1.4 Tasviriy san`at mashg`ulotlarining vazifalari va tasviriy san`at mashg`ulotlarining boshqa fanlarni o`qitishdagi ahamiyati.
Hozirgi kunda biz bolalar orasida maktabdan bezish Hollarining ko`payish kuzatilmoqda Hamda jinoyatchilik va qonunbuzarlikning oshib bormoqda. Bolalarda madaniyatning pastligi, ularning bo`sh vaqtlarini san`at, sport bilan band qilib qo`yilmaganligi, o`qish jarayonida bolalarning qiziqishlarining Hisobga olinmaganligining, bolalarga maktabda inson emas meHnat resurslari sifatida qarab kelinayotganligi oqibati deb bilamiz.
Bundan buyon ta`limni insonparvarlashtirish talabalaridan kelib chiqqan Holda totalitar tuzum davrida maktablarda va maktablardan tashqari muassasalarda ro`y berib kelgan kamchiliklarni bartaraf etish, ta`lim va tarbiya ishlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida amalga oshirish Hozirgi kunning asosiy vazifalardan bo`lib turibdi. SHuni yaxshi bilish lozimki, badiiy madaniyat asoslaridan Hisoblangan tasviriy san`at, bu bolalarning ko`ngil ochuvchi o`quv predmeti emas, balki bolalarga ijodkorlikni, tafakkurni badiiy-estetik didni, faHm-farosatni o`stiruvchi, shuningdek kuzatuvchanlik va Hayotni bilishga, uni o`zgartirishga, ezgulikni yovuzlikdan farqlashga o`rgatuvchi o`quv predmeti deb qaramoq lozim. Tasviriy san`at ijodiy ishlar jarayonida o`z vazifalarini bajara borib bolalarga quvonch va qalb ko`tarinkiligini olib keladi, ularning badiiy eHtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |