Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi «algoritmlar nazariyasi»


C# da qurilish kompaniyasining amaldagi tizimi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə6/7
tarix04.11.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#118951
1   2   3   4   5   6   7
Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafe

2.3 C# da qurilish kompaniyasining amaldagi tizimi
Qurilish tashkilotlari (korxonalari, firmalari) faoliyati iqtisodiy barqarorligi maxsus tashkilotlarning qurilish mahsulotlari qiymatining to’g’ri shakllantirilishiga hamda uslubiy asoslangan normativ hujjatlar mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Narxlarni shakllantirish va muvofiqlashtirish me’yorlari va qoidalari bo’lmasa, haqqoniy narxlarni belgilash qiyin bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida erkin narxlarga o’tilganligi sababli qurilishda, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarga nisbatan narxlarni shakllantirishda bir qancha mummolar yuzaga keladi.

O’zbekiston Respublikasida qurilish sohasida oxirgi yillirda ancha o’zgarishlar ro’y berdi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 6 maydagi PQ-3240-sonli “Qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari” to’g’risidagi qarori asos bo’lib xizmat qildi. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrda qabul qilingan 463 sonli “Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi.

Yuqoridagi qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida qurilish mahsulotlari narxini va ular keltirib chiqaradigan tannarxni shakllantirish mohiyati va hissasi, narxlarni shakllantirish usullari va ularni o’ziga xos xususiyatlari, narxning shakillanish metodologiyasi va qurilishda smeta asosida narxlarni shakillantirish resurs usuli, shuningdek kelishilgan joriy narxlarga o’tish tartibi, hamda qurilishda tanlov (tender) savdolarini tayyorlash va o’tkazib borish to’g’risida hujjatlar ishlab chiqildi va amalda joriy qilindi.

Bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini tartibga solish va yangilash, ob’ektlar qurilishi qiymatini joriy shartnomaviy narxlarda belgilash mexanizmini takomillashtirish kapital qurilishda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning asosiy vazifalaridan biridir.

Hozirgi kunda kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash uchun hududlar, tarmoq vazirliklari va idoralari bo’yicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi, qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari, quruvchi ishchilarning ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar axborot banki tashkil etilmoqda.

Eskirgan va zamonaviy talablarga muvofiq bo’lmagan amaldagi smeta normalari va qoidalari tizimi va uning asosida qurilish smeta qiymatining oshib ketishiga olib keluvchi rassenkalarni qayta ishlab chiqish va tugatish, qurilish-texnologiya jarayonini va umuman qurilish majmuasining samarali ishlashini maqbullashtirish yo’lida, pirovard natijada qurilishda loyihalashtirish-smeta tizimini takomillashtirib borishda ushbu fanni qurilish sohasi talabalariga o’qitish o’z samarasini beradi.


Inson yashash faoliyatining xavfsiz va qulay muhitini shakllantirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanadi.
Qurilish tarmog‘i iqtisodiyotning barcha sohalari moddiy-texnik bazasini yaratishda hamda aholining shinam uy, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi xizmatlari, shuningdek, madaniy xordiqqa bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi.
Qurilish sohasidagi davlat siyosati mamlakat, mintaqalar va tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida innovatsiyalar, investitsiyalar, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish orqali tarmoq salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga qurilish tarmog‘ining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi tizimli muammolar mavjud:
shaharsozlik faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar sezilarli darajada eskirib qoldi hamda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning zamonaviy uslublarini, energiya tejamkor texnologiyalar va materiallarni keng qo‘llash imkoniyatlarini inobatga olmaydi;
ko‘pchilik aholi punktlarida bosh rejalar mavjud emasligi yoki bino va inshootlarni qurishda ularga rioya qilinmasligi hududlarda kompleks ravishda qurilish olib borish, ishlab chiqarish va infrastruktura obyektlarini joylashtirish, tadbirkorlik, ishchanlik va investitsiya faolligini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
loyiha-qidiruv ishlarining mavjud bozori tendensiyalari ko‘p hollarda loyiha ishining ilg‘or rivojlanishi, yuqori texnologiyali, zamonaviy va o‘ziga xos arxitektura loyihalarini yaratish uchun shart-sharoit tug‘dirmaydi;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarining mukammal emasligi va oqibatda xodimlarni qurilish-montaj ishlariga noqonuniy asosda (kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan) jalb qilish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarning ko‘payishi, qurilish tashkilotlari xodimlarining zarur bilim va malakaga ega emasligi qurilish tarmog‘ining investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda, qurilgan bino va inshootlardan keyinchalik foydalanishda xavfsizlik talablarining buzilishiga olib kelmoqda;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi investitsiya jarayonlari ishtirokchilari va shaharsozlik faoliyati subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maksimal shaffofligi va tezkorligini ta’minlash imkonini bermaydi;
amaliy qurilish fanining rivojlanmaganligi, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va moddiy-texnik salohiyati zaifligi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish imkonini bermaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muammolar qurilish tarmog‘ining jadal innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur Qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli “O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Strategiya xorijiy mamlakatlar qurilish sohasidagi strukturaviy o‘zgarishlarining eng yaxshi tajribalari va shaharsozlik faoliyati rivojlanishining jahon tendensiyalarini o‘rganish asosida 2021 — 2025-yillarda qurilish tarmog‘ini rivojlantirish maqsadlari va ustuvorliklari, isloh qilish yo‘nalishlarini belgilaydi.
“Qurilishda baxoni shakllantirish va smeta ishi” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

kapital qurilishda boshqaruv va xo’jalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, qurilishda narxni shakllantirishning huquqiy – me’yoriy asoslarini bilishi hamda qo’llay olishni; qurilish obyektlarini loyihalashtirish bilimilariga ega bo’lishi; qurilish konstruksiyasi va qurilish materiallari xususiyatlarini bilishi; mehnat iqtisodiyoti va quruvchi – ishchilar ish haqini shakllantirishni; gruntlar mexanikasi va qurilish texnologiyasini bilishi; qurilishda soliq va soliqqa tortish obyektlarini bilishi investisiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibini bilishi bilishi kerak;

- talaba qurilish obyektlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqishni, qurilish obyektlari loyihalashtirish, qurilish hajmini hisoblash, ma’lumotlarni kompyuterga kiritishi va uni qayta ishlash; obyektlarga oid iqtisodiy, statistik va hisobot ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishikerak.

- talaba qurilish materiallari turlarini farqlash va optimal turini tanlay bilishi; qurilish konstruksiyalarining xususiyatlarini, qurilish texnolgiyasini narx shakllantirish jarayonida qo’llay bilish; hududlar, tarmoq vazirliklari va idoralari bo’yicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi, qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari, quruvchi ishchilarning ish haqini to’g’ri tanlay bilish, kapital qurilishda tanlov savdolarining natijasi va maqsadini anglay bilishi, qurilish obyektlari qiymatini ekspertiza qilish qonuniyatlari va asoslarini to’g’risida aniq malakalariga ega bo’lishi kerak.



Xulosa
C # vaqtida sodda va qulay bo'lgan juda boy sintaksisga ega. C, C ++ va Java tillari bilan ishlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan dasturchilar uchun o'rganish juda oson. C # tilidagi kamchiliklarga ega bo'lmagan holda ushbu tillarning barcha afzalliklarini birlashtiradi. "Sharp" ning asosiy afzalliklaridan biri bu kuchli funktsiyalar mavjudligi va operativ xotiraga to'g'ridan-to'g'ri kirishni ta'minlashdir.
Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda eng yuqori darajadagi xavfsizlik va mahsuldorlikni ta'minlash uchun Sharp umumiy usullardan, integrallardan va ma'lumotlar turlaridan foydalanadi.
Men C# ni o’rganishda shuni tushundimki bu dasturlash tili boshqa tillarga qaraganday boy kutubxonaga ega. Biz bu dastur orqali istalgan dasturimizni tuzishimiz mumkin. Tassavur qilaylik masalan matematikaga umuman tushunmaydigan insonlarga ma’lum bir arifmetik ammalarni bajaruvchi dastur tuzsak yoki kompyuterimizni ishlashi oson bolishi uchun o’zimizga kerakli dasturlar va h.k. Mening fikrimcha C# dasturlash tili hozirgi dasturlar ichida kuchli dastur



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin