TRENING DARSLARI Darslarda o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlash hamda dars samaradorligini oshirish uchun trening darslarida katta imkoniyatlar mavjud.
Trening darslari qayta aloqa asosida olib boriladi. Ya’ni o’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini bilib, bilimlarini yanada boyitib o’zlariga qaytarib beradi. Ya’ni, dars davomida faqat o’qituvchi ishlamasdan o’quvchilar ham tengma-teng ishlaydilar.
Yuqorida aytganimizdek, bu usulda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida erkin munosabatlar vujudga keladi va o’quvchilar erkin, mustaqil fikrlay boshlaydilar. O’quvchilarning o’zlarini erkin xis qilib, erkin fikrlay boshlaganlaridan so’ng bilimlarni qabul qilish imkoniyati ham kengayadi. Demak, o’qituvchi bermoqchi bo’lgan bilimlarni to’liq bera oladi.
FSMU texnologiyasiTrening haqida tushuncha. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etishda, baxs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv-seminari yakunida (tinglovchilarning o’quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o’quv rejasi asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o’quvchi talabalarni, o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglochilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
Maqsad. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.
FSMU TEXNOLOGIYASI (S) - fikringizni bayoniga biron sabab ko’rsating (M) -ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring (U) - fikringizni umumlashtiring. (F) - fikringizni bayon eting