O‘quvchilarning ijodiy jihatdan tayyorgarlik darajalari
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy - ilmiy jihatlar asoslangan. Ular quyidagilardan iborat:
O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi.
O‘quvchining instrukstiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik hujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.
O‘quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi.
O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi.
O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, hujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi.
8-Ma’ruza. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari va uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar va tashkiliy shakllari.
Reja (4 soat)
1.Texnik konstruksiyalash va modellashtirish.
2. Konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari
3. Konstruksiyalash va modellashtirishda qo‘llaniladigan metodlar.
4. Konstruksiyalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.
Dostları ilə paylaş: |