Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/59
tarix31.12.2021
ölçüsü0,75 Mb.
#113087
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
telekommunikatsiya tarmoqlarida xavfsizlikni taminlash masalasining dpi asosidagi yechimlari

45 

 

6.Shaxsiy  gigiena  qoidalari.  Sanitariya  kiyimlari,  poyafzallari  va  vositalariga 

qo’yiladigan  talablar. 

7.Korxonada yong’in xavfsizligiga  qo’yiladigan  talablar. 

8.Mexanik  jarohat  olganda,  kuyganda,  kislota  va  ishqorlar  bilan  kuyganda 

zaharlanishda,  elektr  va ko’z jarohatlari  olgandagi  dastlabki yordam.  

9.Xavfsizlik  texnikasi  yo’riqnomalari  buzilganda  qo’llanadigan  javobgarlik. 

Ish  joyida  o’tkaziladigan  yo’riqnoma.  Barcha  ishchilar  kirish  yo’riqnomasidan 

tashqari  ish  joyida  o’tkaziladigan  yo’riqnomalarni  xam  bilishlari  lozim.  Ish  joyida 

o’tkaziladigan  yo’riqnomadan  maqsad-har  bir  ishchini  to’g’ri  va  xavfsiz  ish 

usullariga  o’rgatish  hisoblanadi.  Yo’riqnomani  o’tkazish  jarayonida  ishchiga  u 

ishlaydigan  uskunada  bajariladigan  texnologik  jarayon,  uning  harakat  uzatish 

mexanizmlari,  xavfli  joylari,  konstruktiv  xususiyatlari,  paydo  bo’lishi  mumkin 

bo’lgan  xavflar,  ishni  xavfsiz  bajarish  usullari,  ish  joyini  to’g’ri  tashkil  qilish  va 

shu kabi masalalar  tushuniladi.   

Yo’riqnoma  o’tkazish  ishchining  bevosita  rahbari  bo’lgan  ustaga yuklatiladi. 

Ayrim  zarur  hollarda  bu  yo’riqnoma  tegishli  mutaxassislar  (mexanik,  energetik, 

texnolog) ishtirokida  o’tkaziladi.   

Xodimlarga  elektr  xavfsizligi  bo’yicha  yo’riqnoma  o’tkazish  va  malaka 

guruhi  berish korxona bosh energetigi  zimmasiga  yuklatiladi.     

Ish  joyida  o’tkaziladigan  yo’riqnoma  ishni  xavfsiz  olib  borish  qoidalari 

asosidassex  boshliqlari  tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan 

dastur  bo’yicha  olib  boriladi.  Bu  yo’riqnomalar  ruyxatini  korxona bosh muhandisi 

kasaba  uyushmasi  raisi  bilan  birgalikda  tasdiqlaydi.  Ish  joyida  o’tkaziladigan 

dastlabki  yo’riqnoma  ishchini  mustaqil  ishlashga  qo’yishdan  oldin  yoki  ish 

xarakteri  o’zgargan hollarda  o’tkaziladi.   

Korxonaga  ishga  kirayotgan  shaxs  kasbiy  malakasini  malakali  va  tajribali 

ishchiga  biriktirib  qo’yish  orqali  oshiradi.  Bunday  biriktirib  qo’yishssex 

boshlig’ining  vazifasi  hisoblanadi.  

Dastlabki  yo’riqnoma  o’tkazish  yo’riqnomalarni  rasmiylashtirish  jurnaliga 

yozib  qo’yish  orqali  mustahkamlanadi.  Barcha  ishchilar  o’ta  xavfli  ishlarni 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin