Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo’nalishi 2 bosqich 201 – guruh talabasi Mizaraximova Shahodatxonning tasviriy san’atni o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi


III.Hulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 46,62 Kb.
səhifə2/4
tarix31.12.2021
ölçüsü46,62 Kb.
#113505
1   2   3   4
kurs ishi metodika

III.Hulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

I.KIRISH

Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi fanining asosiy maqsadi ‒tasviriy san’at sohasida talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularni mustaqil fikrlash, bilimlarni mustaqil egallaydigan shaxs sifatida tarbiyalash.Qalam tasvir, rang tasvir, kompozitsiya va shu kabi fanlar bo‘lajak rassom-pedagoglarni kasbiy va badiiy mahoratini shakllantirishda poydevor bo‘ladi. Mutaxassislik fanlarni mujassamlashtirgan hamda shu asosda pedagog kadr tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadigan fan, bu tasviriy san’atni

o‘qitish fani hisoblanadi.

Rasm chiza bilish va hamma masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay yangi g‘oyalar va tasavvurlarni vujudga. keltiradi, shaxsni badiiy rivojlantirishda muhim o‘rinni egallaydi.

Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma’lumki, maktabda o‘qitishning xilma-xil metodlari qo’llaniladi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana (so‘ngida), o‘quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir.

Tasviriy san’at o‘qitish metodlari deganda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o‘quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o‘zlashtirish darajasini oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o‘qitish metodlari o‘quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilimlarining mazmuni (hajmi) ga monand tarzida ta’lim maqsadiga, O’quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlariga bog’liq. “Usul” iborasi pedagogik adabiyotlarida tez-tez uchrab turadi. O’qitish usuli - bu ta’lim-tarbiyada alohida qism hisoblanadi, ularning yig’indisi o‘qitish metodlariga kiradi.

Umumiy yo‘nalishga qaratilgan ma’lum bir o‘qitish metodlari va

usullarining majmuasidan o‘qitish tizimi tuziladi.

Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlarning nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o'qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san’atni o‘rgatish qonun qoidalarini ta’riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.

Hozirgi zamon tasviriy san’ati shiddat bilan turli oqim va Yo`nalishlarda rivojlanmoqda lekin bu jarayon xamma mamlakatlarda bir xil kechmoqda deb bo’lmaydi. Bu mamlakatda realizm, boshqasida impressionizm, yana boshqasida abstraktsionizm shuxrat qozonmoqda ayrim mamlakatlarda bu oqimlarning bir nechta bir yo’la rivoj topmokda.

Hozirgi zamon tasviriy san’ati tarraqqiyotida Frantsiya, Meksika, AQSH, Italiya, Ispaniya, Rossiya kabi mamalakatlar yetakchilik qilmoqdalar. Jaxonning ilg’or tasviriy san’ati vakillaridan Frantsiyalik P.Gogen, O.Renuar, Ispaniyalik P.Pikasso, Amerikalik R.Kent, Meksikalik D.Sikeyros, Italiyalik R.Guttuzo, Rossiyalik I SHishkin, S.Kanenkov, I.Repin, I.Ayvazolskiy, O’zbekiyatonlik O’.Tanqisbov, CH.Axmarovlarni kursatish mumkin. Bu va boshqa bir qator rassomlarning tasviriy san’atning realizm, abstraktsionizm, romantizm, impressionizm, farmolizm oqimlardagi ijodlari samaralidir.


Yüklə 46,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin