Termiz davlat universiiteti



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü0,67 Mb.
#112670
1   2
boshlangich talimda tasviriy sanat va uni oqitish metodikasi

 Manbaa. N.Rostovtsev. Maktabda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi. M. 1980 y. (rus tilida). 


Rossiya  maktablarida  ta’lim  mazmunini  isloh  qilish  borasida  hukumat  qarorlari 

asosida rasm chizish o’quv predmetini maqsad va vazifalari va ta’lim mazmuni bir necha 

bor  qayta  ko’rib  chiqildi.  Natijada,  1970  yilda  “

CHizmachilik”  o’quv  predmetining  nomi 

“Tasviriy  san’at”  deb  o’zgartirildi.  Bu  nomda  tayyorlangan  dasturda  estetik  tarbiya 

vazifalari hamda rassomlar asarlarini o’rganilishiga doir qismlar kengaytirilgan edi. 

Rossiyada  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  “Tasviriy  san’at”  o’quv  predmetini 

o’qitilishini  yaxshilashda  bir  qator  pedagog  olim  va  metodistlar  faollik  ko’rsatdilar. 

Natijada  “CHizmachilik”  darsliklaridan  tashqari  ko’plab  ilmiy-metodik  va  metodik 

adabiyotlar  nashr  etildi.  Bunda  G.V.Labunskaya,  V.V.Alekseeva,  V.S.SHerbakov,  A.G. 

SHimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova, A.S. Brajnikova, N.N.Rostovtsev, 

V.S.Kuzin, Ye.V.SHoroxov, T.Ya. SHpikalova, B.P.Yusov kabilar samarali mehnat qildilar. 

Rossiyada  1970  yillarga  kelib  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  tasviriy  san’atni 

o’qitish  mazmunini  to’g’ri  belgilash  va  uni  takomillashtirish  borasida  bir  qator  olim  va 

rassomlar guruhi paydo bo’ldi. Ular mustaqil ravishda alohida-alohida olim va metodistlar 

guruhini tashkil etib, tasviriy san’atdan sinov dasturlarini yaratdilar. 

Birinchi  va  uchinchi  guruh  olimlari  tomonidan  tuzilgan  dastur  “Tasviriy  san’at  va 

badiiy  mehnat”  deb  nomlanib,  u  I-X  sinflarda  o’qitish  uchun  mo’ljallangan  edi.  B.P.Yusov 

rahbarligida  tuzilgan  dastur  har  bir  sinfda  bu  o’quv  predmetini  ikki  soatdan  o’qitilishini 

nazarda tutgan edi. 

V.S.Kuzin  rahbarligida  tuzilgan  dastur  esa  1-7-sinflarda  haftasiga  1  soatga 

mo’ljallangan  edi.  Bu  dasturlar  1985  yillarga  qadar  Sobiq  Ittifoqining  o’ndan  ortiq 

maktablarida  sinovdan  o’tkazildi.  Bu  dasturlar  katta  ijobiy  natijalar  berganligiga 

qaramasdan  amaliyotga  joriy  etilmadi.  Biroq,  undagi  ayrim  ilg’or  g’oyalar  yangi  tuzilgan 

dasturlarda o’z ifodasini topdi. 

Rossiyada  1970-2000  yillar  davomida  olib  borilgan  ishlar  mazmuni    turli-tuman 

bo’ldi.  U  estetik  va  badiiy  tarbiyaga  doir  xalqaro,  federatsiya  miqyosida  ilmiy-amaliy 

anjumanlar  o’tkazish,  ilmiy-metodik  to’plamlar  nashr  etish,  o’quvchilarning  ijodiy 

ko’rgazmalarini tashkil etish yo’nalishlarida amalga oshirildi. 

 

 



3-mavzu: O’ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN’ATNI O’QITILISHI 

Reja: 


1.O’zbekistonda tasviriy san’atni o’qitilishiga doir dastlabki ma’lumotlar.  

2.O’zbekistonda XX asr boshlarida tasviriy san’atni o’qitilishi.  

3.O’zbekistonda badiiy ta’limning shakllanishi.  

4.Mustaqillik yillarida tasviriy san’atning o’qitilishi. 

Tayanch so’z va iboralar: 

SHarq  miniatyura  maktabi,  Mirs  miniatyurasi,  bezaklar,  K.Behzod,  XX  asr 

boshlari, O’zbekistonda tasviriy san’at, “Erkin tarbiya” nazariyasi, tasviriy san’atning 

o’qitilishi, maklakali kadrlar, o’quv-uslubiy majmualar. 

 

O’zbek halqi o’zining qadimgi tasviriy, amaliy, me’morchilik san’atlari va madaniyati 



bilan  faxrlansa  arziydi.  CHunki,  O’zbekiston  xududida  eramizdan  avval  ham  tasviriy 

san’atning  rang  tasvir,  haykaltoroshlik,  me’morchilik  turlari  nihoyatda  rivojlangan  bo’lib, 

ularning  namunalari  Varaxsha,  Afrosiob,  Qalchayon,  Tuproq  qal’a,  Bolalik  tepa,  Ayrtom, 

Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo’yqirilgan  qal’a, Ajina tepa, Teshik qal’a va boshqa bir qator 

joylardan topilgan. Yana shuni  ham qayd qilish lozimki, bu asarlar eramizdan avvalgi IV-I 

asrlarda  yaratilgan  bo’lib  ularning  yoshi  5-6  ming  yilga  to’g’ri  keladi.  Bu  asarlarning 

badiiyligi hozirgi zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak 

mubolag’a bo’lmaydi. Bunday yuksak badiiy saviyadagi  asarlarni o’sha davrda to’plangan 




ilg’or  tajriba,  tasviriy  san’at  maktablarisiz  yaratish  mumkin  emas.  Ma’lumki,  san’at  bir 

necha  avlodning ko’p yillar davomida  shakllangan an’analari, ustaning shogirga o’tkazgan 

bilimlari  asosidagina  taraqqiy  topadi.  Bu  esa  so’zsiz  umumiy  badiiy  ta’lim  yo’nalishida 

bo’lmasa  ham,  kasbiy  badiiy  ta’lim  shaklida  rivojlanganligidan  dalolat  beradi.  Ma’lum 

davrlarda  O’zbekiston  xududidagi  san’at  taraqqiyotida  uzilishlar  ro’y  berganligining 

sabablari,  Iskanadar  Zulqaynar,  mo’g’illar,  arab,  rus  istilollariga    borib  taqaladi.  Amir 

Temur  mustaqil  davlat  tuzgan  davrda  tasviriy  san’atning  miniatyura  turini  gullab-

yashnagani  ham  buning    yaqqol  dalilidir.    Amir  Temur  davrida  miniatyura  va  kitob 

grafikasi  shunchalik  tez  rivojlandiki,  u  na  faqat  SHarq,  hattoki  Yevropa  mamalakatlari 

san’atiga  ham  o’z  ta’sirini  ko’rsatdi.  Natijada,  Samarqand,  Buxoro,  Xirot  miniatyura 

maktablari  bilan  bir  qatorda  Bag’dod,  Tabriz,  SHeroz,  Ozarbayjon,  Xind,  Isfaxon,  Turk 

miniatyura makatblari ham shakllandi va rivojlandi. 

Mazkur  miniatyura  maktablari  rassomchilikdan  kasbiy  ta’lim  yo’nalishida 

rivojlangan  bo’lsa-da,  lekin  ulardan  umumiy  ta’lim  tizimidagi  tasviriy  san’atni  o’qitishda 

bemalol foydalansa bo’ladi. Xususan, umumiy o’rta ta’lim  maktablari uchun tayyorlangan 

dasturlarda  san’atshunoslik  asoslari,  rangtasvir  va  qalamtasvir  ishlash,  naturaga  qarab 

tasvirlash,  borliqni  idrok  etish  bo’limlari  mavjud  bo’lib,  kasbiy  badiiy  va  umumiy  badiiy 

ta’lim  tizimlari  o’rtasiga  qat’iy  chegara  qo’yib  bo’lmaydi.  Tasviriy  san’atning  nazariy 

asoslari  hisoblangan  rang,  hajm,  perspektiva,  kompozitsiya  asoslari  kabilar,  ham  kasbiy, 

ham  umumiy  ta’lim  tizimida  o’rganiladi.  Faqat  tasviriy  san’atni  o’qitilishida  talaba  va 

bolalarning  yoshlari,  idroki,  psixologik  xususiyatlari,  tasviriy  malakalari  hisobga  olinishi 

lozim, xolos. 

Tasiriy  san’at  tarixida  buyuk  naqqosh  va  musavvir  Kamoliddin  Behzodga  Xirotlik 

Mirak  naqqosh  ustozlik  qilgani,  unga  miniatyura  rangtasviri  sirlarini  o’rgatgani  haqida 

ma’lumotlar  bor.  SHuningdek,  ustoz  Miroq  naqqoshning  Xirot  “Nigoristoni”  (San’at 

akademiyasi) bo’lganligi va unda Komoliddin Behzod  tarbiya olganligi ham ma’lum. 

Professor Orif Usmonov o’zining “Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi” 

nomli  kitobida  Behzod  Tabrizda  yashagan  vaqtda    nafis  tasviriy  san’at  maktabini 

yaratganini  qayd  qiladi.  U  yerda  musavvir  o’z  atrofiga  eng  iste’dodli  yoshlarni  to’plagani, 

ularga  san’atining  sir-asrorlarini  o’rgatgani  va  Tabrizda  Sulton  Muhammad,  Mirzo  Amir, 

Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, SHomuxammad Nishopuriy, Yusuf Mullo, 

Mir  Ali,  Rizo  Abbosiy,  Mahmud  Muzaxxib,  Mavlono  Yoriy,  Xasan  Bag’dodiy,  Abdulla 

SHeroziy,  Darvesh  Muhammad,  Mir  Said  Ali,  Qosim  Ali,  Xeraviy  singari  o’nlab  iste’dodli 

musavvirlarni  tarbiyalaganligini  yozadi.  Uning  shogirdlari  Behzodning  tasviriy  san’at 

uslubini davom etirganlari ham rasmiy ma’lumotlardan ayon. 

 

O’zbekistonda  hozirgi  zamon  ta’lim  tizimining  paydo  bo’lishi  XX  asrning  birinchi 



choragiga  to’g’ri  keladi.  Rossiyada  Oktyabrь  inqilobi    so’zsiz  uning  mustamlakasi 

hisbolangan  Turkistonga  ham  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Yangi  tuzum  o’zini  ko’rsatish 

maqsadida e’tibordan chetda qolgan chorizimning mustamlaka o’lkalariga e’tibor qaratdi. 

SHu maqsadda u bir guruh fan va madaniyat vakillarini Turkistonga yubordi. SHulardan bir  

guruhi Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar edilar. Ularning  bir qismi ijodiy ish bilan 

shug’ullansalar, ayrimlari yoshlar badiiy ta’limiga o’z e’tiborlarini qaratdilar. Bu rassomlar 

Turkistonning  yirik  shaharlarida  badiiy  studiyalar  tashkil  etdilar,  o’z  asarlarining 

ko’rgazmalarini o’tkazdilar. 

 

1918  yilda  Toshkentda  badiiy  kommuna  ochiladi,    bir  yildan  keyin  Samarqandda 



Turkiston  o’lka  badiiy  xalq  maktabi  ishga  tushadi.  1920  yilda  Andijonda  rangtasvir 

maktabi, Yangi Buxoroda san’at  to’garagi tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san’at  

kurslari  ochildi.  Bir  yildan  so’ng  respublikada  badiiy  maktab  va  studiyalar  soni  29  taga 

yetdi  va  unda  shug’ullanuvchilar  soni  500  kishidan  oshib  ketdi.  1921  yil  kuzida  ochilgan 

badiiy politexnikumda 170 o’quvchidan 150 tasi o’zbeklar edi.  



1924  yilda  Toshkent  tasviriy  san’at  muzeyi  qoshida  badiiy  studiya  ochildi.  Unda 

M.Kupriyanov (Mashhur Kukrinikslar guruhidan), S.CHuykov, mahalliy yosh rassomlardan  

O’.  Tansiqboevlar  yoshlar  bilan  mashg’ulotlar  olib  bordilar.  1927  yilga  kelib  Toshkent  va 

1929 yilda O’zbekiston poytaxti hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti tashkil etildi. 

Bu  bilim  yurtlariga  ko’proq  mahalliy  yoshlar  qabul  qilindi.  Bu  bilim  yurtlarining  asosiy 

maqsadi  rassomlar  tayyorlash  bo’lsa-da  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablari  uchun 

o’qituvchilar tayyorlash borasida ham ma’lum rolь o’ynadi.  

 

SHu  bilan  birga  ta’lim  tizimida    estetik  va  badiiy  ta’lim  masalalariga  ham  e’tibor 



qaratila boshlandi. 

 

1918 yilda umumiy ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan 



“Osnovnыe printsipы 

yedinыy trudovoy shkolы” nomli asosiy hujjatda “Estetik ta’lim deganda qandaydir sodda 

bolalar  san’atini  o’qitilishini  tushunmaslik  lozim,  u  xissiyot  organlari  va  ijodiy 

qobiliyatlarni  muntazam  rivojlantirib  boradi  va  u  go’zallikdan  zavqlanish  va  ularni 

yaratuvchanlik  imkoniyatlarini  kengaytiradi.  Bu  elementdan  mahrum qilingan  mehnat  va 

ilmiy  ta’lim  jonsiz  gavdaga  o’xshab  qoladi.  CHunki  hayotdagi  zavq  va  ijod  quvonchi 

mehnatning ham, ilmning ham yakuniy maqsadidir” deb yozilgan edi. Bu hujjat O’zbekiston 

maktablari uchun ham asos qilib olindi. 

 

Bolalar  ijodi  bilan  shug’ullanayotgan  ko’pchilik  rassomlar  bolalar  ijodini 



ideallashtirdilar va Yevropada keng tus olgan “Erkin ijod” deb ataluvchi tushukunlikka yuz 

tutgan  nazariyadan  kelib  chiqqan  qarashlarni  yoqladilar.  Bu  yo’nalishdagi  mutaxassislar 

pedagog  faqat  bola  ijodini  erkin  rivojlantirishi  va  malakasini  oshirishga  yordam  berishi 

lozim  deb  qaradilar.  Mana  shunday  mutaxassislardan  biri  Peterburglik  san’atshunos 

A.V.Bakushinskiy edi. U o’zining 

“Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie” nomli kitobida 

badiiy tafakkur va badiiy ijodga to’liq erkinlik berish kerak, bolalarning badiiy didini, badiiy 

asarini 


“tuzatish”,  “qotillik  hisoblanadi”  deb  yozdi.  Bu  fikr  o’sha  davr  pedagogika 

nazariyasiga tamomila zid edi. (6.54). 

 

Ma’lumki,  jamiyatning  tarixiy  rivojlanishi  bilan  kishilarning  psixologiyasi  ham 



o’zgarib  boradi.  Kishilar,  xususan,  bolalar  esa  ularni  o’rab  olgan  muhitda  asosan    ta’lim 

bilan  tarbiyaning  uyushgan  qoldagi  ta’sirida  rivojlanadi.  Asrlar  davomida  yig’ilgan 

o’zlarining  tajriba  bilim  va  malakalarini  yoshlarga  o’tkazadilar.  Natijada  yoshlarning 

dunyoqarashlarini  shakllantirish,  bilim  va  ijodiy  qobiliyatlarini  o’stirish  ko’p  jihatdan 

tarbiyaning yo’nalishga bog’liq bo’ladi. 

 

O’qituvchi  yoki    tarbiyachining  ta’sir  kuchini  tan  olmagan,  bolalarni  o’qituvchidan 



ajratib  qo’ygan  “Erkin  ijod”  nazariyasi  yoshlarning  badiiy  tarbiyasiga  ta’sir  ko’rsatdi.  Bu 

nazariya O’zbekistonda nashr etilgan dasturlarda va umumiy ta’lim va tarbiyaviy ishlarda 

o’z aksini topdi. 

 

Xususan, O’zbekiston maktablari uchun 1935 yilda nashr etilgan “Rasm va loy ishi” 



nomli  dasturda  “Erkin  rasm  chizish”  bo’limi  mavjud  bo’lib,  bu bo’limga  I  sinfda  8  soat,  II 

sinfda 6 soat, III sinfda 4 soat, IV sinfda 2 soat vaqt ajratilgan edi.  

1920  yilgi  o’quv  rejalarida  san’atga  doir  o’quv  predmetlariga  tegishli  o’rin 

ajratilmagan bo’lsa-da, 1929 yilga kelib bu kamchilik bartaraf etila boshlandi. Maktablarda 

maxsus  rasm  o’quv  predmetlari  o’qitila  boshlandi.  Lekin  O’zbekiston  maktablari  Rossiya 

maktablari  uchun  yaratilgan  dasturlar  asosida  ishlay  boshladi.  Bu  dasturlar  ma’lum 

miqdorda  O’zbekiston  sharoitiga  moslab  lokalizatsiyalashgan  edi.  SHu  munosabat  bilan 

O’zbekiston xalq morifi kommisarligi tegishli joylarga yuborilgan xatida shunday deyilgan 

edi: “Majmuaning maqsadi unga tegishli material mazmuni, majmua bilan ishlash metodlari 

lokalizatsiya qilinadi. O’qituvchi oldindan o’lkashunoslik materiallarini to’plab olgan holda, 

o’z tumani hayotiga oid eng xarakterli jihatlarni dasturga kiritadi”. 

SHu  munosabat  bilan  boshlang’ich  sinf  “Rasm  va  loy  ishi”  dasturiga  o’lka 

materiallari  kirita  boshlandi.  Ular  tevarak-atrof  tabitatiga  doir  narsalar,  O’zbekiston  halq 

amaliy san’atiga doir materiallar edi.  




Ta’sviriy  san’at  predmeti  metodikasi  shakllanishida  1934  yilda  Toshkentda, 

keyinchalik  Respublikamizning  har  bir  viloyat  markazlarida  tashkil  etilgan  “Markaziy 

badiiy  tarbiya  uylari”  katta  rolь  o’ynadi.  Bu  tarbiya  uylari  o’quvchilarni  badiiy  jihatdan 

tarbiyalashga oid dasturiy va metodik materiallarni ishlab chiqdi.  

Badiiy tarbiya uylarida boshqa sho’’ba bilan bir qatorda tasviriy san’at sho’’basi ham 

bo’lib, unda uch yillik tasviriy san’at studiyasi ham tashkil etilgan edi. 

Bu badiiy tarbiya uyidagi ikkinchi sho’’ba bolalar rasmlarining ko’rigini tashkil etish 

bilan shug’ullangan. Uchinchi sho’’ba esa nihoyatda serqirrali bo’lib, uning asosiy vazifasi 

bolalar  bilan  rasm  darslarida  ish  olib  boruvchilarga  metodik  yordlam  ko’rsatish 

hisoblanardi. SHuningdek, bu sho’’ba qo’yidagi ishlarni ham olib borgan: 

tasviriy san’at studiyalari uchun mashg’ulotlar dasturini ishlab chiqish; 



maktab tasviriy san’at to’garaklari uchun mashg’ulot mavzularini ishlab chiqish; 

1-6 sinflarda rasm mashg’ulotlarining mazmuni va mavzularini ishlab chiqish; 



1-6  sinflarda  rasm  darslarining  ahvolini  o’rganish  va  o’qituvchilarga  metodik  

yordam ko’rsatish; 

shahar maktablarining rasm o’qituvchilari uchun seminar tashkil etish; 



Respublika  viloyatlaridan  kelgan  o’qituvchilar  va  to’garak  rahbarlari  uchun 

seminarlar tashkil etish va ularga tegishli yordam ko’rsatish. 

    1939  yillarda  maktablarda  rasm  darslarining  asosiy  vazifasi  o’quvchilarda  tasviriy 

malakalarni o’stirish, ko’proq rasm chizishga o’rgatishdan iborat bo’lishi lozim deb topildi. 

SHuning uchun ham rasm darslarida tarbiyaviy tomonlarga yetarlicha e’tibor berilmadi. 

Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  va  qisman  undan  keyingi  yillarda  ham  rasm 

darslarining  vazifalari  o’zgardi,  uning  mazmunida  ta’limdan  ko’ra  tarbiyaviy  jihatlar 

kuchaytirilgan bo’lib, unda asosiy e’tibor vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga qaratildi. 

SHu  maqsadda  rasm  darslari  vatanparvarlik  va  baynalminal  mazmundagi  tasviriy  san’at 

asarlari  bilan  boyitildi.  Ular  ko’proq  rassomlarning  nemis-fashist  bosqinchilarining 

kirdikorlarini ochib tashlashga qaratilgan asarlardan iborat edi.  

Ikkinchi  jahon  urushidan  so’ng 

“Rasm”  predmetining  o’qitilishiga  e’tibor 

kuchaytirildi va u maktab o’quv rejalarida tegishli o’rinni egalladi. 1947-48 o’quv yili uchin 

tuzilgan  o’quv  rejada  “Rasm“  uchun  haftasiga  I-sinfda  1  soat,  II-  sinfda  1  soat,  III-IV-

sinflarda 0,5 soat, V-sinfda 1 soat vaqt ajratilgan bo’lib, natijada umumiy haftalik soatlar 4 

soatni tashkil etdi. 

1950-60  yillar  davomida  tayyorlangan  va  nashr  etilgan  dasturlarda  “Rasm“  o’quv 

predmetining vazifasi urushga qadar tuzilgan dasturlardan farq qildi.      

 

1953  yilda  nashr  etilgan  dastur 



“Rasm  solish”  deb  nomlanib  u  o’quvchilarni 

tarbiyalashda  katta  rolь  o’ynashi  ta’kidlangan  bo’lsa,    1956  yilda  nashr  etilgan  “Rasm” 

dasturida esa bu predmetning vazifasi o’quvchilarni estetik jixatdan tarbiyalash vazifasiga  

xizmat  qiladigan  va  o’quvchilarni  har  tomonlama  kamol  toptirishga  yordam  beradigan 

o’quv predmetlaridan biridir deb ko’rsatildi.  

 

1958-59 o’quv yiliga kelib, o’quv rejasida rasm chizishga ajratilgan soatlar oshdi va 



u 1-6 sinflarda qaftasiga I soatdan o’qitila boshlandi. 

 

Tasviriy  san’atning  o’qitilishini  takomillashtirishda  1955  yilda  Nizomiy  nomli 



Toshkent  davlat  pedagogika  institutida  tashkil  etilgan  badiiy-grafika  fakulьteti  katta  rolь 

o’ynadi.  Mazkur  fakulьtetda  kunduzgi,  kechki  va  sirtqi  bo’limlar  orqali  yuqori  malakali 

kadrlar  tayyorlana  boshlandi.    SHuni  ham  qayd  qilish  lozimki,    mazkur  fakulьtetda 

dastlabki  yillarda    kadrlarni  kasbiy  tayyorgarligi  ancha  yuqori  bo’lib,  o’sha  yillar  bu 

fakulьtetda    mashg’ulotlarni  Respublikamizning  yirik  rassomlari  olib  bordilar.  Masalan, 

O’zbekiston  halq  rassomi  A.Abdullaev,  O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  rassomlar 

Yu.Elizarov,  M.Saidov,  A.Yurovskiy,  T.Oganesov,    shuningdek  Leningrad  badiiy 

akademiyasini  va  Moskva    badiiy  institutini  yangigina  bitirib  kelgan    yosh    lekin  talantli 

rassomlar  R.CHoriev, N.Kovinina va boshqalar shular jumlasidandir. 



Bolalarga  rasm  chizishni  o’rgatish  bo’yicha  ilmiy,  metodik  ishlar  ko’lamini 

kengaytirish  maqsadida  1960  yilda  O’zbekiston  pedagogiki  fanlari  ilmiy  tatqiqot  instituti 

qoshida  musiqiy–badiiy  ta’lim  bo’limi  tashkil  etildi.  Bu  bo’lim  O’zbekiston  maktablarida 

tasviriy san’atni o’qitish metodikasiga doir bir qator dolzarb masalalarni tadqiqot qilishga 

kirishdi.  Ular  “Tasviriy  san’atdan  1-3  sinf  o’quvchilarining  bilim,  malaka  va  ko’nikmalari 

darajasini  aniqlash”  “Narsaga  qarab  rasm  chizish  mashg’ulotlari  samaradorligini  oshirish 

yo’llari”,  “Boshlang’ich  sinflarda  mavzu  asosida  rasm  chizish  jarayonida  estetik  tarbiya” 

“O’zbekiston  maktablarida  tasviriy  san’atni  o’qitishning  mazmuni  va  metodikasini 

takomillashtirish”,  “O’zbekiston  dekorativ-amaliy  san’ati  vositasida  kichik  maktab 

yoshidagi  o’quvchilarni    estetik  tarbiyalash”,  “Estetika  asoslari  va  san’atshunoslik”  dan 

fakulьtetiv  kurs,  “O’zbekiston  umumta’lim  maktablarida  naqqoshlik  to’garagi 

mashg’ulotlarining  mazmuni  va  metodikasi”,  “  Maktabda  tasviriy  san’atni  boshqa  o’quv 

predmetlari  bilan  o’zaro  bog’liqligi”  va  boshqa  tadqiqotlar  shular  jumlasidandir. 

O’tkazilgan  tadqiqotlarning  natijalari  asosida  maktablar  uchun  dasturlar,  darsliklar, 

qo’llanmalar,  ilmiy,  metodik  tavsiyalar  ishlab  chiqildi  va  ular  Respublika  maktablariga 

tadbiq qilindi. 

 

Yana bu bo’lim o’z faoliyati davomida tasviriy san’atni o’qitishga doir ilmiy xodim, 



tadqiqiotchi-aspirantlar qamkorligida quyidagi ishlarni tayyorladi va nashr etdi: “Tasviriy 

san’at” (1-3 sinflar uchun dastur. -Toshkent: O’qituvchi, 1965-1981); “Tasviriy san’at” (4-6 

sinflar uchun dastur. –Toshkent: O’qituvchi, 1967-1981); “Naqqoshlik” (Maktab va pioner 

uylari va saroylari uchun dastur. –Toshkent: O’qituvchi, 1976); “Tasviriy san’at va loy ishi” 

(Maktab tayyorlov guruxlari dastur.– Toshkent, 1980.) kabilar shular jumlasidandir. 

 

1965  yildan  boshlab  Pedagogika  fanlari  ilmiy-tadqiqot  institutining  estetik tarbiya 



bo’limida  tasviriy  san’at  o’qitish  metodikasi  bo’yicha  olib  borilayotgan  ishlarni  tartibga 

solish maqsadida darslik yaratishga kirishildi. 1969 yilda 1- sinf uchun “Tasviriy san’at” (A. 

Jilьtsova, R. Hasanov); 1974 yilda II sinf uchun “Tasviriy san’at” (R.Hasanov, A.Jilьtsova);  

1976 yilda III sinf uchun “Tasviriy san’at” (R.Hasanov, A.Jilьtsova); 1977 yilda IV sinf uchun 

“Tasviriy san’at” (R.Hasanov, B.Oripov va boshqalar) nashr etildi. 1-3 sinflar uchun nashr 

etilgan darsliklar  keyingi yillarda bir necha bor qayta chop etildi. 

 

1970  yildan  boshlab  maktablarda  tasviriy  san’atni  o’qitish  muammosi  yuzasidan 



estetik  tarbiya  sho’’basi  qoshida  Toshkent  va  Buxoro  pedagogika  institutlarining 

o’qituvchilari,  Ushinskiy  nomidagi  o’qituvchilar  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash 

Markaziy  instituti  va  viloyat  o’qituvchilari  malakasini  oshirish    institutining  metodistlari, 

O’zbekiston  maorif  vazirligining  metodistlari,  aspirant-tadqiqotchi  sifatida  ilmiy-tadqiqot 

ishlarini  olib  bordilar.  Mazkur    masalalar  bilan  bir  qatorda  maktab  tasviriy  san’at 

o’qituvchilari ham shug’ullandilar. 

 

“Tasviriy“  san’at  deb  nomlangan  yangi  dastur    loyihasi  shu  vaqtgacha  amalda 



qo’llanib kelingan “Rasm” predmeti asosida O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot 

institutida yaratildi.  

Uni tuzishga yuqorida qayd etilgan qaror asos bo’ldi: 

a)  maktabda  ta’limning  mazmuni  va  strategiyasini  fan,  texnika  va  madaniyat 

taraqqiyotining hozirgi darajasiga mos keltirish

b)  maktabda  ta’lim  va  tarbiyani  hayot  bilan,  mehnat  bilan  bog’lanishini  yanada 

mustahkamlash; 

v) bir-biriga bog’liq bo’lgan o’quv fanlari o’rtasida aloqa o’rnatish. Bu orqali o’qitish 

samarodorligini  oshirish,  zarur  bilimlarni  egallashda  bolalarning  bilish  va  fikrlash 

qobiliyatlarini o’stirishga yordam berish; 

g)  o’quvchilarning  o’quv  mashg’ulotlari  va  mustaqil  ishlarining  kengaytirilishi, 

ularni ortiqcha ish bilan band qilmaslik va xokazolar. 

SHuningdek, dasturni tuzishda quyidagi tomonlar ham hisobga olindi: 



a)  so’nggi  yillarda  yaratilgan  O’zbekiston  tasviriy  san’ati  asarlaridan  keng 

foydalanish; 

b)  boshlang’ich  ta’limni  1-3-sinflar  bilan  chegaralanishi  munosabati  bilan 

boshlang’ich va 4-6-sinflarda tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmuniga aniqlik kiritish; 

v) zamon talablari asosida tasviriy san’at predmetining vazifalarini aniqlash; 

g)    naturadan  rasm  chizish  darslari  uchun  o’zbek  halqining  hayotida  keng 

qo’llaniladigan narsalar va iste’mol buyumlaridan keng foydalanish; 

d)  dekorativ  rasm  darslarida  o’zbek  halq  amaliy    san’ati  namunalaridan  chizish 

uchun tavsiya etish. 

Mazkur  dasturda    shartli  ravishda  hajmsiz  deb  qisoblangan  narsalarning  rasmini 

(papka, daftar, portfelь, barg va boshqalar) ishlash 1-3- sinflardan 4- sinfga ko’chirildi. 

1967-68 o’quv yilidan boshlab yangi dastur loyihasi Respublikamizning Namangan, 

Samarqand,  Buxoro,  Toshkent,  Xorazm  viloyatlari  va  Toshkent  shahrining  qator 

maktablarida sinab ko’rildi. 

O’zbekiston  Maorif  vazirligi  va  O’zbekiston  pedagogika  fanlari  ilmiy-tadqiqot 

institutining  tekshiruvlari  natijasida  yangi  ta’lim  mazmuni  ko’pchilik  o’quvchilar 

tomonidan  yaxshi  o’zlashtirilmayotganligini  ko’rsatdi.  SHuningdek,  dasturdagi  badiiy 

qurish-yasashga doir materiallar esa o’quvchilar kuchiga mos emasligi ham ma’lum bo’ldi. 

SHuning uchun bu bo’lim keyingi yillarda dasturdan chiqarib tashlandi. 

Yangi  dastur  o’quvchilarning  estetik  tarbiyasiga  aloqador  bo’lgan  tashkilotlar 

muassaslar,  uyushmalarning  faoliyatini  qo’yidagi  yo’nalishlarda  faollashtirishni  nazarda 

tutgan edi: 

 a)  har  yili  mantazam  ravishda  o’quvchilar  rasmlari  respublika  ko’rgazmalarini 

o’tkazish; 

b) tasviriy san’at bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish 

natijasida  maktab  to’garaklari,  san’at  maktablari,  pedagogika  bilim  yurtlari  va  institutlari 

uchun bir qator dastur, darslik, qo’llanma va to’plamlar tayyorlash va nashr etish; 

v)    umumiy ta’lim maktablarida  yirik  rassomlar asarlaridan  ko’chma  ko’rgazmalar 

tashkil etish; 

g)  O’zbekiston  rassomlar  uyushmasi  qoshida  o’quvchilar  estetik  tarbiyasi  bo’yicha 

komissiya tashkil etish. 

Maktablarda so’nggi yillarda tasviriy san’atning o’qitilishini yaxshilash bo’yicha bir 

qator  yirik  tadbirlar  o’tkazilgan  bo’lsa-da  bu  sohada  keskin  o’zgarishlar  ro’y  bermadi. 

CHunki,  ko’pchilik  tasiriy  san’at  o’qituvchilari  maxsus    ma’lumotga  ega  emas  edilar. 

Benьkov nomidagi badiiy bilim yurtini birtiruvchilarining ko’pchiligi maktablarda tasviriy 

san’atdan haftalik dars soatlari kam bo’lganligi sababli u yerda ko’p qo’nim topishmas edi. 

Oliy  maxsus  ma’lumotli  o’qituvchilar  tayyorlaydigan  Nizomiy  nomli  TashDPIning  badiiy-

grafika  fakulьtetining  bitirib  chihayotgan  yoshlarning    o’qituvchilik  faoliyatlari  ham  ana 

shunday tugardi. 

Tasviriy  san’atning  o’qitilishini  yaxshilash  borasida  qabul  qilingan  O’zbekiston 

maorif  vazirligi  kollegiyasining  O’zbekiston  rassomlar  uyushmasi  boshqarmasi  bilan 

hamkorlikdagi  1979  yil  27  iyunda  “Maktabgacha  tarbiya  muassasalarining 

tarbiyalanuvchilari, o’qituvchilar va pedagogika o’quv yurtlarining o’quvchi-yoshlari badiiy 

tarbiyasini  yanada  yaxshilash  choralari  haqida”  qabul  qilgan  qarori  salmoqli  o’ringa  ega 

bo’ldi. 

Qarorda o’tgan davrda tasviriy san’at bo’yicha halq maorifi va rassomlar uyushmasi 

tizimida  qo’lga  kiritilgan  yutuqlar  tilga  olindi  va  kamchiliklar,  ularning  bartaraf  etish 

yo’llari ko’rsatildi. Xususan, unda Qoraqalpog’iston Respublika viloyatlari, Toshkent shahar 

halq  maorifi  bo’limlariga,  pedagogika  o’quv  yurtlarining  rahbarlariga  tezkorlik  bilan 

maktabgacha  va  maktabdan  tashqari  tarbiya  muassasalari,  maktablar,  pedagogika  o’quv 

yurtlarida badiiy tarbiyani yaxshilashning aniq tadbirlarini  ishlab chiqish topshirilgan edi. 



1980 yilning aprelida Toshkentda “O’quvchi yoshlar badiiy tarbiyasininig ahvoli va 

uni  yaxshilash  choralari  haqida“  deb  nomlangan  seminar,  kengash  o’tkazilishi  mazkur 

qarorni  bajarishdagi  dastlabki  qadam  bo’ldi.  Mazkur  tadbirni  Maorif  vazirligining 

tarbiyaviy ishlar bo’limi, rassomlar uyushmasi bilan hamkorlikda o’tkazdi. Kengashda 400 

dan ortiq o’qituvchi, tarbiyachi, halq maorif xodimlari, ilmiy xodimlar ishtirok etdi, yuzdan 

ortiq ma’ruzalar tinglandi va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

O’zbekiston umumta’lim maktablarining boshlang’ich (1-3) sinflari va IV-VI sinflar 

uchun “Tasviriy san’at” yangi dasturlari tayyorlandi va unda quydagilarga rioya qilindi:  

1.  O’zbekiston  tasviriy  va  amaliy  san’atlari,  adabiyot  va  musiqa  asarlaridan  o’rinli 

foydalanish. 

2.  O’zbekiston tabiati, tabiat mahsulotlari, turmushda qo’llaniladigan narsalardan keng 

foydalanish.  

3.  O’zbekiston  ko’p  millatli  Respublika  ekanligini  hisobga  olgan  holda  baynalminal 

tarbiyaga ko’proq e’tibor berish.  

4.  Materiallar tanlashda O’zbekiston maktablari o’qituvchilarining bilim darajalari past 

ekanligini hisobga olish.  

5.  O’zbekiston maktablari o’qituvchilari badiiy qiziqishilarini hisobga olish .  

Yangi  dasturga  o’tish  bo’yicha  O’zbekiston  maorif  vazirligida  keng  ko’lamdagi  ish 

rejasi  ishlab  chiqildi.  Unda  yangi  dastur  bo’yicha  o’qituvchilarni  qayta  tayyorlash,  o’quv 

metodik  majmualar  ishlab  chiqish  va  nashr  etishga  alohida  e’tibor  berilgan  edi.  Xususan, 

tasviriy san’atdan  I-III- va IV-VI sinflar uchun dasturlar tayyorlandi va nashr etildi.  

Keyinchalik yangi dasturlar asosida R.Hasanovning “Boshlang’ich sinflarda tasviriy 

san’at  darslari“,  “Birinchi  sinfda  tasviriy  san’at  darslari“,  “Ikkinchi  sinfda  tasviriy  san’atni 

o’qitish“,  “Uchinchi  sinfda  tasviriy  san’at  darslari”,  “Maktabda  tasviriy  san’atni  o’qitishni 

takomillashtirish  yo’llari“  nomli  metodik  qo’llanmalari  chop  etildi.  O’zbekiston 

maktablarida  tasviriy  san’atni  o’qitishga  doir  Respublikada  birinchi  bor  “O’zbek 

maktablarida badiiy ta’lim va tarbiyaning metodik asoslari“ nomli monografiya R.Hasanov 

muallifligida  tayyorlandi  va  “Fan“  nashriyoti  tomonidan  nashr  etildi.  Bu  davrlarda 

R.Hasanovning  “Tasviriy  san’at“,    “O’zbekiston  tasviriy  san’ati  tarixi“  nomli  fakulьtativ 

mashg’ulotlar dasturlari birinchi bor ishlab chiqildi va maktablarga yetkazildi.  

Bu  davrga  xos  bo’lgan  jihatlardan  yana  biri  tasviriy  san’at  tal’imi  mazmunini 

takomillashtirish edi. SHu maqsadda 1-4-sinflar uchun “Tasviriy san’at va badiiy mehnat“ 

dasturlari  yaratildi.  Bu  dasturlar  tasviriy  san’atni  xar  bir  sinfda  qaftasiga  2  soatdan 

o’qitilishiga mo’ljallab tuzilgan edi. 

Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta’limini tubdan 

isloh  qilish,  uni  jahonning  rivojlangan  mamlakatlari  darajasiga  olib  chiqish  masalasi  kun 

tartibiga qo’yildi. SHu maqsadda 1992 iyulda “Ta’lim tug’risida” gi qonun e’lon qilindi. Bu 

hujjatda  ko’rsatilgan  reja  va  tadbirlarni  amaliyotga  joriy  etish  davlat  siyosatining  ustivor 

yo’nalishi deb qaraldi. 

Natijada  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablaridagi  barcha  o’quv  fanlari  qatori 

“Umumta’lim  maktablarida  tasviriy  san’at  ta’limi  kontseptsiyasi”  ham  tayyorlandi  va  u 

O’zbekiston  xalq  ta’limi  vazirligi  kollegiyasining  5  may  1993  yilgi  5-5  sonli  qarori  bilan 

tasdiqlandi.  Mazkur  kontseptsiyada  qayd  qilinganidek,  uni  tayyorlashda  quyidagi  omillar 

hisobga olingan edi: 

-mustaqil  O’zbekiston  sharoitidagi  o’zbek  bolasini  shakllantirishga  bo’lgan 

zamonaviy talablar; 

-ta’lim-tarbiyani milliy madaniyat va san’at asosida amalga oshirishni kuchaytirish

-ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda O’zbekiston SHarq mamlakati ekanligini hisobga 

olish va shu asosda badiiy ta’lim mazmuniga tegishli o’zgartirishlar kiritish; 



-maktabdagi  badiiy  ta’limni  amalga  oshirishda  bolalarni  fikrlashga,  ishga  ijodiy 

munosabatda  bo’lishlikni  kuchaytirish,  ularni  yuksak  did  va  madaniyatli  qilib 

shakllantirishga qaratish; 

-maktabda  bolalarni  tasviriy  san’atdan  bilim  va  malakalarni    puxta  egallashlariga 

qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta’limni joriy etish; 

-O’zbekiston    maktablarida  tasviriy  san’at  ta’limi  mazmunini  dunyo  standartlari 

darajasiga olib chiqish. 

Bu  g’oyalar  so’zsiz  barkamol  komil  insonni  shakllantirishga  zamin    bo’lib,  unda 

tasviriy  san’atni  o’qitishning  yaqin  va  uzoq  yillarda  rivojlantirishga  mo’ljallangan 

yo’nalishlari bayon etildi. 

 

 

 



4-mavzu: UMUMIY O’RTA MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT 

MASHG’ULOTLARINING MAZMUNI 

Reja: 

1.Tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunini davlat    



ta’lim 

standarti 

bilan 

bog’liqligi. 



2. Maktablarda tasviriy san’at darslarining mazmuni. 

3. Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining turlari. 

4. Mashg’ulot turlarining vazifalari.  

5. 1-4 sinflarda tasviriy san’at mashg’ulotlari mazmunining o’ziga xos xususiyatlari. 

Tayanch so’z va iboralar: 

Umumiy  o’rta  maktab,  tasviriy  san’at,  mashg’ulotlar,  mashg’ulotlar  maqsadi, 

ta’limiy  maqsad,  tarbiyaviy  maqsad,  rivojlantiruvchi  maqsad,  mashg’ulot  turlari, 

ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, boshlang’ich sinflar. 

 

Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  tasviriy  san’at  o’quv  predmetining  maqsad  va 



vazifalaridan  kelib  chiqqan  va  ta’limning  davlat  standartlariga  asoslangan  holda  ta’lim 

mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san’at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan: 

1.  Borliqni  idrok  etish  (1-4  sinflarda).  2.  Badiiy  qurish-yasash  (1-4  sinflarda).  3. 

San’atshunoslik  asoslari  (5-7  sinflarda).  4.  Naturaga  qarab  tasvirlash  (1-7  sinflarda).  5. 

Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda). 

Borliqni  idrok  etish  o’quvchilarning  estetik  idroki,  didi,  mazkur  sohaga  doir 

tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o’stirishda muhim rolь o’ynaydi. Borliqni idrok etish 

mashg’ulotlari  odatda  mavzuli  kompozitsiyalarni  bajarishdan  oldin  o’tkazilib,  unda 

tabiatdagi  va  tevarak-atrofdagi  nafislik  va  go’zallikni  ko’ra  bilish,  idrok  etish  natijasida 

olingan  tassurotlardan  amaliy  badiiy-ijodiy  faoliyatlarda  foydalanish  nazarda  tutiladi. 

SHuningdek,  tabiatga  qilingan  sayohat  jarayonida  zarur  hollarda  ayrim  ob’ekt  va 

hodisalarni  qalam,  bo’yoq  va  boshqa  badiiy  materiallar  yordamida  xomaki  rasmlari  ham 

ishlanadi. 

Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o’simliklar, hayvonlar, qushlar, 

baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko’rinishlari, kafiyati (quvonchli, g’amgin, 

o’ychan  va  hokazo)  haqida  tasavvurga  ega  bo’ladilar.  Boshlang’ich  sinflarda  borliqni 

kuzatish va ular haqidagi suhbatlar o’quvchilarga hayotdagi ba’zi bir hodisalarni kengroq 

bilib  olishga  yordam  beradi.  U  narsalarning  shakli,  tuzilishi,  rangi  kabilarni  ma’lum 

miqdorda  tahlil  qilish  va  umumlashtirishdek  muhim  sifatlarni  o’stirishga  ham  imkon 

beradi. 


Tabiat  va  borliqni  kuzatish  jarayonida  bolalarni  uni  sevishga,  asrashga  o’rgatiladi. 

Tabiatga  qilingan  sayohatlarda  ularning  ayrim  jihatlari  fasllarga  bog’liq  holda  o’zgarib 




turishligi  bolalarga  tushuntiriladi.  SHuningdek,  bunda  bolalarni  fazoziy  tasavvurlari  ham 

o’stiriladi va planlik, chiziqli va havo perspektivasiga qam e’tibor beriladi. Borliqni kuzatish 

bevosita  tasviriy  ijodiy  faoliyat  bilan  bog’liq  ekanligi,  borliqni  bilmasdan    turib  sifatli 

tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi yetkaziladi. 

Borliqni  idrok  etish  mashg’ulotlarini  vazifalariga  rioya  qilgan  holda  quyidagi 

mazmunda mashg’ulotlar o’tkazish nazarda tutiladi: 

1. Kuz, qish, bahor fasllarida tabiatni 

o’ziga  xos  xususiyatlarini  o’rganish;  2.  Gullar,  hashoratlar,  dekorativ  baliq  va  qushlarni 

kuzatish: 3. Tabiat mo’’jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b. 

Yuqorida  qayd  qilinganidek,  bunday  mashg’ulotlardan  maqsad  bolalarni  borliqni 

bilish, undagi narsa va hodisalarni o’ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, 

o’lchovlari,  o’lchov  nisbatlari,  fazoviy  holatlari,  ularni  yil  fasllariga  qarab  o’zgarishlarini 

anglab  yetishlariga  erishishdan  iboratdir.  O’rganish  zarur  bo’lgan  ob’ektlarni  naturadan 

kuzatishning  imkon  bo’lmagan  taqdirda  o’qituvchi  darsda  bolalarni  san’at  asarlarining 

reproduktsiyalari, slaydlari, foto nushalarini namoyish etish orqali o’z maqsadiga erishadi. 

Boshlang’ich  sinf  tasviriy  san’at  darslarida  o’quvchilarning  qiziqishlari  va 

ijodkorliklarini  oshirish  va  rassomchilikda  ishlatiladigan  turli  materiallar  bilan  kengroq 

tanishtirish maqsadida 

badiiy qurish-yasash ishlari ham olib boriladi. 

Tasviriy  faoliyatning  bu  qiziqarli  turi  uchun  dasturda  alohida  soatlar  ajratilgan 

bo’lib, ular mashg’ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan uch xil 

materiallardan foydalanish nazarda tutiladi: 

1.Badiiy materiallar (rangli qog’ozlar, folьga, gulqog’ozlar, plastilin, loy v.b.). 

2.Tabiiy  materiallar  (daraxt  barglari,  shoxlari,  ildizlari,  po’stlog’lari,  meva  va 

sabzavotlarning urug’lari, rangli toshchalar, bug’doy va arpa poyalari v.b.). 

3.Tashlandiq  materiallar  (ichimlik  va  dori  darmondan  bo’shagan  sintetik  idishlar, 

gugurt qutichalar, po’kak, penoplast, idish qopqoqlari) v.b. 

Badiiy  qurish-yasash  mashg’ulotlarida  bolalarni  qaychi  bilan  ishlash,  kley 

yordamida yelimlash, qog’ozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, o’rash, ayrim badiiy 

tashlandiq  va  tabiiy  materiallarni  bir-birlariga  yaqinlashtirish,  qo’shish  orqali  tasvir 

yaratish  kabi  malakalar  hosil  qilinadi.  Bu  malakalarni  hosil  qilish  boshlang’ich  sinflar 

dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat: 

Turli shakldagi qalamdon, quticha, havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, 

samolyot,  raketa  va  shu  kabi  narsalarni  rangli  qog’oz  va  kartondan  tasvirini  yasash; 

hashoratlar - tilla qo’ng’iz, ninachi, kapalak v.b.larni rangli qog’ozlarni qirqish orqali hosil 

qilish;  rangli  qog’ozlarni  qirqish,  buklash  va  yelimlash  yo’li  bilan  osma  o’yinchoqlar 

tayyorlash;  tabiiy  materiallar  yordamida  baliq,  hashorat,  qush,  hayvonlarning  tasvirlarini 

hosil  qilish;  rangli  qog’oz,  badiiy  va  tashlandiq  materiallardan  applikatsiya,  kollaj,  papьe-

mashьe, 

aralash 


usulda 

mazmunli 

kompozitsiyalar 

(masalan, 

"Ko’chada", 

"Kosmodromda",)  ishlash;  tashlandiq  materiallar  -  sim,  ip,  kanop,  gazlama  parchalari, 

plasmass idishlar, gugurt qutichalari, po’kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha 

murakkab  bo’lmagan  transport  (qayiqcha,  pirpirak,  mashina,  traktor  v.b.),  qushlar 

(qaldirg’och, to’ti, g’oz, chumchuq, laylak, o’rdak, sa’va v.b.), hayvonlar (tulki, bo’ri, quyon, 

ayiq,  yo’lbars,  it,  sher  v.b.)  ning  o’yinchoq  tasvirlarini  ishlash;  quritilgan  barglar,  rangli 

qog’ozlar,  shoxlar  yordamida  ochilgan  gul,  gullagan  daraxt  shoxchasi  tasvirini  tayyorlash 

v.b. 


Badiiy  qurish-yasash  ishlarida  eng  muhim  vazifalardan  biri  badiiy,  tashlandiq 

materiallarning o’ziga xos jihatlarini (qattiq, yumshoq, mo’rt, egiluvchan, og’ir, yengil, och, 

to’q, v.b.) bilish hamda ular bilan ishlaganda o’lchov va o’lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli 

ranglarini to’g’ri belgilash talab etiladi. 

SHuningdek,  qurish-yasash  ishlarida  qo’llanadigan  o’quv  qurollari  va  materiallarni 

bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish ham talab etiladi. 




Narsalar  shaklini  ko’ra  olish  ham  badiiy  faoliyatning  bu  turi  vazifasiga  kiradi. 

Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga ham o’rgatiladi. 

San’atshunoslik  asoslari  bo’limi  o’quv  predmetining  muhim  qismlaridan  biridir.  U 

dasturda  5-7  sinflarda  mustaqil  bo’lim  sifatida  o’zining  o’quv  vazifalari  tizimiga  ega  va  u 

tasviriy,  amaliy-bezak,  me’morchilik  san’atlari  materiallaridan  tashkil  topadi.  Mazkur 

bo’limning maqsadi o’quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, 

uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iboratdir. 

San’atshunoslik  asoslari  bo’limi  o’quvchi  shaxsining  estetik  rivojiga  ko’maklashib, 

uni  jahon  madaniyatining  buyuk  durdonalari  va  san’at  asarlari  orqali  tevarak-atrofdagi 

hayot  go’zalliklari  bilan  tanishtiradi,  badiiy  didini  shakllantiradi,  san’atni  sevishga 

o’rgatadi.  

O’quvchilar  bilan  san’atshunoslik  asoslari  bo’yicha  o’tkaziladigan  mashg’ulotlarda 

ular  mumtoz  madaniy  meros  bilan  tanishtirib  boriladi,  uning  buyuk  an’analari  va 

san’atning  halq  uchun  xizmat  qilishi,  san’atdagi  turli  oqimlar  va  yo’nalishlar  to’g’risida 

tushunchalar hosil qilinadi. 

Tasviriy  va  amaliy  san’at  asarlarini  idrok  etishga  oid  o’quv  materiallari 

o’quvchilarning amaliy ishlari bilan bog’langandir. San’at asarlarining nushalarini bolalarga 

ko’rsatish va ularning tahlili o’quvchilarda san’atga qiziqish uyg’otadi va ularni shu sohaga 

yo’llaydi.  Asarlarni  namoyish  etishda  bolalar  unda  ifodalangan  g’oya,  asosiy  fikr  va 

qo’llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi. 

Dekorativ-amaliy  san’atga  doir  san’atshunoslik  asoslari  darslarida  amaliy-bezak 

san’ati, halq amaliy-bezak san’ati, o’zbek halq amaliy-bezak san’ati, liboslar, o’zbek va chet 

el halqlarining milliy liboslari haqida bilimlar berish, halq ustalari ishlatadigan ish qurollari 

va  materiallari  bilan  tanishtirish  nazarda  tutiladi.  Bunday  darslarda  Toshkentdagi  halq 

amaliy  san’ati  muzeyi  va  Respublikamizdagi  halq  amaliy  san’ati  rivoj  topgan  markazlar, 

o’zbek halq amaliy san’atining mashhur nomoyondalari hisoblangan Usta SHirin Muradov, 

Ota Polvonov, Hamro Raximova kabilar haqida ham suhbatlar o’tkazish rejalashtirilgan. 

Me’morchilik  san’ati  borasida  esa  me’morchilik  san’ati  va  uni  atrof-muhit  bilan 

bog’liqligi,  me’morchilikda  go’zallik,  maqsadga  muvofiqlik  haqida  tushunchalar  berish, 

individual va ijtimoiy me’morchilik, ularing turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va 

ularning estetik yechimining o’zaro bog’liqligi, fasad va inter’erdagi dekorativ bezaklarning 

xarakteri,  me’morchilikda  qo’llaniladigan  asosiy  atamalar  haqida  fikr  yuritiladi. 

Binolarning tashqi va ichki badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar 

bilan ham tanishtiriladi. 

Bu  vazifalarni  bajarish  uchun  O’zbekiston  xududidagi  eng  qadimgi  me’morchilik 

obidalari, O’zbekiston IX-XIX asr me’morchiligi, SHarq va G’arb mamlakatlarida Uyg’onish 

davri me’morchiligi, O’zbekiston va jahonning hozirgi zamon ilg’or me’morchiligi yuzasidan 

mashg’ulotlar olib boriladi. 

Tasviriy  san’atdan  davlat  ta’lim  standartlarida  qayd  qilinganidek,  bolalarga 

san’atshunoslik asoslaridan quyidagilar haqida bilimlar berishni nazarda tutadi: 

1.Tasviriy  san’at  -  san’atning  bir  turi  ekanligi  va  uning  kishilar  hayotidagi  o’rni  va 

ahamiyati.  O’zbekiston  xududida  tasviriy  san’atning  taraqqiyoti  (Afrasiob,  Varaxsha, 

Tuproq qal’a v.b. joylardan topilgan tasviriy san’at namunalari). Tasviriy san’atning turlari 

(rangtasvir,grafika,  haykaltaroshlik)  va  janrlari  (manzara,  turmush,  natyurmort,  portret, 

tarixiy,  batal,  animal,  afsonaviy,  marina).  Rangtasvir  turlari  -  dastgohli  rangtasvir, 

monumental  rangtasvir,  miniatyura  rangtasviri.  Rangtasvir  texnikasi  -  freska,  mozaika, 

vitraj. 

2.  Haykaltaroshlik  turlari  -  dastgohli  haykaltaroshlik,  dekorativ  haykaltaroshlik, 

monumental haykaltaroshlik; relьef (barelьef, gorelьef); yumaloq haykallar.  

3.  Grafika  turlari-dastgohli  grafika,  estamp,  plakat,  kitob  grafikasi;  gazeta-jurnal 

grafikasi; targ’ibot va tashviqot grafikasi; etiketka, upakovka, v.b. 



4.  Movaraunnahr  miniatyura  maktabi;  SHarq  miniatyura  maktablari.  Yevropada 

Uyg’onish davri tasviriy san’ati; O’zbekistonning hozirgi zamon tasviriy san’ati; Jahonning 

hozirgi  zamon  ilg’or  tasviriy  san’ati;  jahon  tasviriy  san’atidagi  asosiy  oqimlar;  dunyoning 

eng  yirik  tasviriy  san’at  muzeylari;  O’zbekistonning  eng  yirik  tasviriy  san’at  muzeyi. 

Jahonga mashhur eng buyuk rassomlarning hayoti va ijodi (Kamoliddin Behzod, Leonardo 

da Vinchi, O’rol Tansiqboev, CHingiz Axmarov v.b.). 

Naturaga  qarab  rasm  ishlash  mashg’ulotlari  narsalarning  tuzilishi,  shakli,  rangi, 

o’lchovlari, ularning xarakterli, tipik belgilarini bilish imkonini beradi. SHu orqali bolalarda 

kuzatuvchanlik,  xotira,  estetik  did,  obrazli  tafakkur  kabi  eng  muhim  tasviriy  malakalar 

shakllantiriladi  va  rivojlantiriladi.  Ular  tik,  yotiq,  og’ma,  egri,  to’lqinsimon  chiziqlarni 

chizish,  bo’yoqlar  bilan  tegishli  yuzani  bir  meyorda  bo’yash,  och  tusdan  to’q  tusga  va 

aksincha to’qdan ochga o’tish, o’quvchilar to’g’ri va egri chiziqlarni teng bo’laklarga bo’lish 

malakalarni  o’zlashtiradilar.  CHizilayotgan  rasm  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  qog’oz 

formatini  to’g’ri  tanlashni  hamda  rasmni  qog’ozda  kompozitsion  jihatdan  to’g’ri 

joylashtirishni  o’rganadilar.  SHuningdek,  rasmni  bosqichlar  asosida  ishlashni 

o’zlashtiradilar. 

Naturaga  qarab  rasm  ishlash  mashg’ulotlarida  o’quvchilar  mo’yqalam,  rangli 

qalamlar,  akvarel,  guashь  bo’yoqlari  bilan  ishlash  yo’llarini  o’rganadilar,  imkoni  bor 

joylarda ko’mir (ugolь), sous, pastel, sangina kabi materiallar bilan ham ish olib boradilar. 

Amaliy  ishlarda  odam,  hayvon,  qushlar  gavdasining  tuzilishi,  ular  qismlarining 

o’lchov nisbatlari, shakllarini to’g’ri aks ettirish malakalari takomillashtiriladi. Yorug’soya, 

rangshunoslik,  perspektiva,  kompozitsiya  yuzasidan  nazariy  ma’lumotlar  berish  bilan  bir 

qatorda o’ziga qarab alohida va natyurmort ishlash yuzasidan amaliy ishlar bajariladi. 

Tasvirlash  jarayonida  naturani  tahlil  qilish,  ularning  qismlarini  bir-biri  bilan 

taqqoslash,  umumlashtirish  kabilar  rasm  ishlovchining  e’tibor  markazida  bo’ladi.  Bunda, 

ayniqsa,  chiziqlar  ravonligi,  ranglarning  nafis  va  mutanosibligi,  ifodalangan  go’zallikni 

zehnlab tasvirlay olishga alohida e’tibor beriladi. 

Yuqorida  qayd  qilingan  vazifalar  1-2  soat  davomida  va  qisqa  muddatda  (5-10 

daqiqa) bajariladigan qoralama va ranglamalar shaklida bajariladi. Bu ishlar alohida mavzu 

asosida yoki mashg’ulot mazmunidan kelib chiqqan holda darsning boshlanish, o’rta yoki 

oxirida  amalga  oshiriladi.  Yuqorida  qayd  qilingan  vazifalar  va  topshiriqlar  o’simlik  va 

daraxt  barglari,  turli  shakl  va  rangdagi  gullar,  meva  va  sabzavotlar,  hunarmandchilik  va 

amaliy  san’at  buyumlarini  alohida  va  to’p  holda  natyurmort  tarzida  rasmini  chizdirish 

orqali amalga oshiriladi.  

Naturaga qarab bajariladigan topshiriqlar qush, hayvon, odam tasvirlarini to’la yoki 

xomaki rasmini ishlashni ham nazarda tutadi. 

Boshlang’ich  sinflarda  ko’proq  bolalarning  tasviriy  imkoniyatlariga  mos  keladigan 

bayroqcha,  soat,  havo  shari,  o’yinchoq  mashinalar,  ninachi,  kapalak,  tilla  qo’ng’iz  kabi 

hashoratlarni  rasmini  ishlash  nihoyatda  qo’l  keldi.  Bunday  mashg’ulotlar  uchun  natura 

tanlashda o’qituvchi, ularning estetik ko’rinishiga, shakl, rang jihatidan bolalarda qiziqish 

uyg’otadigan bo’lishligiga o’z e’tiborini  qaratadi. 

Kompozitsion  faoliyat  o’z  mazmuniga  ko’ra  uch  qismga  bo’linadi.  1.  Rangtasvir 

kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. 

Kompozitsion  faoliyat  o’quvchilarda  badiiy-ijodiy  qobiliyatni,  o’z  fikr  va 

taassurotlarini rasmda obrazli qilib tasvirlash hamda badiiy didni o’stirishni maqsad qilib  

qo’yadi. 

Rangtasvir  kompozitsiyasi  mashg’ulotlari  tevarak-atrofdan  olingan  ko’rinish  va 

hodisalarni  uning  barcha  janrlarida  (manzara,  turmush,  natyurmort,  tarixiy,  animalistik, 

afsonaviy,  marina)  amaliy  ishlar  shaklida  bajarishni  nazarda  tutadi.  Bu  amaliy  ishlar 

bevosita  yorug’soya,  rangshunoslik,  perspektiva  yuzasidan  olib  boriladigan  nazariy 

bilimlar    bilan  bog’liq  holda  amalga  oshiriladi.  Bunday  amaliy  mashg’ulotlarda    bolalar 



naturani  kuzatish,  (qoralama,  ranglama,  uzoq  davom  etadigan  rasm  ishlash)  xotiradan, 

tasviriy  san’at  asarlaridan  olgan  bilim  va  malakalarga  tayangan  holda  ish  olib  boradilar. 

O’quvchilar tanlangan mavzuga ko’ra uning elementlarini qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq 

holda  joylashtirish,  yaxlit  kompozitsiyani  hosil  qilish,  mavzu  mazmuniga  mos  keladigan 

kompozitsiyani  topish uchun  bir qancha  xomaki  ishlar,  eskizlar  ishlaydilar.  Kompozitsiya 

tuzishda bolalar obrazlarning tipik belgilarini tanlab olib, qismlarning o’rnini almashtirib, 

qo’shimcha  detallar  kiritish  orqali  kompozitsiya  mazmunini  boyitish  kabilarga  alohida 

e’tibor  beradilar.  Unda  kompozitsiyaning  bir  butunligi,  qismlarni,  shakllarni,  ranglarni 

xillashtirish  va  ular  o’rtasidagi  bog’lanish  va  kontrastlik,  asardagi  hamma  vositalarning 

bosh g’oyaga bo’ysindirish kabi qonun va qoidalar hisobga olinadi. 

Rangtasvir kompozitsiyasi darslarida o’quvchilar bo’yoqlar bilan tasvirlash, tasvirda 

asosiyni bo’rttirib ko’rsatish, tasvirda uzoq-yaqinlikni ifodalashda perspektiva qoidalariga 

amal qilishni o’rganadilar. 

Dekorativ  kompozitsiya  mashg’ulotlarida  badiiy-bezak  ishlarida  foydalaniladigan 

yo’lsimon, kvadrat, to’rtburchak, doira naqshlar, ochiq va yopiq naqshlar, nomoyon naqsh 

namunalaridan ko’chirish va mustaqil ijodiy ishlarni o’rganadilar. Bu ishlar bevosita buyum 

bezagi bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. 

SHuningdek, taklifnoma, tabriknomalar tayyorlash kabi amaliy ishlar ham bajariladi. 

Milliy  va  chet  el  xalqlarining  liboslari  uchun  eskizlar  tayyorlanadi,  tabiiy  shakllarni 

stilizatsiyalash  yuzasidan  mustaqil  ishlar  olib  boriladi.  Dekorativ  kompozitsiya 

mashg’ulotlarida  halq  ertaklari,  hikoyalar,  dostonlar,  she’rlar  mazmuniga  eskizlar  ishlash 

katta  o’rinni  egallaydi.  Bunda  bolalar  kitoblarni  ichki  va  tashqi  (muqova)  bezagiga  doir 

(bosh  bezak,  yakuniy  bezak,  zarhal  harf,  illyustratsiya)  ishlarni  bajaradilar.  Dekorativ 

ishlarda o’quvchilar buyumlarning vazifalari, ularning shakli, bezak elementlarining o’zaro 

bog’liqligi  haqida  elementar  tushunchalarga  ega  bo’ladilar  hamda  yuksak  mahorat  bilan 

tasvirlangan  narsalarni  didsiz,  pala-partish  ishlangan  narsalardan  farq  qilishni 

o’rganadilar. 

Dekorativ  kompozitsiya  darslarida  bolalarga  har  qanday  naqshlarning  elementlari 

tevarak-atrofdagi  narsa  va  hodisalardan  olingani  haqida  tushuncha  beriladi.  Binobarin, 

naqsh  ishlash  mashg’ulotlarida  rasm  ishlovchi  real  shaklni  o’zgartirishi,  uni 

soddalashtirishi, unga yangi elementlarni qo’shishi mumkinligini o’rganib oladi. 

SHu  bilan  birga  o’quvchilar  turli  xalqlarning  bugungi  dekorativ-amaliy  san’ati 

hamda  dizayn  san’ati  bilan  tanishadilar.  Dizayn  ishlarida  bolalar  dazmol,  choynak  uchun 

taglik, quticha, libos uchun bezak eskizi, televizor, kreslo, yengil avtomobilni yangi markasi 

eskizlarini ishlash bilan shug’ullanadilar. 

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg’ulotlarida odam, hayvon, qushlarning alohida 

haykallari, sport, hayvonot olami mavzularida, xalq ertaklari asosida  tasviriy ijodiy ishlar 

bajariladi.  Dekorativ  haykaltaroshlik  o’quvchilarda  turli  dekorativ  bezakli  rel’eflar  va 

o’yinchoq haykallar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. O’zbek halq 

kulolchilik  san’ati  an’analari  asosida  "Toychoq",  "Qo’zichoq",  “Bo’taloq“  kabi  o’yinchoq 

haykalchalar ishlanadi. Fantastik mavzularda, dev, ajdarho, kentavr, suv parisi, xumo qushi 

kabilarni dekorativ haykallari ijodiy tarzda bajariladi. Bunday  mashg’ulotlarda bolalar stek 

bilan  ishlash,  loy  yoki  plastilinni  dumaloqlash,  bosib  yapaloqlash,  silliqlash,  cho’zish 

usullarini o’rganadilar. 

Haykaltaroshlik mashg’ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo’lib, ularning birinchisi 

alohida-alohida  loy  yoki  plastilin  bo’laklarini  bir-biriga  yopishtirish  orqali  haykal  ishlash 

bo’lsa,  ikkinchisi  yaxlit  loy  bo’lagiga  stek  bilan  ishlov    berish  orqali  haykal  ishlashdir. 

Bularni  bolalar  yakka  yoki  guruh  bo’lib  bajaradilar.  Kompozitsiyalardagi  obrazlar  soniga 

qarab, guruhdagi bolalar soni kam yoki ko’p bo’lishi mumkin. 

 

 




 

 

 



 

 

 



5-mavzu: BOSHLANG’ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISH METODIKISI 

Reja: 


1.  Boshlang’ich  sinflarda  borliqni  idrok  etish  mashg’ulotlari  metodikasining  o’ziga 

xos xususiyatlari.  

2. Boshlang’ich sinflarda badiiy-qurish yasash mashg’ulotlari metodikasining o’ziga 

xos xususiyatlari.  

3. Naturaga qarab rasm ishlash mashg’ulotlari metodikasi.  

4. Boshlang’ich sinflarda o’ziga qarab haykal ishlash metodikasi.  

5. Boshlang’ich sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlari metodikasi.  

6. Boshlang’ich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg’ulotlari metodikasi.  

7.Boshlang’ich sinflarda haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg’ulotlari  metodikasi. 

Tayanch so’z va iboralar: 

Boshlang’ich  sinflar,  borliqni  idrok  etish,  mashg’ulotlar,  metod,  metodika, 

badiiy-qurish  yasash,  natura,  haykal,  rangtasvir,  dekorativ  kompozitsiya, 

haykaltaroshlik, tasviriy faoliyat, layoqat, ta’lim mazmuni, ijod. 

 

 



Boshlang’ich  sinflarda  tasviriy  san’atni  o’qitishning  o’ziga  xos  xususiyatlari,  avvalo 

bu sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va 

psixologiyasi,  qiziqishi,  ulardagi  mavjud  bilim  va  qobiliyat  hamda  layoqatlariga  qarab 

belgilanadi. 

 

Ma’lumki,  bolalarda  tasviriy  faoliyatga,  xususan  rasm  chizishga  ishtiyoq  nihoyatda 



erta  boshlanadi.  Uni  2-3  yoshlardan  boshlanishi  tarixdan  ma’lum.  SHunisi  xarakterliki, 

bolalar  o’qish  va  yozishdan  ko’ra  rasm  chizishni  juda  yoqtiradilar.  Biroq  ular  chizadigan 

rasmlarning davomiyligi juda qisqa bo’ladi, 1-2 minut, ko’pi bilan 4-5 minutda har qanday 

rasmni tugallab qo’yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli bo’lmasa-da, biroq 

mazmunan biron-bir ko’rinishni, voqeani yoki buyumni o’z iqtidorlariga yarasha, ularning 

xarakterli belgilarini tasvirlay oladilar. Bo’yoqlar bilan ishlash ularga ma’lum qiyinchiliklar 

tug’dirishi  sababli  ulardan  foydalanishni  aytarlik  xush  ko’rmaydilar.  Lekin  turli  yorqin 

ranglar  bilan  bo’yalgan  buyumlar  bolalarda  katta  qiziqish  uyg’otadi.  Rasmlari  yaxshi 

chiqmagan  holda  o’z  ishlaridan  ixloslari  tez  qaytadi.  Bunday  sharoitda  o’qituvchining 

bolalarga  tez  yordam  ko’rsatishi  va  kayfiyatini  ko’tarishga  harakat  qilishi  foydadan  holi 

bo’lmaydi. 

 

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  tasviriy  faoliyatlarining  xarakterli  jihatlaridan 



yana  biri  ularning  chizadigan  rasmlarini  soddalashtirishga  bo’lgan  xarakatlaridir.  Ular 

ayrim  narsalarning  oldi  ko’rinishini 

(uy,  odam,  kitob,  soat,  portfelь)  ayrimlarini  yon 

tomonidan 

(mashina, qayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana boshqalarini ustki 

tomonidan 

(kapalak,  barg,  ninachi,  qo’ng’iz  v.b.)  tasvirlaydilar.  Bunga  asosiy  sabab  bu 

yoshdagi  bolalar  hali  narsalarni  yorug’soya,  perspektiv  qisqarishi  va  ularning  qoidalarini 

uncha tushunib yetmaganliklaridir. 

 

Bolalar  ijodiga  xos  yana  bir  jihat  bor,  u  ham  bo’lsa  tasvirlarni  (buyumlarni)  bir-



birlarini  to’sib  turgan  (yoki  qisman)  holda  tasvirlanmasligidir.  CHunki  bolalar  narsalarni 

doimo butun holda idrok etadilar. 




 

Yuqorida  qayd  qilingan  tasviriy  faoliyatlarning  bu  hususiyatlari  bolalar 

tafakkurining konkret, obrazli va emotsional tarzda bo’lishligi bilan bog’lanadi. 

 

Endi boshlang’ich sinflarda tasviriy san’at darslarini o’tkazish metodikasining o’ziga 



xos xususiyatlari haqida to’xtaladigan bo’lsak avvalo uning quyidagi to’rt turi qayd qilinishi 

lozim: 


 

1. Borliqni idrok etish.  

 

2. Badiiy qurish-yasash.  



 

3.  Naturaga  qarab  tasvirlash  (naturaga  qarab  rasm  ishlash,  naturaga  qarab 

haykal ishlash).  

 

4. Kompozitsion faoliyat.  



Borliqni    idrok    etish  mashg’ulotlari  1-4-  sinf  dasturida  aks  etgan  bo’lib,  uning 

maqsadi  bolalarni  o’rab  olgan  borliq  haqida,  ulardagi  narsa  va  hodisalarning  tuzilishi, 

shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlari haqida tasavvur hosil qilishdir.  CHunki, bolalar 

tevarak-atrofni, ya’ni tabiat, hayvonlar va qushlar olami, hashoratlar va baliqlar, odamlar, 

obi-havo, predmet va buyumlar, qurilish va transport vositalari haqida yaxshi tasavvurga 

ega  bo’lganliklari  taqdirdagina  ularning  rasmlarini  aniq-ravshan  tasvirlaydilar.  Borliqni 

idrok  etish  mashg’ulotlarining  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  amaliyotda  ularni 

o’rganishi kerak bo’lgan quyidagi yo’llar qo’llaniladi: 

1. Buyumni, tabiatni o’ziga qarab kuzatish orqali o’rganish. 

2. Borliq haqida o’qituvchining suhbati orqali o’rganish. 

3. Savol-javob orqali o’rganish. 

4. Borliqni rasmini chizish orqali o’rganish. 

5. O’qituvchining pedagogik rasmi orqali o’rganish v.b. 

O’qituvchilar  uchun  namoyish  etiladigan  narsalar  va  tasvirlar  avvalo  mashg’ulot 

mavzusi  bilan  bog’liq  holda  bo’lib,  ular  o’z  tuzilishi,  shakli,  rangi,  o’lchovlari  bilan  sodda, 

tushunarli,  bolalarda  his-hayajon  uyg’otadigan  bo’lishligi  maqsadga  muvofiqdir.  Eng 

muhimi,  bunday  materiallar  o’quvchilarni  o’ylashga  majbur  etadigan,  bolalarni  yangi 

tushunchalar bilan boyitadigan bo’lishligi muhim. 

Namoyish  etiladigan  narsalar,  ularning  tasvirlari  haqidagi  ma’lumotlarni  bolalarga 

og’zaki  yetkazishda  ularning  tahlili  muhim  ahamiyat  kasb      etadi.  Bu  tahlil  bevosita 

narsalarning  tuzilishi,  shakli,  rangi,  o’lchovlari,  ularning    mohiyati  haqida  savol-javob 

tarzida o’tkazilishi maqsadga  muofiqdir.  

Quyida borliqni idrok etish mavzusiga doir mashg’ulot ishlanmasi beriladi. 

 

Dasning mavzusi:  Kuzgi tabiat manzarasini idrok etish. 



 

Darsning  vazifalari:    Kuzatuvchanlik,  sinchkovlik,  diqqat  va  xotirani  o’stirish. 

Tabiatdagi  go’zallikni  ko’ra  bilishga  va  qadrlay  olishga  o’rgatish.  Kuzgi  tabiat 

manzarasining o’ziga xos xususiyatlari va kuzgi ishlar bilan tanishtirish. 

 

Darsning  jihozlanishi:  Kuz    fasli  tasvirlangan  rasm.  Kuzgi  ishlarga  doir  manzara 



tasviri.  Tabiat  qo’yniga  sayohat.  Uni  tashkil  etishning  imkoni  bo’lmagani  taqdirda  san’at 

asarlarining  reproduktsiyalaridan  foydalanish  mumkin.  Masalan:  O’.Tansiqboevning 

"Tog’da  kuz",  Z.Inog’omovning  "Kuz",  N.Karaxanning  "Oltin  kuz",  I.Haydarovning  "Oltin 

kuz",  H.Basharovning  “O’zbek  kuzi.  SHaftolilar",  G.CHernuxinning  "Farzandlar  va 

nabiralar", Usta Mo’minning "Xirmonda" va boshqalar.  

Bu  asarlarning  hammasi  bilan  o’quvchilarni  tanishtirish  shart  emas.  Ulardan 

ayrimlari (o’z xoxishiga ko’ra) tanlab olinadi. 

    


Darsning mazmuni: Mashg’ulot asosan ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi, kuzgi 

tabiat  manzarasining  xarakterli  xususiyatlarini  estetik  idrok  etish,  ikkinchisi  kuzgi 

ishlarning o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 

o’qituvchi shunday ob’ektni tanlashi lozimki, bu ob’ekt   ham kuz, ham kuzgi ishlar uchun 

xarekterli ko’rinishda bo’lsin. 



Dars  o’quvchilarni  maktab  bog’i  yoki  dalaga  sayohatga  olib  chiqish  va  u  yerda 

amalga  oshirilayotgan  ishlar  bilan  tanishtirishdan  boshlanadi.  Sayohat  jarayonida 

o’qituvchi  bolalar  e’tiborini  chiroyli  kuz  manzarasiga  jalb  etadi.  Ularga  kuz  fasli  va  bu 

vaqtdagi  o’zgarishlar  haqida  so’zlab  beradi:  "Bolalar,  mana  hozir  kuz  fasli.  U  niqoyatda 

chiroyli,  chunki,  kuzda  havo  soviy  boshlaydi,  natijada  daraxtlarning  barglari  o’z  rangini 

o’zgartiradi. Ba’zi barglar qizg’ish tusga kiradi. O’t-maysalar sarg’aygan bo’ladi, qisqasi, ular 

oltin  rangga  burkanadilar.  Osmonda  yengil  parcha-parcha  bulutlar  paydo  bo’ladi.  Ertalab 

kuzgi  ekin  va  o’tlarning  usti  oppoq  qirov  bilan  qoplanadi.  Yerga  to’kilgan  daraxt  barglari 

oyoq ostida shitirlaydi. Oktyabrь oyida kech pishar mevalar terib olinadi va tokdagi shirin-

shakar  uzumlar  uziladi.  Yong’oq  qoqiladi.  Kechki  kartoshka,  sabzi,  piyoz,  lavlagi  kabi 

savzavotlar  yig’ishtirib    olinadi.  Bunday  ishlarni  amalga  oshirishda  o’quvchilar  ota-

onalariga,  maktab  bog’ida  esa  maktab  jamoasiga  yordam  beradilar.  Kuzda  shahar  va 

qishloqlarda ko’chat o’tkazish oyligi boshlanadi. Bu ishlarda ham bolalar kattalar bilan bir 

qatorda  qatnashadilar.  Kuzgi  yig’im-terim  ishlari  nihoyatda  zavqlidir.  Sayohat  jarayonida 

o’qituvchi  emotsional-estetik vaziyat  hosil  qilish maqsadida  bolalarga  kuz  va  kuzgi  ishlar 

haqidagi she’rlardan namunalar o’qib beradi. 

 

SHe’r  o’qib  bo’lingandan  so’ng,  tabiatning  ko’rinishi  bolalar  bilan  birgalikda  tahlil 



qilinadi. Tahlil jarayonida kuzatilayotgan manzara yuzasidan bolalarga savollar beriladi. Bu 

savollar quyidagicha bo’lishi mumkin: 

-kuzda  tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi? 

- qarshingizdagi manzarada qanday daraxt turlarini ko’ryapsiz? 

-daraxtlarning o’lchovi bir xilmi? 

-daraxtlarning shakli bir-biridan qanday farq qilib turibdi? 

- e’tibor bering, daraxt shoxlarining yo’g’onligi bir xilmi? 

-daraxtlarning tanasi va shox-shabbalarining tuzilishi qanday? 

-osmonga ham razm soling, uning  rangi qanday? 

-osmondagi bulutlarning shakli yoki rangi qanday (bulutlar bor bo’lsa)? 

-o’t va daraxtlarning rangida farq bormi? 

-tabiatni kuzatish jarayonida yaxshi taassurot qoldirgan narsa nima? 

Tabiatni kuzatish jarayonida bolalar ba’zi bir tabiiy materiallarni (urug’lar, barglar, 

mayda  hashoratlar,  ildizlar)  kollektsiya  uchun  yoki  tasviriy  ishlar  uchun  yig’ishlari 

mumkin. 

Kuzatilayotgan  ob’ekt  yuzasidan  savol-javob  tugagach,  o’qituvchi  suhbatga  yakun 

yasab, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi, kamchiliklarini to’ldiradi, xatolarini tuzatadi. 

Agar  dars  sinfda  o’tkaziladigan  bo’lsa,  o’qituvchi  yuqorida  nomlari  qayd  qilingan 

tasviriy san’at asarlarining reproduktsiyalari, diapozitivlari, slaydlarini bolalarga ko’rsatib, 

sinfda o’quvchilar bilan birga tahlil qiladi. Lekin, shuni ham qayd qilish lozimki, dars sinfda 

qanchalik  ilg’or  metodlar  bilan  olib  borilmasin,  baribir  u  aynan  tabiat  qo’yniga  qilingan 

sayohatning  o’rnini  bosa  olmaydi.  SHuning  uchun  o’qituvchi  darsni  iloji  boricha  tabiat 

qo’ynida o’tkazishga harakat qilishi lozim. 

Uyga  bolalarni  yashash  joylaridagi  bironta  oltin  rangga  kirgan  tabiat  manzarasini 

kuzatish vazifa qilib topshiriladi. 

Badiiy 


qurish-yasash 

mashg’ulotlarini 

boshlang’ich 

sinflarda 

o’tkazish 

rejalashtirilgan.  Bunday  mashg’ulotlarni  o’tkazish  uchun  bolalarga  turli-tuman  tabiiy  va 

badiiy  materiallar  zarur  bo’lganligi  sababli,  o’qituvchi  bu  masalaga  o’z  e’tiborini  ko’proq 

qaratishi  kerak  bo’ladi  O’qituvchi  barcha  bolalarni  bunday  materiallar  bilan  ta’minlay 

olmagani  taqdirda  bu  ishga  o’quvchilarni  jalb  etishi  zarur  bo’ladi.  Tabiiy  va  badiiy, 

tashlandiq materiallarni to’plash uchun sinfda maxsus joy ajratilgan bo’lishligi, uni bolalar 

ishtirokida to’lg’izib turilishi kerak bo’ladi.  

Qurish–yasash  mashg’ulotlariga  xos  bo’lgan  bir  muhim  jihat  shundaki,  bunda 

o’qituvchi va bolalar amaliy ishlarning bir vaqtni o’zida bajaradilar. Ayrim mashg’ulotlarda 



(ko’pincha  3-4-sinflarda)  amaliy  ish  uchun  hamma  tayyorgarlik  ishlari  tugangani  va 

topshiriq barcha bolalar uchun tushunarli bo’lganidan so’ng asosiy ishga o’tiladi. 

Badiiy  qurish-yasash  mashg’ulotlarida  o’qituvchi  bolalarni  faqat  bir  xil  material 

yordamida  ishlash  bilan  chegaralab  qo’ymasligi  lozim.    Ular  ham  tabiiy,  ham badiiy,  ham 

tashlandiq materiallar bo’lishligi mumkin. 

Bunday  mashg’ulotlarda  o’qituvchi  tabiiy  va  tashlandiq  materiallar  yordamida 

hashorat,  qush,  hayvon,  odam  kabilarning  shaklini  ko’rsatishi  muhimdir.  Masalan,  ildizda 

ilon, kaltakesak, ilon baliq, yong’oq po’chog’ida toshbaqa kosasi, tuxum po’chog’ida pingvin, 

jo’xori  o’zagida  hayvon  tanasi  shakllarini  ko’rish  mumkin.  Badiiy  qurish-yasash  ishlarida 

o’qituvchi  materiallarning  xususiyatlari  (qattiq,  yumshoq,  mo’rt,  og’ir,  yengil,  yaltiroq, 

egiluvchan v.b.), ular bilan to’g’ri munosabatda bo’lishlik haqida ham bolalarga yetarlicha 

va  keng  tushunchalar  berishi  kerak  bo’ladi.  Turli  materiallardan  yasalgan  narsalarni 

to’plab,  ularni  bolalarga  tez-tez  namoyish  etib  turish,  ularning ijodkorligini  faollashtiradi, 

tabiiy va tashlandiq materiallardan samarali foydalanishga yo’naltiradi. 

Mashg’ulotlarning samaradorligi bolalarni uyda, ko’chada, sayohat vaqtida tabiiy va 

tashlandiq  materiallarni  ko’plab  yig’ish  hamda  maktabga  olib  kelishga  ham  bog’liq. 

SHuning  uchun  o’qituvchi  har  bir  darsda  bu  haqda  bolalarga  ko’rsatma  berishi,    yangi 

bajarilgan  orginal qurish-yasash ishlaridan ularga ko’rsatib turishi yaxshi natijalar beradi. 

Quyida badiiy qurish-yasashga doir dars ishlamasi beriladi. 

Darsning  mavzusi:  Hayvonlar  tasvirini  tabiiy  materiallardan  applikatsiya  uslida 

ishlash. 

Darsning vazifalari: O’quvchilarni tasviriy faoliyatda turli materiallardan foydalanish 

haqidagi tushunchalarini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Narsalar shaklini 

va o’lchov nisbatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. Applikatsiya ishlash malakalarini o’stirish. 

Darsning  jihozlanishi:  Hayvonlarni  tabiiy  materiallardan  ishlangan  rasmlari,  yangi 

yoki quritilgan barglar, bolalar kitoblariga ishlangan illyustratsiyalar. 

Darsning  mazmuni:  O’qituvchi  bolalarning  bilimlarini  boyitish  va  tasavvurlarini 

o’stirish  uchun  ular  ko’rgan  hayvonlarini  eslashni  taklif  etadi.  O’qituvchi  savol  berib, 

bolalarni  hayvonlarning  nomi  va  tashqi  qiyofasi  haqidagi  bilimlarini  tekshirib  ko’radi. 

Bunda  u  quyidagi  savollarni  berishi  mumkin:  “Bolalar,  mana  bu  rasmlarga  qarang, 

nimalarni ko’ryapsiz? Ularning tashqi qiyofalari bir-biriga o’xshaydimi? Ularni farq qiluvchi 

belgilarini aytib bering. Ulardan qaysilarini ko’rgansiz? Nomlarini ayting! Ana shu rasmdagi 

hayvonlarning  barglardan  ishlangan  applikatsiya  tasvirini  ko’rsating  va  xarakterli 

belgilariga  ko’ra  nomini  ayting!  O’z  oldingizda  turgan  barglardan  ko’rgazmali  qurolda 

tasvirlangan birorta hayvonning tashqi ko’rinishiga mos keladiganlarini tanlab oling! Ana 

shu barglardan nima qilish mumkin? Mana bu applikatsiya qanday barglardan ishlangan”? 

v.b. 

So’ng  o’qituvchi  o’quvchilarning  javoblaridagi  kamchiliklarni  to’ldirib,  ko’rgazmali 



qurol  asosida  ularning  tushunchalarini  yanada  boyitadi.  Buna  o’qituvchi  bolalarning 

diqqat-e’tiborini  asosan  hayvonlarning  tashqi  ko’rinishlariga,  qiyofalariga,  xarakterli 

belgilariga, o’lchovlari va o’lchov nisbatlariga qaratishi lozim. Asosiy ishga  o’tishdan avval 

o’qituvchi bolalarga xar xil tabiiy va badiiy materiallarni ko’rsatib, ulardan turli hayvonlar 

ishlash mumkinligini bildiradi. Navbatdagi ish o’quvchilarga barglardan biror hayvonning 

tashqi ko’rinishini amaliy tarzda ko’rsatishdir. Masalan, o’qituvchi bolalarga xo’roz tasvirini 

ishlab ko’rsatish uchun kattaroq bargni tanlab oladi va uni o’rtasidan qaychida qirqib, teng 

ikkiga bo’ladi. Bargning bir tomonidan xo’rozning bosh qismini tasvirlash uchun bir ozgina 

qiyib  tashlaydi.  So’ngra  uni  fon  uchun  tanlangan  qog’ozga  yopishtiradi.  Keyin  xo’rozning 

oyoqlarini  mayda  barglardan  yasaydi.  Mo’yqalam  yordamida  xo’rozning  qora  rang  bilan 

ko’z va og’zini chizadi.  

Bolalar  tayyorlangan  barg  shakllarini  o’qituvchining  ruhsati  bilan,  yopishtirishga 

o’tadilar.  Bunda  hayvon  tasvirining  qaysi  detallari  tasvirning  tagida  qolishi  kerak  bo’lsa, 



oldin  o’sha  qismi  yopishtiriladi.  So’ngra  boshqa  qismlarini  yopishtirishga  o’tiladi.  Bunda 

o’qituvchi  barglarni  qog’ozga  yopishtirishda  ehtiyot  bo’lishni,  bargning  orqa  tomoniga 

mo’yqalamda  yelim  surgach,  kerakli  joyga  qo’yib,  ustidan  latta  bilan  bosib,  tekkislash  va 

ortiqcha yelimni latta bilan astalikda artib olish kerakligini eslatadi. 

Dasr  oxirida  o’quvchilarning  ishlari  namoyish  taxtasiga  qo’yiladi  va  bolalar  bilan 

birgalikda tahlil qilinadi. 

Uyga  xo’roz  tasvirini  kattaroq  o’lchovda,  boshqa  shakldagi  va  rangdagi  barglardan 

tayyorlash vazifa qilib topshiriladi. 

Naturaga  qarab  tasvirlash  boshlang’ich  sinflarda  yetakchi  o’rinlardan  birini 

egallaydi. U bolalarga rasm va haykal ishlashning elementar qonun-qoidalarini o’rgatadi. 

Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi:  

1.Narsaning o’ziga qarab rasm ishlash.  

2.Narsaga qarab haykal ishlash. 

Naturaga  qarab  rasm  ishlash  bolalarning  yoshlik  xususiyatlarini  hisobga  olgan 

narsalarni o’ziga qarab rasmini ishlashni nazarda tutadi. 

 Naturaga  qarab  rasm  ishlash,  naturani  kuzatish,  uning  tuzilishi,  shakli,  rangi, 

o’lchovlari,  o’lchov  nisbatlarini  tahlil  qilish,  rasmlarni  natura  bilan  solishtirish  kabi 

metodlar asosida olib boriladi. Naturaning o’lchoviga qarab ularni chizish uchun yiriklarini 

sinfda 2-3 joyga, maydalarini har bir partaga bittadan qo’yib chiqish kerak bo’ladi. 

Mayda  o’lchovdagi  naturani,  aytaylik  bargni  natura  sifatida  hamma  joyda  bir  xil 

bo’lishi  shart  emas,  ularni  bolalarni  rasm  ishlash  layoqatiga  qarab  har  xil 

murakkablikdagisini qo’ysa bo’ladi. 

Naturaga  qarab  rasm  ishlashda  bolalarni  bosqichlar    asosida  rasm  ishlashga 

o’rgatish  muhim.  Bunda  bolalar,  birinchi  galda  rasmni  o’lchov  jihatidan  to’g’ri  belgilash, 

ikkinchidan  rasmni  qog’oz  yuzasida  to’g’ri  joylashtirishga  o’rgatiladi.  Keyinchalik 

naturaning tasvirini ishlashga o’tiladi. Bunda rasm ishlashni ikki xil metodikasi qo’llaniladi: 

1). Naturani yordamchi chiziqlar asosida belgilab olib rasmini ishlash. 2). Naturani bir yo’la 

bo’laklar  shaklining  rasmini  ishlashdan  boshlanib,  so’ngra  ularni  umumlashtiriladi  va 

bo’yaladi.  

Naturaga  qarab  rasm  ishlashda  yordamchi  chiziqlardan  foydalanish  bilan  bir 

qatorda o’q chiziq, simmetriya o’qidan foydalaniladi. SHunindek, narsalar tasvirini bironta 

geometrik shaklga tushirib olib ham ishlanadi. Xususan, ninachi rasmini ishlaganda avval 

uning qanotlarini to’rtburchak shaklida, soatni aylana shaklida chizib olinadi, keyinchalik 

uning tasvirini aniqlashtiriladi. 

Boshlang’ich sinflarda rasm ishlash malakalarini hosil qilish ko’proq naturaga qarab 

rasm  ishlash  bo’limiga  to’g’ri  keladi.  SHuning  uchun  ham  bunday  mashg’ulotlarda 

o’quvchilarning  o’quv  qurollari  (qalam,  o’chirg’ich,  bo’yoq,  daftar  v.b.)  bilan  to’g’ri 

munosabatda  bo’lishga,  ularni  to’g’ri  ishlatishga  o’rgatish  muhimdir.  Rasm  ishlash 

malakalarini shakllantirish esa ma’lum tizimda amalga oshirilgani ma’qul. Ayniqsa, to’g’ri-

tik,  to’g’ri-yotiq,  to’g’ri-og’ma,  egri  kabi  chiziqlarni  chizdirish,  ularni  teng  yoki  teng 

bo’lmagan bo’laklarga  bo’lishga o’rgatish  ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. 

SHuningdek,  shakllar,  bo’yoqlar  bilan  yuzani  qalam  yoki  bo’yoq  bilan  bir  tekisda  bo’yash 

yuzasidan bilim va malakalar hosil qilishda ham shu tartibga rioya qilinadi. 

Yana  shuni  ham  qayd  qilish  lozimki,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  hali  rasm 

ishlash  layoqatlarining  pastligini  hisobga  olib,  ularga  ortiqcha,  murakkab  vazifalar  berib 

bo’lmaydi.  Narsalar  rasmini  ishlashda  ularning  hajmini  yorug’soya,  perspektiva  qoidalari 

asosida  tasvirlash  ham  talab  etilmaydi.  SHuningdek,  ular  tomonidan  chizilgan  rasmga 

ortiqcha talablar ham qo’yib bo’lmaydi. 

Quyida naturaga qarab rasm ishlash bo’limiga doir mashg’ulot ishlanmasi berilgan. 

Darsning mavzusi: Ninachining o’ziga qarab rasmini ishlash. 




Darsning  vazifalari:  O’quvchilarni  murakkab  va  simmetrik  shakldagi  narsalarning 

tuzilishi,  shaklini  ko’ra  bilishga  o’rgatish,  ularning  tasviriy    malakalarini  rivojlantirish. 

Tabiatga nisbatan mehr uyg’otish. 

Darsning  jihozlanishi:  Ninachi  kollektsiyalari.  Katta  o’lchovda  ishlangan  ninachi 

rasmi va parallel sinf o’quvchilarining shu mavzuda ishlagan rasmlaridan namunalar. 

Darsning  mazmuni:  Yangi  mavzuni  bayon  qilishni  o’qituvchi  ninachilar  haqida 

qisqacha suhbat bilan boshlaydi: 

Bolalar,  yozgi  ta’til  vaqtida  siz  har  xil  kapalak,  ninachi,  tillaqo’ng’iz  kabi 

hashoratlarni  ko’rgan  va  ulardan  kollektsiya  to’plagan  bo’lsangiz  kerak.  Ma’lumki, 

ninachilar  shakli,  tuzulishi,  rangi,  bezagi,  o’lchovi  jihatdan  nihoyatda  xilma-xil  bo’ladilar. 

SHunga qaramasdan, ularning bir-biriga o’xshash tomonlari ko’p. Ninachilarni o’xshash va 

umumiy tomonlarini solishtirib ko’rish orqali bilib olish qiyin emas. Ninachilar o’zlarining 

shakli, rangi va yengil parvozi bilan kishilarga nihoyatda zavq bag’ishlaydi. SHuning uchun 

ham ko’pchilik bolalar ularni sevishadi. Ularni tutib kollektsiya to’playdilar. 

Ninachilar  haqidagi  umumiy  suhbat  tugagach,  katta  o’lchovdagi  bironta  kapalak 

rasmi doskaga osib qo’yiladi va u bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi. 

Tahlil quyidagicha savollar yordamida amalga oshiriladi: 

-Ninachi qanday bo’lakladan tashkil topgan? 

-Ninachining qanoti qanday ko’rinishda? 

-Ninachining bosh qismi va tanasining shaklichi? 

-Ninachining tanasi va qanotlarida qanday ranglar bor? 

-Ninachi simmetrik shakldami yoki yo’qmi? 

-Nima sababdan ninachini simmetrik shaklda deymiz?  

-Ninachining qanoti, tanasi, boshi, mo’ylovi o’zaro qanday tutashgan? 

O’qituvchi  ninachilarni  namunalarini  ko’rsatadi  va  ularni  rasmini  chizish  usulini 

doskada ko’rsatadi. Bu ishni u birinchi galda rasmni qog’oz yuzasida kompozitsion jihatdan 

to’g’ri joylashtirishni tushuntirishdan boshlaydi. SHu maqsadda u o’zi ishlagan namunaviy 

rasmni  va  parellel  sinf  o’quvchilarining  ishlagan  rasmlaridan  namunalarni  bolalarga 

ko’rsatadi. 

Rasm chizish simmetriya o’qini belgilash va ninachining umumiy balandligini yotiq 

chiziq  bilan,  enini  og’ma  chiziqlar  bilan  belgilab  olishdan  boshlanadi.  So’ngra  simmetriya 

o’qi  ustida  ninachining  boshi,  tanasi,  dumining  tasviri  ishlanadi.  Oxirida  esa  belgilangan 

yotiq va og’ma chiziqlar orasida ninachi qanotlarining rasmi tasvirlanadi. Rasm chizishdagi 

bosqichlarni  o’qituvchi  ba’zi  o’quvchilarga  og’zaki  takrorlatganidan  so’ng  uni  doskadan 

o’chirib tashlaydi. So’ngra bolalar partalarga qo’yilgan ninachilarni kuzatadilar va ularning 

o’ziga  qarab  rasmini  (qalamda  va  bo’yoq  bilan)  ishlaydilar.  Dars  oxirida  sinfda  ishlangan 

bolalar  ishlaridan  namunalar  ajratib  olinib,  tahlil  qilinadi.  Yaxshi  ishlangan  rasmlarning 

egalari rag’batlantiriladi, bo’sh ishlangan rasmlardagi xato va kamchiliklar qayd etiladi.  

Yana  bir  boshqa  ninachining  o’ziga  qarab  rasmini  chizish  uyga  vazifa  qilib 

topshiriladi.  

Yuqorida  qayd  qilinganidek,  naturaga  qarab  tasvirlash, 

naturaga  qarab  haykal 

ishlashni ham nazarda tutiladi. 

Bu  mashg’ulotlarning  yana  o’ziga  xos  jihatlaridan  biri  bolalarda  plastilin,  loy,  stek 

bilan to’g’ri munosabatda bo’lish, loy (plastilinni) parchalarini o’zaro qo’shish orqali haykal 

ishlash,  shuningdek,  birgina  yirik  loy  bo’lagidan  ortiqcha  joylarini  olib  tashlash  orqali 

haykal  hosil  qilish  metodikasini  to’g’ri  o’zlashtirib  olishga  qaratilganligidir.  O’quvchilar 

tomonidan  topshiriqlarni  bajarishda  naturani  barchaga  to’liq  ko’rinishiga  erishish 

muhimdir. SHuningdek, naturani bolalar ishtirokida savol-javob orqali tahlil qilish, u haqda 

to’liq tasavvur hosil qilishga imkon beradi. 




Boshlang’ich sinflarda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, o’zbek xalqiga 

xos bo’lgan mayda haykalchalar yasashga oid ishlardan namunalar ko’chirtirish, bu san’at 

turining milliy badiiy an’analarini o’rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Quyida o’ziga qarab haykal ishlash mavzusiga doir dars ishlanmasi beriladi.  

Darsning mavzusi: O’yinchoq-toychoq haykalini ishlash. 

Darsning vazifalari: O’yinchoq-toychoqning tuzilishi, shakli, xarakterli tomonlarini 

ko’ra  bilish  va  tasvirlashga  o’rgatish.  O’quvchilarning  loy  va  plastilin  bilan  ishlash 

malakalarini rivojlantirish. 

Darsning  jihozlanishi:  Turli  zotli  otlarning,  shuningdek,  o’yinchoq-toychoq 

haykalchalari. O’yinchoq-toychoq yasovchi ustalarning ish holatidagi rasmlari. 

Darsning  mazmuni:  Dars  o’qituvchining  otlar  haqidagi  suhbati  bilan  boshlanadi. 

Bunda  otlarning  qaysi  maqsadlarda  boqilishi,  ularning zotlari  haqida  alohida  to’xtalinadi.  

Suhbatda  ayniqsa,  bizning  diyorimizda  otlarning  mavjud  turlaridan  qorabayr,  arabi,    

laqay,  yovmut  zotlari  borligini  qayd  qilinadi.  Bunday  otlar  va  ularning  toychoqlarining 

rasmlari  namoyish  etiladi.  Namoyishda  toychoqlarning  tuzilishi,  shakli,  o’lchovlariga 

alohida e’tibor beriladi.  

O’zbek  xalq  kulolchilikgida  azaldan  ot  mavzusi  yetakchi  o’rinda  bo’lib,    ularning 

haykalchalarini ishlash qadimdan rasm bo’lib kelgan. Bunga misol qilib Hamro Rahimova, 

Umarqul Jo’raqulov, Abdurahim Muxtorovlar yaratgan ishlarni kiritish mumkin. Bu rasmda 

Umarqul Jo’raqulov rassom G.Ulьko tomonidan tasvirlangan. Bu asar o’qituvchi tomonidan 

bolalar  ishtirokida  tahlil  qilinadi.  So’ngra  bu  ustalar  tomonidan  ishlangan  toychoq 

haykalchalari  namoyish  etiladi.  O’yinchoq-toychoqdan  birontasining  tuzilishi,  shakli, 

o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, ranglari bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi.  

O’qituvchining  navbatdagi  ishi  o’quvchilarga  o’yinchoq-toychoq  haykalini    amaliy 

tarzda ishlab ko’rsatishdir. Toychoq haykali ham alohida loy bo’laklaridan ishlanadi. Bunda 

toychoqning  tanasi,  boshi,  oyoqlari,  dumi  uchun  loy  bo’laklari  tayyorlanadi  va  ularga 

kerakli  ko’rinish  berilgach  barcha  a’zolari  birlashtiriladi.  So’ngra,  toychoqning  tanasidagi 

mayda  qismlarning  shakllari  ishlab  chiqiladi.  SHu  kabi  tayyorgarlik  ishlari  tugagach, 

toychoqning  tanasiga  namlangan  barmoqda  yoki  xo’l  latta  yordamida  silliqlab  ishlov 

beriladi. 

O’quvchilar  mustaqil  ishga  kirishganlaridan  so’ng  o’qituvchi  haykal  ishlashda 

qiynalayotganlarga individual yordam ko’rsatadi. 

Dars  oxirida  barcha  ishlar  namoyish  taxtasiga  qo’yildi  va  o’quvchilar  bilan 

birgalikda tahlil qilinadi. 

Uyga sinf ishini davom ettirib tugallash vazifa qilib topshiriladi. 

Kompozitsion  faoliyat  mashg’ulotlari  boshlang’ich  sinflarda  rangtasvir 

kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya va haykaltaroshlik kompozitsiyasi kabi qismlardan 

tashkil topadi.   

Rangtasvir  kompozitsiyasi  mashg’ulotlarida  bolalar  ko’proq  yil  fasllari,  bayramlar, 

ommaviy  tomoshalar,  qishloq  va  shahar  mehnatkashlarining  kundalik  mehnati,  qush  va 

hayvonlar  hayoti  kabilarga  doir  mavzularda  rasm  ishlaydilar.  Bunday  mashg’ulotlarda 

o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini bolalar rasmlarida aks etadigan g’oya, rasm mazmuni, 

rasm  elementlarini  qog’oz  yuzasida  kompozitsion  jihatdan  to’g’ri  savodli  qilib 

tasvirlanishiga  qaratishi  lozim.  Boshlang’ich  sinflarda  tasvirlanayotgan  jarayon  yoki 

narsalarning  hajmini  yorug’soya,  perspektiva  yordamida  tasvirlash  talab  etilmaydi. 

Perspektiva qoidalariga rioya qilish talab etilmasada, biroq, yaqindagi narsalarni yirikroq, 

uzoqdagisini  kichikroq  tasvirlanishi  lozim.  Rangtasvir  kompozitsiyasida  tasvirlangan 

hayvonlar, qushlar, odamlar o’rtasidagi bir-birlari bilan bog’liqlikni, aloqadorlikni ham aks 

ettirish kerak bo’ladi. Kompozitsiyadagi barcha elementlar o’zaro bog’liqlikda tasvirlanishi 

shart.  Bolalar  rangtasvir  kompozitsiyasini  xarakterli  xususiyatlaridan  biri,  ularning 

rasmlaridagi  soddalik,  jo’nlik,  dunyoni  o’zlaricha  idrok  etishlari  va  tasvirlashlari 



hisoblanadi.  Ulardagi  bu  xususiyatlar  bolalar  rasmlarida  saqlanishi  lozim.  O’qituvchining 

bu masaladagi asosiy vazifasi bolalarning ijodiy faolligini oshirishga, rasmdagi g’oyani to’liq 

ifodalay olishga, rasmni emotsional ta’sirini kuchaytirishga ta’sir ko’rsatishdan iborat. 

Quyida rangtasvir kompozitsiyasiga doir dars ishlanmasi berilgan. 

Darsning mavzusi: "Varrak uchirish" mavzusida rasm ishlash. 

Darsning vazifalari: O’quvchilarning rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Badiiy 

bilim doirasini kengaytirish. Ko’rish xotirasi va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish. 

 

Darsning  jihozlanishi:  Bolalarning  turlicha  harakatdagi  holatda  turgan  sxematik 



rasmlari.  Rassomlarning  varrak  uchirishga  doir  ishlagan  asarlarining  reproduktsiyalari. 

Masalan,  M.Kagarovning  "Varrak  uchirayotgan  bola",  CH.Axmarovning  "Varrak  uchirish" 

nomli  asarlarining  reproduktsiyalari,  o’qituvchi  tomonidan  ishlangan  "Varrak  uchirish" 

mavzusidagi kompozitsiya variantlari, varrakning asl nusxasi va boshqalar. 

 

Darsning mazmuni: Yangi mavzuning bayoni suhbat bilan boshlanar ekan, o’qituvchi 



unda  o’quvchilarning  bahor  va  bahorgi  o’yinlar  haqidagi  tasavvurlarini  kengaytirishga 

xarakat  qiladi.  Bunda  u  o’quvchilarga  bahor  faslida  o’t-o’lanlarning  yam-yashil  tusga 

kirishi,  boychechak,  gunafsha,  lola  kabi  gullarning  ochilishi,  daraxtlarning  kurtak 

chiqarishi, laylak, qaldirg’och kabi qushlarning uchib uzoq o’lkalardan bizning diyorimizga 

kelishi, ayniqsa, bahorda bolalarning varrak uchirishlari haqida so’zlab beradi. M.Kagarov 

va CH.Axmarovlarning  varrak uchirishga doir  suratlarining reproduktsiyalarini namoyish 

etib,  tahlil  qilinadi.  So’ngra,  o’quvchi  varraklarning  turlari  va  yasalish  tartibi  haqida 

o’quvchilarga  qisqacha  tushuncha  beradi  va  ularning  rasmlarini  ko’rsatadi.  Varrakning 

uchishida  ko’proq  shamolning  roli  katta  ekanligi  va  uning  ochiq  joylarda,  qir-adirlarda 

kuchliroq esishi haqida so’zlab beradi. 

 

Kompozitsiya  uchun  quyidagi  mazmun  tavsiya  etiladi:  1.  Bolalar  varrakni  uchirish 



uchun  tayyorlamoqdalar.  2.  Bolalar  varrakni  uchirish  harakatidalar.                      3.  Bolalar 

varrakni  uchirish  uchun  olib  kelishmoqda.  4.  Bolalar  varrak  uchirmoqdalar  v.b.  Bunda 

o’qituvchi varrakning turlari bilan birga qog’oz laylak haqida ham ma’lumot beradi. Rasmni 

chizdirishda  ko’proq  o’quvchilarning  diqqat-e’tiborini  o’qituvchi 

"Varrak  uchirish" 

mavzusiga  oid  o’zi  namuna  uchun  ishlagan  rasm  kompozitsiya  variantlariga  qaratadi. 

Bunda  o’quvchilar  e’tibori  varrakning  osmondagi  holati  va  uning  ipini  tortayotgan 

bolalarning  holatlariga    qaratiladi.  Mavzu  asosida  rasm  ishlashdan  avval  qog’ozga 

kompozitsiyaning qalamtasviri chizib olinadi. Rasm guashь bo’yog’ida ishlanadigan bo’lsa 

qog’ozning pastki qismi yashil, yuqorisi esa havorang bo’yoqda bo’yaladi. Varraklar baland 

uchadigan  bo’lganligi  sababli  qog’ozning  osmon  uchun  ajartilgan    qismiga  ko’proq  joy 

qoldirgan  ma’qul.  Rasmda  dala  yoki  qir  tasvirlanayotgan  bo’lsa,  ularning  xususiyatlarini 

hisobga  olish  lozim.  So’ngra  osmonda  uchayotgan  varrak  va  uning  ipini  tortayotgan 

bolaning  rasmi ishlanadi. Bahor faslida ob-havo tez-tez o’zgarib turishi sababli osmonning 

turli  chekkalarida  yengil  bulutlar  uchib  yurgan  bo’ladi.  Ularni  ham bolalar  o’z  rasmlarida 

aks ettirishlari tasvirning yana ham hayotiy bo’lishligi uchun xizmat qiladi. Ochilib yotgan 

qoqio’tlar,  lolaqizg’aldoqlar,  uzoq-uzoqlardan  ko’zga  tashlanib  turgan  uylar,  osmondan 

uchib  o’tayotgan  samolyot  va  qushlar  rasmlari  chizilishi  ham  mumkin.    Rasmda  varrak 

uchirayotgan  birgina  bolaning  o’zini  tasvirlash  yetarli  emas,  bolalar  guruhini  ishlash 

maqsadga muvofiqdir. 

 

Varrak uchirish mavzusida rasm chizishni xohlamagan qiz bolalar yoki ba’zi bir o’g’il 



bolalar varrak rasmini ishlab, uni bezatishlari mumkin. 

 

Agar  rasm  akvarelь  bo’yog’ida  ishlanadigan  bo’lsa,  dastlab  qog’oz  sirti  ho’llanadi. 



Qog’oz  qurigach,  rasmni  akvarel  bo’yog’ida  ishlashga  o’tiladi.  Dastlab  osmon  uchun 

qoldirilgan  joy  havorang  bo’yoqda  ishlanadi.  Yer  rasmini  esa  och  yashil  rangda  va  ayrim 

joylariga jigarrangdan qo’shib ishlanadi. Bunda yashil va jigarranglar aralashib ketib u yer 

va o’sib yotgan ko’katlar rangini hosil qiladi. Yerni qip-qizil rangga bo’yab, qirlarda ochilib 

yotgan lolaqizg’aldoqlarning tasvirini bersa ham bo’ladi. So’ngra varrak va ipni tortayotgan 



bolalarning  rasmini  bo’yoq  bilan  ishlashga  o’tiladi.  Ayrim  xarakterli  belgilar,  masalan, 

varrakning  ipi,  butalarning  shoxchalari  va  hakozolar  mo’yqalamning  uchi  bilan 

tasvirlanadi.  O’qituvchi  ish  jarayonida  vaqti-vaqti  bilan  o’quvchilarning  yaxshi  ishlagan 

rasmlaridan  namunalar  ko’rsatib  turadi,  ulardagi  yutuq  va  kamchiliklarni  qisqacha 

sharxlab  beradi.  Dars  nihoyasida  rasmlardan  ayrimlari  namoyish  uchun  qo’yiladi  va  ular 

o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. 

Topshiriq  ikki  darsga  mo’ljallangan  bo’lib,  birinchisida  o’qituvchi  bahor  va 

bolalarning  bahorgi  o’yinlari  haqida  suhbat  o’tkazadi.  SHuningdek,  mavzuga  doir  san’at 

asarlarining  reproduktsiyalari,  rasmlar,  o’qituvchi  tomonidan  tayyorlangan  kompozitsiya 

namunalari  o’rganiladi  va  tahlil  qilinadi.  Topshiriq  tushuntiriladi,  kompozitsiya  ishlash 

yuzasidan yo’l-yo’riqlar beriladi. Mavzuga doir xomaki ishlar bajariladi. Vaqt bo’lsa bolalar 

kompozitsiya  ustida  ish  boshlaydilar.  Ikkinchi  darsda  bolalar  tomonidan  avvalgi  darsda 

boshlangan sinf ishi davom ettiriladi va yakunlanadi. 

 

Uyga  “Varrak  uchirish”  mavzusida  yangi  kompozitsiya  ishlash  vazifa  qilib 



topshiriladi. 

Darsning mavzusi: "Daraxt o’tqazish" mavzusida rasm ishlash. 

Darsning vazifalari: O’quvchilarning badiiy ijodiy qobiliyatlarini, estetik didi va rasm 

ishlash malakalarini rivojlantirish. Tabiatni sevishga hamda uni asrab-avaylashga o’rgatish. 

Darsning jihozlanishi:  "Ko’chat o’tqazish"  mavzusiga doir rasmlar. CH.Axmarovning 

mavzuga  doir  ishlangan  suvrati  (SHarqshunoslik  instituti  devoriga  ishlangan  freskadan 

fragment). O’qituvchi tomonidan tayyorlangan kompozitsiya variantlari. 

Darsning mazmuni:  Darsning  boshlang’ich  qismida  bahor  fasli  va  ko’chat  o’tqazish 

oyligi  haqida  suhbat  o’tkaziladi.  Bunda  o’qituvchi  ko’chat  o’tqazish,  mevazorlar 

yaratishning ahamiyati va bu haqda olim va donishmandlarning fikrlarini qayd qiladi. 

O’zbek xalqi qadimdan bog’-rog’lar yaratib, cho’llarni bo’stonlarga aylantirgan. Ular 

o’rikzorlar,  yong’oqzorlar,  uzumzorlar,  anorzorlar  barpo  qilinib,  xalqimizning  bunday 

mevalarga  bo’lgan  talablarini  qishin-yozin  qondirib  kelganlar.  Meva-chevalarning 

ko’payishi, ko’p jihatdan xalqimizning sog’ligini yaxshilashga xizmat qilgan. 

O’qituvchi  o’z  fikrlarini  tasdiqlash  maqsadida  mevazor  bog’  rasmlarini,  rassomlar 

tomonidan yaratilgan asarlarning reprodkutsiyalarini namoyish etadi. Mavzu bilan bog’liq 

bo’lgan  CH.Axmarov  tomonidan  ishlangan  suvrat  reprodkutsiyasi  bu  borada  o’qituvchiga 

nihoyatda qo’l keladi.  

O’qituvchi  u  yoki  bu  mavzu  bilan  aloqador  boshqa  bironta  asar  reproduktsiyasini 

bolalarga ko’rsatar ekan, u haqda suhbat o’tkazadi. Suhbat quyidagi savollar orqali amalga 

oshiriladi: 

-suvrat qaysi mavzuga bag’ishlangan? 

-nega shunday deb hisoblaysiz? 

-suvratda qanday voqea tasvirlangan? 

-suvratda kimlar tasvirlangan? Ularning har biri qanday ish bilan mashg’ul? 

-suvratdagi  voqea  qaysi  faslda  va  qaysi  oyda  sodir  bo’lyapti?  uni  qanday  bilish 

mumkin? 

-voqea qaerda sodir bo’lyapti? SHahardami, yoki qishloqdami? 

-suvratdagi voqea qaysi davrlarga xos? Uni qanday bilish mumkin? 

-suvratning nimasi sizga ko’proq yoqadi? 

-suvratni yanada mazmunli qilish mumkinmi? Qanday qilib? 

-suvrat  tahlili  tugagach,  o’qituvchi  bolalarning  javoblarini  tuzatadi,  to’ldiradi  va 

umumlashtiradi. 

O’quvchilarning  bahor  va  ko’chat  o’tqazish  haqidagi  tasavvurlarini  boyitish 

maqsadida o’qituvchi ularga bahor haqida, ko’chat o’tkazish haqida she’rlar o’qib beradi. 



SHundan  so’ng  o’qituvchi  slayd,  diapozitiv,  fotolar,  san’at  asarlarining 

reproduktsiyalarini  namoyish  etadi.  Ulardan  o’quvchilar  o’zlarining  ijodiy  ishlaridan 

foydalanadilar. 

Navbatdagi  vazifa  bolalarga  topshiriq  berish  va  uni  tushuntirishdan  iborat. 

Topshiriq  ko’chat  o’tkazish  haqida  bo’lib,  kompozitsiya  uchun  maktab  bog’i,  mevazorlar, 

shaxsiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi bog’i, ko’cha-kuylar ob’ekt qilib olinadi. Tasvir uchun voqea 

qaerda  bo’layotganligini  hisobga  olib,  odamlar,  daraxtlar,  hayvonlar,  qushlar,  daryolar, 

ko’llar, tog’lar tanlanishi mumkin. 

SHundan  so’ng,  o’qituvchi  rasm  kompozitsiyasi  haqida  gapirib,  uning  bir  nechta 

variantlari to’g’risida to’xtaladi Uni o’qituvchi xomaki tarzda qalamtasvirda uyda tayyorlab 

kelgan  bo’ladi.  Rasmlarning  uchchala  variantida  ham  bir  xil  voqea  va  bir  xil  rasm 

elementlari  mavjud  bo’ladi.  Ularning  bir-biridan  farqlari  faqat  rasm  elementlarining 

kompozitsion  jihatdan  joylashuvlaridadir.  Kompozitsiya  bilan  bir    qatorda  o’qituvchi 

rasmning qanday ranglar bilan bo’yalishi haqida ham fikr yuritadi. Bunda rasm ranglarida 

bahor  nafasi  anqib  turishi,  iliq  ranglarni  ko’proq  ishlatilishi  haqida  alohida    to’xtaladi. 

Rasmni  bo’yash  haqida  gap  borganda  uning  qoidalariga  rioya  qilish  lozimligini  ham 

o’qtiriladi.  Xususan,  avvalo  katta  yuzalar,  och  rangli  joylar,  keyinchalik  to’qroq  va  kichik 

yuzalar bosqichma-bosqich bo’yalishi qayd qilinadi. 

Bolalarning  mustaqil  ishlari  jarayonida  yordamchi  material  vazifasini  bajaruvchi 

rasmlar namoyish taxtasida darsning oxirigacha qoldiriladi. 

Bolalar mustaqil ishga kirishganlaridan so’ng o’qituvchi bolalarga individual, kerak 

bo’lgan taqdirda umumiy yordam beradi. Individual yordam ko’proq bo’sh o’zlashtiruvchi 

bolalarga ko’rsatiladi.  

Dars ikki soatga mo’ljallagan bo’lib, uning birinchi qismida bolalar rasmni qalamda, 

ikkinchi qismida  bo’yoqlar bilan tasvirlaydilar. 

Ikkala  darsning  oxirida  ham  o’quvchilarning  sinfda  bajargan  ishlariga  yakun 

yasaladi. Bunda bolalar ishlagan turli darajadagi rasmlardan namunalar ajratib olinib, ular 

butun sinf bolalari ishtirokida tahlil qilinadi.  

Uyga  vazifa  qilib,  har  ikkala  dars  oxirida  uyga  sinfda  bajarilgan  ishlarni  davom 

ettirish topshiriladi.   

Boshlang’ich  sinflarda 

dekorativ  kompozitsiya  mashg’ulotlari  naqsh  ishlash,  ertak 

va  hikoyalar  asosida  illyustratsiyalar  ishlash  kabilarni  nazarda  tutadi.  Bu  borada  naqsh 

ishlash  mashg’ulotlari  katta  o’rinni  egallaydi.  Ayniqsa,  yo’lsimon,  kvadrat,  to’rtburchak, 

aylana  shaklidagi  naqsh  namunalaridan  ko’chirib  o’rganishga,  o’zbek  xalq  amaliy  san’ati 

namunalarini o’zlashtirishga alohida e’tibor beriladi. Bunda ko’proq naqsh kompozitsiyasi, 

rang, elementlarni to’g’ri tasvirlash, ularni ijodiy xarakterda bo’lishligiga, naqsh foni bilan 

uning  elementlarining  ranglari  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlik,  stilizatsiya  masalalari 

o’qituvchining  diqqat  markazida  bo’lishi  hisoblanadi.    SHuningdek,  naqsh  gulining 

nomlarini ham o’quvchilarga ko’rgazmali tarzda tushuntirib borish talab etiladi.  Dastlabki 

mashg’ulotlarda  bolalar  yo’lsimon  naqsh  namunalaridan  ko’chirsalar,  keyingisida  naqsh 

sxemalari va elementlari asosida, oxirida butunlay ijodiy naqsh chizadilar. Quyida kvadrat 

shaklidagi naqsh sxemasi va elementlari ko’rsatilgan.   

Darsning mavzusi: Anor tasviridan yo’lsimon naqsh ishlash. 

Darsning  vazifalari:  O’quvchilarni  yo’lsimon  naqshlar  haqidagi  tushunchadarini 

yanada  kengaytirish.  Mevalardan  naqsh  tuzish  mumkinligi  haqida  tushuncha  hosil  qilish. 

Qalam va mo’yqalam bilan rasm chizish malakalarini rivojlantirish. 

Darsning  jihozlanishi:  Meva  va  sabzavotlar  tasviridan  ishlangan  naqshlar.  Anor  va 

uning stilizatsiyalangan tasvirlari. 

Darsning  mazmuni:  Yangi  mavzuni  bayon  qilishda  uzum,  anor,  kungaboqar 

tasviridan  tuzilgan  naqshlar,  anorning  stilizatsiyalashgan  tasvirlari  ko’rsatiladi  va 



tushuntiriladi.  So’ngra  anor  shaklidan  ishlangan  yo’lsimon  naqshni  kompozitsiya 

variantlari ko’rgazmali qurol yordamida tushuntiriladi.  

O’quvchilar  bu  naqshdan  birontasining  rasmini  ishlaydilar  va  rangini  o’zlari 

mustaqil ravishda tanlaydilar. 

O’qituvchi o’quvchilarning tasvirlay olish malakalari va tayyorgarligini hisobga olib, 

anor  tasviridan  ishlangan  uchta  naqshdan  birontasini  chizish  yo’li  o’quvchilarga  rasmda 

ko’rsatilganidek amalga oshiriladi.  

Uyga  vazifa  qilib  anor  tasviridan  boshqacha  kompozitsiyada  naqsh  ishlash  

topshiriladi. 

Darsning  mavzusi:  Doira  shaklida  mustaqil  naqsh  ishlash.  (Sxema  va  elementlar 

asosida). 

Darsning vazifalari: O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va badiiy didlarini o’stirish. 

Qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.  

Darsning jixozlanishi: O’zbek halq amaliy san’ati namunalari (so’zana, lagan, padnis, 

choynak va boshqalar) yoki ularning fotolari. 

Darsning  mazmuni:  O’qituvchi  yangi  mavzuni  o’tishga  kirishar  ekan,  avval 

o’quvchilarni  xalq  amaliy  san’ati  va  doira  shaklidagi  naqshlar  to’g’risida  tushunchilarini 

mustahkamlash maqsadida bolalarga savollar bilan murojaat qiladi. Bu savollar xalq amaliy 

san’atining  qaysi  turlarida  doira  shaklidagi  naqshlar  uchrashi,  xalq  amaliy  san’ati 

buyumlarining  vazifalari,  ularining  kompozitsiyalari,  bezak  elementlari,  ranglari, 

naqshlarda  ritm  va  simmetriya,  bezak  elementlarining  ranglari  o’rtasidagi  aloqadorlik 

haqida bo’ladi.  

Suhbatdan  so’ng  o’qituvchi  asosiy  masalaga  o’tib,  bunda  doira  shaklidagi  naqsh 

sxemalari  va  bezak  elementlari  tasvirlangan  ko’rgazmali  qurolni  bolalarga  ko’rsatadi. 

Ko’rgazmali  qurol  yuzasidan  fikr  yuritganda  bolalar  e’tibori  doira  shaklidagi  naqshlar  va 

naqsh sxemalari o’rtasidagi umumiylik va farqqa qaratiladi.   

Bu  kompozitsiya  sxemalarining  birinchisida  doiraning  markazi  bezatilib,  chetlari 

bo’sh qolganligi, ikkinchisida esa aksincha, chetlari bezatilib, o’rtasi bo’sh qolganligi qayd 

qilinadi. Uchinchi sxemada esa bezak elementlari doiraning ham markazi, ham chetida bir 

tekis joylashganligi aytiladi. 

Darsda bezak elementlarining nomlari bilan tanishtirish juda muhimdir. CHunki bu 

nomlar o’zbek amaliy san’atida keng qo’llanilgan. U xalq san’atini to’g’ri idrok etishida va 

dekorativ  faoliyatlarda  bolalarga  nihoyatda  yordam  beradi.  Bular  barg,  shobarg,  bodom, 

chuchmoma, uchbarg, lola, barggul, chorbarg, paxta, kichkina oygul kabilardir. 

O’quvchilarning  vazifasi  yuqorida  ko’rsatilgan  kompozitsiya  sxemalaridan 

birontasini  o’z  daftarlariga  chizish  va  rasmda  ko’rsatilagan  bezak  elementlarining  2-3 

tasidan  foydalanib  doira  shaklida  naqsh  ishlashdan  iboratdir.  Naqsh  xoshiyalari  uchun 

quyida ko’rsatilgan elementlardan foydalanish tavsiya etiladi.  

Bolalar  naqshni  bo’yashga  kirishishdan  avval  o’qituvchi  ularga  amaliy  san’at 

buyumlarini yoki ularning fotolarini ko’rsatib, naqsh ranglariga bolalar e’tiborini yana bir 

bor qaratadi.  

Dars  oxirida  bolalar  ishlagan  ishlardan  eng  xarakterlilari  ajratib  olinadi  va  ular 

hamma o’quvchilar ishtirokida tahlil qilinadi. 

Uyga doira shaklidagi yangi naqsh kompozitsiyasi ishlash vazifa qilib topshiriladi. 

Dekorativ kompozitsiya mashg’ulotlarida 

illyustrativ rasm ishlashga alohida e’tibor 

beriladi  va  u  ertak,  hikoya,  masal,  she’r  kabi  badiiy  asarlar  asosida  amalga  oshiriladi. 

Bunday  mashg’ulotlarning  muvaffaqiyati  ko’p  jihatdan  uni  to’g’ri  tashkil  etishga  bog’liq. 

Buning  uchun  avvalo  bolalar  yoshiga  mos,  qiziqarli,  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo’lgan 

adabiy  asar  tanlash  lozim.  Qolaversa,  asar  mazmunini  to’liq  bolalar  ongiga  yetkazish, 

undagi  eng  qiziqarli  joylarni  topish,  asar  bilan  bog’liq  yoki  unga  yaqin  illyustratsiyalarni 



bolalarga namoyish etish, ularni g’oya, mazmun, kompozitsiya, rang  jihatidan tahlil qilish 

kerak bo’ladi. 

Illyustrativ rasm ishlash mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z e’tiborini bolalar rasmlarini 

ijodiy xarakterda bo’lishiga, asardagi personajlarni obrazli, o’zlariga xos xarakterli holatda 

tasvirlanishiga, ularni va tevarak-atrofdagi boshqa tasviriy detallarni o’zaro aloqadorlikda  

tasvirlashlariga  qaratishi  lozim.  SHuningdek,  ular  kompozitsiya  qoidalariga  rioya  qilish, 

obraz  va  voqealarga  mos  ranglar  tanlash,  rasmda  planlikni  e’tibordan  qochirmasliklari 

lozim. Imkoni boricha yaqindagi obraz va narsalarni yiroqroq, uzoqdagilarni kichikroq qilib 

tasvirlash  lozimligini  bolalar  ongiga  yetkazish  va  uni  o’z  rasmlariga  tadbiq  qilishlariga 

yordam berish muhim. 

Illyustrativ  rasm  ishlash  mashg’ulotlarining  yana  bir  muhim  xususiyati  bolalarda 

fantaziya, obrazli tasavvurlarni o’stirishga qaratilganligidir. Bu sifatlarni rivojlantirishga 3-

4-sinflarda ko’proq e’tibor beriladi. Illyuyustrativ rasm ishlash, asosan ertak, hikoya, masal 

kabi adabiy asarlar bilan bog’liq bo’lganligi sababli  bolalar asardagi hayvonlarni odamlar 

qiyofasida  tasvirlashlariga  ruhsat  etiladi.  Ular  kiyimlar  kiygan,  odamlar  yashaydigan 

uylarda  yashayotgan,  ular  o’zaro  gaplashayotgan  va  mehnat  qilayotgan  hollarda 

tasvirlanishi  mumkin.  Bu  o’z  o’rinda  bolalarni  hayajonlantiradi,  ijodiy  ishlarini 

faollashtiradi. 

Ma’lumki,  illyustrativ  rasm  ishlash  mashg’ulotlari  odam,  hayvon,  qush  va  boshqa 

murakkab  tuzilishdagi  narsalarni  tasvirlash  bilan  bog’liq.  Ularni  o’ziga  o’xshatib  savodli 

tasvirlash bolalarga ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi. SHuni hisobga olib bu materiallarga 

doir  ko’rgazmali  qurollarni  (odam,  hayvon,  qush  tasvirlangan)  namoyish  etish  kerak 

bo’ladi. 

Quyida illyustrativ rasm ishlash mavzusiga doir dars ishlanmasi berilgan. 

Darsning mavzusi: “Susambil” nomli ertak asosida rasm ishlash. 

Darsning vazifalari: O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va badiiy didlarini o’stirish. 

Qalam  va  mo’yqalamda  ishlash  malakalarini  rivojlantirish.  Rasmda  ertak  mazmunini 

ifodalashga o’rgatish. 

Darsning  jihozlanishi:  R.Levitskiyning  “Susambil”  nomli  o’zbek  xalq  ertagiga 

ishlagan  illyustratsiyasining  reproduktsiyasi.  SHu  ertak  asosida  boshqa  sinf  bolalari 

ishlagan rasmlardan namunalar, xomaki rasmlar. Bo’ri, eshak, xo’roz, xo’kiz, kalamush, ari 

kabilarning  rasmlari.  Qog’ozdan  ishlangan  o’yinchoqlar  yoki  plastmassadan  tayyorlangan 

o’yinchoq nusxalari, hayvonot dunyosiga bag’ishlangan diafilьm, mulьtfilm slaydlar. 

Darsning  mazmuni:  O’qituvchi  avvalo  “Susambil”  nomli  ertakni  so’zlab  beradi. 

So’ngra  ertakdagi  eng  qiziqarli  voqealarni  bolalardan  so’raydi.  Ma’lum  bo’lishicha, 

ertakning  qiziqarli  joylari  quyidagilar  hisoblanadi:  eshak,  ho’kiz  va  xo’rozni  o’z  uylarini 

tashlab  chiqib  ketishlari,  bu  hayvonlarni  yo’lda  kalamush,  ari  bilan  do’stlashuvi,  bo’rilar 

podshosini  hayvonlarni  tutib  keltirish  haqidagi  buyruq  berayotgani,  bo’rilar  bilan 

hayvonlarning jangi, bo’rilar qochib o’z podshosiga bo’lgan voqeani gapirib berayotgani va 

boshqalar. 

O’qituvchi so’zida davom etib, rassom R.Levitskiyning “Susambil” ertagiga ishlangan 

rasmi  yuzasidan  suhbat  o’tkazadi.  Rasmda  “Susambil”  ertagidagi  bo’rilar  podshosi 

bo’rilarga  eshak  bilan  ho’kizni  tutib  keltirish  haqida  buyrug’i  tasvirlanganligini  gapirib 

beradi. Rassom rasmda bo’rilardan tashqari daraxt, tog’, daryo, maysalarni tasvirlash orqali 

Susambilning nihoyatda chiroyli joy ekanligini ko’rsatib bergan.  O’qituvchi illyustratsiyalar 

bilan bir qatorda bolalar yoki o’zining shu ertakka ishlangan rasmlarini ko’rsatishi va tahlil 

qilishi  bolalarning  ertak  haqidagi  tasavvurlarni  boyitadi,  sohaga  bo’lgan  ishtiyoq, 

xavaslarini oshiradi. 

O’qituvchining bu darsda kompozitsiya yuzasidan beradigan maslahatlari nihoyatda 

muhimdir.  Bunda  o’qituvchi  bolalarga  rasmda  ertakdagi  qaysi  voqeani,  qanday 

hayvonlarni,  qanday  manzarani  (tog’,  daryo,  daraxt  va  hakozo)  tasvirlamoqchi  ekanligini 



o’ylab olishlari haqida maslahat beradi. So’ngra chiziladigan hayvonlar, daraxt, tog’, daryo, 

ko’llar  qog’oz  yuzasining  pastki  qismiga  joylashtirilishi,  birinchi  planda  nima,  ikkinchi  va 

uchinchi navbatda nimalar va qanday tasvirlanishi haqida to’xtaladi. 

Bolalar faoliyatini to’g’ri yo’naltirish, ishlanadigan kompozitsiyalarni badiiy jihatdan 

yuksak  va  mazmundor  bo’lishi  uchun  ertakdagi  biror  voqeaga  ishlangan  kompozitsiya 

nusxalarini  ko’rsatish  maqsadga  muvofiqdir.  33-rasm.  Masalan,  bo’rilar  bazmini  uch  xil 

nusxadagi  kompozitsiyasi  ko’rsatiladigan  bo’lsa,  birinchi  nusxalardagi  rasmda  ishtirok 

etadigan  obraz  va  detallar  qolgan  ikkala  variantda  ham  tasvirlanadi.  Biroq  ular  har  bir 

rasmda boshqacha kombinatsiyalangan bo’ladi. Bu rasmlarni ko’rsatish orqali   o’qituvchi 

ertakdagi  birgina  voqea  yuzasidan  juda  ko’p  xil  kompozitsiyalar  ishlash  mumkinligini 

dalillaydi namoyish etadi. 

So’zining oxirida o’qituvchi rasmni bo’yashni tabiat manzarasidan boshlash, so’ngra 

hayvonlarning rasmlariga o’tish va qanday ranglar bilan bo’yalishini maslahat beradi. 

Bolarar  mustaqil  ishlar  jarayonida  o’qituvchi  tayyorlagan  katta  o’lchovdagi 

ko’rgazmali  quroldan  (hayvonlar  tasviridan)  foydalanadilar.  Amaliy  ish  jarayonida 

o’qituvchi bolalarga yordam ko’rsatadi. 

Dars  eng  xarakterli  rasmlarni  ajratib  olish  va  ularni  o’quvchilar  bilan  birgalikda 

tahlil qilish bilan yakunlanadi. 

Sinf ishini bo’yab tugallash uyga vazifa qilib topshiriladi. 

Haykaltoroshlik  kompozitsiyasi  mashg’ulotlariga  boshlang’ich  sinflarda  alohida 

o’rin  ajartilgan.  Ularga  hayotiy  mavzularda,  shuningdek,  ertak,  hikoya,  masal  mavzulari 

asos  qilib  olinadi.  SHuningdek,  haykaltoroshlik  kompozitsiyasi  mashg’ulotlari  uchun 

loydan  yasalgan  o’zbek  xalq    o’yinchoqlari  an’analari  asosida  mazmunli  haykalchalar 

ishlash mavzulari ham beriladi. Bunday  mavzular qatoriga "Tuya va bo’taloq", "Ikki echki", 

"Poyga" kabilarni kiritish mumkin. Mazmunli haykalchalar bolalar uchun qiyinlik qilganligi 

uchun  topshiriqlar  jamoa  bo’lib  bajariladi,  bunda  kompozitsiyada  ishtirok  etuvchilar, 

shuningdek  ijodiy  guruhlar  soni  va  har  bir  o’quvchining  vazifasi  belgilanadi.  Masalan, 

"Tuyalar  karvoni"  mavzusida  haykaltoroshlikdan  kompozitsiya  ishlanadigan  bo’lsa, 

mavzuga doir karvonboshi, 5-6 tuya (yuklari bilan) bir it, bir eshak haykalchalarini ishlash 

kerak bo’ladi. Ularning har birini bittadan o’quvchiga topshiriladi. 

Ishlar  tayyor  bo’lgach,  avvaldan  kelishib  olingan  kompozitsiya  loyihasi  bo’yicha 

haykalchalar joy-joyiga qo’yiladi. Bunda karvonning eng oldida it, keyin eshak minib olgan 

karvonboshi,  oxirida  yuklangan  5-6  tuya  ketma-ket  qo’yiladi  va  kompozitsiya  tayyor 

bo’ladi. 

Haykaltoroshlik  kompozitsiyasi  mashg’ulotlarida    o’qituvchi  o’z  e’tiborini  quyidagi 

jihatlarga  qaratishi  lozim.  Bolalar  kuchi  va  qiziqishiga  mos  mazmun  (yoki  onni)  va 

kompozitsiyani  topish,  kompozitsiyada  ishtirok  etuvchi  detallarni  aniqlash, 

kompozitsiyadagi  detallar  o’rtasidagi  aloqadorlikka  bolalar  e’tiborini  qaratish, 

kompozitsiya detallarini to’g’ri tasvirlash talab etiladi. 

Vazifani  talablar  darajasida  bajarilishi  uchun  o’qituvchi  mavzuga  doir  illyustrativ 

materialllarni  namoyish  va  tahlil  etishi  muhim.  SHu  bilan  birga  vazifani  bajarishga 

qiynalayotgan o’quvchilar yoki guruhlarga amaliy yordam ko’rsatiladi. 

Quyidagi haykaltaroshlik kompozitsiyasiga doir dars ishlanmalari berilgan. 

Darsning mavzusi: “Tuyalar karvoni” mavzusida haykal ishlash. 

Darsning  vazifalari:  O’quvchilarni  loydan  haykal  ishlash  malakalarini  o’stirish. 

Badiiy  fikr  doirasini  kengaytirish.  SHakl,  o’lchov,  mutanosiblik  orqali  estetik  tarbiyalash. 

Jamoa  tarbiyasini  amalga  oshirish.  Bolalarni    badiiy  fikrlashga  o’rgatish,  ularni  ijodiy 

qobiliyatlarini o’stirish. 

Darsning  jihozlanishi:  Haykaltaroshlik  darslari  uchun  kerak  bo’ladigan  o’quv 

qurollar,  badiiy  ashyolar,  dars  mavzusiga  aloqador  bo’lgan  san’at  asarlarining 

reproduktsiyalari. O’yinchoq tuyalar. Katta o’lchovdagi tuya rasmi. 



Darsning  mazmuni:  Darsda  avvalo  o’qituvchi  sahro  zonalarinig  tabiati  va  iqlimi, 

hayvon va qushlari haqida to’xtaladi. O’quvchilarga buni cho’lda o’suvchi o’simliklardan  – 

saksovul, tikan, sahro jonivorlaridan tuya, echkimar, ilon kabilar haqida atroflicha so’zlab 

beradi  va  ularning  rasmlarini  ko’rsatadi.  Tuyalarning  hayoti  haqida  alohida  to’xtaladi. 

Tuyani  sahroning  kemasi  deb  ham  ataydilar.  Tuyalar  juda  chidamli  hayvon  bo’lib,  bir 

oygacha  suv  ichmasdan  va  ovqatlanmasdan  yura  oladi.  Bunday  paytlarda  ular  o’z 

o’rkachlaridagi yog’laridan foydalanadilar. Tuyalar haqida gap borganda, o’qituvchi bolalar 

e’tiborini ularning tuzilishi, shakli, o’lchovlari, o’lchov nisbatlariga qaratadi. Buning uchun 

u  katta  o’lchovdagi  odam,  eshak,  tuya  tasvirini,  shu  mavzudagi  suvratlarning 

reproduktsiyalarini  yoki  diapozitivlarini  ko’rsatadi.  Ana  shu  xildagi  tushuntirishlardan 

so’ng o’qituvchi tuyalar shaklini loydan ishlashni amaliy tarzda bajarib ko’rsatadi.  

Tuya shakli alohida loy bo’laklaridan ishlanadi. Buning uchun tuyaning tanasi, orqa 

va old oyoqlari hamda bosh qismlari uchun loy bo’laklari tayyorlab olinadi. Ularga kerakli 

ko’rinishlar  berilgach,  o’z  o’rinlariga  yopishtirib  chiqiladi.  Odatda  tuyalarning  o’rkachlari 

bitta  yoki  ikkita  bo’lishi  mumkin.  O’quvchilar  o’z  xoxishlariga  ko’ra  ularni  bir  yoki  ikki 

o’rkachli  qilib  ishlaydilar.  Tuyaning  sirtidagi  mayda  detallar steklar  yoki  barmoqlar  bilan 

silliqlab chiqiladi.  

Bolalar 


“Tuyalar  karvoni”  kompozitsiyasini  ishlashlari  uchun  sinfda  alohida  3-4 

ijodiy guruh tashkil etiladi va ularga guruh boshlig’i  tayinlanadi. Bu boshliqlar guruh ishi 

uchun javob beradilar. 

Guruh  a’zolari  o’rtasida  vazifalar  taqsimlanadi.  Har  bir  kompozitsiya  uchun  bir 

karvonboshi,  eshak  yoki  ot,  it,  5-10  tagacha  yuklar  ortilgan  tuyalar,  tuya  ustida  o’tirib 

ketadigan 2-3 ta odam haykallarini yasash kerak bo’ladi. Ularning haykalini yasash guruh 

a’zolari  orasida  bo’lashib  olinadi.  Har  bir  bolaga  bittadan  haykalni  yasash  tavsiya  etiladi. 

Har bir o’quvchi o’z vazifasini bajarib bo’lganidan so’ng, har bir guruh a’zosi kompozitsiya 

ustida  ishlaydi.  Kompozitsiya  uchun  taxminan  30-40  sm  kattalikdagi  fanercha  kerak 

bo’ladi. Fanerning ustiga har bir figura quyidagi tartibda joylashtirib chiqiladi. Karvonning 

eng  oldida  it,  so’ngra  eshak  mingan  karvonboshi,  tuyalar  tasvirlanadilar.  Tuyalarning 

ba’zilarida odamlar o’tirib olgan bo’lishlari mumkin. Karvonboshi kompozitsiyada eshakni 

yetaklab ketayotgan holda tasvirlanishi ham mumkin. 

Mazkur  mavzu  ikki  darsga  mo’jallangan  bo’lib,  birinchi  darsning  ko’proq  qismi 

o’qituvchining  karvon  haqida  suhbati,  shuningdek,  it,  eshak,  tuya,  odamlarning  shakli, 

o’lchovi, tuzilishi haqida bo’ladi. SHu bilan birga topshiriq mazmuni, guruh a’zolarining o’z 

vazifalarini belgilab olishlari va kompozitsiya mazmunining o’zaro kelishib olishlari haqida 

bo’ladi.  Ikkinchi  dars  to’laligicha  o’quvchilarning  mustaqil  ishlariga  bag’ishlanadi.  Ish 

yakuni  ikkinchi  dars  oxirida  amalga  oshiriladi.  Bunda  ijodiy  guruhlar  tomonidan 

tayyorlangan  ishlar  muhokama  etilib,  yaxshi  ko’rsatkichga  erishgan  bolalar 

rag’batlantiriladi. 

Uyga “Tuya va bo’taloq“ mavzusida haykal ishlash vazifa qilib topshiriladi. 

Darsning mavzusi: Ajdar haykalini ishlash. 

Darsning vazifalari: O’quvchilarda badiiy ijodiy qobiliyatlarni, tasavvurni (fantaziya) 

o’stirish. Haykaltaroshlik loyi, stek va qo’l bilan ishlash malakalarini o’stirish. 

Darsning jihozlanishi: Rassom A.Venediktov tomonidan Alisher Navoiyning “Farhod 

va SHirin” dostoniga ishlagan ajdar tasvirli grafik ishi. Ajdar haykallari. ( X.Haqberdievning 

“Ajdarho” haykali). Turli adabiyot va jurnallardagi ajdar rasmlari. 

Darsning mazmuni: O’qituvchi ajdarni hayotda bo’lmagani  va uning ertak, doston va 

kinofilьmlarda  aks  etishi  haqida  suhbat  o’tkazadi.  Suhbatda  ajdar  haqiqatda  yo’qligi,  uni 

xalq  tomonidan  o’ylab  topilganligi,  uning  beo’xshov  ilonsimon  hayvon  ekanligi,  ertak  va 

dostonlarda  ajdarni  xalqqa  ko’p  yovuzlik  qilishi,  xalq  qahramonining  bu  hayvon  bilan 

yakkama-yakka olishuvi va uni o’ldirishi yuzasidan ma’lumotlar beriladi. Suhbat davomida 



o’qituvchi  bolalarni  darsdagi  faolligini  oshirish  va  ajdar  haqidagi  tasavvurlarini 

kengaytirish maqsadida ularga bu hayvon bilan bog’liq bir qator savollar berdi: 

-ajdar ishtirok etgan qaysi ertaklarni bilasiz? Dostonlarni-chi? 

-ajdar ishtirok etgan qaysi mulьtfilьm va kinofilьmlarni ko’rgansiz? 

-ajdarning  badiiy  asarlarda  qanday  sifatlari  aks  ettirilgan?  (ko’p  boshli,  bahaybat, 

qo’rqinchli, og’zidan olov chiqaradi, og’zidan shamol chiqaradi, ko’zlari yonadi, qanotli v.b.) 

-bu hayvon ko’proq qaysi xalqlar xalq og’zaki ijodida uchraydi? v.b.  

Savol-javoblardan so’ng o’qituvchi bolalar ajdar haqidagi rasmlar, illyustratsiyalarni 

namoyish etadi va ular orqali ajdarning o’ziga xos jihatlari bilan tanishtiradi.  

Bu  suhbatda  o’qituvchi  bolalar  e’tiborini  ko’proq  ajdarning  o’lchovi,  tuzilishi, 

qismlari  va  ularning  shakli,  o’lchov  nisbatlari,  qismlarning  o’rni  kabilarga  qaratadi. 

SHuningdek, mazkur suhbatda o’qituvchi kulol ustalar tomonidan ishlangan haykallardan 

ko’rsatsa  yanada  yaxshi  bo’ladi.  CHunki  bolalar  bajarishlari  kerak  bo’lgan  haykal 

namunasini namoyish etilishi vazifani aniqligini ta’minlaydi. 

Bolalar  vazifani  loy  yoki  plastilindan  bajaradilar.  Loydan  bajarilgan  ishlar  maxsus 

kulolchilik pechida (o’chog’ida) kuydiriladi. 

Dars  sinfda  bajarilgan  haykallardan  eng  xarakterlilarini  ko’rgazmaga  ajratish  va 

tahlil qilish bilan yakunlanadi. 

Uyga ajdarni turli ko’rinishlarini qalamda tasvirlash vazifa qilib topshiriladi. 

 

 



 

6-mavzu: TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA DIDAKTIK PRINTSIPLAR 

Reja: 

1. Didaktik printsiplar. 



2. Didaktik printsiplarining mohiyati.  

3. Tasviriy san’at ta’limida qo’llaniladigan didaktik printsiplar.  

4. Tasviriy san’atni o’qitishdagi  didaktik printsiplarning ishlab chiqilishi.  

Tayanch so’z va iboralar: 

Tasviriy  san’at  o’qitish  metodikasi,  didaktik  printsiplar,  ta’lim  va  tarbiya 

birligi  printsipi,  ilmiylik  printsipi,  ko’rgazmalilik  printsipi,  onglilik  va  faollik 

printsipi, bolalar yoshiga va kuchiga  moslik printsipi, muntazamlik va ketma-ketlik 

printsipi. 

 

 

Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  tasviriy  san’at  darslarini  didaktik  printsiplarsiz 



tasavvur qilib bo’lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy bog’lagan holdagina dars va 

darsdan  tashqari  ishlarda  ta’lim  va  tarbiyaning  samarali  bo’lishiga  erishish  mumkin. 

Didaktik  printsiplar  va  ularning  asosiy  masalalari  Yevropaning  buyuk  pedagog-olimlari 

Ya.A.Komenskiy,  J.J.Russo,  I.G.Pestalotstsilar  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  SHuningdek, 

didaktik  printsiplarni  ishlab  chiqishda  F.A.Disterveg  va  K.D.Ushinskiylar  ham  katta  hissa 

qo’shganlar.  Ular  tomonidan  ilgari  surilgan  g’oya  hozirgi  zamon  didaktikasining  asosini 

tashkil etadi. 

 

Didaktik  printsiplar  hisoblangan  ta’lim  va  tarbiyaning  birligi,  ko’rgazmalilik, 



ilmiylik,  onglilik  va  faollik,    muntazamlik  va  ketma-ketlilik,  ta’lim  mazmunini  bolalarning 

kuchi va yoshiga mos bo’lishi maktabda tasviriy san’atni o’qitishda alohida ahamiyat kasb 

etadi. 

 

Maktabda  tasviriy  san’atni  o’qitishda  didaktik  printsiplar  professorlar 



N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin,  R.Hasanovlar  tomonidan  ishlab chiqilgan.  

 

Ta’lim  va  tarbiya  birligi  printsipi  didaktik  printsiplarning  eng  asosiylaridan 



hisoblanadi  va  bu  tasviriy  san’atni  o’qitish  jarayonida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi. 


Ma’lumki,  bugungi  kunda  ta’lim-tarbiyaning  asosiy  qismlaridan  biri  o’quvchilarni  milliy 

istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi. 

 

O’.Tansiqboevning  “Jonajon  o’lka”,  X.Rahmonovning  “May  tongi”,  N.Karaxanning 



“Oltin  kuz”,  Z.Inog’omovning  “CHoyga”,  Yu.Elizarovning  “Natyurmot”  kabi  asarlarida 

O’zbekiston  ko’rk-jamoli  yorqin  aks  ettirilgan.  O’quvchilarni  bunday  asarlar  bilan 

tanishtirishda  bolalarda  ona-Vatanimizga  bo’lgan  ilk  muhabbat  paydo  bo’ladi,  shu  zaylda 

ularda ona-Vatanga, o’lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ulari yanada kuchayadi. 

 

Tasviriy  san’at  darslarida  millatlararo  totuvlik  va  baynalminal  tarbiyani  amalga 



oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa millat 

va xalqlar hayotini ifodalovchi suratlarning reproduktsiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan 

illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.  

 

“Mehmonlarimiz”, “CHet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar” mavzularida rasm 



chizdirish  yuzasidan  o’tkaziladigan  suhbatlarda  o’quvchilar  ongiga  millatlararo  totuvlik, 

do’stlik  tushunchalarini  singdirishga  harakat  qilinadi.  Asar  mazmunini  ochishga 

yordamlashuvchi  suhbatlar,  turli  millat  va  xalqlarning  qiyofalarini  tasavvur  etish,  bolalar 

ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining boyishiga olib keladi. 

 

Turli  millat  yozuvchilarining  asarlari  va  xalqlarining  og’zaki  ijodiga  xos 



illyustratsiyalar o’quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g’oyalari bilan tanishish, 

sevish va tushunish imkonini beradi. 

 

Tasviriy  san’at  darslarida  millatlararo  do’stlik,  totuvlik  Respublikamiz  va  chet  el 



rassomlari  tomonidan  yaratilgan  asarlar  orqali  ham  amalga  oshirildi.  Respublikamiz 

rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o’zbek xalqining hayoti va mehnati, uning 

boshqa  xalqlar  va  millatlar  bilan  totuvligi,  ba’zi  chet  xalqlarining  hayoti  va  mehnati  aks 

ettirilgan suratlarni ko’rish mumkin. 

 

P.P.Benьkov  (“Dugonalar”),  A.Abdullaev  (“SHomahmudovlar  oilasi”),  L.Abdullaev 



(“Demobilizatsiya  qilinganlarni  kutib  olish”),  Q.Husniddinxo’jaev  (“Navoiy  va  Jomiy”), 

A.TSiglintsev (“Mening uyim, sizning ham uyingiz”), O’.Tansiqboev (“Issiqko’l oqshomi”) va 

boshqalarning  bir  qator  asarlari  millatlararo  totuvlik,  do’stlik  g’oyalarini  aks  ettirganligi 

bilan  ajralib  turadi.  SHuningdek,  tasviriy  san’at  dasturiga  bir  qator  SHarq  va  G’arb 

mamlakatlari rassomlarining ijodini o’rganish ham kiritilgan. Leonardo da Vinchi, Rafaelь, 

Mikelanjelo,  Rembrant,  Rubens,  Kent,  Pikisso,  Matiss  va  boshqa  chet  el  rassomlarining 

asarlari  do’stlik  va  hamkorlik  g’oyalarini  amalga  oshirishda  boy  material  bo’lib  xizmat 

qiladi. SHuningdek, dasturda Misr, Hindiston, Xitoy, Eron, Yaponiya kabi mamlakatlarning 

me’morchiligini o’rgatish ham nazarda tutilgan.  O’qituvchi bunday san’at asarlarini tahlil 

qilar  ekan,  ularning  o’ziga  xos  hamda  umumiy  belgilarini  ta’kidlab  o’tishi  maqsadga 

muvofiq.  

 

O’quvchilar  tasviriy  san’at  asarlarini    o’rganish  orqali  chet  el  mamlakatlari 



xalqlarining mehati va mehnatdagi jasoratlari, an’analari,   odatlari, turmush tarzi hamda 

tabiati bilan oshno bo’ladilar. 

 

Jamiyat qurilishining muaffaqiyati har bir kishining mehnat qilish darajasiga bog’liq. 



SHuning  uchun  kishilarning  jamiyat  uchun  nafi  bo’lgan  mehnatga  nisbatan  hatti-harakati 

asosiy ko’rsatkich sanaladi. Bu sifat mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi. 

 

Tasviriy  san’at  darslarini  o’quvchilar  mehnat  tarbiyasini  amalga  oshirishdagi 



imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san’at darslarining barcha turlari - naturaga qarab 

tasvirlash,  kompozitsiya,  san’atshunoslik  asoslari  mashg’ulotlari  mazmunida  ko’zda 

tutilgan. 

 

Naturani  o’ziga  qarab  tasvirlash  jarayonida  o’quvchilar  turmushda  qo’llaniladigan 



turli  buyumlar,  sabzavot  va  mevalar  tasvirini  ishlaydilar.  O’qituvchi  dars  jarayonida 

o’quvchilar  mustaqil  ish  boshlamaslaridan  oldin  naturani  qisqacha  tahlil  qilib,  faqat 

buyumlar  shakli,  proportsiyasi,  rangi  va  tuzilishi  haqidagina  emas,  balki  ularni  yaratish 

uchun sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi. 




 

Masalan,  turmushga  qo’llaniladigan  ayrim  san’at  buyumlarining  o’ziga  qarab 

rasmini  chizdirishda  o’qituvchi  o’quvchilarga  buyumlarning  vazifasi,  shakli,  ularning 

qanday  materiallardan  yasalgani,  buning  uchun  qancha  mehnat  sarflangani  va  hokazolar 

haqida  to’xtaladi.  SHuningdek,    o’zbek  xalq  amaliy  san’ati  haqidagi  suhbat  darslarida 

o’qituvchi  ularning  turlari  va  ustalarning  mehnat  shijoatining  o’ziga  xos  jihatlari  haqida  

gapiradi. 

 

“Paxta  terimi”,  “Fermada”,  “Hosilni  yig’ib-terib  olish”,  “Maktab  yer  uchastkasida”, 



“Qurilishda” kabi ishlar  o’quvchilarni kattalar mehnati bilan tanishtiradi. Ishlab chiqarish 

korxonalariga qilingan sayohat bu masalada muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohatda bolalar 

kishilarning qanday mehnat qilayotganlarini kuzatadilar, mehnat sharoitlari va uni tashkil 

etish  yo’llari  bilan  tanishadilar,  kattalar  mehnatining  natijalarini  ko’radilar.  Sayohat 

chog’ida  ular  kattalar  mehnatining  ahloqiy  tomonini,  ularning  mehnatga  bo’lgan 

munosabatini, mehnatning jamoaviy harakterini o’rganadilar. Bolalarni sayohat jarayonida 

olgan taassurotlari ularning rasmlarida aks etadi, natijada o’quvchilarning mehnat haqidagi 

tasavvurlari yanada kengayadi. 

 

Tasviriy san’at dasturida xalqimizning fidokarona mehnati va uning go’zalligni aks 



ettiruvchi asarlarini o’rganish ham ko’zda tutilgan. O’.Tansiqboevning “Paxtani sug’orish”, 

“CHorovoq  qurilishida”,  Z.Inog’omovning  “CHoyga”  va  boshqa  asarlari  shular  jumlasiga 

kiradi. 

 

Bolalar  o’zbek  rassomlari  asarlarining  qahramonlari  bo’lmish  artist  A.Hidoyatov, 



xalq  hofizi  Mulla  To’ycha  Toshmuxammedov,  amaliy  san’at  ustasi  U.Jo’raqulov  va  boshqa 

o’z  baxtini  mehnatdan  topgan  kishilar  bilan  suvratlar  orqali  uchrashar  ekanlar,  ular, 

mehnat  jamiyat  hayotining,  har  bir  shaxsining  asosiy  qonuni  ekanligiga  ishonch  hosil 

qiladilar. Bunday darslarda o’quvchilarni turli kasblarga yo’llash imkoniyatlari ham paydo 

bo’ladi. 

 

Natijada,  o’quvchilar  mehnat  inson  baxt-saodatining  ma’naviy  va  axloqiy  manbai, 



har qanday inson mehnat qilmog’i va mehnatni  sevmog’i lozim, degan xulosaga keladilar. 

SHuningdek, bolalar odamlar faqat o’zi uchun emas, jamiyat uchun mehnat qilishlari kerak, 

mehnat  kishilariga  va  ular  yaratgan  buyumlarga  nisbatan  hurmat  bilan  qarash  lozimligi 

haqida tasavvurga ega bo’ladilar. 

 

Maktabda  tasviriy  san’at  estetik  turkumdagi    o’quv  predmeti  xisoblanib, 



o’quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rolь   o’ynaydi, ya’ni tasviriy  

san’at  darslarida  san’atdagi  va  borliqdagi  go’zallikni  ko’rish,  tushunish  va  qadrlay  olish 

hissi takomillashadi. 

 

Naturani  tahlil  qilish  jarayonida  o’qituvchi  o’quvchilarning    diqqatini  buyumlar 



shaklining nafisligi, qismlarning proportsionalligi, shakl va rang uyg’unligi, mazmun, shakl 

va  vazifaning  mosligi  kabilarga  jalb  etadi.  Natijada,  o’quvchilarda  naturaga  nisbatan 

emotsional - estetik munosabatlar oshadi. 

 

O’quvchilar  naqsh  chizishda,  dekorativ  -  bezak  ishlarida  tabiat  elementlaridan 



foydalanadilar. Bunga tabiat mahsulotlari yaxshi material bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilar 

tabiat  materiallari  va  hayvonot  dunyosini  stilizatsiyalashtirib,  takrorlanmas  va  chiroyli 

naqshlar tuzadilar. 

 

Borliqni idrok etish va  kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va  uni rasmlarda 



aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar dars jarayonida tabiatni 

kuzatar  ekanlar,  ular  daraxtlarning  tuzilishini,  shoh-shabalarning  shakl  va  yo’nalishini 

turli-tumanligi,  barglarning  rangi  va  shakli,  nafisligi  va  yoqimliligini  bilib  oladilar. 

SHuningdek, gullarning rangi va shakli, xilma-xilligi, bahor va kuz manzarasining go’zalligi, 

ninachi, kapalak, qushlarning yengil va nafis parvozi ham o’quvchilarni hayajonlantiradi. 

 

Yuqori  badiiy  saviyada  yaratilgan  tasvriy  san’at  asarlarini  o’rganishda  o’quvchilar 



ulardan  estetik  zavq  olishadi.  Suvrat  kompozitsiyasining  muvaffaqiyatli  yechilishi, 

ranglarning hamohangligi, borliqning haqqoniy tasviri bolalarni hayajonlantiradi. Bu faqat 




estetik tarbiyaga taalluqligina bo’lmay, balki, bolalarning tasviriy ijodiga, ularning san’atga 

bo’lgan  qiziqishlarini  tarbiyalashga  bevosita  aloqadordir.  Bu  borada  manzara  va 

natyurmort janrlarining roli kattadir. 

 

San’at  asarlari  haqidagi  suhbatlarda  o’qituvchi,  rassom  ko’rganini  shunchaki  aks 



ettiribgina  qolmay,  balki  u  borliqdagi  eng  qiziq,  eng  chiroyli  narsa  va  hodisalardan 

ta’sirlanib  chizganligi,  lozim  bo’lgan  taqdirda,  u  ko’rgan  -  kechirganlari  va  eshitganlarini 

mubolag’a bilan tasvirlashini hikoya qilib beradi. 

 

Naturaga qarab tasvirlash jarayonida bolalar buyumlarning shakli, rangi, tuzilishini 



tahlil qiladilar.  Masalan,  choynakli  natyurmotni  tahlil qilganda,  bolalar  e’tibori  choynakni 

turmush  uchun  zarur  bo’lgan  buyumlardan  biri  ekanligiga,  uninng  shakli  mazmuniga 

mosligi,  uning  qanday  vazifaga  mo’ljallanganligi,  maqsadga  muvofiqligi,  ishlatishga 

qulayligi va hakozalarga qaratiladi. 

Dekorativ  bezak  darslari  o’quvchilarning  badiiy 

didini,  ijodiy  qobiliyatini  o’stirish  imkoniyatlariga  ega.  Darslarda  o’quvchilar  simmetriya, 

ritm, ranglarning mutanosibligi, kompozitsiyaning qonun va qoidalari bilan tanishadilar. 

 

O’quvchilarning  ijodiy  qobiliyatlari  naqsh  chizish,  kitob  muqovasi  uchun  eskiz 



ishlash,  otkritka,  choynak  va  dazmol  uchun  taglik  eskizini  ishlash  jarayonida  o’stirib 

boriladi.  O’quvchilarning  estetik  tarbiyasida  N.Karaxanning  “Oltin  kuz”,  Yu.Elizarovning 

“Tarvuzli  natyurmort”,  O’.Tansiqboevning  “Tog’larda  kuz”,  “O’zbekistonda  mart”, 

L.Salimjonovaning “Natyurmort” nomli asarlari alohida ahamiyat kasb etadi. 

 

Ilmiylik  printsipi  didaktik  printsiplarning  eng  asosiylaridan  biri  bo’lib,  u  fan 



asoslarini  chuqur  o’zlashtirmasdan  o’quvchilarda  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish 

mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o’quv predmetlaridagi kabi bu printsip tasviriy san’at 

darslarida ham amalga oshiriladi. 

 

Tasviriy  san’at  atrof-muhitni  his  etish,  undagi  voqea  va  hodisalarni  o’ziga  xos 



jihatlarini bilishni talab etadi. SHu boisdan tasviriy san’at darslarida o’quvchilar chiziqli va 

havo perspektivasi, yorug’soya,  rangshunoslik, kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari 

talab  etiladi.  SHuningdek,  odam  va  hayvonlarning  plastik  anatomiyasi  haqida  yetarlicha 

ma’lumotlarga  ham  ega  bo’lishlari  lozim.  Tasviriy  san’at  dasturida  o’quvchilarning  bu 

qonunlarni  o’zlashtirishlari  ko’zda  tutiladi.  Perspektiva  qonunlarini  o’zlashtirmasdan 

realistik  tasvir  yaratish  mumkin  emas,  desak  mubolag’a  bo’lmaydi.  Rassom  yoki 

o’quvchining  rasm  chizish  uslubi  har  xil  bo’lishi  mumkin,  lekin  rasm  yoki  san’at 

asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda bo’lishi shart. Perspektiva qonunlari hisoblangan 

chiziqli va havo perspektivasi, ufq chizig’i, kesishish nuqtasi, kuzatish nuqtasi, buyumni bir 

yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmini ishlash, o’lchovlarni o’zgarish perspektivasi, och-

to’qlikni o’zgarish perspektivasi, ranglarni o’zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi 

aniqlikni kamayishi perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o’rgatishning asosini tashkil 

etadi. 

 

Ilmiylik  printsipi  tasviriy  san’at  o’qituvchilaridan  dars  jarayonida  va  sinfdan 



tashqari  ishlarda  o’quvchilarga  berilayotgan  barcha  material  va  ma’lumotlar  ilmiy 

bo’lishligini, maktab amaliyotida tekshirilgan hamda o’quvchilarning yosh xususiyatlariga 

mos bo’lishligini talab etadi. 

 

Tasviriy  san’atni  o’qitishda  san’atning  inson  hayotidagi  rolini  tushuna  bilish  juda 



muhimdir. Jumladan, san’at ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligini nazarda tutish kerak. 

Tasviriy  san’at  o’qituvchisi  shuni  tushunishi  kerakki,  o’quvchilar  borliqdagi  narsalarni 

chizish  jarayonida  ularning  faqat  tashqi  ko’rinishinigina  emas,  balki  uning  ma’lum 

qonuniyatlariga asoslangan ichki tuzilishni ham bilib olishlari talab etiladi. Ko’p hollarda bu 

qonuniyatlarni  bilmaydigan  o’quvchilar  buyumlarning  shaklini  to’g’ri  tasvirlashda 

yanglishadilar. 

 

Ko’rgazmalilik printsipi tasviriy san’atni o’qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning 



mohiyatini  bilishga,  uning  xarakterli  xususiyatlari  va  qonuniyatlarini  o’rganishga 

ko’maklashadi. 




 

Naturani o’rganish chog’ida (sinfda va plenerda) o’quvchilarning kuzatuvchanlik va 

mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 

 

O’qituvchida  har  doim  ham  o’rganilayotgan  ob’ektni  ko’rsatish  imkoni 



bo’lavermaydi, bunday  hollarda  unga  ko’rgazmalilik yordam beradi. Bu esa o’quvchilarda 

mazkur sohaga bo’lgan qiziqishni jonlantiradi. 

 

O’quvchi  naturadan  rasm  chizish  jarayonida  doim  izlanadi,  shakllarni  solishtiradi, 



naturaning tuzilishi, o’lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. SHubhasiz, bularning 

hammasi o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi. 

 

Ma’lumki,  bolalarda  fikrlash  konkretlikdan  abstraktlikka  borish  jarayonida 



rivojlanadi.  Tushuncha  va  obstrakt    qoidalar  ma’lum  dalil,  misol  va  obrazlar  bilan 

mustahkamlangandagina o’quvchilar ongiga oson yetib boradi. 

 

Ko’rgazmalilik  tasviriy  san’at  darslarida  boshqa  o’quv  predmetlaridagidek 



yordamchi  emas,  balki  o’quvchilarda  tushuncha  va  tasavvurlar  hosil  qiluvchi  asosiy 

materialdir. 

 

Naturaning  o’ziga  qarab  rasm  chizish  darslarida  uni  naturasiz  tasavvur  etib 



bo’lmaydi, bu o’rinda tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik printsipining roli juda katta. 

 

Darslar  uchun  ko’rgazmali  qurollar  tayyorlash  va  tanlashda  ularga  quyidagicha 



talablar qo’yiladi: 

1. Darsning maqsad va vazifalariga mosligi. 

2. O’quvchilarning yosh xususiyatlariga mosligi. 

3. Ko’rgazmaning aniqligi, tushunarli bo’lishi. 

4. Tasvirning sifatli bo’lishi. 

5.  Ko’rgazmalar  o’zining  rang-barangligi  bilan  o’quvchilarda  zavq  va  qiziqish 

uyg’otishi. 

6. Estetik talablarga mosligi. 

 

Rasmlar, 



asarlarining 

reproduktsiyalari, 

badiiy 

asarlarga 

ishlangan 

illyustratsiyalarni tanlashda quyidagilar e’tiborga olinishi kerak: 

1.  Materiallarning g’oyaviyligi. 

 

2.  Badiiyligi. 



 

3. Tasviriy san’at darslarining o’quv-tarbiya vazifalariga mosligi. 

 

4. Bolalar idrokiga mosligi. 



 

Ko’rgazmalilikdan  o’rinli,  maqsadga  muvofiq  ravishda  o’quvchilarning  yosh 

xususiyatlarini e’tiborga olgan holda foydalanilsa, u yaxshi natijalar berishi mumkin. 

 

Ko’rgazmalilikning ikki turi mavjud: 



 

1. Tabiiy ko’rgazmali qurollar. 2. Tasviriy ko’rgazmali qurollar. 

 

Tabiiy ko’rgazmali qurollarga shakli, rangi, tuzilishi tabiiy bo’lgan buyumlar (meva 



va  sabzavotlar,  turmush  buyumlari,  o’quv  qurollari,  amaliy  san’at  buyumlari  va  h.k.)ni 

kiritish mumkin. 

 

Tasviriy  ko’rgazmali  qurollarga  rasmlar,  tablitsalar,  hayvon  va  qushlarning 



tulumlari,  suratlarning  reproduktsiyalari,  geometrik  gipsli  shakllar,  pedagogik  rasmlar, 

fotografiya va boshqa sun’iy usul bilan tayyorlangan tasviriy vositalar kiradi. Sanab o’tilgan 

ko’rgazmali qurollar quyidagicha guruhlanadi: 

1.  Mehnat  va    turmush  buyumlari.  Bu  guruhga  geometrik  shakllar,  sabzovotlar, 

mevalar, qushlar, hayvonlar, gullar va o’simliklar, amaliy san’at buyumlari. 

2.  Buyumlarning  tuzilishi,  perspektiva  qonunlari,  yorug’-soya,  rangshunoslik, 

dekorativ stilizatsiyaga  doir,  geometrik shakldagi  simdan  yasalgan  modellar,  vidoiskatelь 

va boshqa ko’rgazmalar. 

3.  Rasmlar  va  tablitsalar.  Unda  rasm  va  naqsh    chizishdagi  ketma-ketlilik,  atrof-

muhitning perspektiv ko’rinishlari, amaliy san’at asarlarining tasvirlari.  




4.  Rassomlar  asarlarining  reproduktsiyalari,  amaliy  san’at  asarlarining  tasvirlari. 

Bunday  ko’rgazmali  qurollar  yordamida  yorug’-soya  va  rangshunoslik,  kompozitsiya 

qonunlari tushunitiriladi. 

5.  Bolalarga  naturani  chizishda  ketma-ketlilikni,  har  xil  eksponatlar  bilan  ishlash 

uslubini,  buyumlarning  qurilishini,  tasvirlanayotgan  predmetlar  va  ob’ektlarning  fazoviy 

holatini ko’rsatuvchi pedagogik rasmlar va boshqalar. 

6.  Namoyish  qilinadigan  ko’rgazmali    qurolar  (diapozitivlar,  diafilьmlar,  slaydalar, 

kinofilmlar).  Bular  orqali  o’quvchilar  turli  rassomlar,  xalq  amaliy  san’ati  ustalari  bilan, 

tasviriy san’at asarlarini yaratish texnikasi va texnologiyasi bilan tanishadilar. 

Ayrim o’qituvchilar ko’rgazmalilikning rolini noto’g’ri baholab, bu masalada qo’pol 

xatoga  yo’l  qo’yadilar.  Ular  ko’p  hollarda  ko’rgazmali  qurolning  mavjud  emasligidan  yoki 

ularning  rolini  noto’g’ri  tushunganliklaridan  o’quvchilarga  turmushda  uchraydigan 

buyumlar,  o’simliklarning  rasmini  xotiradan  tasvirlashni  vazifa  qilib  beradilar.  Xotiradan 

rasm  chizishni  suiste’mol  qilish,  atrof-muhitdagi  buyumlarning  shakli,  tuzilishi,  rangi, 

yorug’soyasini noto’g’ri idrok qilishga olib keladi.  

har  qanday  turdagi  narsaning  o’ziga  qarab  rasmini  chizish,  kompozitsiya, 

san’atshunoslik  asoslari  darslarida  va  sinfdan  tashqari  ishlarda  ko’rgazmalilik  o’ziga  xos 

xususiyatlarga ega. 

Ilyustrativ  rasm  ishlash  darslarida  badiiy  asar  mazmuni  bilan  bog’liq  o’sha  davr 

kishilarining  hayoti  va  mehnati,  tabiat  va  me’morchilik  ko’rinishlari,  shuningdek  mavzu 

bilan bog’liq tabiat ob’ektlarini kuzatishga aloqador bo’lgan ko’rgazmali  qurollar namoyish 

etiladi. 

Dekorativ  kompozitsiya  darslarida  ko’rgazmalilikdan  turli  yo’nalishlarda 

foydalaniladi. Masalan, “Navro’z”  bayrami uchun taklifnoma bezak eskizini ishlash darsida 

shu mavzulardagi otkritkalar ko’rgazma vazifasini o’taydi. SHuningdek, choynak va dozmol 

tagliklarining  badiiy  eskizini  tuzish  darslari  uchun  choynak,  dazmol  va  turli  xil  tagliklar 

ko’rgazma bo’lib hisoblanadi. 

San’atshunoslik  asoslari  darslarida  rassomlar  asarlarining  reproduktsiyalari  yoki 

diapozitivlari,  slayda,  diafilьm,  kinofilьmlar  namoyish  etiladiki,  ularsiz  san’at  asarlari 

haqida  fikr  yuritish  qiyin.  SHuningdek,    san’at  asarlarining    reproduktsiyalari,  rasm 

chizishdagi  ketma-ketlilikni  ko’rsatuvchi  rasm-sxemalar,  rangshunoslik,  yorug’soya, 

kompozitsiya  va  perspektiva  yuzasidan  tablitsalarni  ko’rsatilishi,  o’qitishda  texnika 

vositalaridan  foydalanish  va  boshqalar    ham    ko’rgazmalilikning  samarali  shakllaridan 

hisoblanadi. 

Pedagogik  rasm  chizishning  keng  tarqalgan  turi  o’qituvchining  doskada  yoki 

qog’ozda rasm chizib ko’rsatishi hisoblanadi va u bolalarga amaliy yordam berishda  qo’l  

keladi. 

Pedagogik  rasmning  qiymati  shundaki,  u  bevosita  o’quvchilarning  ko’z  o’ngida 

bajariladi. U o’qituvchining fikrlarini o’quvchilarga oson va sodda qilib yetkazishda yordam 

beradi. 


Doskadagi  rasm  o’qituvchining  asosiy  g’oya  va  fikrlarini  o’zida  aks  ettirishi  lozim. 

Tasodifiy va ikkinchi darajali rasmlarga sinf doskasida o’rin bo’lmasligi kerak. 

Doskada rasm chizish hamma o’qituvchilarning ham (hattoki tajribali va ma’lumotli 

o’qituvchining  ham)  qo’lidan  kelavermaydi.  U  o’qituvchidan  ma’lum  tayyorgarlikni  talab 

etadi. Bu tayyorgarlik esa alohida mashqlarni bajarishni nazarda tutadi. 

Tasviriy san’atni  o’qitish metodikasiga  doir  ko’rgazmali  qurollar  yetarli  bo’lmagan 

hollarda ularni o’qituvchilarning o’zlari tayyorlashlariga to’g’ri keladi. Bunda shuni hisobga 

olish  lozimki,  hamma  ko’rgazmali  qurollar  ham  foydali  bo’lavermaydi,  ba’zan  ayrim 

ko’rgazmali qurollar o’quv va tarbiyaviy ishlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. 

O’qituvchi ko’rgazmali quroldan foydalanish me’yorini bilgandagina u ijobiy natijaga 

erishishi mumkin. Ko’rgazmali materiallarning haddan tashqari ko’p bo’lishligi o’quvchilar 



diqqatini  asosiy  masaladan  chalg’itadi  va  natijada  asosiy  narsa  e’tibordan  chetda  qolishi 

mumkin.  Ko’rgazmalilikning  yetarli  bo’lmasligi  esa  o’qituvchi  tomonidan  fikrni  chala  va 

yuzaki bo’lishgiga olib keladi. 

Ko’rgazmali quroldan foydalanish masalalari o’qituvchining nutqi bilan ham bog’liq. 

Nutq  va  ko’rgazmalilikning  uyg’unligi  ikki  jihatdan  foydali  bo’lishi  ish  joyda  ko’rinadi. 

CHunonchi,  birinchidan,  o’qituvchining  nutqi  ko’rgazmalilikka  ko’maklashsa,  ikkinchidan 

ko’rgazmalilik o’qituvchi nutqiga ko’maklashadi. 

Tasviriy  san’atni  o’qitishda,  ayniqsa  narsaning  o’ziga  qarab  rasm  ishlash  va 

san’atshunoslik asoslari darslarida ikkinchi yo’l ko’proq qo’llaniladi. 

Agar ko’rgazmalilikning birinchi yo’li bilim, qonun va tushunchalarni o’zlashtirishga 

yordam  bersa,  ikkinchi  yo’li  pedagogga  bu  qonun-qoidalarni,  atrof-muhitdagi  hodisalarni 

isbotlashda  o’qituvchiga  ko’maklashadi.  O’qituvchining  so’zi  sinfda  zaruriy  muhit  hosil 

qilishda,  o’qituvchilarning  ijodiy  faoliyatini  oshirishda  alohida  ahamiyat  kasb  etadi. 

SHuning uchun o’qituvchining nutqi ravon, tushunarli va ma’noli bo’lishi lozim. 

O’qitishning  ongli  bo’lish  va  o’quvchilarning  bilish  faolligi  printsipi  o’quv 

jarayonining o’stiruvchi va tarbiyalovchi rolini oshirishga olib keladi. Onglilik printsipining 

ahamiyati fan, texnika va madaniyat gurkirab rivojlangan hozirgi davrda alohida ahamiyat 

kasb  etmoqda. 

Bu  printsip  o’qituvchi  tomonidan  berilayotgan  bilimlarni  ongli,  tushungan  holda 

o’zlashtirishni  bildiradi.  O’quvchilar  bu  bilimlarni  ko’r-ko’rona  emas,  balki  berilayotgan 

tushuncha ma’lumotlarni ma’no mohiyatini anglab yetgandagina uning bilimlari chuqur va 

mustahkam  bo’ladi  va  u    bolalar  xotirasida  uzoq  saqlanadi.  Bunga  erishish  uchun 

o’quvchilarning  faolligi  diqqati  va  mustaqil  ishlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa, 

o’ziga qarab rasm chizish darslarida naturani sinchiklab o’rganish ularning tuzilishi, hajmi,  

shakli, o’lchov va ranglaridagi xarakterli xususiyatlarini bilish kerak bo’ladi. 

Masalan o’quvchi: 

- san’atni kishilar hayotidagi ahamiyatini tushunib yetishi; 

- kompozitsiya ishlaganda uning qonun va qoidalariga rioya qilishi

- naturaning tuzilishi, o’lchovlari, shakllari, ranglariga  qat’iy rioya qilishi; 

- har qanday narsa asosida u yoki bu geometrik shakl yotishi; 

-  rasm  chizganda  ufq  chizig’ini  chizib  olish  va  yagona  ko’rish  nuqtasiga  rioya 

qilishi. 

Tasviriy  san’at  asarlariga  oid  materiallarning  ongli  o’zlashtirilishi  ilmiylik 

printsipidagidek  perspektiva,  rangshunoslik,  optika  va  yorug’soya  qonunlari, 

anatomiyadan  ba’zi  ma’lumotlarga  ega  bo’lishi  bilan  bog’liq.  Bu  qonunlarni  egallamasdan 

turib, o’quvchilar o’z tasviriy faoliyatilarini to’g’ri amalga oshira olmaydilar.  

Faraz  qilaylik,  o’quvchi  uyida  chizish  uchun  geometrik  shakldagi  turmush 

buyumlaridan  natyurmot  qo’ydi.  U  perspektiva  qonunlari,  ufq  chizig’i,  kuzatish  nuqtasi, 

buyum  va  surat  tekisligi,  kesishish  nuqtasi,  narsalarning  o’lchovlarini  perspektiv 

qisqarishini bilmay turib o’z oldiga qo’ygan maqsadini to’g’ri hal qila olmaydi. Yorug’soya 

qonunlari  hisoblangan  tabiiy  va  sun’iy  yoritish,  tushuvchi  va  shaxsiy  soya,  nutura 

yoritilganida soyalarning joylashuvi, yorug’soya,  yarimsoya, blik, refleks va boshqalarning 

bilmagan o’quvchi buyumlarning hajmini to’g’ri tasvirlay olmaydi. 

O’qitishning  samaradorligi  ko’p  hollarda  o’quvchilarning  uydagi  va  darsdagi 

faolligiga bog’liq. Bu faollik xilma-xil bo’lishi kerak. 

Topshiriq  yuzasidan  mavzuni  belgilashda  o’quvchilarning  hayvonlar,  qushlar, 

sportga bo’lgan katta qiziqish uyg’otishini hisobga olish lozim bo’ladi. 

O’quv jarayonini samarali bo’lishida solishtirish, taqqoslash, naturani kuzatish va 

tahlil  qilishning  ahamiyati  katta.  Natura  tahlilini  savol-javob  shaklida  o’tkazish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi,  aks  holda  o’quvchilar  naturani  yuzaki  o’rganish  bilan  cheklanib 

qolishlari mumkin. 



Buyumlarni  to’g’ri  chizish  uchun  ularning tuzilishi,  shaklini  to’g’ri  belgilash  bilan 

birga  fazoviy  holatini  to’la  tasavvur  etish  kerak  bo’ladi.  SHundagina  predmetlar  rasmini 

ishlashga o’tish mumkin. 

O’quvchilardan  tasviriy  san’atga  oid  atamalarni  ongli  o’zlashtirishlarini  talab 

etilishi  va  ularni  buzib  ishlatilishiga  yo’l  qo’ymaslik  lozim.  Rasm  chizish  jarayonida 

o’quvchilarning  ba’zi  atamalarni  o’zlashtirib  olishlarini  o’zi  yetarli  emas,  ularga 

atamalarning  kelib  chiqishi,  ahamiyati  haqida  ma’lumotlar  berish  kerak  bo’ladi.  Bu  esa 

o’quvchilarga ilmiy tushunchalarni, atamalarni to’g’ri ishlatishlariga yordam beradi. 

O’quvchilar  hodisalarning  bir-biri  bilan  o’zaro  bog’liqligini  tushunishlari  juda 

muhim.  Hodisalarni  o’rganishda  ularning  rivojlanishini  nazarda  tutgan  holda  qarama-

qarshilikning sababalrini ham tushuntira olishlari kerak bo’ladi. 

O’quvchilarning  faolligini  oshirishda  maqsadga  muvofiq  yo’naltirilgan  muommoli 

vazifalarni  qo’llash  katta  yordam  beradi.  Tadqiqot  natijalari  va  o’qituvchilarning  ishlari 

shuni  ko’rsatadiki,  tasviriy  san’atni  o’qitishda  o’zlashtirib  bo’lingan  bilim  va  malakalar 

ularni faqat tiklashgagini emas, balki yangi materiallarni chuqur anglashga, dunyoqarashga 

doir xulosalar chiqarishga xizmat qiladi. 

Mantiqiy  vazifalarni  hal  etish  muammoli  o’qitish  bilan  bog’lanadi.  Muammoli 

vaziyatlar hosil qilish esa mantiqiy vazifalarni yechishga sharoit yaratadi. Mantiqiy fikrlash 

predmet va hodislardagi eng muhim tomonlarni ajrata olish, ko’p dalillar ichidan tipiklarini 

ko’rsata olish, shakllangan tushunchalardan to’g’ri foydalanish, perspektiva, rangshunoslik, 

kompozitsiyaning asosiy qonun va qoidalariga rioya qilish imkonini beradi. 

O’quvchilar ufq chizig’i, chiziqli va havo perspektivasi, kesishish nuqtasi, buyumlar 

shaklining perspektiv qisqarishi haqida to’liq ilmiy tushunchalarga ega bo’lishlari kerak. 

Dialektik tarzda fikr yuritish formal, mantiqiy fikrlash bilan bog’liq va unga doimo 

tayanishni nazarda tutadi. Mantiqiy fikrlash ob’ektiv borliq hodisalar mantiqini aks ettiradi. 

Qaysiki, unda hamma narsa o’zaro bog’liq va aloqadordir. 

Atrof-muhitni  to’g’ri  tushunish  uchun  o’quvchilar  hodisalarning  sabablari  va 

oqibatlarini ko’rib va bilib olishlari kerak. Bu esa dialektik fikrlash va xulosa chiqarishning 

shakllanishiga ko’mak beradi. 

Bizningcha,  o’qitishda  o’quvchilarning  mustaqil  bilim  olish  jarayonini 

faollashtirishda  va  ijodiy  fikrlashni  rivojlantirishda  bilimlarning  muammoli  bayon  etish 

yo’lidan keng foydalanish va qisman izlanish va ilmiy tadqiqot metodlarini qo’llash lozim. 

O’qitish jarayonining samaradorligini oshirish bevosita o’quvchilarning faol psixik faoliyati 

(intellektuallik, emotsionallik) bilan bog’liqdir. Bunda g’oyalarni chuqur tushunish kamlik 

qiladi. Lekin, shunday amaliy faoliyat tashkil qilish lozimki, unda g’oyalar ichki hissiyotlar 

tufayli to’la ongli ravishda harakat orqali yaqqol namoyon bo’lsin, mustahkamlansin. Bunga 

badiiy  asarlarni  ifodali  o’qish,  hikoya  qilish,  muzika  tinglash,  slaydlar  ko’rsatish  orqali 

erishish  mumkin.  Agar  o’qituvchi  voqea  va  hodisalarni  ta’riflashda  ularning  go’zalligi, 

nafisligi,  yoqimliligiga  alohida  e’tibor  bersa,  talay  natijalarga  erishishi  mumkin. 

SHuningdek, buyumlarning shakllari, o’lchovlaridagi proportsionallik, yorug’soya nisbatlari 

va boshqalarni san’at asarlari orqali tahlil qilib berish lozim.  

O’qitishni  faollashtirish  uchun  o’quvchilarni  muntazam  va  maqsadga  muvofiq 

ravishda  rag’batlantirish  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Yaxshi  ishlarni  butun  sinfga 

ko’rsatish yoki ularni maktab ko’rgazmasiga  tavsiya etish, o’z kuchiga ishontirish, ob’ektiv 

tanqid, turli xildagi yordamlar orqali o’quvchilarni rag’batlantirish mumkin. 

O’qituvchining tajriba va bilimi kuchli o’quvchining mustaqil faoliyatiga qaratilgan 

bo’lishi kerak. Bolalarga ishora, yordamchi savol, ish yo’nalishi va kamchiliklarini ko’rsatish 

orqali yordam berish kerak. 

Boshqa  fanlarda  bo’lganidek,  tasviriy  san’at  darslarida  ham  materiallarni 

muntazam  va  ketma-ket  bayon  etish  printsipi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  printsip  butun 

kurs davomida o’quv materiallarini mantiqan izchil joylashishini va har bir mavzu oldindan 



olingan bilim, malaka va tajribalarga suyangan holda, yangi materiallarni o’tilganlar bilan 

bog’lab bayon eьtilishi lozimligini nazarda tutadi. 

Amaldagi  tasviriy  san’atdan  davlat  ta’lim  standarti  materiallarni  bayon  etishning 

faqat  ma’lum  ketma-ketlikda  amalga  oshirishnigina  emas,  balki  uning  muntazam 

bo’lishligini ham nazarda tutadi. 

Ba’zan  shunday  hollar  ham  bo’ladiki,  bunda  o’qituvchilar  bilim  berishning  bu 

muhim  printsipini  to’g’ri  baholay  olmaydilar.  O’quvchilarga  berilayotgan  vazifalarda 

bolalarning  ilgari  olgan  bilim  va  malakalari  hisobga  olinmaydi.  Natijada  ular  berilgan 

vazifani  uddalay  olmaydilar.  SHuning  uchun  ish  rejalarini  shunday  tuzish  kerakki, 

o’quvchilar  har  bir  darsda  yangidan  yangi  masalalarni  hal  etsinlar.  Lekin,  yangi 

materiallarni o’quvchilar o’tilgan materiallarni o’zlashtirib va mustahkamlab olganlaridan 

so’nggina berish lozimligini hisobga olish lozim. 

Narsaning  o’ziga  qarab  rasm  chizish  darslarini  kompozitsiya  darslari  bilan, 

san’atshunoslik  asoslari  darslarini  narsaning  o’ziga  qarab,  kompozitsiya  darslari  bilan 

bemalol  bog’lash  mumkin.  Tasviriy  san’at  darslarining  har  bir  turini  o’zaro  bog’liqlikda 

amalga oshirish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bir o’quv fanining boshqa o’quv 

fanlari  bilan  aloqasi  tasviriy  san’atni  o’qitishda  yagona  tizimni  tashkil  etish  imkonini 

beradi. Ayrim hollarda shunday bo’ladiki, hamma mavzular ham o’tilgan materiallar bilan 

bog’lanavermaydi. Bu o’qituvchidan o’quv materiallarini chuqur o’rganishni,  natura  uchun  

buyumlarni,  suvratlar,  reproduktsiyalar,  slaydlar  va  boshqa  ko’rgazmalarni  tanlashga 

jiddiy munosabatda bo’lishlikni talab etadi. 

Masalaga  bunday  yondashilganda  materiallarni  bayon  etishda  parallelizm  va 

qaytarilishlarga  yo’l  qo’yilmaydi.  Masalan,  pedagog  taqvimiy  yillik  mavzularni 

rejalashtirganda  o’quvchilarning  rangshunoslikdan  oladigan  bilimlari  quyidagicha  ketma-

ketlikda  bo’lishi  mumkin:  asosiy  va  hosila  ranglar,    hosila  ranglarni  hosil  qilish,  ranglar 

kontrastligi,  qonunlari,  iliq  va  sovuq  ranglar,  atrof-muhitni  ranglar    ta’sirida  o’zgarishi, 

murakkab hosila ranglar, rang va yorug’lik, buyumlar rangini uning foni bilan aloqasi, havo 

perspektivasi va boshqalar. 

Tasviriy  san’atni  o’qitishda  nazariy  materiallarni  amaliy  materiallar  bilan 

bog’liqligi  ham  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Nazariya  bilan  amaliyotning  bog’liqligi 

bolalarning tasviriy faoliyatida, dars jarayonida, to’garak mashg’ulotlarida, jamoa ishlarida, 

ya’ni  devoriy  gazetalar  chiqarish,  alьbom  bezash  va  shu  kabilar  orqali  amalga  oshiriladi. 

SHuningdek,  tasviriy  san’at  janrlari  yuzasidan  nazariy  mashg’ulotlardan  so’ng  ana  shu 

janrlarda  amaliy  mashg’ulotlarni  o’tkazilishi,  o’tilganlarni  mustahkamlash,  yangisini  oson 

o’zlashtirish imkonini beradi. 

O’qitishning  o’quvchilar 

yoshiga  va  kuchiga  mos  bo’lishi  printsipi  berilayotgan 

bilimlar yoki ular o’zlashtirilishi lozim bo’lgan materiallarni murakkablik darajasini bolalar 

yoshiga va kuchiga mos bo’lishini nazarda tutadi.  

Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ayrim o’qituvchilar 5-7 sinflarda ham to’rtburchak, 

doira  shaklidagi  naqshlar  ishlashni  davom  ettiradilar.  Bu  topshiriqlar  3-4  sinflardagi 

vazifalardan  deyarli  farq  qilmaydi.  Bulardan  tashqari,  o’quvchilarga  doskaga  chizilgan 

tayyor naqshdan nusxa ko’chirish tavsiya etiladi. Bundan, ular beriladigan topshiriqlarning 

bolalarga oson bo’lishiligini nazarda tutadilar. Lekin, topshiriqlarning o’ta jo’n bo’lishi ham 

yaxshi  emas,  ular  birinchidan  bolalarning  mustaqil  fikrlashlarini  susaytirsa,  ikkinchi 

tomondan ulardagi rivojlanishni to’xtatadi. 

Ma’lumki,  o’quvchilar  harakat  va  qobiliyat  jihatidan  bir-birlaridan    farq  qiladilar. 

Bu  vaziyat  o’qituvchidan  o’quvchilar  bilan  yakkama-yakka  ish  olib  borishni  talab  qiladi, 

ya’ni o’qituvchi bolalarni bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda ularga turlicha 

murakkablikdagi  vazifalarni  ishlab  chiqadi,  ularning  tasviriy  ishlarini  to’g’rilashga  ba’zi 

nazariy  va  amaliy  vazifalarni  tushintirish  maqsadida  doskada  rasm  ishlab  ko’rsatishiga 

to’g’ri keladi. 




O’qitishning  o’quvchilar  yoshiga  maosligi  printsipi  qadimdan  qo’llanib  kelingan. 

Bunda, yaqindan uzoqqa, ma’lumdan noma’lumga, oddiydan murakkabga,osondan qiyinga, 

konkretlikdan  abstraktlikka  printsiplariga  asoslaniladi.  Pedagogikada  bu  printsip 

qadimdan  tajribadan  o’tganligi  sababli    o’qituvchini  o’z  faoliyatida  shu  yo’ldan  borishi 

ko’zlangan maqsadga erishuviga asos bo’ladi. Kezi kelganda shuni  ta’kidlab o’tish lozimki, 

hamma  oson  narsalar  ham  bolalarga  tushunarli  bo’lavermaydi  va  aksincha  murakkab 

materiallar  tushunarli  bo’lishi  ham  mumkin.  Bunda  o’quvchilarning  yoshi,  pedagogik-

psixologik xususiyati, bilim darajasi, tayyorgarligi, qobiliyati muhim rol o’ynaydi. Masalan, 

tasviriy  san’atni  o’qitishda  yaqindan  uzoqqa  borish  printsipida  ish  tutish  maqsadida 

o’qituvchi  avval  bolalarga  yaqin  bo’lgan  o’zbek  xalqining  tabiati,  turmushi,  mehnatini 

tasvirlovchi  O’zbekiston  rassomlari  asarlarini,  so’ngra  O’rta  Osiyo,  SHarq,  Yevropa 

mamlakatlari san’atini o’rgatadi. 

Yuqoridagi  fikrlardan  maktabda  tasviriy  san’atdan  dars va  darsdan  tashqari  ishlar 

jarayonida didaktik printsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini sezib olish qiyin 

emas. Didaktik printsiplar o’quvchilarning badiiy ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishiga shart-

sharoitlarni yaratadi. 

 

 

 



7-mavzu: TASVIRIY SAN’ATDAN DARSDAN TASHQARI ISHLAR 

Reja: 


1. Sinfdan tashqari  ishlarning maqsad va vazifalari.  

2. Maktabda tasviriy va amaliy san’atdan to’garaklar.  

3. Tasviriy va amaliy san’atdan sinfdan tashqari tadbirlar. 

Tayanch so’z va iboralar: 

Tasviriy san’atdan sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Maktabda 

tasviriy  san’atdan  fakulьtativ  mashg’ulotlar,  to’garaklar  va  ularning  turlari. 

Maktabda tasviriy va amaliy san’atdan sinfdan tashqari tadbirlar. 

 

Tasviriy  san’atdan  sinfdan  tashqari  ishlar  umumiy  o’rta  ta’lim  tizimida  muhim 



o’rinni  egallaydi.  Ular  tasviriy  va  amaliy  san’at,  me’morchilik  kabi  san’at  turlari  bo’yicha 

amalga  oshiriladi.  Bular  sinfdan  tashqari  ishlar,  to’garaklardagi  mashg’ulotlar,  uchrashuv, 

ko’rgazma,  tanlov,  san’at  kechalari  kabi  qator  yo’nalishlarda  o’tkaziladi  va  ular 

o’quvchilarni  badiiy-ijodiy  ehtiyojlarini  qondirish  va  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish, 

ulardagi  individuallik  va  inte’dodni  ro’yobga  chiqarishga  xizmat  qiladi.  SHu  bilan  birga  u 

yoshlarning badiiy va estetik fikr doirasini kengaytiradi hamda didini rivojlantiradi. 

Tasviriy,  amaliy  san’at  va  me’morchilikdan  tashkil  etiladigan 

to’garaklar  umumiy 

o’rta ta’lim maktablarining barcha sinflarini qamrab oladi. Ular kichik (1-4 chinflar), o’rta 

(5-7  sinflar),  katta  (8-9  sinflar)  guruhlardan  tashkil  topadi  va  ular  rangtasvir, 

haykaltaroshlik,  grafika,  naqqoshlik,  ganchkorlik,  misgarlik,  kashtachilik,  yog’och 

o’ymakorligi,  badiiy  sopoldo’zlik,  shuningdek,  me’morchilik,  san’atshunoslik  to’garaklari 

hisoblanadi.  

To’garaklar san’atning u yoki bu turi yoki janri asosida ham tashkil etilishi mumkin. 

Bu  to’garaklarning  turlari  ularga  ajratilgan  soatlar  hajmi  va  ta’lim  mazmuni  bolalarning 

istaklari,  mayllari  va  maktab  imkoniyatlari,  bolalarning  yoshlik  xususiyatlaridan  kelib 

chiqib belgilanadi. 

Maktab  to’garaklarining  maqsad  va  vazifalari  asosan  bolalarning  badiiy-ijodiy 

qobiliyatlarini  rivojlantirish  hisoblanar  ekan,  ularni  qat’iy  reja  asosida  muntazam  olib 

borilishi talab etiladi.  




To’garaklar  har  bir  maktabda  san’atning  turlari,  guruhlar  bo’yicha  bitta  yoki  bir 

nechta  bo’lishi  mumkin.  Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  to’garak  rahbarining  asosiy 

e’tibori quyidagilarga qaratiladi: 

   


-tasviriy  yoki  amaliy  san’at  to’garaklariga  qiziqishi  va  qobiliyati  bor  o’quvchilar 

qabul  qilinadi  hamda  har  bir  guruhda  ularning  soni  10-15  tadan  oshmasligi  lozim.  Aks 

holda ular bilan olib boriladigan ishlarning sifati pasayib ketadi; 

 

-to’garakda  bolalarning  qiziqishi,  idroki,  tasviriy  malakalari,  ijodiy  qobiliyatlari 



o’rganilib va ma’lum vaqt mobaynida sinovdan o’tkazilib, qabul qilinadi. 

 

To’garaklarda  tasviriy  va  amaliy  san’at  ta’limi  mazmuni  alohida  e’tiborga  loyiq. 



Ta’lim  mazmunining  to’g’ri  belgilanishi  to’garak  ishini  muvaffaqqiyatini  ta’minlaydi. 

SHuning uchun rahbar mavjud dasturlarni o’rganib chiqishi va shu asosda o’zining mahalliy 

sharoitlari,  bolalarning  tayyorgarligi  va  imkoniyatlari,  moddiy-texnikaviy  asosning 

mavjudligiga qarab ta’lim mazmuniga oid o’z rejasini ishlab chiqadi. 

To’garaklar  tasviriy  va  amaliy  san’atning  qaysi  turi  yoki  janri  yuzasidan 

bo’lishligidan qat’iy nazar, u amaliy va nazariy qismlardan tashkil topadi. 

Tasviriy  san’atdan  amaliy  ishlar  bevosita,  naturaga  qarab  rasm  ishlash, 

kompozitsiya, suvrat namunalarini ko’chirish kabi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. 

Amaliy  san’atga  doir  (naqqoshlik,  ganchkorlik,  yog’och  o’ymakorligi,badiiy 

sopoldo’zlik,  misgarlik,  kashtachilik  v.b.)  to’garaklarda  bolalar  naqsh  namunalaridan 

ko’chirish,  mustaqil  ijodiy  kompozitsiyalar  ishlashdan  tashqari  tasviriy  san’at 

to’garaklaridagi  kabi  naturaga  qarab  rasm  ishlash  bilan  ham  shug’ullanadilar.  Bunday 

darslarda  o’qituvchi  tasvirlashning  nazariy  asoslari  hisoblangan  yorug’soya,  perspektiva, 

rangshunoslik qonunlariga ham alohida e’tibor beradi.Bu qonun va hoidalarga doir maxsus 

mashg’ulotlar tashkil etilishi ham mumkin. 

Rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika to’garaklari mashg’ulotlarida kompozitsiyalar 

ishlashga  katta  o’rin  beriladi.Bolalar  tasviriy  san’atni  barcha  janrlari(manzara,  turmush, 

natyurmort,  tarixiy,  batal,  animal,  portret,  afsonaviy,  marina)  bo’yicha  mustaqil 

kompozitsiya  ishlash,  tayyor  san’at  asarlari  namunalaridan  ko’chirish  bilan 

shug’ullanadilar. Ular adabiy asarlarga illyustratsiyalar ishlash, badiiy bezak ishlariga doir 

topshiriqlarni ham bajaradilar. 

Naturaga  qarab  rasm  ishlash  mashg’ulotlarida  to’garak  a’zolarining  yoshlari  yoki 

guruhlarga  qarab  tabiat  mahsulotlari  (barglar,  gullar,  meva  va  sabzavotlar),  uy-ro’zg’or, 

mehnat buyumlari, texnika, sport, san’atga doir predmetlar, me’morchilik obidalari, turgan 

yoki harakatdagi odam, qush, hayvonlar rasmlari chizdiriladi.  

Bunday  mashg’ulotlarda,  gipsli  geometrik  shakllar,  rezetkalar,  odam  va 

hayvonlarning  gipsli  shakllari,  meva  va  sabzavotlarning  mulyajlari,  qush  va  kichik 

o’lchovdagi  hayvonlarning  tulumlarini  o’quv  mashg’ulotlarida  chizdirish  qo’yilgan 

maqsadga  erishishni  yengillashtiradi.  Yuqorida  qayd  qilingan  buyum  va  narsalar 

topshiriqning vazifasiga qarab aloqida yoki to’p holda, harakatda yoki harakatsiz holatlarda 

chizdirilishi  mumkin.  Bunday  mashg’ulotlar  mavzuga  oid  rassomlar  asarlarining 

reproduktsiyalarini namoyish etish va tahlil qilish bilan qo’shib olib boriladi. SHuningdek, 

bu mashg’ulotlarni uzoq, qisqa muddatda, darsda, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. 

Beriladigan  topshiriqlar  mavzu  va  mazmun  jihatda  bolalarning  yoshi,  qiziqishi, 

tasviriy imkoniyatlariga yarasha bo’ladi. 

Kompozitsiya mashg’ulotlarini bolalar uchun qiziqarli bo’lishligi  uchun manzara va 

turmush  janrlaridan  tashqari,  tarixiy,  batal  janrlarda  "Spitamen  qo’zg’oloni",  "Jizzax 

qo’zg’oloni",  "Muqanna  qo’zg’oloni",  “Manguberdining  mo’g’illarga  qarshi  kurashi"  kabi 

mavzularda  rasm  ishlash  uchun  tavsiya  etilsa,  afsonaviy  janrda  "Suv  parilari",  "Devlar 

hayoti", "Kentavrlar jangi", "Ajdarlar bilan kurash", "Boshqa sayyoralarda"  kabi mavzular 

tavsiya  etiladi.  SHu bilan  birga  animal  janrdagi  ona  va  bola  hayvonlar haqidagi  mavzular 

ham bolalarda katta qiziqish hosil qiladi. 




Tasviriy  va  amaliy  san’atdan  nazariy  bilimlar  to’garaklarning  turiga  qarab  oddiy 

yoki murakkab mazmun va hajmda beriladi. Xususan: 

1.  San’atshunoslik  to’garaklari  (Tasviriy  san’atning  alohida  tur  va  janrlari. 

O’zbekiston tasviriy san’ati. U yoki bu davr tasviriy san’ati). Bunday to’garaklarda nazariy 

bilimlar bolalarga ancha keng va chuqurroq hajmda beriladi. 

2.  Tasviriy  san’at  (rangtasvir,  haykaltaroshlik,  grafika)  to’garaklari.  Bunday 

to’garaklarda nazariy bilimlar o’rtacha hajmda beriladi. 

3.  Amaliy-bezak  san’ati  to’garaklari.  Bunday  to’garaklarda  nazariy  bilimlar 

qisqartirilgan  hajmda  beriladi.  Biroq,  xalq  amaliy  san’ati  tarixi  uni  nazariy  asoslari,  xalq 

ustalari,  amaliy  san’atda  ishlatiladigan  ish  qurollari  va  jihozlar,  materiallar,  ish  uslublari, 

xalq  san’ati  rivoj  topgan  markazlar,  san’at  va  viloyat  o’lkashunoslik  muzeylari,  ulardagi 

eksponatlar haqida keng ma’lumotlar berilishi talab etiladi. 

Amaliy san’tning u yoki bu turi bo’yicha mashg’ulotlarda bolalar kompozitsiya ishlar 

ekanlar avvalo uni bevosita amaliyot yoki buyumlar bilan bog’lab amalga oshiradilar, ya’ni 

bajariladigan naqsh yoki bezaklar u yoki bu buyumning badiiy bezagi uchun mo’ljallangan 

bo’lishligi lozim. Bunda bolalar buyumning vazifasi, materiali, shakli,  o’lchovlari kabilarni 

hisobga  oladilar.  Ular  buyumning  vazifasi,  shakli,  materialini  hisobga  olib,  yo’lsimon, 

kvadrat,  uchburchak,  to’rtburchak,  doira,  ko’pburchak,  namoyon  shakllarida  badiiy  bezak 

ishlarini  bajaradilar.  Bu  ishlar  amaliy  san’atning  turiga  qarab  ham  eskiz,  ham  bevosita 

buyum yuzasiga ishlanishi mumkin. 

San’atshunoslik  asoslari  tasviriy  va  amaliy  san’atdan  barcha  to’garak 

mashg’ulotlarida  o’rganiladi.  San’atshunoslik  bo’yicha  to’garaklarda  san’at  tarixi  ancha 

keng va chuqur o’rgatilsa amaliy tarzdagi rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, 

amaliy  san’atning  turlari  bo’yicha  tashkil  etilgan  to’garaklarda  ularning  hajmi  ma’lum 

miqdorda torayadi. 

Rangtasvir to’garaklari san’atshunoslik asoslari bo’yicha to’garak rahbari san’atining 

kishilar  hayotidagi  ahamiyati,  tasviriy  san’atning  tur  va  janrlari,  amaliy-bezak  san’ati, 

me’morchilik  san’atiga  doir  ma’lumotlarni  ham  beradi.  San’atshunoslik  yuzasidan  olib 

boriladigan  ishlarni  imkoni  boricha  amaliy  mashg’ulotlar  bilan  bog’lab  olib  borilishi 

samarilidir.  SHunga  qaramasdan  to’garak  mashg’ulotlarida  bolalarni  muzeylarga, 

ko’rgazmalarga, rassomlarning ustaxonalariga olib borilishi, ularning tasviriy-ijodiy ishlar 

tanlovi va ko’rgazmalarini o’tkazilishi nihoyatda zarur. Mashg’ulotlarni san’at asarlarining 

reproduktsiyalari, slayd va diapozitivlari, diafilьm va kinofilьmlar, vidiofilьmlar namoyish 

etish orqali o’tkazilishi katta foyda beradi. 

SHuningdek,  bolalarni  san’at  asarlarining  reproduktsiyalari  va  otkritkalarini, 

rassom,  haykaltaroshlar  haqida  materiallar  to’plashga  odatlantirish  samaralidir.  SHu 

maqsadda  bolalar  tasviriy  san’atning  tur  va  janrlari,  rassom  va  haykaltaroshlar  haqida 

alьbom tayyorlashlari mumkin. Bu ish ularni san’atga qiziqishlarini oshirishda, badiiy fikr 

doiralarini kengaytirishda, badiiy tafakkurini o’stirishda katta yordam beradi. 

O’rganiladigan  mavzuning  maqsad  va  vazifalari,  mazmuniga  qarab  mashg’ulotlar 

rasm  ishlash,  ma’ruza,  suhbat,  munozara,  seminar,  insho  yozish,  testlar  yordamida 

o’tkaziladi. 

Imkoni boricha amaliy ishlarni turli o’quv qurollari, badiiy va tabiiy materiallar, turli 

tasvirlash  texnikasi  yordamida  o’tkazilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Badiiy  materiallar 

hisoblangan  akvarel,  guashь,  sous,  pastel,  sangina,  ugolь,  rangli  qog’ozlar,  folьga,  tushь, 

tabiiy  materiallardan-barglar,  gullar,  meva  va  sabzavot  urug’lari,  rangli  toshlar, 

chig’anoqlar,  qush  patlari  shular  jumlasidandir.  Bunday  materiallar  bilan  ishlash 

mashg’ulotlarni turli-tuman va qiziqarli bo’lishni ta’minlaydi. 

To’garak  mashg’ulotlariga  xos  bo’lgan  jihatlardan  yana  biri  bu  rasm  ishlanadigan 

qog’oz  formati,  o’lchovi,  shaklini,  rangining  turlicha  bo’lishligidir  va  ular  mavzuning 

mazmuniga bog’liq holda tanlanadi. 



To’garak  mashg’ulotlari  uchun  mavzu  tanlashda  o’qituvchi  o’zidagi  mavjud  shart-

sharoitlar,  o’quvchilarning  qiziqishlari,  turli-tuman  bo’lishligiga  e’tiborni  qaratmog’i 

darkor. 

Tasviriy san’atdan  amaliy  ishlarga  ajratilgan  vaqt  ham topshiriqlarning vazifasi  va 

ish  mazmuniga  qarab  turlicha  bo’ladi.  Xususan,  qoralama  va  ranglamalar  5-15  daqiqada, 

o’quv  topshiriqlari  2-5  soat  hajmda,  pleynardagi  har  bir  ish  15  daqiqadan  1  soatgacha 

bo’lishi mumkin. 

San’at  tarixiga  doir  to’garak  mashg’ulotlarida  o’qituvchi  o’zbek  milliy  san’atining 

mustaqillik  yillaridagi  taraqqiyoti,  jahonga  mashhur  o’zbek  rassomlari  va  amaliy  san’at 

ustalari,  o’zbek  tasviriy  va  amaliy-bezak  san’ati  ustalarining  yuksak  badiiy  saviyada 

yaratgan asarlarini jahonning yirik va mashhur muzeylaridan o’rin olganligi hamda o’zbek 

xalqi  bundan  faxrlannishi  haqida  so’zlab  berishi  lozim.  Afrosiyob,  Varahsha,  Ayrtom, 

+alchayon va boshqa joylarda yer ostidan topilgan shaharlar va uy devorlariga ishlangan 

devoriy  rasmlar,  shuningdek  haykallarning  foto  nusqalarini  namoyish  etish  va  SHarq 

Uyg’onish  davrida  Movaraunnahr  miniatyura  san’ati,  Kamoliddin  Behzod  va  uning 

shogirdlari  tomonidan  yaratilgan  bahosiz  asarlar,  IX-XV  asrlarda  O’zbekiston 

me’morchiligining  noyob  ishlari  haqida  ma’lumot  berish  bolalarda  san’atga  bo’lgan 

qiziqishni oshiradi. 

Maktabda tasviriy va amaliy san’atdan o’tkaziladigan kechalar o’quvchilarni estetik 

va  axloqiy  jihatdan  tarbiyalashda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  SHuningdek,  u  yoshlarni 

san’atga  bo’lgan  qiziqishni  oshiradi,  badiiy  fikr  doirasini  kengaytiradi.  Kechalar  o’z 

mazmuniga  ko’ra  bir  qator  san’at  turlarini  mujassam  etadi.  Xususan,  unda  tasviriy 

san’atdan  tashqari,  musiqa  san’ati,  adabiyot,  xoreografiya  san’ati,  tsirk  san’ati,  teatr 

san’atlari ishtirok etishi mumkin. SHu bilan birga unda maktab jamoasi, shuningdek, ota-

onalar,  jamoat  tashkilotlarining  vakillari  ishtirok  etishi  kechani  katta  ko’tarinkilik  bilan 

o’tishiga  imkon  beradi,  tashkilotchilarning  tadbirga  mas’uliyatini  oshiradi.  Kechani 

o’tkazganda  maktabdagi  musiqa,  o’yin,  drama  to’garaklari  a’zolarining  hamkorligi  yaxshi 

natijalar beradi. 

Kechaning  mavzusi  nihoyatda  qiziqarli  bo’lishi  lozim.  Masalan,  u  mashhur  rassom 

yoki amaliy san’at ustasining tavallud kuni munosabati bilan, yil fasllarini tasviriy san’atda 

aks etishiga doir, ma’lum bir mamlakat yoki  davr san’atiga bag’ishlanishi mumkin. Kecha 

san’atimizning  yorqin  yulduzlari  Kamoliddin  Behzod,  Leonardo  da  Vinchi,  Rembrant  Van 

Reyn, Ilya Repin, CHingiz Axmarov kabi rassomlar, Usta SHirin Muradov, Ota Polvonov kabi 

xalq  amaliy  san’ati    ustalarining  hayoti  va  ijodi,  shuningdek,  "SHarq  miniatyura 

maktablari",  "Tasviriy  san’atda  O’zbekiston  kuzi",  "Monna  Liza.  Jokondaning  siri", 

"Mustaqillik va O’zbekiston tasviriy san’ati" kabi mavzular kechalar  uchun yaxshi material 

bo’lshi mumkin.  

Kechani o’tkazishda maktab tasviriy san’at to’garagi a’zolari asosiy rolni o’ynaydilar. 

Unga  tuman,  shaxar,  viloyatdagi  taniqli  rassomlar,  xomiylarning  yordamini  tashkil  etish 

mumkin.  SHu  bilan  birga  kechani  o’tkazishda  maktabning  musiqa,  adabiyot,  mehnat 

o’qituvchilari  va  to’garak  a’zolari  ishtirok  etishlari  samaralidir.  Ular  kechada  qo’shiqlar, 

kuylar,  she’rlar,  spektakllardan  parchalar,  sahnani  yorug’lantirish,  stendlar  tayyorlashda 

ishtirok  etadilar.  Kechani  yuqori  badiiy  va  tashkiliy  saviyada  o’tkazish  uchun  texnika 

vositalaridan  keng  foydalanish,  kinofilьmlar  namoyish  etish,  kecha  mavzusi  bilan  bog’liq 

holda  ko’rgazma,  tanlov,  viktorinalar  tashkil  etsa  foydadan  holi  bo’lmaydi.  SHuni  yoddan 

chiqarmaslik lozimki, kechani o’tkazishdan ancha avval maktab ma’muriyati ishtirokida uni 

tayyorlash  uchun  hay’at  tuziladi.  Unga  kecha  o’tkazish  bilan  aloqador  bo’lgan  barcha 

shaxslar kiritiladi, kecha stsenariysi va ish rejasi tuzilib muhokama etiladi. Vaqti-vaqti bilan 

tayyorgarlik ishlari hay’at yig’ilishida eshitilib turiladi.  

To’garak  mashg’ulotlarida  tasviriy  va  amaliy  san’at,  me’morchilikka  oid 

suhbatlar, 

ma’ruzalarga keng o’rin beriladi va ularni to’garak rahbari, to’garak a’zolari bilan birlikda 




o’tkazadi. Bunday tadbirlar mashg’ulotlar bilan bog’liq holda, ham mashg’ulotdan tashqari 

vaqtlarda  ham  mustaqil  ravishda  o’tkazilishi  mumkin.Ular  to’garak  rahbari  tomonidan  u 

yoki  bu  mavzuni  chuqurroq  o’rgatishni  maqsad  qilib  qo’yganida  yoki  mavzu  bolalar 

tomonidan yaxshi o’zlashtirilmay qolgani taqdirda ham tashkil etilishi mumkin. 

Ular rassom, halq amaliy san’ati ustasining hayoti va ijodi, ma’lum bir davr san’ati, 

san’tdagi  biron  bir  oqim,  san’atning  tur  va  janrlari,  bironta  mamlakat  san’ati,  tasviriy 

san’atda  mehnat,  sport,  buyuk  shaxslar,  ekologiya,  onalik  va  bolalik  kabi  mavzularga 

bag’ishlangan  bo’lishi  mumkin.  Bunday  suhbatlar  mazmuni  qiziqarli  bo’lishligi  bilan  bir 

qatorda  u  bolalarning  faol  ishtirokida  o’tkazilishi  maqsadga  muvofiqdir.  SHu  maqsadda 

san’at asarlarining reproduktsiyalari, slayd va diapozitivlari, diafilьmlari texnika vositalari 

orqali  namoyish  etilishi  samaralidir.  Suhbatlar  bolalarning  yoshi  va  sinfiga  qarab  45 

minutdan  oshmaganligi  ma’qul.  Suhbatlar  ma’ruza  shaklida  bo’lib  taniqli  san’atshunoslar, 

rassomlar,  tasviriy  san’at  o’qituvchisining  o’zi,  to’garakning  yetakchi  a’zolari  tomonidan 

olib  borilishi  mumkin.  Suhbatga  viloyat  davlat  universitetining  o’qituvchilari,  viloyat 

o’lkashunoslik  muzeyining  san’atshunos  xodimlarini  ham  jalb  qilsa  bo’ladi.  Suhbatlarga 

ma’ruzachi avvaldan tayyorgarlik ko’rib boradi, uning rejasini tayyorlaydi, maktab tasviriy 

san’at o’qituvchisi bilan kelishilgan holda ma’ruza matni va namoyish etiladigan illyustrativ 

materiallarni  belgilab  oladi.  Ma’ruzachiga  qo’shimcha  ravishda  to’garak  a’zolaridan 

birontasini yoki tasviriy san’at o’qituvchisining o’zi tayinlanishi mumkin. Maruzalar barcha 

sinflarda darsdan so’ng yoki tarbiyaviy soatlarda bolalarning yoshini hisobga olib, tor yoki 

keng  hajmda,  oddiy  yoki  murakkab  tarzda  o’tkaziladi.  Suhbat  20-45  daqiqa  atrofida 

bo’lgani ma’qul. 

Suhbatlar uchun "SHarq miniatyura maktablari", "Evropada Uyg’onish davri tasviriy 

san’ati",  "Mustaqillik  va  O’zbekiston  tasviriy  san’atida  xotin-qizlar  obrazi",  "Sport  va 

tasviriy  san’at",  "Tasviriy  san’atda  yil  fasllarining  ifodalanishi",  "O’zbekiston  xududidagi 

eng qadimgi tasviriy san’at", "Tasviriy san’atdagi oqim va yo’nalishlar", "Tasviriy san’atda 

animal  janr  (manzara,  portret,  natyumort,  turmush,  batal,  tarixiy,  marina,  afsonaviy)" 

"Kamoliddin  Behzod  buyuk  naqqosh  va  musavvir",  "Leonardo  da  Vinchi",  "Monna  Liza. 

Jokondaning  sirlari",  K.Bryulovning  "Pompeyning  so’ngi  kuni"  asari  tarixi",  "O’zbekiston 

tasviriy  san’at  muzeyi",  "Qadimgi  Misr  san’ati",  "Qadimgi  Yunonistonda  haykaltaroshlik" 

kabi  mavzular  tanlanishi  mumkin.  SHu  kabi  bezakli-amaliy  san’at,  uning  turlari, 

ustalarining hayoti va ijodiga doir ma’ruzalar samaralidir. 

Maktablarda  eng  yaxshi  ishlangan  rasm,  haykal,  amaliy  san’at  namunasiga  doir 

ishlar  uchun 

tanlovlar  bolalarda  katta  qiziqish  uyg’otadi,  ularning  faolligini  oshiradi.  Eng 

muhimi  bolalarning  ijodkorligiga  keng  yo’l  ochib  beradi,  mustaqil  ishlashga  o’rgatadi. 

Tanlovlar  faqat  bolalarning  ijodiy  ishlari  yuzasidan  o’tkaziladi.  Ular  tasviriy  va  amaliy 

san’atning  barcha  tur  va  janrlariga  doir  bo’lishi  mumkin.  Tanlovlar  bolalarni  guruhlarga 

yoki yoshlariga qarab tashkil etiladi. +ususan, kichik (1-4 sinflarda), o’rta (5-7 sinflarda), 

katta (8-9 sinflarda) guruhlarga bo’linadi. Tanlov uchun beriladigan mavzular bu guruhlar 

uchun alohida-alohida tanlanadi. Tanlov uchun quyidagi mavzular bolalarda katta qiziqish 

uyg’otadi:  "Mustaqillik  kuni",  "Navro’z",  "O’zbekiston  go’zal    diyor",  "O’zbekiston  mening 

Vatanim",  "Tasviriy  san’atda  O’zbekiston  me’morchiligi  yodgorliklari",  "O’zbekiston  kuzi", 

"Ular  mustaqillik  uchun  kurashgan  edilar",  "Boshqa  sayyoralarda",  "Suv  osti  dunyosi", 

"+osil bayrami", "Men sevgan kasb" v.b. Tanlov uchun bolalarga erkin mavzularni tavsiya 

etsa  ham    bo’ladi.  Tanlovlar  faqat  maktab  miqyosida  emas,  uni  tuman,  shahar,  viloyat 

miqyosida ham o’tkazilishi mumkin.  

Tasviriy  san’atdan 

viktorinalar  tashkil  etish  bolalarni  mustaqil  ishlashga  o’rgatadi, 

ularning  bilim  doirasini  kengaytiradi.  Bu  tadbir  o’yin  va  musobaqa  shaklida  bo’lganligi 

uchun unda bolalar katta qiziqish bilan ishtirok etadilar. 

Viktorina  san’at  tarixi,  uning  nazariyasi  (yorug’soya,  perspektiva,  rangshunoslik) 

janrlari,  rassom,  haykaltarosh,  amaliy  san’at  ustalarining  hayoti  va  ijodi,  rangshunoslik, 



rassom va ustalarning ish qurollari va materiallari, tasvirlash texnikasi, tasviriy va amaliy 

san’atda  ishlatiladigan  atama  va  iboralar,  ayrim  mamlakat,  o’z  o’lkasining  san’atiga  doir 

bo’lishi  mumkin.  Biroq  bunda  bolalarni  guruhlarga  (kichik,  o’rta,  katta)  moslab  mavzu 

tanlanadi.  Ayrim  mavzular  bo’yicha  tadbir  mazmunini  soddalashtirgan  yoki 

murakkablashtirgan  holda  barcha  guruhlarda  o’tkazsa  ham  bo’ladi.  Viktorinalarda 

krossovord, chaynvord, topishmoqlar ham berish mumkin.  

Viktorinani  o’tkazishdan  avval  o’qituvchi  va  bolalar  katta  tayyorgarlik  ko’rgan 

bo’lishlari  lozim.  Xususan,  ko’rgazma,  tanlov,  sayohat,  ma’ruza,  uchrashuv  v.b.  mazkur 

tadbirning muvaffaqqiyatini ta’minlaydi. Bu tadbirni o’tkazishda maktab kutubxonasi katta 

rol o’ynaydi, u san’atga oid adabiyotlar bilan boyitilgan bo’lishi lozim. Aks holda, u kutilgan 

natijani bermaydi. Viktorinani o’tkazishda tasviriy san’at o’qituvchisi bilan bir qatorda sinf 

rahbarlari  faol  ishtirok  etishlari  talab  etiladi.  Ular  tayyorgarlik  davrida  o’z  sinflari  uchun 

ma’ruzalar  tashkil  etishda,  adabiyotlar,  san’at  asarlarining  reproduktsiyalarini  to’plashda 

bolalarga muntazam yordam ko’rsatishlari lozim. har bir viktorina savollariga qaytarilgan 

javoblar  uchun  mezonlar  belgilangan  bo’lib,  tadbir  natijalari  hay’at  a’zolari  tomonidan 

ko’rib chiqiladi va yuqori ball to’plagan o’quvchilar taqdirlanadilar. 

Tasviriy  san’atdan  sayohatlar  muzeylarga,  rassomlarning  ustaxonalariga, 

haykaltaroshlik  yodgorliklariga,  ko’rgazmalarga  tashkil  etiladi.  Natijada  bolalar  san’at 

asarlarining  asl  nusxalari  bilan  tanishadilar,  ularining  yaratilish  jarayonining  shohidi 

bo’ladilar. Odatda bunday sayohatlarga o’qituvchi ham, o’quvchilar ham katta tayyorgarlik 

ko’radilar,  bu  tadbirning  rejasini  tuzib  oladilar.  Rassom  ustaxonasiga  sayohatlar 

uyushtirilganda rassomlar o’zlarining hayotlari va ijodlari, kelajak rejalari haqida atroflicha 

gapirib  beradilar,  o’z  asarlari  bilan  tanishtiradilar  va  ularning  yaratishlish  tarixi  haqida 

hikoya qilib beradilar. Rassomning jonli nutqi va uning hikoyasi bolalarni hayajonlantiradi, 

ularning  xotirasida o’chmas iz qoldiradi. 

Rejada  sayohat  qaerda  tashkil  etilishi  va  unga  qachon  borilishi,  kim  bilan 

uchrashilishi, u yerda nimalarni ko’rilishi, kim bilan nimalar haqida suhbat bo’lishi bayon 

etiladi.  Agarda  muzey,  bironta  yodgorlik  yoki  rassom  ustaxonasiga  boriladigan  bo’lsa  u 

haqda  sayohatdan  oldin  bolalarga  qisqacha  ma’lumot  beriladi.  Sayohat  vaqtida  bolalar 

o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan rassom, muzey xodimiga murojaat etadilar. Sayohatdan 

so’ng o’qituvchi bolalar bilan sayohatdan olgan taassurotlari bilan fikr olmashadilar. 

Maktablarda  keng  tarqalgan  dasrdan  tashqari  ishlarning  shakllaridan  yana  biri 

ko’rgazmalardir. Ko’rgazmalarning asosiy turlari quyidagilardir: 

1.Bolalarning ijodiy-tasviriy va amaliy-bezak ishlari ko’rgazmasi.   2.  Rassomlar va 

amaliy  san’at  ustalari  asarlari  reproduktsiyalarining  ko’rgazmasi.  3.Rassomlar  va  amaliy 

san’at ustalari asarlarining asl nusxalari ko’rgazmasi. 

Bolalarning ijodiy ishlar ko’rgazmasi yillik, yarim yillik va chorak natijalari bo’yicha 

to’plangan  eng  yaxshi  ishlar  asosida  o’tkaziladi.  Bunday  ijodiy  ishlar  ko’rgazmasi  eng 

yaxshi  ishlangan  rasmlar  tanlovida  g’olib  chiqqan  ishlardan,  qo’shni  maktab,  qo’shimcha 

ta’lim  markazlarida  bajarilgan  ishlardan,  tuman  maktablaridan  yig’ilgan  eng  yaxshi 

rasmlardan  tashkil  topishi  mumkin.  Ular  maktab,  tuman,  shahar,  viloyat,  respublika 

darajasida o’tkaziladi. 

Rassomlar  asarlarining  reproduktsiyalaridan  tashkil  etiladigan  ko’rgazmalar  ham 

nihoyatda  rang-barangdir.  Xususan,  tasviriy  san’atning  u  yoki  bu  turi,  u  yoki  bu  janri, 

bironta  rassomning  hayoti  va  ijodi,  bironta  mamlakat  yoki  davr  rassomlari  ijodi 

namunalari,  rasmlar  galereyasi  yoki  muzeyning  bironta  bo’limi  kollektsiyalari  asosida 

tashkil  etilishi  mumkin.  SHuningdek,  reproduktsiyalar  asosida  o’tkaziladigan 

ko’rgazmalarni mamlakatimiz hayoti, uning tarixi, kelajagi, mehnat, sport, sog’liqni saqlash, 

ekologiya,  ilm-fan,  xotin-qizlar  mavzularida  o’tkazsa  ham  bo’ladi.  Bunday  ko’rgazmalar 

nafosat  bilan  tayyorlangan  stendlar  yordamida  maktab  foesi,  yo’lagi  yoki  boshqa  bolalar 

gavjum bo’ladigan joylarda tashkil etiladi. Ko’rgazmani tasviriy san’at xonasiga yaqin joyda 



tashkil  eitilishi  maqsadga  muvofiqdir.  har  bir  ishning  tagiga  ish  muallifi  va  uning  nomi, 

yoshi, yaratilgan yili yozib qo’yiladi. 

Rassomlar,  amaliy  san’at  ustalarining  asarlari  reproduktsiyalari,  bolalar  ijodi 

asosida  o’tkaziladigan  ko’rgazmalar  uchun  ishlar  tanlashni  bevosita  bolalar  ishtirokida 

amalga  oshirilishi  ularning  badiiy  didini  o’stiradi,  badiiy  bilim  doirasini  kengaytiradi, 

faoligini oshiradi.  

Katta  hajmdagi  ko’rgazmalar  tashkil  etilganda  faol  ishtirok  etgan  bolalar  maktab 

ma’muriyati tomonidan ma’naviy va moddiy jihatdan rag’batlantiriladi.  

Rassomlar  va  amaliy  san’at  ustalari  asarlarining  asl  nusxalaridan  ko’rgazmalar 

tashkil etish jiddiy tayyorgarlik asosida amalga oshiriladi. Ko’rgazmaga qo’yilgan asarlarni 

yuksak  badiiy  qiymatga  ega  ekanligi,  unda  maktabning  barcha  o’quvchilari  va  jamoasi 

ishtirok etishi buni talab etadi. Bunday ko’rgazma uchun keng va yorug’ joy (maktab foesi 

yoki  zali)  tanlanadi.  Uni  tashkil  etishda  maktab  ma’muriyatidan  tashqari  ota-onalar, 

mahalla, tuman halq ta’limi boshqarmasi va hayriya tashkilot  vakillari ishtirok etadilar. 

Ko’rgazmalar  tantanali  ravishda  rassom  va  xalq  ta’limi  boshqarmalari  vakillari 

tomonidan ochiladi. Ko’rgazmalarning qiziqarli shakllaridan biri 

maktab tasviriy va amaliy 

san’at  muzeyi  hisoblanadi.  Bunday  muzeylar  rassom,  usta  va  o’quvchilar  tomonidan 

ishlangan  ishlarning  asl  nusxalari  asosida  tashkil  etiladi.  Muzeyning  turlari  quyidagicha 

bo’lishi mumkin: 

1.  Tasviriy  va  amaliy  san’at  muzeyi;  tasviriy  san’at  muzeyi;  amaliy  san’at  muzeyi; 

bironta  rassom  yoki  usta  ijodi  muzeyi;  bolalar  tasviriy  ijodi  muzeyi.  Bunday  muzeylar 

alohida  keng  va  yorug’  xonada  tashkil  etiladi.  Muzeylarni  tashkil  etishda  uning 

tashkilotchilari tomonidan katta ma’suliyat talab etiladi. Uni maktab ma’muriyati, hayriya 

tashkilotlar,  rassom  va  ustalar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Uni  tashkil  etishda  maktab 

tasviriy  va  amaliy  san’at  to’garagi  a’zolari  faol  ishtirok  etishlari  lozim.  Muzeyni  faqat 

asarlar namoyish etadigan joy deb qaramaslik lozim. Uni maktabda san’atga oid ma’ruzalar, 

uchrashuvlar,  suhbatlar,  munozaralar,  viktorinalar  tanlovlar,  ko’rgazmalar  o’tkazib 

turiladigan,  kinofilьmlar  namoyishi  etiladigan  joyga  aylantirish  ayni  muddodir.  Muzey 

ishlarini bunday tarzda keng qamrovli tashkil etilishi bolalarni san’atga bo’lgan qiziqishlari, 

muhabbatini oshiribgina qolmay, balki ularni badiiy madaniyatini ko’tarishga xizmat qiladi. 

Respublika,  viloyat,  shahar,  tuman  miqyosidagi  rassomlar,  amaliy  bezak  san’ati 

ustalari bilan maktablarda 

uchrashuvlar o’tkazish o’quvchilarni san’atga bo’lgan qiziqishini 

oshirishda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  uchrashuvda  rassomlar,  ustalar  o’zlarining 

ijodiy  yo’llari,  yaratgan  asarlari,  uning  yaratish  sirlari,  kelajak  rejalari  haqida  bolalarga 

so’zlab beradilar. Tasviriy san’at o’qituvchisi esa bu kasbning jozibali faxrli kasblardan biri 

ekanligi, bu sohada kishilar hayotidagi o’rni haqida gapirib beradi. Uchrashuvdagi rassom 

misolida uni hukumatimiz, xalqimiz tomonidan yuksak qadrlanganligi (uning mukofotlari, 

lovozimi,  unvonlari  v.b.),  asarlarini  qaysi  joylarda  namoyish  etilganligi,  uning  safarlari 

haqida so’zlab berish bolalarda katta taassurot qoldiradi. Uchrashuvni to’laqonli bo’lishligi 

uchun  rassom  yoki  ustaning  asarlari  ko’rgazmasini  tashkil  etilishi  tadbirning  yanada 

samarali  bo’lishligini  taminlaydi.  Rassomlar  va  ustalar  bilan  bunday  aloqalarning 

kengayishi  maktabda  san’at  muzeyini  tashkil  etishga  ham  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin. 

CHunki,  uchrashuvlardan  so’ng  rassomlar  yoki  ustalar  o’zlarining  ijodiy  ishlari 

namunalaridan  maktablarga  esdalik  uchun  qoldiradilar.  Bunday  tadbirlar  orqali 

o’quvchilar o’zlarini qiziqtiradigan ko’pgina ma’lumotlarni oladilar, ulardan ayrimlari ana 

shu rassom yoki ustaga o’xshashni orzu qiladi, bu sohaga qiziqish, orzulari oshadi.  

 

 

 



 

 



GLOSSARIY 

Abris - chegara 



chiziq suvratdagi tasvir, rang va tuslarni chegarasini belgilaydi.  

Abstraktsionizm - lotin tilidan olingan bo’lib, 

“mavxum” degan ma’noni anglatadi. Bu 

oqim XIX asr oxiri  XX asr boshlarida Yevropada paydo bo’lgan. San’atdagi mazkur yo’nalish 

namoyyandalari narsa va xodisalarni real tasvirlashdan voz kechganlar. Ularning asarlarida 

borliq  emas  ijodkorning  his-tuyg’ulari  shakl  va  ranglar  o’yini  aks  etgan.  Abstraktsionizm 

oqimidagi  asarlarda  ma’no  va  mazmun  ayrim  dog’,  xajm,  chiziq,  ranglarning  tartibsiz, 

harakati qonun va qoidalarsiz tasvirlanadi. 

Avtolitografiya - yunoncha 

“toshga chizaman” degan ma’noni anglatadi. Unda rassom 

o’z asarini tosh ustiga ishlab so’ngra undan qog’ozga tasvir oladi. 

 Avtoportret  - 

“avto”  so’zi  yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  o’zim  ma’nosini  anglatadi. 

Avtoportret esa o’zimni portretim demakdir. Ko’pchilik rassomlar oynaga qarab  o’zlarini 

portretlarini  ishlashadi.  Avtoportretda  rassomlar  o’zlarining  harakterlari,  tabiat  ikki 

dunyosini ko’rsatmoqchi bo’ladilar. 

Agitplakat  -  grafikaning  bir  turib  bo’lib,  unda  turli  g’oyalar  targ’ibot  va  tashviqot 

qilinadi. 

Akademizm  –  tasviriy  san’atdagi  akademik  uslubga  asoslangan  badiiy  yo’nalish. 

Ba’zida  bu  bilan  yangi  badiiy  yo’nalishlarni  ham  atashadi.  Ijodkorlardan  tashkil  topgan 

tasviiy san’atdagi badiiy yo’nalish. 

Akvatinta - metallga chuqur o’yib ishlanadigan gravyuraning bir turi. Bunda rassom 

metall  taxtachaning  ayrim  joylariga  avval  asfal’t  kukuni  sepib,  keyin  uni  azot  kislotada 

yuvadi. 


Akvarel’  -  lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  suv  ma’nosini  anglatadii.  U  suvda  yaxshi 

eriydigan va yuviladigan mayin va shaffof bo’yoq. Akvarel’ tasviri nihoyatda rangli, nafis va 

nozik bo’lib, ular ko’pincha qog’oz ustiga ishlanadi. 

Antik  san’at  -  qadimgi  degan  ma’noni  bildiradi.  Bunda  taraqqiy  etgan  qadimgi 

Yunon, Rim san’ati nazarda tutilgan. 

Applikatsiya - lotincha yopishtirish ma’nosini anglatadi. Mazkur tasvirlash texnikasi 

tabiiy  (barg,  tosh,  meva-sabzovotlarning  urug’  va  po’choqlari),  badiiy  (rangli,  folьga 

qog’ozlar  v.b.),  va  tashlandiq  (gazmol  parchalari,  dori-darmondan,  xo’jalikda  ishlatilib 

bo’shagan  narsalar  v.b.)  materiallar  yordamida  tekislik  ustida  bajariladigan  tasvirlash 

usuli. 


Asosiy ranglar  -  qizil,  sariq,  zangori  ranglar  shunday  deb  ataladi.  Bu  ranglarni  bir-

birlari bilan aralashtiib boshqa ko’p ranglar olinadi. 

Assimetriya  -  yunon  tilidan  olingan  bo’lib, 

“simmetrik  emas”  degan  ma’noni 

anglatadi. Tasviriy san’atda asardagi detallarni, suvratni chap va o’ng yoki yuqori va pastki 

tomonlaridagi tenglik, o’xshashlik alomatlarining yo’qligi assimetriya hisoblanadi.  

Afsonaviy janr - xalq og’zaki ijodi asosida tasviriy san’at namunalarini aks etdiruvchi 

janr.  Bunday  janrda  yaratilgan  tasvirlar  afsonaviy  odam  va  mahluqlar  (xayvonlar)  bo’lib, 

xaqiqatda  ular  bo’lmaydi.  Masalan  dev,  ajdar,  kentavr,  rusalka,  pegas,  putti  grifon,  va 

boshqalar  shular  jumlasidandir.  Afsonaviy  janrda  yaratilgan  ishlarning  ko’pchiligi 

rangtasvir va xaykaltaroshlikda uchraydi. 

Axzar - rang nomi, meditsinada ishlatiladigan zelenkaning rangi. 

Axromatik  ranglar  -  yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  rangsiz  degan  ma’noni  anglatadi. 

Ular oq, qora, kulrang va ularning aralashmasidan hosil bo’lgan tuslardir. 

Badiiy  an’ana  -  qadimdan  inson  faoliyatining  adabiyot,  san’at  kabi  sohalarida 



erishilgan va saqlanib qolingan ilg’or yutuqlar va tajribalar.  

Baget - rasm, suvrat kabilarni solishga mo’ljallangan moslama. 




Badiiy  ko’rgazma  -  deganda  tasviriy,  amaliy,  me’morchilik  san’at  asarlari  yoki 

loyxalarni  ommaga  namoyishi  tushuniladi.  Ular  muzey,  galereya,  san’at  saroylari  va 

markazlarida o’tkaziladi. Ko’rgazma bir yoki bir necha muallifning tasviriy san’at ayrim tur 

yoki  janrlari  bo’yicha  ham  o’tkaziladi.  Ular  davriy  yoki  doimiy  va  ko’chma  tarzda 

o’tkazilishi  mumkin.  Badiiy  ko’rgazma  xalqaro,  mintaqaviy,  milliy  turlari  ham  bor.  Badiiy 

ko’rgazmada  ba’zi birgina asar qo’yilishi xollari ham bo’lgan. Masalan, ko’p yillardan buyon 

Leonardo da Vinchining “Monna Liza Jokonda” nomli asrining bir o’zi ko’chma ko’rgazmada 

namoyishi etilgan. 

Badiiy  akademiya  -  bu  nom  bilan  asosan  rassom,  haykaltarosh,  me’morlar 

tayyorlanadigan oliy o’quv yurtlari ataladi. SHuningdek bu nom bilan nafaqat san’atga balki  

ularda  rahbarlik  qiladigan,  tashkiliy  ishlarni  olib  boradigan  davlat  muassasalari  ham 

yuritiladi. Masalan, O’zbekiston badiiy  akademiyasi. 

Barikaram - rang nomi, karam bargining  rangi. 

Binafsha  -    rang nomi, gunafsha gulining rangi. 

Blik -     narsa va tasvirlarning eng yorug’ yaltiroq joyi. 

Bosh  bezak  -  kitoblarning  ichki  bezagi,  kitob  varag’ining  eng  tepa  qismida 

beriladigan tasvir. Ular rasmli yoki, naqshli bo’lishi mumkin. 

Bronza  -  mis,  qalay,  alyuminiy,  berilliy,  qo’rg’oshin  kabilar  aralashmasidan  hosil 

bo’lgan qotishma. U alyumin, kul rangiga yaqin bo’ladi. 

Bo’yoq - tasviriy san’atda, shuningdek badiy-bezak ishlarida ishlatiladigan qorishma. 

Uning moy bo’yoq, akvarel, guashь, tempera, emal, emulsiya kabi turlari bor. 

B’enale - ikki yilda bir marta bo’ladigan ko’rgazma nomi. 

Byust - frantsuzcha so’z bo’lib, qabr ustiga qo’yiladigan xaykal ma’nosini anglatadi. U 

odamni ko’kragidan yuqori qismini tasvirlaydigan xaykal hisoblanadi.                   

Vernisaj  -  ko’rgazmaning  ochilishi.  Dastlab  u  Frantsiyada  ko’rgazmadan  oldin 



rangtasvir asarlari sathiga lok berish degan ma’noni  anglatgan. 

 Vitraj  -  oyna  ustiga  bo’yoq  bilan  ishlangan  rangtasvir.  Uni  ikki  tomonlama  ko’rish 

mumkin. Ular ko’pincha uy  derazalari  yoki eshik oynalariga, shuningdek ma’muriy, o’quv 

yurtlari binolariga ishlanadi. Ular rasmli yoki naqshli bo’ladi. 

Galereya  -  tasviriy  va  amaliy  san’at  asarlari  saqlanadigan  va  ko’rgazmalar 



o’tkaziladigan maxsus bino. 

Gamma - o’zaro uyg’un ranglar yig’indisi bo’lib, unda bironta rang yetakchilik qiladi. 

Masalan,  iliq  rang  gammasi,  sovuq  rang  gammasi,  yorqin  rang  gammasi  shular 

jumlasidandir. 

Gliptika  -  qimmatbaho  toshga  o’yib  tushirilgan  tasvir,  ba’zida  zeb-ziynat  va  muhr 

o’rnida ham ishlatiladi. 

Gravyor - metal, tosh, yog’ochga o’yib tasvir ishlaydigan usta, rassom. 

Grifon  -  qadimgi  SHarq  san’atida  uchraydigan  tanasi  arslon,  kallasi  va  qanoti  

burgutsimon afsonaviy  mahluq tasviri. 

Grizayl’ - tasvir usuli bo’lib, birgina bo’yoq bilan ishlangan tasvir. Bunda ko’pincha 

qizig’ish, qora, jigarrang, zangori ranglar qo’llaniladi.  

Grunt  -  tasvir  ishlanadigan  zamin.  U  karton,  bo’z,  devor  bo’lishi  mumkin.  Unga 

tegishli qorishma surtilgan bo’ladi. 

 Guash’ - Italyanlar tilidan olingan bo’lib, suvli bo’yoq ma’nosini anglatadi. U suvda 

yaxshi    eriydi.  Guashь  bo’yog’i  akvareldan  uni  qog’oz  yuzasiga  barnecha  qavat  qilib  

turlicha qalinlikda berilishi bilan farqlanadi. 

Gulgun - rang nomi, kechki shafaq paytida ro’y beradigan ko’rinish rangi.  

 

 




Dastgohli  rangtasvir  -  rangtasvirning  dastgox  (molьbert)ga  o’rnatib  ishlanadigan 

turi. Rangtasvirning bu turida tasvirlanayotgan odam, xayvon v.b. larning o’lchovlari o’zini 

xaqiqiy o’lchovidan katta bo’lmasligi lozim. 

Devoriy  rantasvir  -  (freska,  alfresko)-uy  shifti,  devorga  berilgan  suvoq  qurib 

ulgurmasdan uning ustiga ishlangan tasvir. Ular ba’zan shift, devor ustiga qoplangan mato, 

qog’oz ustiga ham ishlanadi. 

Dekoratsiya - teatr sahnasini spektakl mazmuni bilan bog’liq holda tasvirlanadigan 

bezak ko’rinish. Ular rangtasvir va butafor shaklida bo’ladi. 

Diptix - qo’sh tasvir. Ko’pincha ular bir mavzu va bir mazmunda bo’lib yonma-yon 

namoyish etiladi.  

YO 


Yodgorlik  xaykal  -    mashhur  va  tarixiy  shaxslarga  bag’ishlab  ishlangan  xaykal.  U 

mahobatli, relьfli yoki dastgoxli-yumaloq bo’lishi mumkin. 

Yorug’soya  -  Tasviriy  san’at  nazariyasiga  doir  atama.  Uni  yorug’soya  qonuni  deb 

ham  ataladi.  U  tasvirlanayotgan  narsalarning  yoki  tirik  mavjudotni  qalamtasviri  va 

rangtasvirini hajmli qilib ishlanishiga qo’llaniladi. 

Yorug’    (shul’a)  -  tasviriy  san’atning  nazariy  asoslariga  oid  atama  bo’lib,  uning 

yorug’soya qonuniga tegishlidir. Ma’lumki, har qanday narsa va mavjudotlar xajimlidirlar. 

Rasmda  uni  xajmli  ekanligini  yorug’lantirmasdan,  turib  ko’rsatib  bo’lmaydi.  Bunda 

narsaning yorug’lik man’baiga qaragan qismi yorug’, teskari tomoni soya bo’ladi. Ularning 

o’rtasidagi qismi yarim soya deyiladi. Yorug’ atamasi shundan kelib chiqqan.  

Janr  -  ayot  lavhalarini,  ko’rinishlarini  uning  mazmuniga  ko’ra  tasvirlovchi  badiiy 



asar  turidir.  Masalan,  manzara,  natyurmort,  turmush,  portret,  nyu  v.b.  tasviriy  san’at 

janrlari hisoblanadi. 

Jaydarirang  -  lokal  rang.  Tasvirlanayotgan  narsa,  buyumning  asosiy  rangi  yoki  bir 

rang bilan atalishi. Masalan; barg-yashil, osmon zangori. 

Jigarrang  -  rang  nomi,  hayvonlarning  jigari  rangiga  o’xshash  rang.  Ba’zilar  uni 

“qo’ng’ir” deb ham atashadi. 

Zarhal  rang, nomi, tillasimon rang. 



Zarg’aldoq - rang nomi apaelьsin, mandarin yoki qovoqning ichki rangiga o’xshash 

rang. 


Zangori - rang nomi, to’q osmon rangi. 

Zafaron - rang nomi, to’q sariq rang. 

Zirxal  harf  -  kitoblarning  bob  va  fasllarining  matn  qismidagi  bezakli  va  yirik  qilib 

ishlanadigan birinchi harfi. 

Zumrad - rang nomi, yashil yaltiroq tosh rangiga yaqin rang. 

Illyustratsiya - lotincha ko’rgazmali tasvirlash, yoritish ma’nosini anglatadi. Ular oq-



qora  yoki  rangli  rasm,  suvrat,  sxema,  jadval,  diogramma  shaklida  bo’lib,  kitob,  jurnal, 

gazetalarning mazmunini oson va tez idrok etishga yordam beradi. 

Iliq ranglar - kishilarda iliqlik (issiqlik) xislarini uyg’otuvchi ranglar. Ular qizil, sariq, 

zarg’aldoq,  malla,  novvoti,  qirmizi,  pushti,  shingab,  sabza,  sadaf,  lolaro’y,  gulgun, 

noranvash, somoniy, barikaram  kabi ranglardir. 

 Interьer  -  tasviriy  san’at  va  me’morchilik,  amaliy  san’atda  binoning  ichki  qismi 

ko’rinishini bildiradi. 

Karikatura - italiyancha so’z bo’lib, bo’rtirib tasvirlash ma’nosini anglatadi. Bunday 



xajviy  rasmlarda  ijtimoiy,  siyosiy,  maishiy  mavzudagi  mazmunlar  aks  etadi.  Karikatura 


mavzusidagi rasmlarda ayrim voqea va shaxslar tanqid qilinadi, kishilar ustidan kulinadi. 

Ayrim  xollarda  unda  ba’zi  kishilar  do’stona-xajviy  tarzda  ifodalanishi  ham  mumkin. 

Karikatura jamiyatda ro’y berayotgan xo’jasizlik, isrofgarchilik, poraxo’rlik, laganbardorlik, 

ichkilikbozlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda katta rol o’ynaydi. 

Kentavr - qadimgi Yunoniston xaykaltaroshligida uchraydigan tanasi ot boshi odam 

tasviri. 

Kontrast - frantsuzcha keskin ziddiyat ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda och va 

to’q, oq va qora, iliq va sovuq ranglarni yonma-yon turishi kontrastlikni keltirib chiqaradi. 

Kompozitsiya - badiiy asarlarda (adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, amaliy san’at v.b.) 

qo’llaniladigan  atama  bo’lib,  u  tuzish,  qurish  ma’nosini  anglatadi.  Badiiy  obrazlar  va 

vositalarning  asarda  o’z  o’rnida  shakl,  rang,  mazmun  jihatdan  qurilishi  uning 

kompozitsiyasini anglatadi va u badiiy obrazlarni ifodaliligini oshirishga xizmat qiladi.  

Kompozitsiya qonunlari  -  tasviriy  san’atda  yaratiladigan  badiiy  asarlarning g’oyasi, 

mazmuni  hamda  badiiyligini  tartibga  soluvchi  nazariy  tushunchalar.  Asarning 

muvaffaqiyati  ko’pincha  uning  kompozitsiya  qonunlariga  rioya  qilishga  bog’liq  bo’ladi. 

Kompozitsiyaning  bir  butunlik,  suvrat  detallarini  asar  g’oyasiga,  bo’ysnishi  muvozanat, 

suvratda yangilikni bo’lishligi, kontrastlar, hayotiylik qonunlari bor. 

Kompozitsiya qoidalari - deganda ijodkorning kompozitsiya ishlash jarayonida rioya 

qilishi kerak bo’lgan tamoyilar tushuniladi. Uning ritm, kompozitsion markaz, simmetriya 

harakat, turg’unlik, planlik, pralellik turlari bor. Kompozitsiya qoidalari asarlarni ifodalilik 

vositalari ma’nosini ham anglatadi. 

Kompozitsiya  uslublari  -  ijokorning  asr  g’oyasini  uning  badiiyligini,  savodxonligini 

ko’tarishga  qaratilgan  chora-tadbir  va  yo’l-yo’riqlar  majmuasi.  Uning  monumentlik 

(mahobatli), fazoviylik, gorizontallar, variantlar, diogonallar kabi turlari bor. 

Kompozitsiya vositalari - asrni yaratishda qo’llaniladigan asosiy tasvirlash texnikasi, 

ular qatoriga chiziqlar, ranglar, oq, qora dog’lar, kolorit kabilar kiradi. 

Kolorit  (gamma)  -  lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  rang  (buyoq)  ma’nosini  anglatadi. 

Kolorit asosan rangtasvirda qisman grafikada real borliq va voqelikni ifodali tasvirlashda 

ranglarni  o’zaro  uyg’un  va  mutanosibligida  nixoyatda  ahamiyatlidir.  Kolorit  ranglar 

mutanosibligiga  ko’ra  iliq  yoki  sovuq,  yorqin  yoki  to’q,  muloyim  yoki  jiddiy  bo’lishi 

mumkin. Koloritda u yoki bu ranglar guruxi yoki yagona bir rang yetakchilik qiladi. 

Konstruktivizm - lotin tilidan olingan bo’lib, qurish (yasash) ma’nosini anglatadi va u 

XX asrning birinchi choragida san’at va adabiyotda vujudga kelgan. 

Bu  oqimdagi  rassomlarning  ijodi  tasviriy  va  amaliy  san’atda  idish  tovoqlar,  uy 

jixozlari, kiyim-kechak, gazlama  kabilarni yangi nusxalarini ishlab chiqish bilan bog’liq. U 

kitob  grafikasi,  teatr  bezaklarida  ham  o’z  ifodasini  topgan.  Natijada  an’anaviy  teatr 

bezaklarining o’rnini harakatli jixozlar egallagan. 

Bu oqim XX asr oxirlarida paydo bo’lgan mum (vosk) xaykallarni paydo bo’lishligiga 

ham olib keldi. Konstruktivizm oxir oqibat dizayn san’atini keltirib chiqardi. 

Ksilografiya  -  frantsuzcha  yog’ochga  o’yilgan  degan  ma’noni  anglatadi.  U  grafika 

(gravyura)  ning  bir  turi  sifatida  tasvir  yog’ochda  hosil  qilinib,  so’ngra  undan  tasvir 

qog’ozga  ko’chiriladi.  Bu  tasviriy  texnologiyada  grafik  asar  ko’p  nusxada  tayyorlanishi 

mumkin. 

Kulrang  -  rang  nomi,  yoqilgan  o’tindan  qolgan  kulning  rangiga  yaqin  bo’lgan  rang 

nomi. 

Kubizm  -  kub  so’zidan  olingan  bo’lib,  XX  asrning  birinchi  choragida  Frantsiyada 



paydo bo’lgan. Bu yo’nalishdagi rassomlar realistik san’at an’analarini inkor etgan holda o’z 

asarlarida  har  qanday  mavjudot  va  narsalar-kub,  shar,  tsilindir,  konus  piramidalar  va 

ularning o’zaro qo’shilmasidan hosil bo’lgan shakllar yordamida tasvirlaydilar. 

Kumushrang - rang nomi, kumish rangiga yaqin bo’lgan rang. 

 



 

Lavkas  -  rangtasvir  ishlash  uchun  tayyorlangan  qorishma.  U  mato,  karton  kabi 



materiallarni ustki qismini maxsus suyuq qorishma bilan yopib chiqish orqali tayyorlanadi.  

Lessirovka - rangtasvirga xos bo’lib, tayyor ishni ustini pardozlash, sayqallashtirish 

ma’nosini anglatadi. Bunda qurigan tasvir ustidan yorqin yoki yoqimli  bo’yoq beriladi. 

Linogravyura  -  gravyuraning  bir  turi  bo’lib,  unda  tasvir  linoleum    parchasi  ustida 

hosil  qilinadi.  So’ngra  undan  qog’ozga  rasm  ko’chiriladi.  Bu  tasvir  texnologiyasida  grafik 

asar ko’p nusxada tayyorlanishi mumkin. 

Lolaro’y - rang nomi,  lola gulining rangiga o’xshash rang. 

Lojuvard - rang nomi, eng to’q zangori rang. 

Manzara  -  tasviriy  san’atning  janrlaridan  biri.  Unda  tabiat,  shuningdek  shahar 



ko’rinshlari tasvirlanadi. 

Maishiy (turmush) janr – deb kishilarning kundalik hayoti, turmushi, mehnatini  aks 

etdiruvchi tasviriy san’at janriga aytiladi.  

Manera  – tasviriy san’atda rassom yoki xaykaltaroshning ish uslubi. 

Mallarang - rang nomi, limon mevasining rangiga o’xshash rang. 

Mahobatli  rangtasvir  –  tasvirlanuvchilarning  xaqiqiy  o’lchovidan  katta  qilib 

ishlangan suvrat. Ular ko’proq devoriy rangtasvirda ko’p qo’llanadi.   

Mahobatli  haykal  –  tasvirlanuvchi  odam  yoki  xayvonlarni  o’z  o’lchovlaridan  katta 

qilib ishlangan  xaykali. 

Metsenat – san’at homiysi. 

Moybo’yoq  -  rangtasvirda    ishlatiladigan  asosiy  material  (buyoq)  bo’lib,  u  maxsus 

qorishma moy yordamida eritib ishlatiladi. 

Modernizm – “Modern” so’zi eng  zo’r zamonaviy degan ma’nosini anglatadi va u XIX 

asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmi oralig’ida Yevropa hamda A+SH san’ati 

va  adabiyotida  shakllangan.  U  akademizm,  klassitsizm,  realizmni  inkor  etuvchi  oqim.  Bu 

oqim  vakillari  mumtoz  san’atning  badiiy  an’analaridan  voz  kechish,  asarlarda  rassomlar 

o’zlarining shaxsiy kechinma va taasurotlarini ustun qo’yish lozimligini asoslashga harakat 

qildilar. Ularning ijodida real obrazlar shaklini o’zgartirish, xattoki yo’qotish, ularni o’rnini 

turli shakl va ranglar bilan almashtirishdek ko’rinishlar o’z aksini topgan. 

Moviy - rang nomi, erta tongdagi sof osmon rangi. 

Mozaika - rangtasvirning bir turi bo’lib, qattiq materiallar hisoblangan koshin, rangli 

shisha,  marmar,  tosh,  yog’och,  metall  parchalarini  tekis  yuzaga  maxsus  qorishmalar 

yordamida  yopishtirib  yaratiladigan  tasvirlash  texnikasi.  Bunday  asarlar  ko’pincha 

devorga, shiftga, uy poliga ishlanadi. 

Mosh rang - rang nomi, mosh rangiga yaqin bo’lgan rang. 

Mo’yqalam  -  qilqalam,  rassomlar  ishlatadigan  tasvir  quroli.  ularning  jundan  yoki 

sintetik materiallardan tayyorlanadi. 

Mum  xaykal  -  asalari  mumidan  rangli  qilib  tasvirlanadigan  xaykal.  Ko’pincha 

mashhur shaxslar xaykali shu yo’sinda ishlanadi. Mum xaykallarda xaqiqiy liboslar va turli 

ish qurollari ham qo’llaniladi. 

Mo’’jaz  rangtasvir  –t  asvirlanuvchilarni  kichik  o’lchovda  ishlangan  suvrati.  Ular 

ko’proq  kitob  bezagida  ishlatiladi.  SHuningdek  ular  mustaqil  san’at  asari  sifatida,  turli 

quticha va guldonlar ustiga ishlanishi ham mumkin. 

Musavvir - arabcha rassom degan ma’noni bildiradi. 

Natura–tasvirlash  uchun    mo’ljallangan  odam,  xayvon,  manzara,  predmet  va 



boshqalar hisoblanadi. 

Naturshchik–natura vazifasini o’tayotgan odam. 




Natyurmort janri-tasviriy san’atning janrlaridan biri bo’lib frantsuzcha jonsiz tabiat 

degan ma’noni anglatadi. Mazkur janrda gullar, meva va sabzavotlar, uy-ro’zg’or buyumlari, 

san’at va sport atributlari aks etdiriladi. 

Nilgun-rang nomi, och jigar rang. 

Noranjvash-rang nomi, apelьsin rangiga yaqin rang. 

Novvoti–rang nomi, novvot rangiga o’xshash rang. 

Novshadil-rang nomi, o’tkir yorqin yashil rang. 

Nofarmon-rang nomi, och binafsha rang. 

Nyuans-frantsuzcha so’z bo’lib, narsa va xodisalardagi, tasvirdagi nozik, yaxshi ilxab 

bo’lmaydigan farq ma’nosini  anglatadi. 

NYu-tasviriy  san’at  janrlaridan  bari  bo’lib,  unda  kishilar,  ko’pincha  ayollar 

yalang’och tarzda tasvirlanadi. 

Oq-rang nomi, paxta rangi. 



Orginal–asli, asl nusha, asl ko’rinish ma’nosini anglatadi. 

Oldinga intiluvchi ranglar-ranglar davrasida kuzatuvchi e’tiborini tez o’ziga tortuvchi 

ranglardir.  Ular  asosan  iliq  ranglar  qizil,  sariq,  zarg’aldoq,  pushti,  va  boshqa  shu  kabilar 

hisobanadi. 

Orqaga  intiluvchi  ranglar-ranglar  davrasida  kuzatuvchi  e’tiboridan  o’zini  olib 

qochishga  harakat  qiladigan  ranglardir.  Ular  asosan  sovuq  ranglar-zangori,  xavorang, 

yashil, binafsha kabi ranglardir hisoblanadi. 

Politra  –  Frantsuzcha  yupqa  plastinka  degan  ma’noni  anglatadi.  Ular  yog’ochdan 



ishlanadi. Politralar metall, plastmasa, chinni kabi materiallardan ham ishlanishi mumkin. 

Palitralar buyoqlarni aralashtirish uchun tayyorlangan bo’lib, rangtasvirchi rassomning ish 

quroli hisoblanadi. Akvarel bo’yoqlarni aralashtirish uchun bir parcha qog’oz ham palitra 

vazifasini o’tashi mumkin.  

Panorama – yunon tilidan olingan bo’lib, ko’rinish ma’nosini anlatadi. Panoramada 

suvratlar  aylana,  yarim  aylana  shaklidagi  uzun  devorga  ishlanadi.  SHuningdek,  unda  ro’y 

berayotgan  voqea  haqida  to’liq  tasavvur    hosil  qilish  maqsadida  suvrat  oldiga  butafor 

tasvirlar,  uy  maketlari,  odam,  hayvon,  tabiat  shakllari  joylashtiriladi.  Panoramalarni 

tomoshabinlar zaldagi maxsus ajratilgan joydan turib kuzatadilar.  

Panьe-mishe -  frantsuz  tilidan  olingan bo’lib, ezilgan  qog’oz  ma’nosini  anlatadi.  Bu 

uslubda  tasvir  qog’oz,  karton  kabi  materiallar  sirtida  yelimli  moddalar,  kraxmal,  gips 

kabilarni  aralashtirish  orqali  hosil  qilinadi.  Bunday  tasvirlardan  o’yinchoqlar,  uy-ro’zg’or 

buyumlari, ta’lim jarayonida didaktik materiallarni tayyorlashda foydalaniladi. 

Pastelь  –  italiyanlar  tilidan  olingan  bo’lib,  hamir  ma’nosini  anglatadi.  Rassomlar 

qoralama  va  grafik  ishlarda  keng  foydalanadilar.  Pastellar  rangli  ingichka  bo’r  shaklida 

bo’lib, ularni qog’ozga yopishqoqlik xususiyatlari kuchli bo’ladi.  

Perspektiva – lotin tilidan olingan bo’lib, ravshan ko’raman degan ma’noni anlatadi. 

Borliqdagi  barcha  narsalar  ma’lum  masofadan  turib  kuzatilganda  ular  kuzatuchiga 

o’lchovlari,  hajmi,  rangi  o’zgargandek  bo’lib  tuyuladi.  Bu  xodisani  perspektiva  deb 

yuritiladi.  Tasviriy  san’atni  nazariy  asoslaridan  hisoblangan  perspektiva  maxsus  fan 

darajasiga  ko’tarilgan  bo’lib,  uning  chiziqli,  havo  (rang)  va  relьf  (hajm  perspektivasi) 

turlari bor.  

Plakat – frantsuz tilidan olingan bo’lib, e’lon ma’nosini anlatadi. U tasviriy san’atning 

grafika  turiga  kiradi.  Plakatlar  kishilarni  hayotidagi  eng  muhim  bo’lgan  muammolarni 

yechimiga qaratiladi, ular tashviqot va targ’ibot qilinadi. Masalan, tinchlik, ekologiya spid 

kabilar  muhim  muammolardir.  Plakatlar  ko’pincha  katta  o’lchovda  va  rangli  qilib 

tasvirlanadi.  



Plastilin  -  xaykaltaroshlikda  ishlatiladigan  maxsus  qorishma.  U  mum,  loy  kabi 

modalardan  tashkil  topgan  bo’lib,  hamirsimon  yumshoqlikda  bo’ladi.  Undan 

xaykaltaroshlar xaykallarni maketini tayyorlashda foydalanadilar. 

Plastika  -  yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  muloyim,  go’zal  ma’nosini  aglatadigan 

xakaltaroshlikka  doir  atama.  Unda  obrazlar  bo’rtirilgan  holda  ifodali  qilib,  uyg’unlik 

qonunlari asosida yaratilgan bo’ladi. 

Plener - frantsuz tilidan olingan bo’lib, ochiq joy, keng ko’rinish ma’nosini anglatadi. 

Ko’pincha  rassomlar  o’z  asarlari  uchun  etyud,  qoralama,  ranglamalarni  plenerda 

bajaradilar. Ochiq havoda etyud, qoralama ranglamalar ishlashdan maqsad kunduzgi tabiat 

va boshqa ob’ektlarning ranglari haqida aniq tasavvur  etishdan iborat. 

Podramnik  –  rus  tilidan  olingan  bo’lib,  suvrat  ishlash  uchun  mo’ljallangan  matoni 

tarang  tortib  turishga  xizmat  qiluvchi  qurilma.  Ular  to’rtta  yog’ochni  bir-biriga 

mahkamlanishi orqali to’rtburchak yoki kvadrat shaklida tayyorlanadi. 

Portret  –  frantsuz  tilidan  olingan  bo’lib,  tasvir,  aniqrog’i  odam  tasviri  ma’nosini 

anglatadi.  U  tasviriy  san’atning  bir  janri  hisoblanadi.  Portretda  bir  yoki  bir  necha  shaxs 

tasviri  ishlanishi  mumkin.  Ularda  odamlarning  boshi  yoki  beligacha  bo’lgan  yoki  to’liq 

qomati tasvirlanishi mumkin.   

Pushti - rang nomi, och zarg’aldoq rang. 

Puantilizm  -  frantsuz  tilidan  olingan  bo’lib,  nuqta  ma’osini  anglatadi.  Bu 

yo’nalishdagi  rassomlar  o’z  suvratlarini    ma’lum  mayda  shakldagi  (nuqta,  kvadrat,  doira 

v.b.)  rang  dog’lari  yordamida  ishlaganlar.  Xozirda  ham  bu  yo’nalishda  ijod  qilayotgan 

rassomlar bor.  

P’edestal –  haykal  yoki  yodgorlik  tagiga  qo’yiladigan  taglik  supa.  Ular  kub,  prizma, 

tsilindr, kesik konus shaklida bo’lishi mumkin. 

Pistoqi – rang nomi, pista mag’zining rangi. 

Rakurs–odam, xayvon, manzara va boshqa narsalarning ufq chizig’idan ancha yuqori 



yoki  pastdan  turib  ishlangan  tasviri.  Bunda  tasvirlanadigan  narsalar  keskin  qisqarib 

ko’rinadilar. 

Ranglama– qisqa vaqt ichida buyoqlar bilan ishlanadigan xomaki rasm. 

Rassom–rangtasvir va grafika turida ijod qiluvchi mutaxassis. 

Ranglar toni-bu ularning och-to’qligi darajasini anglatadi. Ranglar toni bo’yoqlarning 

tarkibidagi  eritmaning  oz  yoki  ko’pligiga  qarab  belgilanadi.  To’q  ranglar  qora,  zangori, 

binafsha bo’lsa och ranglar oq, puti, xavorang bo’ladilar. 

Rang  tusi-bu  birgina  rangni  bir  necha  darajasidagi  bir-biridan  farq  qiluvchi 

sifatlaridir.  Masalan  qizil,  sariq,  yashil,  zangori  kabilar  rang  tusi  hisoblanadi.  +izil  rangni 

qirmizi,  pushti,  lolaro’y,  gulgun  kabi  tuslari  ham  bor.  Yoki  zangori  rangning  xavorang, 

moviy, lojuvard tuslari bo’ladi. 

Rang to’yimliligi-bo’yoqlarni yorqinligini bildiradi. +orishmada kul rang qanchaliku 

kam  bo’lsa,  u  shunchalik  to’yimli  va  yorqin,  aksincha  ko’p  bo’lsa  shunchalik  to’yinmagan 

bo’ladi. 

Ranglar spektri-spektr so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, tasavvur ma’nosini anglatadi. 

Spektrni  boshqa  turlari  kabi  optik  turi  ham  bor.  Optik  spektrda  oddiy  quyosh  nurini 

linzadan  o’tkazilganda  oyna  uni  turli  qizil,  sariq,  zangori,  yashil  v.b.  ranglarga  ajratib 

beradi.  Bu  xodisani  ranglar  spektri  deb  ataladi.  Ranglar  spektrini  tabiatda  yomg’idan 

so’nggi osmonda paydo bo’ladigan ranglar kamalagida ham ko’rish mumkin. 

Rangshunoslik-hayotda  va  san’atda  ranglarning  kishilar  kayfiyatiga,  ularni  xis-

tuyg’ullariga ta’sirini o’rganadigan fan. Rangshunoslik sanoat, meditsina muammolari bilan 

ham  shug’ullanadi.  Tasviriy  san’atda  rangshunoslik  fani  ranglar  yordamida  tasviriy 

obrazlar yaratish, uning ifodaliligini oshirish masalalarini yechishga harakat qiladi. 



Rang  (havo)  perspektivasi-real  borliqdagi  narsa  va  xodisalarning  kishi  ko’zidan 

uzoqlashgan  sari  ularning  ranglarida  ro’y  beradigan  xodisa  o’zgarishidir.  Bunda  ularning 

ranglari xavo, chang, tuman ta’sirida o’z tusini yo’qotadilar. 

Ranglar  garmoniyasi-garmoniya  so’zi  yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  bog’lanish, 

mutanosiblik  ma’nosini  anglatadi.  Rangtasvir  suvratlarda  ishlatilgan  turli  ranlar  bir-biri 

bilan bog’lansa, hamoxang bo’lsalar ular ranglar garmoniyani tashkil etadilar. Aksincha ular 

bir-birlarini  inkor  etsalar,  bir-birlari  bilan  bog’lanmasalar  disgarmoniyani  keltirib 

chiqaradilar. 

Ranglar  qarama-qarshiligi  (kontrast  ranglar)-rangtasvir  suvratlarda  ishlatiladigan 

ranglarni  bir-birlariga  teskari  turlari  bor.  Ular  och  va  to’q,  iliq  va  sovuq,  shaffof  va  kir, 

yorqin  va  xira  ranglardir.  Ularni  qarama-qarshi  ranglar  deb  hisoblanadi.  Ikki  qarama-

qarshi  rang  yonma-yon  qo’yilganda  ularning  birining  yorqinligi  kuchayadi,  ikkinchisiniki 

esa susayadi. 

Ranglar  doirasi-asosiy  ranglardan  (qizil,  sariq,  zangori)  va  qo’shimcha  ranglarni 

olinishini ko’rsatuvchi jadval. Ranglar doirasida o’n ikki yoki yigirma to’rt rang tusi doira 

cheti  bo’ylab  joylashtirilgan  bo’lib,  ular  iliq  va  sovuq  ranglardan  tashkil  topadi.  Bir  rang 

ustidan doira markazidagi nuqtadan to’g’ri chiziq o’tkazilsa, chiziqning ikkinchi uchi o’sha 

rangga  mutanosib,  mos  rangga  to’g’ri  keladi.  Rang  doirasidagi  ranglar  asosiy  (qizil,  sariq, 

zangori), ranglarni o’zaro aralashtirish orqali olinadi. Asosiy uch rangni bir biriga qo’shishi 

orqali  birinchi  darajali  yana  uch  rang  guruxi  olinadi.  Paydo  bo’lgan  o’n  ikki  yonma-yon 

turgan  ranglarni  qo’shib  yana  o’n  ikki  rang  olinadi.  Ularni  uchinchi  darajali  ranglar  deb 

hisoblanadi. Natijada rang doirasida yigirma to’rt rang paydo bo’ladi. 

Relьef–lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  qabariq,  bo’rtma  ma’nosini  anglatadi. 

Xaykaltaroshlikda  tasvir  tekislik  yuzasidan  qisman  bo’rtib  chiqqan  bo’ladi.  Uni  birelьf  va 

gorelьf turlari bir. 

Reproduktsiya-lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  hosil  qilish  ma’nosini  anglatadi.  Tasviriy 

san’atda  reproduktsiya  deb  suvrat,  grafik  ish  va  xaykaltaroshlik  asarlarini  bosmaxonalar 

sharoitida ko’p nusxalarda qog’ozda ko’paytirilgan tasvirlariga aytiladi. 

Restavratsiya–san’at asarlarini ta’mirlash ma’nosini anglatadi. 

Retushь–frantsuz  tilidan  olingan  bo’lib,  tasvirni  tuzatmoq  ma’nosini  anglatadi. 

Retushь qalam shaklida bo’lib, uning tarkibi oddiy qalamdan farq qiladi. Unda turli grafik 

ishlarni kamchiliklarini tuzatishda foydalaniladi. 

Ritm-yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  “oqaman”  ma’nosini  anglatadi.  Tasviriy  san’atda 

asarni  ifodalilik  vositalaridan  biri  hisoblanib,  u  tomoshabinga  estetik  ta’sirini 

kuchaytirishga  yordam  beradi.  Ritmda  suvratdagi  detallarni,  ularni  shakllarini,  ranglarini 

o’lchovlarini qaytarilib yoki almashinib kelishi ritmni hosil qiladi. 

Sabza-rang nomi, erta bahorda yangi o’sib chiqqan o’t-o’lanlar rangi. 



Salon–tasviriy  va  amaliy  san’atga  doir  materiallar,  ish  qurollari,  san’at  asarlari 

sotiladigan do’kon.  

San’atshunos–san’at  tarixi,  nazariyasi  va  uning  taraqqiyoti  bo’yicha  tadqiqot  olib 

boruvchi mutaxassis. 

San’atshunoslik–san’at tarixi, uning muammolari bilan shug’ullanuvchi fan. 

Somoniy–rang nomi, somon rangi, tillasimon rang. 

Sangina–lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  qonga  o’xshash  ma’noni  anglatadi.  Ular  qalam 

shaklida, yog’ochsiz temir oksidli tuproqsimon moddalardan tayyorlanadi. Ularni qog’ozga 

yopishqoqlik  xususiyatlari  kuchli  bo’ladi.  Rasomlar  ulardan  xomaki  rasm  ishlash 

jarayonlarida keng foydalanadilar.  

Sanoat grafikasi-sanoatda qo’llaniladigan reklama, yorliq, emblema, blanka, konvert, 

tovar belgilari, etiketka, upakovka va boshqalarni  ifodalaydigan grafika turi. 

Sariq-rang nomi, momaqaymoq (qoqi o’t) rangining nomi. 



Sadaf-rang nomi, och sarg’ish rang. 

Sepiya-jigar rang bo’yoq bilan ishlangan rasm, tasvir. 

Siluet–bir randa, hajmsiz qilib ishlangan rasm. Uni sharpa tasvir desa ham bo’ladi. 

Siybob-rang nomi, simob rangi. 

Simmetriya-yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  o’lchovdosh  degan  manoni  anglatadi. 

Tasviriy san’atda suvratdagi detalni yoki narsani o’rtasidan vertikal o’q chiziq o’tkazilganda 

uning chap va o’ng tomonlarini bir-biriga tengligi kuzatilsa u simmetrik shakl hisoblanadi. 

Yoki  suvratning  chap  va  o’ng  yoki  yuqori  va  pastki  qismlaridagi  o’zaro  tenglik  yoki 

o’xshashlik  ham  simmetriyani  bildiradi.  Masalan,  kapalak,  simmetrik  shaklga  ega. 

Simmetriyani  o’qli  va  markaziy  turlari  bo’ladi.  O’qli  simmetriyada  simmetriya  o’qi  bitta 

bo’lsa, markaziy simmetriyada u bir necha bo’lishi mumkin. 

Slayd–diapozitiv, fotoplyonkaga tushirilgan suvrat tasviri. 

Sovuq ranglar–yashil, zangori, binafsha ranglarni shunday deb ataladi. 

Soya–narsalarning  yorug’lik  tushmaydigan  qismida  hosil  bo’lgan  ko’rinishi. 

Soyalarning ikki xili bo’ladi. Ular shaxsiy soya va tushuvchi soyalardir. 

Sous-qalam shaklidagi rassomning ish quroli. U yog’ochsiz bir rangda bo’lib, o’lchovi 

4-5 sm.dan oshmaydi. Sousdan rassomlar ko’proq xomaki ishlar jarayonida foydalanadilar. 

Supermuqova – kitob badiiy bezagida ishlatiladigan qog’ozga ishlangan tasvir. Ular 

bezakli  va  rangli  holda  kitoblarni  tashqi  ta’sirdan  saqlash  maqsadida  kitob  ustiga 

kiydiriladi. Supermuqovani sarmuqova ham deyishadi. 

Suvrat – yuksak badiiy saviyada ishlangan rangtasvir yoki grafik tasvir. 

Sfinks - Qadimgi Misr xaykaltaroshligida uchraydigan tanasi sher boshi odam tasviri. 

Tarixiy janr–tarixiy voqealarni tasvirlovchi tasviriy san’at  janri. 



Tasviriy  san’at–borliqda  mavjud  va  mavjud  bo’lmagan  mavjudot,  narsa  va 

xodisalarni tasvirlovchi san’at turi. 

Tempera-italyanlar tilidan olingan bo’lib, bo’yoq qorishtirish ma’nosini anglatadi. Bu 

bo’yoq  suv  bilan  eritib  ishlatiladi.  U  ko’proq  binolarni  bezagida,  rangtasvir  ishlarda  keng 

qo’llaniladi. Tarkibida maxsus moddalar bo’lganligi sababli quyosh va yorug’lik ta’sirida o’z 

rangini o’zgartirmaydi, uzoq vaqtgacha o’z tusini saqlab qoladi. 

Tushь-qora siyoh. SHu vosita bilan ishlagan asar ham tushь deyilgan. 

To’tiyo-rang nomi, yorqin yaltiroq yashil rang. 

To’tigiy-rang nomi, zangori va yashil bo’yoqlarning qo’shilishidan olingan rang. 

Tulum-xayvon, qush, baliq kabilarni maxsus materiallar yordamida  o’ziga o’xshatib 

tayyorlangan nusxasi. 

Tushuvchi  soya-soyalar  nazariyasida  ular  ikkiga  shaxsiy  va  tushuvchi  soyalarga 

bo’linadi. Predmet tanasidagi soya shaxsiy  soya, bir predmetdan ikkinchi predmetga yoki 

tekislikka tushgan soya tushuvchi soya deb yuritiladi. 

Titul-lotin tilidan olingan bo’lib, yozuv ma’nosini anglatadi. Titul varroq kitoblarda 

muqovadan keyin keladi. Ularda kitob muallifi, kitobning nomi, kitob nashr etilgan shahar, 

un nashr etilgan yili yozilgan bo’ladi. 

Tors-italyanlar  tilidan  olingan  bo’lib,  inson  tanasi  ma’nosini  anglatadi.  +adimda 

badiiy o’quv yurtlarida talabalar boshsiz, qo’lsiz, oyoqsiz gipsdan ishlangan odam tanasini  

rasmini ishlab chizishni o’rganganlar. 

Triptix-yunon tilidan olingan bo’lib, u buklangan degan ma’noni anglatadi. Aslida u 

yagona  umumiy  mazmun  va  g’oyani  ifodalaydigan  uch  bo’lakdan  iborat  rangtasvir,  yoki 

grafika asari hisoblanadi. 

Ufq  chizig’i-yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  chegaralash  ma’nosini  anglatadi.  U 



kuzatuvchining  ko’z  balandligida  tasavvur  etiladigan  gorizontal  (yotiq)  chiziq.    Ochiq 


kengliklarda    u  kuzatuvchi  tasavvuridagi  osmon  bilan  yerni  kesishgan  joyidagi  chiziqni 

bildiradi. 

Faktura–lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  tuzilishi  ishlovi  ma’nosini  anglatadi.  Unda 



asosan  narsalarni  ustki  qismining  tuzilishi  nazarda  tutiladi.  Faktura-silliq,  g’adir-budir, 

tekis bo’lishi mumkin. 

Fas–tasviriy  san’atda  rasmi  ishlanayotgan  mavjudot  va  narsalarning  oldidan 

ko’rinishidir. 

Fleyts–katta  o’lchovdagi  va  kenglikdagi  mo’yqalam.  Ular  ko’pincha  bino  va 

maxobatli rangtasvir ishlarini bajarishda ishlatiladi. 

Fon  –lotin  tilidan  olingan  bo’lib  tubi,  asosi,  zamini  ma’nosini  anglatadi.  Tasviriy 

san’atda fon rasmning orqa qismidagi tasvirli yoki tekis bo’yalgan qismidir. 

Firuza-rang nomi, zangori yorqin tosh rangi. 

Frontispis–lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  oldi,  ko’raman  ma’nosini  anglatadi.  U  kitob 

titul  varag’ining  chap,  muqovaning  orqa  tomonidagi  bezakli  sahifasi  hisoblanadi. 

Frontispisda kitob muallifining rasmi yoki u haqda ma’lumot, kitob mazmuni, g’oyasi bilan 

bog’liq illyustratsiya beriladi. 

Frontal  kompozitsiya-Frontal  so’zi  ro’parasidan,  to’g’risidan  ko’rinishi  ma’nosini 

anglatadi. Bunday kompozitsiyalar, rangtasvir, grafika, relьfli bo’ladi va tekis yuzalarda aks 

etdiriladi. Ularni faqat bir tomondan, old tomondan kuzatish mumkin.  

Futurizm-lotin tilidan olingan bo’lib kelajak ma’nosini anglatadi va u o’z mazmuniga 

ko’ra  kubizmga      yaqin  turadi.  Futurizm  XX  asr  boshlarida  Frantsiyada  paydo  bo’lgan 

avngardizm oqimi hisoblanadi. Bu oqim vakillari kelajak san’atini yaratishni maqsad qilib 

an’naviy  madaiyat  va  sanatning  moxiyati  va  mazmunin  inkor  etganlar,  katta 

mashinalashgan  shahar  yutuqlarini,  ularning  harakatini,  kuch-quvvatini  ulug’laganlar. 

Futuristlar    o’z  asarlarida  shakllarining  o’zaro  kesishuvi,  surilishi,  to’qnashuvlarini, 

motivlarni  ko’plab  qaytarilishini  ifodalaganlar.  Bu  orqali  ular  zamonaviy  shaharlardagi 

shiddatli harakatlarni tasvirini ko’rsatmoqchi bo’lganlar.  

Xromatik  ranglar-atamasi  yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  rang,  bo’yoq  ma’nosini 



anglatadi. Ular qatoriga oq, qora, kul rang ranglardan tashqari barcha ranglar kiradi. 

CH 


CHiziqli  perspektiva-deb  narsalarning  kishilar  ko’zidan  uzoqlashgan  sari  ularning  

o’lchovlarida ro’y beradigan qisqarib ko’rinishiga aytiladi.  

CHuqur  fazoviy  kompozitsiya-bunday  kompozitsiyalar  asosan  jamoat  va  turar-joy 

binolarini  ichki  qismini,  xususan  yo’lak,  karidor,  foe,  uy  xonasi  kabilarni  loyihalashda 

ishlatiladi. 

SH 


SHaxsiy  soya-tasvirlanayotgan  mavjudotlar  tanasidagi  yoki  ularning  tasviridagi 

soya. 


SHedu-Qadimgi SHarq, Oldi Osiyo xaykaltaroshligida uchraydigan atama. Unda boshi 

odam, tanasi buqa tasvirlanadi. 

SHingob-rang nomi, tilla rangiga o’xshash rang. 

SHtrixlash-qalam  yoki  shu  kabi  ish  qurollari  bilan  rasm  chizganda  qo’llaniladigan 

uslub. 

Ekslibris-bir  shaxsning  kutubxonasiga  tegishli  ekanligini  bildiruvchi  tamg’a.  Unda 



shaxsiy kutubxona egasining ismi va familyasi, shuningdek unda biror tasviriy belgi bo’lishi 

ham mumkin. Ekslibrislar gravyura uslubida tayyorlanadi. 




Ekspozitsiya-lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  ko’rsatish,  namoyish  etish  ma’nosini 

anglatadi.  Tasviriy san’atda  muzey,  badiiy  ko’rgazmalarda  san’at  asarlarini  tomoshabinga 

namoyish etish tushuniladi. 

Eksponat–lotin  tilidan  olingan  bo’lib,  ko’rgazmaga  qo’yilgan    degan  ma’noni 

bildiradi. Tasviriy va amaliy san’atda namoyish etilayotgan asar tushuniladi. 

Emblema-yunon  tilidan  olingan  bo’lib,  biron  g’oyani  shartli  tasvirlash  ma’nosini 

anglatadi. Masalan, kitob tasviri ma’naviyat va ta’lim belgisidir. 

Eskiz-frantsuz tilidan olingan bo’lib, xomaki tasvir ma’nosini anglatadi. Rangtasvirda 

u  bo’lg’usi    asarni  kichik  o’lchovdagi  xomaki  ishlangan  namunasi.  Unda  suvrat 

kompozitsiyasi, mazmuni, ranglari, asosiy detallar tasvirlanadi. 

Etyud-frantsuz  tilidan  olingan  bo’lib,  mashq  qilish  ma’nosini    anglatadi.  Etyud 

rassomni  kelajakda biror asar yaratishidagi, dastlabki tayyorgarlik bosqichidir. U tasviriy  

san’atning deyarli barcha janrlarida  ishlatiladi. Bir suvrat uchun ko’plab etyudlar ishlanishi 

mumkin. 


Etyudnik–rassomning  ish  qurollari  va  materiallarni  solib  yuradigan  qutisi.  Unda 

mo’yqalam,  bo’yoq,  qog’oz,  karton  va  boshqa  shu  kabilar  saqlanadi.  Etyudnik  rassomga 

manzara, portret, etyud ishlaganda molbert vazifasini ham o’taydi. 

YA 


Yakuniy bezak-kitob grafikasiga mansub bo’lib, uning bob yoki fasllari, qismlarining 

oxirida boriladigan tasvir. Ular naqshli yoki mazmunli bo’lishlari mumkin. 

Yarim  soya-turli-tuman  mavjudot  va  narsalar  tanasidagi  shuningdek,  ularning 

tasviridagi yorug’ va soyalari o’rtasidagi qismi. 

Yashil-rang nomi, to’q barg rangi. 

O’ 


O’zbekiston  xalq  rassomi-O’zbekiston  tasviri  san’atini  rivojlantirishda    ko’plab 

halqga manzur yuksak badiiy saviyada asarlar yaratishda ko’rsatgan katta xizmatlari uchun 

rassom va xaykaltaroshlarga beriladigan davlat unvoni. 

O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  san’at  arbobi-O’zbekiston  san’ati  (musiqa,  teatr, 

kino, me’morchilik, tasviriy va amaliy san’at v.b.) rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ko’plab 

yuqori  badiiy  saviyada  san’at  asarlarini  yaratganliklari  uchun  san’at  namoyondalariga  

davlat tomonidan beriladigan unvon. 

Qo’shimcha  ranglar-asosiy  ranglar  hisoblangan  qizil,  sariq,  zangori,  shuningdek  oq 



va qora ranglardan tashqari barcha ranglardir. 

Qoralama-qora  qalam,  retush,  ugol  (ko’mir),  sous,  sangina  kabi  ish  qurollari  bilan 

tez va qisqa vaqt davomida bajariladigan xomaki rasm. 

Haykal-xaykaltaroshlik  mahsuli  bo’lib,  ular  loy,  tosh,  yog’och,  temir,  mo’m  kabi 



materiallardan hajmli qilib ishlanadi. Xaykallarni yumaloq va relьfli turlari bo’ladi. 

Haykaltaroshlik-tasviriy  san’atning  bir  turi.  Bunda  odam,  xayvon  va  qushlarning 

hajmli  tasviri  turli  materiallar  yordamida  ishlanadi.  Xaykaltaroshlikda  ko’pincha  tosh, 

yog’och,  loy,  gips,  metall  kabi  materiallardan  foydalaniladi.  Uning  mayda  plastika, 

terrakota,  dastgoxli  xaykaltaroshlik,  mahobatli  xaykaltaroshlik,  istirohat  bog’i 

xaykaltaroshligi, dekorativ xaykaltaroshlik kabi turlari bor. 

Havo rang-rang nomi, osmon rangi.   

Hajmli kompozitsiyalar-xaykaltaroshlikda amaliy san’at va me’morlikda  qo’llaniladi. 

Bunday kompozitsiyalar  uch o’lchovli bo’lib, ularni har tomondan kuzatish mumkin.  

Hajm (relьf) perspektivasi-Har qanday narsalar kishi ko’zidan uzoqlashgan sari 

faqat o’lchov, rang jihatdan emas, balki relьf perspektivasiga duch keladilar. Bunda 

predmetlar o’z hajmini yo’qotib, yupqa bo’lib ko’rinadilar. 

 



ADABIYOTLAR  RO’YXATI 

1.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi.  //  Barkamol  avlod  O’zbekiston 

taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: SHarq, 1997. 

2.  Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarida  tasviriy  san’at  ta’limi  kontseptsiyasi.-

Toshkent, 1995. 

3.  Tasviriy  san’at.  Umumiy  o’rta  ta’limning  davlat  ta’lim  standarti  va  o’quv 

dasturi.-Toshkent: SHarq, 1999. 

4.  Azimova  B.  Natyurmort  tuzish  va  tasvirlash  metodikasi.–Toshkent: 

O’qituvchi, 1984. 

5. Bakushinskiy A.V. Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie.  Issledovanie i 

statьi.–Moskva: Sov. xudojnik, 1981. 

6. Boymetov B. , Tolipov N. Maktabda tasviriy san’at to’garagi. Toshkent, 1995. 

7. Bulatov S. Amaliy san’at qisqacha lug’ati.-Toshkent: HBM, 1992. 

8. Bulatov S. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati.–Toshkent: Mehnat, 1994. 

9. Nabiev M. Rangshunoslik.–Toshkent; O’qituvchi, 1995. 

10.  Nikonorova  N.M.  Naglyadnыe  posobiya  i  oborudovaniya  dlya  zanyatiy 

izobrazitelьno’m isskustvom.–Moskva: Prosveqenie, 1975. 

11.  Oydinov  N.  Rassom-o’qituvchilar  tayyorlash  muammolari.  -Toshkent; 

O’qituvchi, 1997. 

12.  Oripov  B.  Tasviriy  san’at  darslari  samaradorligini  oshirish  omillari.  –

Toshkent: O’qituvchi, 1978. 

13.  Umarov  A.  Ahmedov  M.  Tasviriy  san’t  atamalarining  izohli  lug’ati.  –

Toshkent:  O’zTSMU, 1998. 

14. Usmonov O. Komoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi.–Toshkent: 

Fan, 1977. 

15. SHarq miniatyura maktablari.–Toshkent: /ofur /ulom, 1989. 

16. Qosimov Q.  Naqqoshlik.–Toshkent: O’qituvchi, 1990. 

17.  Xasanov  R.  Tema  asosida  rasm  chizish  jarayonida  estetik  tarbiya.– 

Toshkent: O’qituvchi, 1980. 

18.  Xasanov  R.  Maktabda  tasviriy  san’at  mashg’ulotlarini  takomillashtirish 

yo’llari.–Toshkent: O’qituvchi, 1986. 

19. Xasanov R. Beshinchi sinfda tasviriy san’at darslari.–Toshkent: O’qituvchi, 

1997. 

240. Xasanov R. Tasviriy san’at va badiiy mehnat. Birinchi sinf uchun darslik.–



Toshkent: O’qituvchi, 1998. 

21.  Xasanov  R.  Uchinchi  sinfda  tasviriy  san’at  darslari.  O’qituvchilar  uchun 

qo’llanma.–Toshkent: O’qituvchi, 1988.  

22. Xasanov R. Tasviriy san’at . 1-sinf o’quvchilari  uchun dasrlik.– Toshkent:  

Yozuvchi, 2002.   

23. Xasanov R. Tasviriy san’atdan davlat ta’lim standartlarini amaliyotga joriy 

etish.-Toshkent, 2000. 

24.  Xasanov  R.  Amaliy  bezak  san’ati  mashg’ulotlari  metodikasi.  O’quv 



qo’llanma.-Toshkent, 2003. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin