Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 1,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/83
tarix31.12.2021
ölçüsü1,62 Mb.
#112565
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta (1)

Qo‘shiqchilik  malakalari  Bola  to‘g‘ri  kuylashi  uchun  qo‘shiqchilik,  vokal-xor 

malakalarini shakllantirish kerak. Qo‘shiqchilik malakalari. Bu to‘g‘ri holatda kuylash. Qo‘shiq 

kuylash  jarayonida  bola  gavdani  ko‘tarib  bukchaymasdan,  stul  orqasiga  suyanibroq  o‘tirishi 

kerak. Qo‘llari yesa tizzaga qo‘yiladi. 



Vokal  malakalari.  Bu  ovoz  hosil  qilish,  nafas  va  diksiya.  Nafas  qisqa,  yengil  va 

shovqinsiz bo‘lishi kerak. So‘zlar aniq va burro talaffuz qilinadi. 

Xor  malakalari.  Bu  ansambl  va  tuzilish  (stroy)ning  o‘zaro  bog‘liqligi.  «Ansambl»  — 

fransuzcha  so‘z  bo‘lib,  «uyg‘unlashuv»  (slitnost)  ya’ni,  ovozlarning  kuch  va  balanligining 

birlashuvidir.  Bu  jarayonda  ovoz  unison  kuylashga  va  tembrning  tekislanishiga  yerishishimiz 

kerak. 


Kuylash  malakalarini  rivojlantirish  Kuylash  malakalari  qo‘shiq  yodlash  va  o‘rgatish 

jarayonida  rivojlanadi.  Asar  murakkablashgani  sari  malaka  rivojlanadi.  Bog‘chada  tarbiyalash 

jarayonida  bilishi  kerak:  Kichik  va  o‘rta  guruh  —  musiqa  rahbari  musiqa  asbobi  yordamida 

oddiy,  murakkab  bo‘lmagan  qo‘shiqlarni  kuylay  olishi  kerak.  Katta  guruh  —  asbobsiz  faqat 

musiqa  rahbarining  yordami  bilan  yoki  musiqa  rahbarisiz  musiqa  musiqa  asbobi  jo‘rligida 

kuylashi, tovushlar balandligi va cho‘zimlarini farqlay olishi, qo‘shiq kuylash jarayonida to‘g‘ri, 

tik, yelkani ko‘tarib o‘tirishi kerak. 

Maktabgacha  tayyorlov  guruhi  —  yodlagan  qo‘shig‘ini  ifodali  kuylab  berish,  oldin 

yodlagan  qo‘shig‘ini  yeslab  kuylashi,  kuylash  jarayonida  yonidagi  bolalarni  yeshita  olishi  va 

kamchilik  —  u  xatolarini  to‘g‘rilay  olishi,  tovushlarning  yuqoriga  va  pastga  harakatlanishini 

farqlay olishi, notalar qisqa uzunligini va notalarning nomlarini bilishi kerak. 

Qo‘shiq  kuylashga  o‘rgatishning  metodlari  va  yo‘llari  Musiqa  rahbari  bolalarga 

qo‘shiqni  o‘rgatishdan  oldin  qo‘shiqni  tanishtirishi,  kompozitori  haqida,  asarning  matni, 

mazmuni haqida gapirib berishi kerak, bir so‘z bilan aytganda bolalarda bu qo‘shiqni o‘rganish 

uchun qiziqishlarini uyg’otishdir. 

Qo‘shiq qiyinchiliklari va ularni bartaraf yetish yo‘llari: 

1.  Qo‘shiqda  sakrama  harakatlar  ko‘p.  Bular  bolalar  kuylashi  uchun  murakkabdir. 

Shuning uchun sof kuylashga alohida e’tibor qaratish kerak. 

2.  Qo‘shiqda  punktir  ritmlaridan  ham  keng  foylanilgan  va  ularni  aniq  talaffuz  yetish 

kerak. 

3. Ligali notalar. Bunday notalar asosan jumlalar oxirida uchraydi va 

buni to‘g‘ri va sof kuylashga yerishish kerak. 

Bola shaxsini shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi muhitni ta’siri juda kattadir. 

Boladagi  yeng  muhim  individual  xususiyatlar  oiladagi  mavjud  ijtimoiy  psixologik  muhit 

ta’sirida  shakllanadi.  Qo‘shiqning  ohangiga  bo‘lgan  intilish  bola  ongida  ona  allasi  orqali 

rivojlantiriladi.  Bunda  ota-ona,  oila  a’zolari  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabat,  san’at,  musiqiy  

madaniyatga  bo‘lgan  munosabatlar  muhim  o‘rin  tutadi.  Shuning  uchun  ham  Respublikamizda 

oila  tarbiyasiga  davlat  siyosati  darajasida    qaralib  kelinayotganligi  bejiz  emas.  Buni  Birinchi 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  quyidagi  so‘zlari  ham  tasdiqlaydi:  “Oila  jamiyat  negizi  bo‘lib, 



ko‘p  asrlik  mustahkam  ma’naviy  tayanchga  yega.  Milliy  mafkuramizga  xos  bo‘lgan 

tushunchalar,  avvalo,  oila  muhitida  singadi.  Bu  jarayon  bobolar  o‘giti,  ota  ibrati,  ona  mehri 

orqali  amalga  oshadi.  Oilada  sog‘lom  muhit-sog‘lom  mafkurani  shakllantirish  manbaidir. 

Jamiyatda  har  bir  oilaning  mustahkamligi,  farovonligi,  o‘zaro  hurmat  va  ahillikni  ta’minlash-


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin