Test Falsafiy tafakkurning xususiyatlari



Yüklə 20,84 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü20,84 Kb.
#126790
5 mavzu


Test
1. Falsafiy tafakkurning xususiyatlari:
A) Nazariy obyektivligi, ilmiy asoslanganligi, ijtimoiy qadriyatlarga yo’naltirilganligi.
B) Ijtimoiy ehtiyojning mahsuli, ilmiy bilish usuli ekanligi.
C) Hokim mafkuraga xizmat qilishi.
D) Sinfiy (partiyaviy) ligi, milliyligi, dunyoqarashligi, fanlarning nazariy asosi ekanligi.
2. Koinot atomlardan tashkil topgan degan g’oyani olg’a surganlar:
A) Ibn Sino va Beruniy.
B) Levikipp va Demokrit.
C) Geraklit va Aristotel.
D) Fales va Anaksimen.
3. Tasavvuf tariqati bosqichlarini to’g’ri aniqlang.
A) SHariat, tariqat, haqiqat, fano.
B) Ma’rifat, tariqat, fano, bako.
C) SHariat, tarikat, ma’rifat, haqiqat.
D) Tarikat, shariat, fano, haqiqat.
4. Forobiy asarlarini toping.
A) “Al-qonun fi-t-tib” (“Tib qonunlari”). “Kitob ash-shifo”, (“Davolash kitobi”), “Kitob al-insof”.
B) “Ixso-al-ulum” (“Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida”), “Kitob al-jadal” (“Dialektika kitobi”), “Fozil odamlar shaxri”.
C) “Hamsa», “Lison ut-tayr”.
D) “Xindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya”, “Saydana”, “Geodeziya”.
5. “Zichi jadidi Ko’ragoniy” asarining muallifi kim?
A) Ali Qushchi. B) Farg’oniy.
C) Ulug’bek. D) Xayyom.
6. Jadidchilik harakatining mohiyati nima?
A) Ma’rifatni targ’ib qilish.
B) Rus madaniyatini targ’ib qilish.
C) Baynalminalchilikni targ’ib qilish.
D) Jamiyat hayotini o’zgartirish maqsadida ma’rifatchilik va ta’lim - tarbiyani isloh qilish.
7. O’zbekiston falsafiy tafakkuri tarixi bo’yicha yirik allomalarni aniqlang.
A) Bexbudiy, CHo’lpon, Qori Niyoziy.
B) I. Mo’minov, M. Hayrullaev, M. Baratov.
C) Oybek, G’afur G’ulom, X. Abdullaev.
D) Fitrat, Avloniy, Qodiriy.
8. Gegel ta’limotining yutug’i nimada?
A) “Mutloq ruh” g’oyasiga asoslangan falsafiy tizimida.
B) Dialektika qonun va kategoriyalarini bir tizim sifatida ishlab chiqishida.
C) Yevropotsentrizmida.
D) “Triada” sida.
9. Feyerbax falsafasining mohiyati nimada:
A) Gegelning “Mutloq ruh” g’oyasini tanqid qilishida.
B) Ateistik g’oyalarni ilgari surishida.
C) Falsafiy ta’limoti markaziga insonni qo’yishida.
D) Quruq mushoxadachilikda.
10. Quyidagilarning qaysi biri ekzistentsializm namoyondasi?
A) Gusserl. B) Xaydegger, YAspers.
C) SHpengler, Zimmel. D) Nitsshe.
11. Metodologiya (“uslubiyat”) nima?
A) Usullar yig’indisi.
B) Bilish va voqelikni qayta o’zgartirish metodlari (uslublari) haqidagi ta’limot.
C) Ilmiy tekshirish mantiqi (logikasi).
D) Amaliy faoliyat tamoyillari.
12. “Fazo (makon)” nima?
A) Harakatning tuzilishi, ko’lami va ma’lum tartibda joylanishini ifodalovchi yashash usulidir.
B) Narsa va buyumlar joylashishi mumkin bo’lgan bo’shliq, vakuum.
C) Narsalar o’rtasidagi munosabatdir.
D) Materiyadan mustaqil holatda yashaydigan borliqning alohida turi.
13. Dialektikaning mohiyati, o’zagini ifodalovchi qonun:
A) Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’zaro o’tish qonuni.
B) Inkorni inkor qonuni.
C) Ayniyat qonuni.
D) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
14. “Zaruriyat” kategoriyasining ta’rifini aniqlang.
A) Imkoniyatning yuzaga chiqishi.
B) Sabab ta’sirida yuzaga keladigan natija, yakun.
C) Muayyan sharoitda albatta yuz berishi lozim bo’lgan narsa, hodisa.
D) Tamoyil tushunchasining ayni o’zi.
15. “Sabab” kategoriyasining ta’rifini toping.
A) Vokelikning embirional ko’rinishi.
B) O’ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi holat, vaziyat.
C) Imkoniyatning ayni o’zi.
D) Mazmunning ifodalanish usuli, tashkil etuvchisidir.
16. “Til” tushunchasi ta’rifini bering.
A) Og’iz bo’shlig’idagi ta’m bilish organi.
B) Moddiy predmetlarning belgi yoki simvolik funktsiyasi.
C) Fikrning bevosita voqe bo’lish usuli, aloqa vositasi
D) Ollohning insonga ato etgan mo’jizasi.
17. Bilishning dialektik yo’lini qanday tushunasiz?
A) Aqliy bilishdan xissiy bilishga va undan tajribaga.
B) Xissiy bilishdan aqliy bilishga va undan amaliyotga.
C) Bilish umuman dialektik xarakterda emas.
D) Tajribadan aqliy bilishga.
18. Amaliyot turlari sirasida qaysi biri belgilovchi sanaladi?
A) Texnik faoliyat. B) Ijtimoiy faoliyat.
C) Madaniy-maishiy faoliyat. D) Moddiy ishlab chiqarish faoliyati.
19. Ijtimoiy ongning shakllari-
A) Mifologik va diniy.
B) Individual, ijtimoiy, psixologik va mafkuraviy.
C) Siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, ekologik.
D) Ilmiy va noilmiy.
20. Jamiyat iqtisodiy hayotiga bevosita va eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy ong shaklini aniqlang.
A) Axloqiy ong. B) Huquqiy ong
C) Diniy ong. D) Siyosiy ong

Yüklə 20,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin