Tasdiqlayman” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari R. Yusupov



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/2
tarix20.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125658
1   2
27. 1 aprel hazil va mutoyiba kuni

Eng mashxur hazillar

O’nli vaqt — vaqtni rasmiy ravishda o’nli tizimga o’tkazilishi to’g’risidagi mish-mishga asoslangan, keng tarqalgan hazil.


"Apple kompaniyasi Beatles guruhini sotib olayotgan emish" - musiqa sohasidagi ayrim jurnalistlar tomonidan hazil tariqasida atayin tarqatilgan mish-mish sanaladi. Musiqa dunyosida bu hazil haligacha aylanib yuradi.
1915 yilning 1 apreli kuni Birinchi Jahon Urushining eng qizg’in paytida nemislar lageri ustidan fransuz samolyoti uchib o’tayotib g’oyat bahaybat bombani tashlab yuborgan. Nemislar har tomonga qochib qolganlar, ammo portlash sodir bo’lmagan. Bombada "Birinchi aprel bilan!" yozuvi savlat to’kib turgan.

1950 yilning 1 aprel kunida g’arbiy Germaniyaning “Visbaden tageblatt” gazetasi shahar yonida halokatga uchragan “Uchar likopcha” uchuvchisining sensatsion fotosuratini chop qildi. Suratda NUJning uchuvchisi Amerika armiyasi zobitlari kuzatuvida ketayotgani aks ettirilgan.


M aqolada aytilishicha, o’zga sayyoralik tirik, uning bo’yi 1 metrga teng va u kislorod niqobida, uning bir oyog’i bor va u faqat sakrab yura oladi.O’sha mashhur fotosuratni dunyoning deyarli barcha gazetalari qayta va qayta chop etgan. Faqat bir necha yillar o’tgandan keyingina gazetaning hodimlari bu bor-yo’g’i birinchi aprel hazili sifatida uyushtirilganiga iqror bo’lgan.

1957 yilda VVS kompaniyasi Italiyada makaronning misli ko’rilmagan hosiliga erishilganligi to’g’risida reportajni chiqargan. Kompaniyaga reportaj yuzasidan birdirilgan fikrlar jamlangan hatlar yog’ilib ketgan: kimdir makaronlar gorizontal emas, vertikal tarzda o’sishiga hayron bo’lgan.


Yana kimdir makaron ko’chatlarini jo’natishni iltimos qilgan va ayrim odamlargina shu paytgacha makaronlar undan tayyorlanadi deb o’ylagan ekanliklari uchun qo’rqa-pisa o’zlarining esankirab qolganlarini yozib yuborganlar.


1962 yilda Shvetsiyada atigi bitta televizion kanal faoliyat yurgizgan, barcha televizorlar esa oq-qora tasvirda ko’rsatgan. Yangiliklarning birida telekanalning texnik mutaxassisi teletomoshabinlar o’z televizorlarini rangliga aylantirish mumkin ekanligini aytgan.


Buning uchun zarur bo’lgan narsa - faqatgina teleekranning ustiga neylon paypoqni qoplab qo’yish kerak emish. Bu hazilga yuz minglab shvedlar ishongan, ammo, aslida rangli televizorlar 1970 yilda ishlab chiqarila boshlangan.

1976 yilda britaniyalik mashhur astronom Patrik Murning e’lon qilishicha, ma’lum bir paytda Pluton sayyorasi Yupiterning orqasida bo’lib qoladi, buning natijasida ularning gravitatsion maydoni tenglashadi va bu Yer tortish kuchining vaqtincha pasayib ketishiga olib keladi.
Patrik Murning aytishicha, agar "sayyoralar tenglashishi" paytida bir sakralsa parvoz holatini sezish mumkin emish. Shundan keyin, olimning "maslahati"ga quloq solib shunday qilib ko’rgan odamlardan yuzlab qo’ng’iroqlar kelib tusha boshlagan.
Ularning hammasi o’z taasurotlarini gapirib bergisi kelar edi. Bir ayol, xatto, uning do’stlari o’z kursilaridan ko’tarilib xona atrofida bir qancha vaqt parvoz qilganini ham gapirib bergan.

1977 yilda britaniyaning The Guardian gazetasi Hind okeanida nuqta bilan vergul shaklida bo’lgan orollarda joylashgan kichginagina davlat - San-Seррiffe respublikasi tashkil etilishining o’n yilligiga bag’ishlangan etti varaqli ilovani chop qilgan edi.
Nashriyot o’zining o’quvchilariga Upper Caisse va Lower Caisse nomlari bilan ataladigan ikkita eng yirik orollarining geografiyasi va madaniyati to’g’risida ma’lumot bergan. Aslida esa bunday respublika hech qachon mavjud bo’lmagan.

1983 yillda Associated Press agentligi Boston Universitetining professori Djozef Boskin Tentaklar kuni sirini fosh etganligini ma’lum qildi. Kunlardan bir kun Imperator Konstantinning saroy qiziqchisi Kugel o’z xo’jayiniga undan-da kam bo’lmagan tarzda imperiyani boshqarishi mumkin ekanligini aytib maqtangan.
Bu g’oya imperator Konstantinga juda ham yoqib qolgan va u qiziqchiga yil davomida bir kun – 1 aprel kuni imperiyani boshqarishiga ruxsat bergan, deya ta’kidlar edi Boskin.
Associated Press agentligining xabarnomasini AQSHdagi barcha nashrlar qayta chop etganlar, ammo keyinchalik ma’lum bo’lishicha, agentlik tarix fanlari muhtaram professori hazilining qurboniga aylangan.
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin