Tekshirdi


Asosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə5/8
tarix25.11.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#134550
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish 1

Asosli tuzlar nomeklaturasi va olinishi.

Asosli tuzlar – tarkibida metall atomi, gidroksid guruhi va kislota qoldigʻi saqlagan murakkab moddalar. Gidrokso-tuzlarni nomlashda avval metall nomi aytilib, «Gidrokso» soʻzi qoʻshiladi, soʻngra kislota nomi aytiladi. Masalan: (CuOH)2CO3, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Br, Cr(OH)2NO3, Mn(OH)Cl, [Fe(OH)2]2SO4, Cr(OH)(CH3CO2)2, Al(OH)SO3 va h.k. Asosli tuzlarni nomlash: metall nomi (metall oʻzgaruvchan valentli boʻlsa rim raqamda qavs ichida valentlik koʻrsatiladi)ga molekulada bitta gidroksid guruhi boʻlsa ―gidrkosi soʻzi, ikkita gidroksid guruhi boʻlsa ―digidroksi soʻzi va kislota qoldigʻi nomi qoʻshib aytiladi. Masalan: (CuOH)2CO3 – mis (II) gidroksi karbonat, Mg(OH)NO3 – magniy gidroksi nitrat, Al(OH)2Br alyuminiy digidroksibromid, Cr(OH)2NO3 – xrom (III) digidroksinitrat, Mn(OH)Cl – marganets (II) gidroksixlorid, [Fe(OH)2]2SO4 – temir (III) digidroksisulfat, Cr(OH)(CH3CO2)2 – xrom (III) gidroksiatsetat, Al(OH)SO3alyuminiy gidroksisulfit, Fe(OH)2Cl-temir digidroksoxlorid, Ti(OH)3Cl- titan trigidroksoxlorid, Ni(OH)NO3– nikel gidroksonitrat.
Gidrokso–tuzlar qizdirilganida yoki umuman vaqt oʻtishi bilan tarkibida suv molekulalarini chiqarib, okso-tuzlarga aylanadi: 2Mg(OH)Cl → Mg2OCl2 + H2O Oksotuzlar ham asoslar xosasini namoyon qiladi. Binobarin, kislota ta’sirida okso- tuzlarni normal tuzga aylantirish mumkin
Gidroksotuzlar dissotsilanganda metall kationi, kislota qoldigʻi va gidroksil anioniga dissotsilanadi; masalan:
Cu2(OH)2SO4 = 2Cu2+ + 2OH– + SO4
Bi(OH)2NO3 = Bi3+ + 2OH– + NO3
Bi(OH)2NO3 = BiOH2+ + OH– + NO3
BiOH2+ = Bi3+ +OH–
Gidrokso-tuzlarning olinishi:
1.Oʻrta tuzlarga ishqor ta’sir ettirganda yangi asosli tuz va oʻrta tuz hosil boʻladi.
FeCl3+2NaOH=Fe(OH)2Cl+2NaCl
AlCl3+2KOH=Al(OH)2Cl+2KOH
2.Gidrokso-tuzlar normal tuzlarning gidrolizi natijasida hosil boʻladi.
CuCl2+ H2O=Cu(OH)Cl+HCl
Al2(SO4)3+H2O=Al(OH)2SO4+H2SO4
3.Asoslarga oz miqdorda kislota ta’sir ettirib gidrokso-tuzlarning olinishi.
Fe(OH)2+H2SO4=Fe(OH)SO4+2H2O
Cu(OH)2+H2SO4=Cu(OH)SO4+2H2O


  1. Yüklə 1,06 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin