Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili



Yüklə 34 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü34 Kb.
#125110
Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili


Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili

REJA:



1.Badiiy asar tahlilining adabiy tahlilda alohida o`rin tutishi.
2.Tahlilda individuallikka erishish.Tahlilda yaxlitlik.
3.Tahlil turlari.
4.Adabiy asar tahlilida kirish mashg`ulotlari va yakunlovchi mashg`ulotlarning o`rni.

Adabiy ta`lim oldida turgan vazifalar ham badiiy asarlarni chuqur tahlil etishni talab qiladi.Negaki, maktab o`quvchilarida kitobga muhabbat o`qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi.Talaba badiiy asardan lazzat tuysa, buning zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa,chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallayotgan bo`lsagina kitobxonga aylanadi.Chunki biror asarni o`qish jarayonida, uni tahlillash mobaynida tuyilgan lazzat o`quvchini boshqa asarlarni o`qishga, ulardan ham zavqlanishga undaydi.


Adabiyot o`qituvchisi badiiy asarlarni tahlil etish yo`l-yo`rig`ini fanniy asarlardan o`rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega bo`lgan holda o`quvchilar bilan yuzma-yuz bo`lmas ekan, adabiy ta`limdan kuzatilgan maqsad amalga oshmaydi.adabiyot o`qituvchisi nochorligicha, adabiyot darsligi zerikarligicha, asarlardan chiqariladigan xulosa “ijtimoiy nasihat”ligicha qolaveradi.Tahlil g`arib bo`lganligi uchun adabiyot o`qitish jarayoni oldiga qo`yilgan bosh maqsad-barkamol shaxsni shakllantirish amalga oshmaydi.
Adabiyot predmeti uchun o`quvchilarning, umuman, javob berish emas, balki ularning tuyg`ulari olamida o`zgarishlar ro`y berganligi, har bir o`rganilgan asar ta`sirida ularning qalbida,ma`naviyatida insoniy fazilatlar shakllanganligi har qanday javob va bahodan muhim ekanligi anglab olingandagina adabiyot o`qitishga sog`lom munosabat qaror topadi, amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo`naltirilganligiga qarab ikki turga :filologik va didaktik tahlilga bo`linadi.
Filologik tahlilda adabiy asarning badiiy mantig`i va estetik o`ziga xosligini anglashga yo`naltirilgan ilmiy talqin bo`lib, kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmiy erishgan darajalarga mvofiq kelishi talab etiladi.Tahlil jarayonida bildirayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo`lishi lozimdir.Shuningdek, ilmiy tahlilda o`rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o`rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta`sir darajasi ko`rsatilishi ko`zda tutlishi kerak.Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi.Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiylini,ta`sirchanligini ta`minlagan jihatlari qaysilar,badiiy joziba,so`z sehri,san`atning sirli tomoni nimada ekanligini ko`rsata bilishdir.
O`quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy estetik faoliyat bo`lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir.Chunki pedagogik maqsdga yo`naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir.Agar filologik tahli yolg`iz olimning aqliy faoliyati natijasi bo`lsa, o`quv tahlili odamlar bilan bevosita muloqat mobaynida amalga oshiriladigan jarayondir.Didaktik tahlilda esa tahlil qaratilgan o`quvchilar tahlil jarayonida bevosita ishtirok etadilar va barcha aqliy estetik harakatlar ana shu ishtirokchilarning imkoniyatlari va saviyalariga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi.O`quv tahlilni amalga oshirishdan maqsad badiiy asarni to`g`ri qabul etish orqali o`quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirish bo`lsa, filologik tahlildan maqsad asarning hayotiy va badiiy mantig`i hamda estetik o`ziga xosligini imkon qadar to`liq ochib berishdan iboratdir.Didaktik tahlilning vazifasi badiiy asarning jozibasini.sirini,o`ziga xosligini, ta`sir ko`rsata olish sbablarini aniqlash orqali talabalarda ta`sirchan qalb, hassos tuyg`ular, sog`lom estetik did,ravon va ifodali nutq shakllantirish bo`lsa, ilmiy tahlilning vazifasi tekshirilayotgan asarning jamiyat ijtimoiy tafakkuriga tutgan o`rnini aniqlashdan iboratdir.Didaktik tahlil ilmiy tahlldan farq qilib,mantiqiy sillogizmlarning o`zigagina tayana olmaydi.Negaki o`quv tahlilida hamisha ma`lum yoshdagi,muayyan sinfdagi, o`ziga yarasha hayotiy tajribaga va o`z yoshi hamda taraqqiyot darajasiga mos bilimga ega bo`lgan o`quvchilar bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi.
Shuni aytish kerakki, adbiy ta`lim amaliyotida didaktik tahlilda yaxlitlik tamoyilga amal qilish sof texnik sabablarga ko`ra ham qiyinlashtirib yuborilgan.Chunonchi, mamlakatimizdagi barcha maktablar olti soatlik o`qish kursida olti xil o`quv predmeti o`rganilishini ko`zda tutadigan tartibda ishlaydi.Binobarin, biror adabiy asarning tahliliga kirishgan va biz yumushni bir soat mobaynida tugatishga ulgura olmagan o`qituvchi oradan uch-to`rt kun o`tkazibgina mazkur asar haqida mulohazalarini davom ettira oladi,o`tkan kunlar mobaynida o`quvchilarning asardan olgan taassurotlarini bir muncha xira tortib, dastlabki darsdagi ruhiy holatga tushmasliklari mumkin.Bu esa adabiy aarning estetik ta`sirini yo`qqa chiqaradi.Ma`lumki, adabiyot darslari ruhiyat mashg`ulotlari,kayfiyat,kechinma va hissiyotlar junbushiga asoslanadigan faoliyatdir.
Didaktik tahlilda amal qilinishi zarur bo`lgan tamoyillardan yana biri tizimlilikdir.Mazkur tizimlilik tamoyili yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo`lib, badiiy asarni tashkil etgan qismlarning muayyan tizimliy ko`rinishga ega ekanligini ko`zda tutadi va tahlilda shu holatni hisobga olish kerakligini talab qiladi.Asl san`at asarida biri ikkinchisiga bog`liq bo`lmagan biror badiiy unsur uchramaydi.Ko`chim,portret,o`xshatish,manzara,mubolag`a bir qancha tasvir vositalari mantiqiy yo`sinda badiiy asardan joy oladi.
Badiiy asar tahlili ham badiiy asar ustida ishlash bosqichlarining eng muhimlaridan biridir.Tahlilning maqsadi,vazifasi,tarkibi va o`ziga xos mazmuni mavjud.Biroq ularni har doim bir xilda bo`ladi,deb tasavvur qilish to`g`ri emas.Har bir ijodkor,har bir asar bilan bog`liq holda tahlil ham o`ziga xoslik kasb etadi.Badiiy asarni “o`qish,xususan,uqish o`ziga xos ijoddir.Kitobxon-badiiy matn unga xoh yoqsin-xoh yoqmagan bo`lsa-da,his-hayajonga beriladi, u haqda o`ylay boshlaydi.Kitobxon ijodining bu bosqichida badiiy matn yo badiiy asarsifatida qabul qilinadi, yo badiiylikka aloqasi yo`q matoh sifatida inkor etiladi”.Barcha tahlillar uchun qo`yiladigan asosiy talab-ilmiylikdir.Real nazariy asoslarga ,badiiy-estetik mantiq talablariga javob bera oladigan tahlil o`quvchining haqiqiy yordamchisi bo`la oladi. Tahlil,albatta,o`quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda tutgan bo`lishi kerak.
Tahlillar uchun qo`yiladigan asosiy talablarda yana biri uning tarbiyaviy maqsadlarni ko`zda tutishidir.Folklor yoki yozma adabiyot namunasi,ijodkorning tarjimai holki yoki muayyan bir asar,epik,lirik yoxud dramatik turga mansub ijod namunasi tahlil qilinar ekan,ular o`z-o`zicha emas,balki muayyan pedagogik maqsadni ko`zda tutgan holdagina tahlil qilinishi shart.Bu jihatlarga e`tibor berilmas ekan, ko`zlagan maqsad samarasiz bo`lib qolaveradi.
Matnga ko`ra tahlil yetakchi o`rin tutishini ham ta`kidlash joiz.Bu tahlil qamroviga ko`ra keng va tipiga ko`ra eng ommaviysidir.Uni barcha tur va janrdagi asarlarga tatbiq qilish imkoniyati mavjud.Albatta alohida olingan har bir asarga nisbatan yondashuvlar nihoyatda xilma=xil bo`ladi.Masdalan,maqollarning matni ustidagi ishlar bilan fard, tuyuq,ruboiy,murabba`,muxammas,musaddas yoki hikoya,qissa,romanlar matni ustidagi ishlar bilan bir-biriga o`xshamaydi.Maqol matnida alohida olingan so`z,maqol tarkibidagi so`zlarning o`rni,o`zaro munosabati,uning tuzilishi e`tiborda tursa,nisbatan kattaroq hajmdagi asarlarni tahlil qilishda ularning matnidagi alohida qismlarni ajratib olish,shu qismlar orasidagi aloqadorlik va munosabatlarning darajasini belgilash muhim bo`ladi.Shunga ko`ra matn rejasini tuzish, bunda asosiy ,birinchi darajali masalalaqrni ajratib olib,ikkinchi darajalilarga berilib ketishdan ehtiyot bo`lish kerak.bunda qismlar orasidagi mantiqiy bog`lanishlarni his etish,belgilash va yozuvda ularni aks ettirish ham kerak.Rejaning xilma-xilligi o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash layoqatlarining ko`rsatkichi bo`la oladi.Shunga ko`ra uning faqat darak gaplardangina iborat bo`ladigan shaklidan muntazam foydalanish o`rinli bo`lmaydi.Reja bandlarininig so`roq gaplaridan tuzlishi,reja tuzishda asar matnidagi ifodalardan foydalanish ham o`quvchilarni o`ylashga ,ijodiy fikrlashga undaydi.


ADABIYOTLAR:


1.Karimoiv I.yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch.T.,2008.
2.Barkamol avlod orzusi.T.,2000.
3.Yo`ldoshev Q.Adabiyot o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T., 1996
4.Mirqosimova M. O`quvchilarda adabiy tahlil malakalarini shakllantirish.T.A.T. 2001-y, 5-son
5.Jalolova L. O`quvchilarda A.Qodiriy asarlari tilini o`rgatish. T.A.T. 1999-y 2-son
6.Turdiyeva K.Asar sujet va kompozitsiyasi haqida. T.A.T. 2001-y, 3-son
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin