Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 130,14 Kb.
tarix08.09.2023
ölçüsü130,14 Kb.
#128868
Sillabus namuna (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI






TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_____________P.Tojiyev
2023-yil “ ” ________




YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA


FANI BO‘YICHA


SILLABUS


Kunduzgi bo‘lim uchun
Bilim sohasi: 100 000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110 000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110200 – Maktabgacha ta’lim


Toshkent – 2023






Modul / FAN SILLABUSI
Maktabgacha fakulteti
60110200 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi









Fan nomi:

Yosh fiziologiyasi va gigiyena

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

BIO304

Yil:

4

Semestr:

7

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

180

Ma’ruza

30

Amaliy mashg‘ulotlar

60

Laboratoriya mashg‘ulotlari



Seminar



Mustaqil ta’lim

90

Kredit miqdori:

6

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O‘zbek



Fan maqsadi (FM)

FM1

Talabalarni bolalar va o‘smirlar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, funksional imkoniyatlari, bilim va ta’lim olish faoliyatining asosiy pisixofiziologik mexanizmlari, organizmni garmonik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan gigiyena me’yorlari haqida bilim berishdan iborat.




Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1.

Biokimyo (BIO203)

2.

Odam anatomiyasi (BIO204)

3.

Odam va hayvonlar fiziologiyasi (BIO205)

4.

Neyrofiziologiya (BIO303)




Ta’lim natijalari (TN)




Bilimlar jihatidan:

TN1

Odam organizmining o‘sishi, rivojlanishi va faoliyatining umumiy qonuniyatlari, moddalar almashinuvi va bioenergetika jarayonlari haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;

TN2

Visseral tizim a’zolarini turli fiziologik va patologik jarayonlarda va yoshga oid qanday o‘zgarishlarga uchrashlarini bilishlari lozim;

TN3

Bolalarda markaziy nerv tizimi va oliy asab faoliyatining fiziologik rivojlanish ko‘rsatkichlarini va funksional ahamiyati haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;

TN4

Nutq vazifasining reflektor xarakterini bilishi kerak;




Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5

Bolalarning yoshiga mos holda aqliy va jismoniy yuklamalarni tanlay oladi;
antropometrik ko‘rsatkichlarni aniqlay oladi;

TN6

Oliy nerv faoliyati tiplariga qarab individual yuklamalarni tanlashni biladi;

TN7

Turli sharoitda atrof-muhitga gigiyenik baho bera oladi;

TN8

Ta’lim jarayonida yoshga oid xususiyatlarni hisobga olishni biladi.




Fan mazmuni

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)


O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.


Organizm va muhit.


Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi.


Nerv tizimining yoshga oid umumiy fiziologiyasi va gigiyenasi.


Nerv tizimining xususiy fiziologiyasi va gigiyenasi.


Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari.


Sensor tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Endokrin tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Qon tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Yurak-qon tomir tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Nafas tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Bolalar organizmida modda va energiya almashinuvi.


Ovqat hazm qilish va ovqatlanishning yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.


Bolalar va o‘smirlar salomatligining umumiy muammolari.

Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)


Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Morfologik va funksional ko‘rsatkichlarni baholash.


Somatoskopik belgilarni baholash.


Indekslar va koeffisiyentlar metodi yordamida jismoniy rivojlanishni baholash.


Refleks tushunchasi. Turli shartsiz reflekslarni kuzatish.


Bosh miyaning rivojlanishi. Bolada reflektor reaksiyalarning rivojlanishini baholash.


Qisqa muddatli xotira hajmini aniqlash.


Bolada xotiraning yetakchi turini aniqlash. Diqqat barqarorligini aniqlash.


Odamda arterial bosimni o‘lchash.


Dozalangan jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimining reaksiyasi.


Jismoniy ish qobiliyatini kislorodni maksimal iste’moli ko‘rsatkichi bo‘yicha baholash.


Ko‘z o‘tkirligini aniqlash. Qorachiq reflekslarini kuzatish.


Jismoniy rivojlanishni ekspress baholash.


Ovqat rasionini gigiyenik baholash.


Aqliy ish qobiliyatini aniqlash.


Sinf xonasiga gigienik baho berish. Dars jadvalini tuzish.




Mustaqil ta’lim (MT)

1

Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga
tayyorgarlik ko‘rish va uy ishlarini bajarish. 45 soat

2

Vaziyatli masalalar (kazuslar) tuzish 10 soat

3

Berilgan manbalarni tarjima qilish 10 soat

4

Gigiyenaga oid berilgan mavzu bo‘yicha esse yozish 5 soat

5

Anjumanga tezis tayyorlash 5 soat

6

Berilgan mavzu bo‘yicha kurs ishini bajarish 15 soat




Asosiy adabiyotlar

1.

Bezrukix M.M., Sonkin V.D., Faber D.A. Vozrastnaya fiziologiya. -Moskva, ACADEMA, 2003. – 416 s.

2.

Vozrastnaya anatomiya, fiziologiya i gigiyena : uchebnoye posobiye / R.I. Ayzman, N.F. Lыsova, Ya.L. Zavyalova. — Moskva : KNORUS, 2017. — 404 s. — (Bakalavriat).

3.

Kuchkarova L.S., Karimova I.I. Yosh davrlar fiziologiyasi va gigienasi. Darslik. -T. , "Univesitet" nashriyoti, 2017. -308 b.

Qo‘shimcha adabiyotlar


Vozrastnaya anatomiya, fiziologiya i gigiyena: uchebnoye posobiye / Kazan, KFU, 2013. - 166 s.


Guminskiy A.A. i dr. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po obщyey i vozrastnoy fiziologii, Moskva «Prosveщyeniye», 1990:. – 239 s.


Sapin M.R., Brыksina Z.G. Anatomiya i fiziologiya detey i podrostkov / M.R.Sapin, Z.G.Brыksina. M.: Akademiya, 2002. –453 s.

Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:


a) 5 baho (90-100 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;

  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) 4 baho (70-89,9 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;

  • fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa.

v) 3 baho (60-69,9 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • bayon qilish ravon bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho (0-59,9) bilan baholanishi mumkin:

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;

  • fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;

  • fanni bilmasa.

Fan o‘qituvchisi to‘g‘risida ma’lumot



Muallif:

Gulchexra Djabbarova, Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent

E-mail:

umidayusupova21@gmail.com
karimova-gulya@mail.ru

Tashkilot:

Termiz davlat pedagogika instituti, “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi

Taqrizchilar:

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent I.Karimov
Biologiya fanlari doktori ( DSc) professor Sh.Nurmatov

Mazkur Sillabus institut Kengashining 2023-yil ____- avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan.

Mazkur Sillabus “Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining


2023-yil _____-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan.


O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Samiyev
Fakultet dekani P.Xushboqov
Kafedra mudiri O‘. Yakubov
Tuzuvchi G.Djabbarova


Yüklə 130,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin