5. Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchlilik ko’rsatgichlari
Texnikaning ishonchliligi tushunchasining asosi bu raddiya tushunchasidir,
texnikaning o’z funksiyalarini bajarilishini davom ettira olmaslik xolatidir. Bu
tushuncha nafaqat telekommunikatsiya apparaturasiga tegishli bo’lib qolmasdan,
komplekslarga ham, jumladan, telekommunikatsiya liniyalariga (kabelli, radioreleli
va boshqalar) ham tegishlidir. Raddiya tushunchasi orqali shuningdek, ikki qutbli
telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini baholash maqsadga muvofiqdir.
Bu xolda ikki qutbli telekommunikatsiya tarmog’ining raddiyasi deyilganda, uning
shunday xolati tushuniladiki, unda tarmoq qutblari orasida o’tkazuvchanlik
qobiliyati va aloqa sifati berilgan chegaraviy qiymatdan (talablardan) past bo’ladi.
Masalan, ikki qutbli tarmoq n kanallar bo’yicha faqat telefon aloqasini
ta’minlanayotgan bo’lsin. Tarmoqqa talab - nutqning qoniqarli aniqligida k
kanallar bo’yicha aloqani ta’minlash. Agar bu tarmoqda aloqalar soni k dan kichik
yoki unga teng bo’lsa, lekin nutqning aniqligi qoniqarsiz bo’lsa, tarmoq raddiya
bergan bo’ladi. Ikki qutbli tarmoq bir nechta aloqa turlarini (unda bir nechta
ikkilamchi tarmoqlar mavjud) ta’minlayotgan xolatlarda, tarmoqning raddiya
xolati quyidagi vaziyatda bo’lishi mumkin. Agar qutblar orasida talab qilingan
minimal o’tkazuvchanlik qobiliyatiga va sifat bo’yicha o’rnatilgan cheklashga ega
bironta aloqa turi saqlanib qolmasa, tarmoq raddiya bergan bo’ladi. Lekin ayrim
boshqaruv tizimlari ishlashi uchun u yoki bu turdagi aloqani majburiy mavjudligini
talab qiladi, masalan, ma’lumotlar uzatish. Bu vaziyatlarda, bunday majburiy
|