O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSIITETI
PEDAGOGIKA FAKUL’TETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi
III-kurs uchun
«BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT VA UNI
O’QITISH METODIKASI»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi: o’qituvchi SHABBAZOVA D.R.
Termiz-2014
1-mavzu: TASVIRIY SAN’AT O’QITISH METODIKASI FANI, UNING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Reja:
1. Kurs dasturining mohiyati, mazmuni.
2. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
3. O’qitish metodlari (nutqiy, namoyish etish, amaliy ish).
4. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanining o’rni va maqsadi.
Tayanch so’z va iboralar:
Tasviriy san’at, metod, metodika, umumiy metodika, xususiy metodika,
amaliy metodika, o’qitish metodlari, namoyish etish, amaliy ish, umumiy o’rta ta’lim
maktablari, boshlang’ich sinflar
Pedagogika fanidan shu narsa ma’lumki, «metodika» so’zi (uslub ifodasi) - ifoda
etishdan olingan bo’lib, o’rgatiladigan o’quv materialani o’quvchilarga o’rgatish, o’qitish, va
o’zlashtirishning nazariy va amaliy asosi - faoliyati yoki usulidir. Ya’ni «uslub» deganda
tasviriy san’atda rasmi chiziladigan ob’ektni, naturani yoki tahlil etiladigan san’at asarini
o’quvchilarga tushuntirish yoki uning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etib berishni yoki
o’rganishni yo’l-yo’riqlarini, uslublarini tushuniladi. Tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti
kursi bo’lajak pedagoglarga maktabda tasviriy san’atni o’qitish va o’rgatishni eng oson,
qisqa va ilmiy asosda bo’lishi uslubini o’rgatuvchi fandir.
SHular asosida shuni aytish mumkinki, bu kurs va uning maqsadi - vazifasi bo’lajak
tasviriy san’at o’qituvchisiga maktab tasviriy san’atini maqsadi, vazifasi, mazmunini
tushuntirib berish, uni maktab o’quvchisiga o’rgatish, o’qitish va tushuntirishni eng
samarali yo’llarini ko’rsatib berishdan iborat bo’ladi.
Kurs bo’lajak pedagoglarga o’quvchilar bilan ishlashni ilmiy asoslarni, nazariy va
amaliy faoliyatini ko’rsatib beradi. Kursning asosiy maqsadi hozirgi zamon tasviriy
san’atining qonun-koidalari asosida uni maktab faoliyatida foydalanish va maktab tasviriy
san’atini o’quvchilarga o’rgatishning eng zamonaviy, eng samarali, sinalgan uslublari bilan
qurollantirish va maktab tasviriy san’ati bo’yicha tarbiyaviy va ta’limiy faoliyatini amalga
oshirishni pedagogika va psixologiyaning eng so’nggi yutuqlari asosida olib borishga
tayyorlashdan iboratdir. SHu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs bo’lajak pedagoglarga:
1. Maktab tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi, vazifasi va mazmunini va
amaliy jihatlarini tushuntirib berish;
2. Maktab tasviriy san’atini dasturi va uning mazmuni bilan qurollantirish;
3. Maktab o’quvchisi bilan ishlashning pedagogik mahorati bilan tanishtirish;
4. Maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy va ta’limiy ishlarni amalga oshirishga
tayyorlash;
5. Tasviriy san’atdan dars berishga tayyorlash, dars berishdagi uslub va didaktik
printsiplari bilan qurollantirish;
6. Maktabda dars berishni tarixiy taraqqiyotini yaxshi bilgan holda, hozirgi zamon
dars berishni eng samarali uslub va didaktik jarayonini o’zlashtirish va ularni o’z
pedagoglik faoliyatida qo’llash, uni takomillashtirib borishga o’rgatish;
7. Bo’lajak rassom-pedagogni ijodkorlik ruhida faoliyat ko’rsatishga o’rgatish
kabilarni o’z oldiga bosh vazifa qilib qo’yadi. SHunga ko’ra kurs mazmuniga: Tasviriy
san’atni o’qitish metodikasi tarixini, uni dastur va darsliklarini, tasviriy san’atni o’qitish
jarayonida didaktik printsiplardan va predmentlararo bog’lanishdan foydalanish, dars va
darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, o’quvchilarni fanga qiziqtirish,
darslarda o’quvchilarga grafik bilim berishning eng oson, qisqa asosli yo’nalishlarining
ilmiy asoslarini o’rgatish kabilar kiradi.
Ma’lumki, o’qitish uslubiyoti davr tanlamaydi, balki davr dars uslublarini tanlaydi.
XVII asrda atoqli CHex pedagogi Ya.O.Komenskiy maktab sistemasini ishlab chiqqan
holda, unda foydalaniladigan o’qitishning qator uslublari va didaktik printsiplarini jahon
xalqlariga va ularning maktablari uchun tavsiya etgan edi.
1
O’zbekiston mustaqillikka erishishi munosabati bilan milliy maktablarimiz
shakllandi. Bu maktablar jahon pedagogikasi erishgan eng yuksak - samarali ish
tajribalaridan o’zining o’qitish uslublarini tanlagan holda o’zining o’quv-metodik ishlarini
amalga oshirmoqda.
Milliy maktablarimizdagi tasviriy san’at o’quv predmeti mustaqillik yillarida yanada
ahamiyatli bo’lib, uni o’qitilishini takomillashtirish tadbirlari belgilanmoqda. SHunga ko’ra
milliy maktablarimizda o’qitishning asosiy 3 ta uslubidan foydalanilmoqda.
I. - O’quv materialini og’zaki bayon etish uslubi.
II. - Amaliy ishlar uslubi.
III. - O’qitishning ko’rgazmalilik uslubi.
Ma’lumki, milliy maktablarimizda tasviriy san’atni o’qitish ham umumiy ta’lim
fanlari qatori yuqoridagi o’qituv uslublaridan foydalanib kelinmoqda. Bu uslublar yaxshi
samara bermoqda.
SHunga ko’ra bugungi kunda tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti maktab tasviriy
san’ati dasturi asosida uning maqsadi va vazifasini, mazmunini sistemali holda o’rganib,
ularni o’qitishning eng samarali uslub va didaktik printsiplarini tanlab, umumlashtirib,
bo’lajak rassom-pedagoglarga yetkazib beriladi. SHuningdek, tasviriy san’atni o’kitish
uslubiyoti kursi o’zining uslub va printsiplarini bugungi kunda dars berayotgan tasviriy
san’at o’qituvchilariga qator uslubiy maqolalar, adabiyotlar asosida yetkazib bermoqda.
Tasviriy san’atni o’kitish uslubiyoti bilan O’zbekiston Pedagogika Fanlari Ilmiy Tadqiqot
Instituti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti Namangan va Buxoro davlat
universitetlarining rassom-pedagog olimlari shug’ullanib kelmoqdalar.
Maktab tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti jahon pedagogikasi va psixologiyasi
to’plagan tajribalarini o’zining ilmiy asosi qilib olgan xolda, ularni yig’ib, takomillashtirib
kelayotgan ish tajribalaridan unumli foydalanib kelmoqda. SHu asosda o’quvchilarga
tasviriy san’at bo’yicha bilim-malaka berishda o’quvchining yoshi, bilimi, iste’dodi,
qiziqishini hisobga olgan holda o’quv jarayonini amalga oshirib kelmoqda. CHunki, jahon
pedagogikasining atoqli namoyondalari Ya.O.Kamenskiy, G.Pestalotstsi, K.D.Ushinskiy va
N.Rostovtsev, V.Kuzin. Ye.SHoroxov. R.Hasanov kabi pedagog-olimlarning ilmiy tadqiqotlari
asosida maktab tasviriy san’ati o’quv predmetini o’qitish, unga qo’yiladigan talablar
sistemali amalga oshirib kelinmoqda.
O’qitish metodikasi deganda ta’lim va tarbiyaning maqsadga muvofiq amalga
oshirishning eng samarali yo’l va uslublar yig’indisi tushuniladi. Mashg’ulotni metodik
jihatdan to’g’ri tashkil etish esa o’qituvchining o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ham bog’liq.
SHu bilan birga qisqa va oddiy yo’llar bilan, oddiydan-murakkabga borish printsipida
ma’lum ketma-ketlikda erishish nazarda tutiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, o’qitish
metodikasi to’g’ri tanlanganda o’quvchilar ko’zda tutilgan o’quv materialini puxta
o’zlashtiradilar va ularda o’zlashtirish darajasi bir qadar yuqori bo’ladi.
Metodika so’zining o’zi ikki xil bo’ladi: ular umumiy va xususiy metodika
hisoblanadi.
Umumiy metodika maktabda olib boriladigan barcha ta’lim-tarbiya ishlariga,
xususiy metodika esa u yoki bu o’quv predmetiga nisbatan qo’llaniladi. Metodika, ko’pincha
pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik, estetika sohasidagi nazariy xulosalarga tayanib
ish ko’radi.
Pedagogik nazariyada uch xil metod bo’lib, asosan
nutqiy, namoyish etish va amaliy
ishdan iboratdir. Bu metodlar o’z o’rnida mayda metodlarga ham bo’linadi. Masalan, nutqiy
1
Ya.O.Komenskiy. Buyuk didaktika. O’qituvchi. T. 1975 y.
metod hikoya qilish, tushuntirish, suhbat, kitob bilan ishlash v.b. shu kabi metodlardan
tashkil topadi.
Ko’rgazmali metod esa kuzatish, namoyish etish kabilardan, amaliy ish esa mashq,
rasm ishlash, ijodiy ish, o’yin kabi metodlarga bo’linadi.
O’qituvchilar faoliyatida
“uslub” degan so’z ham ishlatiladi. “O’qitish uslubi” deb biz
o’qitish metodlarining ayrim qirralarini tushunamiz. “O’qitish uslublaridan” o’qitish metodi
tashkil topadi.
Masalan,
“namoyish etish” metodi asosida o’qituvchi mashg’ulot o’tkazganda, u
ekranga san’at asarining tasvirini texnika vositasi orqali tushiradi. Bu jarayonda o’qituvchi
suratdagi biron shaklni yirik qilib ko’rsatishi usul hisoblanadi. SHu o’rinda ekrandagi surat
tasviri yuzasidan savol-javob o’tkazilganda ham bu yuqoridagi usulning davomi
hisoblanadi.
O’qituvchi o’qitish metodlariga asoslanib ish yuritganda u rangshunoslik,
perspektiva, yorug’soya, kompozitsiya qonunlari va ularning xususiyatlaridan kelib
chiqadi. SHuni qisobga olish lozimki, tasviriy san’atning u yoki bu turining nazariy
asoslarini o’rgatganda yoki tasviriy san’atning u yoki bu faoliyat turini o’qitganda
o’qituvchi bir xil metodlardan foydalanishi mumkin emas.
O’qitish metodikasining tarixi juda uzoqlarga ya’ni kishilar qachon bir-birlariga
rasm chizishni o’rgata boshlagan paytlariga borib taqaladi. U kishilik jamiyatining
taraqqiyoti davrida takomillashib borgan, davr o’tishi bilan o’qituvchilar, olimlar uning
yangidan-yangi qirralarini ochganlar va u mutaxassislar orasida tarqalgan.
SHuni ham qayd qilish lozimki, shakllangan har bir metod shaklan bir xil bo’lsa-da,
uni bir o’qituvchi, ikkinchi o’qituvchidan o’rganib, shundayligicha qo’llayvermaydi. Uni
har bir o’qituvchi o’z maktabidagi moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar, bolalarning bilim va
malakalarining saviyasi, dars mavzusining o’ziga xos xususiyatlari va boshqa shu kabilarni
hisobga olishi lozim. SHunga ko’ra boshqa o’qituvchi qo’llayotgan va yaxshi samara
berayotgan bir metod boshqa o’qituvchi faoliyatida yaxshi natija bermasligi ham mumkin.
SHuning uchun qo’llashga mo’ljallangan har bir metod pedagogik faoliyat davomida
tajriba-sinovdan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sinov bir marta emas, bir necha marta
o’tkazilishi lozim bo’ladi. CHunki bir sinfga mo’ljallangan bir metodika boshqa vaqtda
yuqorida qayd qilinganidek, sharoitga qarab boshqa sinfda boshqacha natija berishi
mumkin. Tanlangan va qo’llanib kelinayotgan har bir metod shaklan o’zgarmay qolsa ham,
mazmunan o’zgarishi ham mumkin. O’qituvchining to’xtovsiz izlanishlari, tajribalari
asosida uning yangidan-yangi qirralari ochilaveradi.
Mutaxassislar orasida tasviriy san’atni o’qitish metodlariga turlicha qarashlar
mavjud. Bir guruh mutaxassislar o’qitish metodlari yagona tizim, yagona talablarga javob
berishi lozim deb hisoblaydilar. Ularning fikrlariga qaraganda, har bir metod jamiyat
taraqqiyoti davomida shakllanib bo’lgan, uni o’zgartirmasdan shundayligicha qo’llash
lozim. Boshqa guruh mutaxassislarining fikrlariga qaraganda o’qitish metodining asosini
har bir o’qituvchining shaxsiy ish tajribasi tashkil etishi kerak. Bizningcha, masalaga
bunday yondoshish to’g’ri emas. Ta’lim-tarbiya sohasida o’qitish metodlari qotib qolmaydi,
u doimo taraqqiy etadi. Bunda o’qituvchining tajribasi albatta, katta rol o’ynaydi. SHunday
ekan, pedagogik amaliyotda sinfdagi shart-sharoitlarni hisobga olib, shakllangan metodika
asosida ham, o’qituvchining shaxsiy tajribasi asosidan ham foydalanaverish lozim.
O’qituvchi o’qitish metodikasini ish jarayonida o’z-o’zidan egallayvermaydi. U ish
jarayonida izlanishi, sinov ishlarini o’tkazish, ko’p adabiyotlar o’qishi, ilg’or tajribalarni
o’rganish hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishi asosida paydo bo’ladi. SHuningdek, u
jamiyat taraqqiyoti davrida shakllangan o’qitish metodlarini tanqidiy nuqtai nazardan
tahlil etishi va uni zamon ruhiga moslashtirgan holda qayta ishlashi asosida namoyon
bo’ladi.
XVII-XIX asrlarda umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’atni o’qitish
metodlarini takomillashtirishda chet el pedagoglaridan Jon Lokk, Jan Jak Russo, Iogani
Genrix Pestalotstsi, Peter SHmidt, A.Sapojnikov, G.Gippius, N.Kramskoylar katta qissa
qo’shgan bo’lsalar, XX asrda rus pedagog-olimlaridan Ye.S.Kondaxchan, G.V.Labunskaya,
N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, Ye.E.Rojkovalar O’zbekistonda darslik metodikasini oyoqqa
turg’azishda rassom-pedagoglardan M.Nabiev, B.Oripov, Q.Qosimov, B. Azimovalarning
xizmatlari katta bo’ldi.
2-mavzu: TASVIRIY SAN’ATNI O’QITILISHINI TARIXIY – TARAQQIYOTI
Reja:
1. CHet ellarda tasviriy san’atni o’qitilishi uslubiyotining tarixiy - taraqqiyoti.
2. Tasviriy san’at o’qitish metodikasini rivojlantirishda Uyg’onish davri
rassomlarining xizmatlari.
3. XVIII-XIX asrlarda Rossiyada tasviriy san’at fanining o’rni.
Tayanch so’z va iboralar:
Tasviriy san’at, Mirs, Yunon, Qadimgi Rim, tasviriy san’at o’qitish metodikasi,
Uyg’onish davri, CH.CHennini, Alьberti, Leonarlo da Vinchi, A.Dyurer, G’arbiy
Yevropa, ROssiya, I.D.Preysler, A.G.Sapojnikov, G.A.Gipius,
P.P.CHistyakov,
D.N.Kardovskiylarning pedagogik qarashlari.
Ma’lumki, rasm chizish jahon xalqlarining barchasida juda qadimdan shakllanib, u
san’at va madaniyatning eng mukammal va doimiy mashg’uloti bo’lib keladi. SHuningdek,
rasm chizish butun bashariyat xalqlarining doimiy aloqa vositasi, insoniyatning
shakllanishi va ma’naviy o’sishining ham bosh omili bo’lib kelgan.
SHu boisdan xam juda qadimdan bu mashg’ulotni rivojlantirish va takomillashtirish
barcha xalqlarda sistemali amalga oshirib kelingan. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi
qoyatosh rasmlari odamlar rasm chizish bilan ibtidoiy jamoa davrining
paleolit yoki
qadimgi tosh asridanoq shug’ullana boshlaganligidan dalolat beradi. Bunday rasmlar
Frantsiya, Ispaniya, Old Osiyo, O’rta Osiyodan ko’plab topilgan, ularga 5-10 ming yillarcha
bo’lgan.
Ma’lumki, eramizdan avvalgi 3-minginchi yillarda odamlar mis, qalay, qo’rg’oshin va
ruxni eritib, undan bronza olishgan. Bronzadan yasalgan narsalar juda chiroyli qilib
bezatilgan. Bu davrda ishlangan buyumlardagi rasmlar odamlar rasm chizish bilan jiddiy
shug’ullanliklarini ko’rsatib beradi.
Tarix shohidki, kishilar jamiyati taraqkiyoti SHarq mamlakatlarida, jumladan Misrda
ancha tez va oldinrok boshlangan.
Qadimgi Misrda grafika va rasmkashlik san’atning bir turi sifatida shakllanib, juda
erta taraqqiyot yo’liga chiqib oldi. Qadimgi Misrda rasm chizish va grafik ishlar bilan
shug’ullanish ancha erta san’at kasbi sifatida o’rganiladi va o’rgatila boshlanadi.
Qadimgi Misrda tasviriy san’at, adabiyot va me’morchilik g’oyat kuchli motivlarda
taraqqiy etdi. Bu yerda rasm chizishni, grafik ishlarni bajarishni va bino qurishni avvallari
xususiy kasb sifatida o’z bolalariga, qarindosh-urug’lariga o’rgatar edilar. Keyinchalik
kichik-kichik maktablar tashkil etila boshlandi.
Haqiqiy rasmkashlik maktablari eng avval Misrda, so’ngra Hindistonda va Xitoyda
tashkil etildi.
Bu maktablarda asosan: yer o’lchash, yo’l, kanal va binolar rejasini tuzish, chizmalar
chizish, buyumlarga badiiy bezaklar ishlash o’rgatilar edi.
Qadimgi Misrda belgi-yozuvlar (ierogliflar)ni yaratilishi tasviriy san’atni, ya’ni rasm
chizishni yanada tez rivojlanishiga imkon beradi (eramizdan avvalgi IV-III ming yillik)
chunki, bu belgi-yozuvlarda har bir xarf bir buyumni aytmoqchi yoki uni nomini yozmoqchi
bo’lsa, uning har biriga bir donadan rasm ishlanishi kerak edi.
SHunga ko’ra Qadimgi Misr maktablarida rasm chizish har bir kishini doimiy
mashg’uloti bo’lib qolgan. Maktablarda ham eng ko’p mashg’ulot rasm chizish bo’lardi.
Qadimgi Yunonistonda rasm maktablari juda erta tashkil topdi. Yunon maktablarida
asosiy e’tibor tabiatni chiroyli qilib tasvirlashga qaratilar edi. Rasm chizishda simmetriya,
matematik hisobot, nisbatlar nazariyasi asosiy e’tiborda bo’lardi.
Eramizgacha bo’lgan Yunonistonda SIKION, EFESS, FIVAN kabi rasm maktablari
shuhrat qozongan, bo’lib, ularni har biri o’ziga xos yo’nalishda va uslublarda faoliyat
ko’rsatar edi. Ulardan ayrimlari naturalizm metodida ishlasa, boshqalari badiiylik, ya’ni
rasmni iloji boricha chiroyli qilib ishlash metodida faoliyat ko’rsatar edi. Bu maktablarda
Pamfil, Melantiy, Pavziy, Appelass kabi mashhur rassomlar yetishib chiqdilar. Keyinchalik
bu rassomlar ham o’z maktablarini tashkil etdilar. Qadimgi Yunon tasviriy san’at
maktablarida o’qish ancha qiyin edi. CHunki, bu maktabda o’qish uchun yuqori darajadagi
iste’dod bo’lish bilan birga, ancha miqdorda pul ham to’lanar edi. Pamfil tomonidan
ochilgan Sikion maktabiga kirib o’qish uchun juda katta va kuchli iste’dod bilan birga 26 kg
196 gramm oltin to’lanar edi. Bu yerda o’qish 12 yil davom etar edi.
Qadimgi Yunonlarning Buyuk allomasi bo’lmish Arastu, - «Rasm fani bo’yicha
umumta’lim fanlarini 1-etapida turadi va barcha fanlarni o’rganishda asosiy vosita bo’ladi»
- deb ko’rsatgan edi.
1
Qadimgi Rimda tasviriy san’atga e’tibor juda yuksak darajaga ko’tariladi. Qadimgi
Rimda rasm chizish bilan barcha oristakratiya oilalari muntazam shug’ullanar edilar.
Yuqori tabaqa kishilarining ham asosiy mashg’uloti rasm chizish bo’lib qoladi. CHunki,
rasm chizishni bilmaydigan shaxs va oila madaniyatsiz, o’quvsiz, e’tiqodsiz hisoblanib,
ularni kamsitilar edi. Hatto rasm chizishni bilmaydigan, uni o’rgana olmaydigan shaxslar
«qandaydir psixologik kamchilikka ega» - degan meditsina xulosasi ham berilar edi.
SHu boisdan TSezar zamonida rasm chizishni bilmaydigan shaxslarni yetuk
darajada «rivojlanmagan», degan xulosa bilan mas’uliyatli davlat ishlariga olinmas edi.
Hatto yuqori tabaqa oilalari uchun rasm chizish bilmaydigan shaxslarni kelinlikka yoki
kuyovlikka olinmaydigan ham bo’linadi. SHu boisdan barcha aristokratiya oilalari va ularni
ug’il-qizlari eng avvalo rasm chizishga o’rgatilar edi. TSezarni o’zi ham yetuk rangtasvirchi
rassom, Aktavin Avgust esa me’mor-rassom bo’lganligi xam bejiz emas edi. Haqiqatdan
ham rasm chizishni bilmaydigan odam shakllarni, ranglarni ajratish, nisbatlarni to’la
farqlay olmaydigan bo’ladilar. SHu boisdan Rim zadagonlari va davlat arboblari rasm
chizish bilan jiddiy shug’ullanar edilar. Umuman eramizdan avvalgi II-I asrlarda
Yunoniston va Rimda tasviriy san’atga e’tibor g’oyat yuksak bo’lgan. SHu boisdan ham
qadimgi dunyo tarixida, - «Avgust Rimni toshda olib, marmarda topshirdi», - degan ibora
ham haqiqatdir.
Tarix shohidkim, eramizning XV-XVI asrlarda Italiyada «uyg’onish davri»
hukmronlik qiladi. XV asrga kelib Italiyada taraqqiyotning hamma sohalari bo’yicha
rivojlanish tezlashib ketadi. Bu davrda fan, san’at, madaniyat va ishlab chiqarishda g’oyat
kuchli ko’tarilish sodir bo’ladi. San’at va adabiyotda realistik oqimlar vujudga keldi. Kitob
bosish, yangi-yangi ijod ahli shakllandi. XV-XVI asrdagi Italiya bu o’rinda birinchi bo’lib,
o’zining barcha sohalari bilan oldinda boradi. San’at va madaniyat beqiyos rivoj topdi. Bu
davrni Italiyalik san’atshunos rassom Jorj Vazarining, - «italiyada san’at uzoq vaqtdan so’ng
yana uyg’ondi» - iborasi bilan san’at tarixida «uyg’onish davri» kategoriyasi vujudga keldi.
Bu davrda Italiyada Leonarda Do Vinchi, Rafael, Mikelanjello kabi san’atni titan ijodkorlari
1
Qaralsin. N.Rostovtsev. O’rta maktabda tasviriy san’atini o’qitish metodikasi Mos. 1980 y. «Metodika tarixi».
yetishib chiqdi. Ularning har biri o’zlarini o’ziga xos san’at maktablarini yaratdilar. Ularni
ko’pchiligi rasm chizishni turli sohalari bo’yicha nazariy asoslarini ham yaratdilar.
Leonarda Do Vinchi «plastik anatomiyani», «havoning chiziqli perespektivasini», Alberti
«Perespektivani» nazariy jihatdan asoslab beradilar. Ammo butun san’at tarixi bo’yicha
rasm chizish uslubiyati bo’yicha barcha nazariyotchilar cheklanib keldilar. Rasmni
maktabda o’qitish bo’yicha biron bir uslubiy xulosa bera olmadilar.
Tasviriy san’atni maktabda o’qitilishi bo’yicha faqat XVI-XVII asrlarda bir qator
pedagog olimlar shug’ullana boshladilar.
Buyuk CHex pedagogi Ya.O.Komenskiydan (1592-1670) boshlab, Jon Lokk (1632-
1404), Russo (1712-1778), Didro (1713-1784), Pestalotstsi (1746-1827) K.D.Ushinskiy
kabi pedagoglar maktabda tasviriy san’atni o’qitish bo’yicha o’zlarini dastlabki qarashlarini
berdilar. Ular rasm o’quv predmetini maktab umumta’lim fanlari qatoriga kiritib, bolani
garmonik tarbiyasidagi roliga katta baho berdilar. Pestalotsiyning shogirdi Petr SHmit I
bo’lib, «Rasm mexanik mashqdan iborat», - degan nazariyaga zarba beradi. U, - «Rasm
o’quvchi tafakkurini va tasavvurini o’stiruvchi asosiy omil yoki u aql gimnastikasidir»,-
degan ilmiy xulosani beradi.
1
Yana u rasmni o’kitishda ko’chirish metodini tanqid qiladi.
1835 yilda Parijda aka-uka Dyupyular (Aleksandr va Ferdenantlar) bepul rasm maktabini
tashkil etdilar.
1715 yildan Rossiyada rasm fanini Dengizchilar Akademiyasida, 1721 yildan Karpov
maktabida, 1732 yildan Kadetlar harbiy maktabida, 1764 yildan Samolьniy qizlar
institutida o’qitila boshlandi. 1735 yili rasmni o’qitish bo’yicha birinchi Preslerning
metodik qo’llanmasi, 1834 yil Sapojnikovning umumiy ta’lim maktablari uchun «Rasm
kursi» o’quv qo’llanmalari nashr etiladi.
1825 yilda Moskvalik boyar S.Strogonov tashabbusi bilan rasm o’qituvchisi
tayyorlaydigan bilim yurti ochildi.
1870 yili Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasm o’qituvchisi tayyorlaydigan kurs
tashkil etiladi.
XX asr boshlarida Peterburg, Moskva, Qozon, Odessa, Penzada rasm o’qituvchisi
tayyorlaydigan bilim yurtlari ochiladi. Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasmni o’qitish
metodikasi bo’yicha maxsus komissiya ish boshlaydi. Bu komisiya sostavida N.Ge,
I.Kramskoy, P.CHistyakov kabi yetuk rassomlar ish olib boradilar. Sovetlar davrida 1921
yildan I-rasm o’quv predmeti sifatida o’rta umumta’lim maktablari o’quv rejasiga
kiritiladi. O’rta maktablar uchun 1921 yildan dasturlar yaratila boshlaydi. 1936 yillardan
dasturlar yangilanib kelindi. Maktabda rasm fanining o’qitilishi bo’yicha Kardovskiy,
Yuoon, Rojkova, Pomicheva, Rostovtsev, SHoroxov, Kuzin kabi rassom-pedagoglar
shug’ullanib keldilar.
XX asr boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o’rta umumta’lim maktablarida
rasm fanini o’qitilishi yo’lga qo’yiladi. Ular uchun o’quv-metodik qo’llanmalar, darsliklar,
dasturlar yaratildi va ularni takomillashtirib kelindi. 50-60 yillarda jahonning juda ko’p
mamlakatlarda rasmni o’qitilishi bo’yicha ko’plab amaliy ishlar qilindi. Tasviriy san’atni
o’qitilishi bo’yicha 1955 yilda Lunda (SHvetsiya), 1958 yilda Bazella (SHvetsiya) 1960 yilda
Maniles (Pilipin), 1966 yilda (CHexoslovakiya), 1972 yilda Germaniyada, 1982 yilda
CHexoslovakiya kabi mamlakatlarda xalqaro simpoziumlar o’tkazilib kelindi.
XX asrning ikkinchi yarmida o’qitish metodikasiga doir qator ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borildi. Natijada, rasm chizish bo’yicha 1963-70 yillarda I-VI sinflar uchun sinov
darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
Bu darsliklar V.V.Kolokolьnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodorov, M.N.Semyonova (3 va
4-sinflar), Ye.E.Rojkova, Ye.L.Xersonskaya (5-sinf), L.L.Makaed (6-sinf)lar muallifligida
tayyorlandi.
1
Dostları ilə paylaş: |