Guliston Davlat Unversiteti San’atshunoslik Fakulteti TS va MG yo’nalishi 73-21 guruh talabasi Isoqova Maftunaning Bo’lajak tasviriy san’at o’qtuvchisining kompetetligi fanidan MUSTAQIL ISHI
Tasviriy sanat xonasini tashkil etish va jihozlash
Reja:
1.Tasviriy san`atni o`qitishda maxsus xonani bo`lishligining zaruriyati.
2. Tasviriy san`at xonasiga bo`lgan talablar.
3. Tasviriy san`at xonasining ish rejasi.
Hozirda tasviriy san`at darslarini davlat ta`lim standartlari talablari darajasida o`tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. CHunki, tasviriy san`at darslarida texnika vositalari, ko`rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko`p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to`plab bo`lmaydi.
Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning Hajmi va turlari Ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi: - tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish:
- tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish;
- tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suHbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish;
- o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish;
- jamoa bo`lib televidenie orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b.
Quyidagi jihozlarni tasviriy san`at xonasida bo`lishi maqsadga muvofiq deb Hisoblanadi.
1.Maxsus sinf doskasi (oddiy, magnitli v.b.)
2. Ko`rgazmali qurollar uchun shkaflar.
3.O`qituvchi va o`quvchilar uchun maxsus mebellar.
4.Bolalar ishlangan rasm va Haykallarni quritish uchun stelajlar.
5.Loydan ishlangan Haykallarni pishirish uchun mufel pechi.
6.Dioproektor, filmoskop, epidiaskop, televizor, video, magnitafon, kompyuter, fotoapparat v.b.
7.Diapozitiv, epipproeksiya, diafilmlarni namoyish etish uchun ekran.
8. Texnika vositalarini o`rnatish uchun taglik.
9.Sinf xonasini qorong`ilatish uchun kerak bo`ladigan pardalar.
10.Naturani yorug`lantiruvchi safitlar.
11. Haykal ishlash uchun tagiga linoleum qoplangan planshetlar.
12. Toza suv uchun chelak.
13. Mo`yqalamni bo`yoqdan tozalash uchun ishlatiladigan chelak.
14. Har bir o`quvchi uchun suv idish.
15. Oq va rangli bo`rlar.
16. Haykaltaroshlik ishlari uchun katta Hajmli idishda loy.
Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. CHunki, keskin va yorqin ranglar bolalarni tez toliqtiradi. SHuningdek, xonadagi eshik, deraza, pol, shift, doska kabilarning ranglarini Ham xonaning umumiy rang gammasiga bo`ysundirish lozim. Ular bir-birlaridan och-to`qligi bilan, rang tusi, to`yimliligi bilan keskin farq qilmagani ma`qul. Xona devorlarida turli-tuman, umuman, rang-barang ko`rgazmalarning bo`lishi dars jarayonida ba`zi bolalarning e`tiborini o`ziga tortadi. Natijada, bola chalg`iydi, unga o`qituvchining nutqi e`tibordan qoladi. Bular Hammasi xonada olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi alohida aHamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jihozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash Ham nazarda tutiladi. SHuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan Ham bog`liqdir. Badiiy jihatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruHiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat Hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jihozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar. Hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi. Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar Ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash Hollari Ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday Hollar Ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruHiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek His qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga Harakat qiladi.
Ma`lumki, naturani bir erga qo`yish etarli emas. Natura o`quvchining ufq chizig`idan pastga o`rnatilishi sababli Hammaga bir xil ko`rinmaydi. SHuning uchun natura partalar orasiga Ham qo`yiladi. Bunday sharoitda oyoqli tagliklarni ishlatish lozim bo`ladi. Oyoqli tagliklar polga qo`yish uchun mo`ljallab yasaladi. YAsalish jiHatdan juda sodda bo`lgan oyoqli taglik oddiy taburetkaning oyog`ini 20-25 sm.ga uzaytirish va fon uchun vertikal planshetni uning ustki tomoniga maHkamlash orqali Hosil qilinadi. Bunday tagliklardan faqat partalararo natura qo`yishda foydalaniladi. Darslar maxsus xonada o`tkazilmaydigan maktablarda bunday tagliklardan foydalanib bo`lmaydi. Ikkala turdagi tagliklarni Ham yog`ochdan, shuningdek, metalldan maktab ustaxonalarida osonlik bilan yasash mumkin.
Maktabda tasviriy san`at xonasi ko`rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jihozlar saqlanadigan, ta`lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o`chog`idir.
Etiboriz uchun rahmat