi. Quyida suzish sport turi haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bundan besh yil oldin — 2016 yilda Garvard universiteti tadqiqotchilari muntazam suzish mashg‘ulotlari yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 41 foizga kamaytirishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, ushbu sport turi jarohatlardan yoki jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng tiklanayotganlar uchun ayni muddao.
“Suzish semizlik va artritdan aziyat chekayotganlar uchun foydalidir: u suyaklar va bo‘g‘imlardagi yukni kamaytiradi”, degan Garvard tibbiyot maktabining tibbiyot professori Ay-Min Li. Olimlarning fikriga ko‘ra, suzish nafaqat tanadagi deyarli barcha mushaklarni ishlatadi, balki ko‘p miqdordagi kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, u miyani zararlardan himoya qiladi.
Bundan tashqari, Janubiy Karolina universiteti professori Stiven Bler suzish yurak-qon tomir tizimining jismoniy harakatga qarshi turish qobiliyatini oshirishini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, ushbu sport turi barcha uchun, shu jumladan surunkali kasalliklarga chalinganlarga juda mos keladi.
Suzishning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, suv odamlarni yengil qiladi, ya’ni bo‘g‘imlardagi yukni yengillashtiradi. Bu, ayniqsa, ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Suv, shuningdek, havodan ko‘ra ko‘proq qarshilik ko‘rsatadi, bu esa odamlarga minimal darajada shikastlanish xavfi bilan kuchli jismoniy mashqlar qilishga imkon beradi. Suzish har qanday yoshdagi odamlar shug‘ullansa bo‘ladigan mashg‘ulotdir.
Suzish bo'yicha musobaqalarga xakamlik qilish sport jamiyatlari tasdiqlagan amaldagi qoidaga asosan o'tkaziladi. Xakamlar xay'ati musobaqa boshlanishiga bir necha kun qolganda bir qator tayyorgarlik tadbirlarini o'tkazadi. Jumladan, sudyalar kollegiyasining kengashi tayinlanadi va u qatnashuvchi komandalar vakillarining ishtirokida o'tkaziladi. Kengashda musobaqani o'tkazish masalalari ko'rib chiqiladi, shuningdek, xakamlar xay'atining sostavi e'lon qilinadi, bellashuvda qatnashuvchi tashkilotlar vakillari xakamlar xay'atiga musobaqa o'tkazishdagi asosiy hujjat talabnoma (zayavka) va yozma talabnomalarni topshiradi. Kengashning kun tartibiga mandat komissiyasi raisining musobaqaga qo'yilgan komanda sostavi a'zolari haqidagi axboroti kiritiladi. Musobaqada qatnashuvchilar uchun qur'a tashlash komissiyasi tuziladi. Komissiyaga bosh xakam yordamchilaridan biri, bosh sekretar va katta sudyalardan biri kiritiladi. Komissiya kengashdan so'ng musobaqada qatnashuvchi komanda vakillari yoki murabbiylar ishtirokida qur'a tashlashni o'tkazadi. Qur'a tashlash natijalari ko'p nusxada ko'paytirilib, ishtirok etuvchi komanda vakillariga tarqatiladi. Musobaqa nizomga binoan, belgilangan vaqtda boshlanadi. Parad xakamlar xay'ati va qatnashuvchi komandalarnint avvalgi yil yakunlovchi musobaqalarda egallag'an o'rinlari tartibida chiqish bilan boshlanadi. Agar musobaqa birinchi marta o'tkazilayotgan bo'lsa, unda qatnashuvchi komandalar tashkilot nomi bo'yicha alfavit tartibida saflanib chiqadi. Saflangandan so'ng parad komandiri raport beradi. Raportni qabul qiluvchi qisqa tabrik nutqi so'zlaydi. So'ngra musobaqa bayrog'i ko'tariladi. Musobaqaning keyingi kunlari yeudyalar kollegiyasining uyushgan holda chiqib saflanishi musobaqaning navbatdagi kuni ochilganini bildiradi. Musobaqalarga xakamlik qilish. Sudyalar kollegiyasi barcha masofalarga yozilgan talabnomalarga, zayavkalarga asosan to'ldirilgan kartochkalar bo'yicha suzishlarga qur'a tashlaydi: ayollar (qizlar) uchun alohida, erkaklar (bolalar va o'smirlar) uchun alohida. Kartochkaga masofa va usul nomi, qatnashuvchining ismi, familiyasi, tug'ilgan yili va uning qaysi sport tashkilotiga mansubligi yoziladi. Buning uchun joriy qilingan formada kartochka, bo'lmasa, 15x8 sm kattalikdagi qog'ozdan foydalanish mumkin Suzishlarga qur'a tashlash ikki usulda o'tkaziladi. Birinchi usul-nizom bo'yicha musobaqada qatnashuvchilarning o'rni birinchi suzishdan so'ng aniqlanishi nazarda tutilgan holda qo'llaniladi. Shu maqsadda Har bir masofaga suzish natijalari taxminan bir xil bo'lgan suzuvchilar tanlab olinadi. Sekretarlar kartochk» to'ldirishda suzuvchilarning familiyasi tagiga shu asofada u erishgan so'nggi natija yoki kutiladigak natijani yozib qo'yadi. Bu natijalarni komanda vakillari yozma talabnomalarga xakamlar xay'atiga topshirishdan oldin yozib qo'yadilar. Suzishlar soni aynan shu masofaga berilgan talabnomalardagi qatnashuvchilar sonini sport inshootining (basseynning) yo'laklari soniga taqsimlash orqali aniqlanadi. Masalan, ellikta qatnashuvchiga talabnoma berilgan deylik. Basseyk esa to'rt yo'lakli. Demak, 50: 4-12 suzish va ikkn qoldiq chiqadi. Qolgan ikki sportchi 12-suzishda uch kishidan suzishga qo'yiladi. Birinchi masofaga suzishlarga qur'a tashlangandan keyin, navbatdagi masofaga qur'a tashlanadi. Musobaqaning keyingi kuilarida suzishlar 1 dan boshlab nomerlanadi. 68 Ikkinchi usul nizomda musobaqa dastlabki suzish, yarim final va final suzishlar bilan o'tkazilishi nazarda tutilganda qo'llaniladi. Bunda qur'a tashlash faqat dastlabki suzishlar uchun o'tkaziladi. Qur'a tashlashda musobaqa qatnashchilarining sport tayyorgarligi hisobga olinmaydi. Yarim final va final chiqishlari oldingi natijalar asosida musobaqa qoidasiga muvofiq tuziladi. Sud'yalar kollegiyasi ishtirok etuvchilarni startga chaqiradi, yo'laklar bo'yicha suzuvchilar familiyalarisi e'lon qiladi, start olish uchun komanda beradi, masofaning to'g'ri suzilishi va burilishlarning to'g'ri bajarilishini kuzatadi, suzuvchilarning finishga kelish tartibini belgilaydi, sekundomer ko'rsatkichiga muvofiq suzuvchilar natijasini chiqaradi va qatnashayotgan tashkilotlar komandalarining natijalarini hisoblaydi. Xakamlar xay'atida eng katta vazifani sekretariat bajaradi. Sekretariatning ishni tez, aniq va puxta bajarishi musobaqaning samarali o'tishini ta'minlaydi. Sekretariat xakamlar xay'ati majlislarinin grotokolini olib boradi. Ayrim masofalarbo'yicha protokollar tuzadi. Nizomga binoan komanda birinchiligini joriy qilingan hisob (zachyot) sistemasiga muvofiq aniqlaydi. Komanda va shaxsiy birinchilik g'oliblarini mukofotlash uchun hujjatlar hamda musobaqaning hisobotini tayyorlaydi. Suzish bo'yicha o'tkazilgan komanda birinchiligi musobaqalarida turli zachyot sistemalari qo'llaniladi.